• Soljenitsin bilan gurung

    Doston

    MUQADDIMA

    Adibman, zamona dardi dardimdir,
    Nohaqlikni ko‘rsam yuragim og‘rir.

    Oqni oq degandim, qorani qora,
    Kimgadir yoqmadi gapim na chora?

    Haq gapni gapiray deganda darhol,
    Qamashdi, yosh umrim aylashdi uvol.

    Turmada aylashdi bir muddat tutqun,
    So‘ng ona yurtimdan aylashdi surgun.

    Qasam berib tilim bog‘lashdi, ey voh,
    Nahot to‘g‘ri gapni gapirmoq gunoh?!

    Jon shirin, qasamlar ichgandim, illo,
    Yozmam, deb qilgandim tavba – tavallo.

    Keksalik paytimda buzdim qasamni,
    Bu holdan qo‘shqo‘llab tutib yoqamni.

    Valekin qasamni buzgan bo‘lsam ham,
    Jur’at qilib dardim bitolmas qalam.

    Umr oqib o‘tdi – bezovta dilim,
    Qalamim yurmasa ne kechar holim?

    Kamolim ko‘rganmas jam’iyati jam,
    Nazm chun chekkan g‘am bo‘lmagay hech kam.

    Endi esa yozmoq men-chun ovunchoq,
    Omadim avvaldan ochmadi quchoq.

    Men yashagan davr – og‘uli zamon,
    Eslagan mahali titrayman hamon.

    Ellu yurt boshiga solib qiyomat,
    Bir hovuch dohiylar surishdi rohat.

    Yetmish yil el – ulus titrab yashadi,
    Yemishning o‘rniga zahar oshadi.

    Endi poklab yuvay zardob dilimni,
    Charxlayman zang bosgan xanjar – tilimni.

    Olmosdek o‘tkirlab qalamim hatto,
    Kuylarman barini aytib bexato.

    Shu holga solding deb kimni tutayin,
    Kuylay olmasam gar o‘tday tutayin.

    Ajdodim kirdilar, ko‘nglim yarodir,
    Qonxo‘rlar qilmishin aytayin bir-bir.

    Eslayman juvonmarg bobolarimni,
    Ruhlari jonsarak mirzolarimni.

    Mening bobolarim edilar mirzo,
    Ruhlari qo‘llagay: «Yoz! – der, — Murtazo».

    Dardli bu olamda shukr, hamdard bor,
    Soljenitsin1 menga bo‘ldi omo‘zgor.

    Vera Davidova2 – mashhur maslakdosh,
    O‘sha davr illatin aylagandi fosh.

    Saxarov3 sirlarin ochdi batamom,
    Dard chekkan dardliga suyanar mudom.

    Boshimga qaynoq suv quysa ham raqib.
    Izimdan poyma – poy qilsada ta’qib.

    Ko‘ksimni bo‘g‘izlab aylasa pora,
    Bor gapni aytaman, endi yo‘q chora.

  • KONSENTRATSION LAGERLAR QURILISHI

    Sasha4 bilan ikkov bag‘oyat uzun,
    O‘tgan-ketganlardan boshladik gurung.

    Mening ham qalbimda armon bir talay,
    Og‘riq dardlarimni qay birin aytay?

    Kechikkan bo‘lsamda Sashadan bir oz
    So‘zimni nazmda ayladim og‘oz:

    Sasha, haqiqat deb tutganda qalam,
    Bitiklaring o‘qib lol qoldi olam.

    Yurtning dardlarini aylading bayon,
    Dunyo jasorating nazdida hayron.

    *** *** ***

    O‘n sakkizinchi yil avgustda Kaplan,
    Ilich5 ga suiqasd etdi daf’atan.

    Shu yil sentyabrning beshinchi kuni,
    G‘azab qamrab oldi ulug‘ dohiyni.

    Sarosima yozib payg‘omni Boshga6 :
    «Gumon qilinganni tut, — deydi, — mushtga!»

    –Ochgin, — der, — konsentratsion lagerlar,
    Mahbusning yashashi to bo‘lsin zahar.

    Bunaqa dahshatni ko‘rmagan jahon,
    Imzo qildi terror haqida farmon!

    «Krasniy terror»ga imzo chekkan dam,
    Ko‘plarga bu olam bo‘ldi jahannam.

    Qontalab dekretlar qator va qator,
    Har birida minglab anduhu ozor.

    Repressiya kezdi yurtda bemalol,
    Millionlab shahidlar bo‘ldilar uvol.

    Lagerlar ochishdi – «Krasniy terror»,
    To‘plashdi u yerga neki dono bor.

    Bunday qiynoqjoyni hech kim, hech qachon
    Qurmagan biror-bir qonxo‘r hukmron.

    Solovetskiy7 deb atalgan orol,
    Minglab begunohning umriga zavol.

    GULAG8 ning boshlanish dahlizi bo‘ldi,
    Yer yuzi do‘zaxi nomini oldi.

    Lager qurish ishin Leninga qarab,
    Gitler9 ham o‘rgangan bo‘lsa ne ajab?!

    Ilich der: shubhali kaslarni darrov
    Keltiring, qaqshating, aylangiz burov!

    Sarkashni lagerga yuborish kerak,
    Dushmanni tomirdan qo‘porish kerak.

    Poyma-poy yubordi har taraf payg‘om,
    Tantana qilishdi chog‘ishtirib jom.

    Shunchalik zo‘rmidi intiqom va o‘ch,
    Yevgeniya Bosh der: «Bo‘sh kelma, Ilich!»

    Abakumov10 degan shum olashaqshaq
    Tortib ol, kulakning yerlarin, der, naqd!

    Bor bisotin olgin, qolsin der qaqshab,
    Shul hisob quraylik kolxozlar yayrab.

    Lenin o‘zi degan: Romanovlar11 ni
    Tag – tomirin sug‘ur haromilarni.

    Homilador bo‘lgan qiz-juvonin ot,
    Tokim tug‘ilmasin ulardan zurriyot!

  • DOHIY
    (I. V. STALIN12)

    U haqda tinglashga dosh bermas falak,
    Dahshatin eshitib hapriqar yurak.

    Chap qo‘li qiyshaygan, bilmam ne sabab,
    Dili qop-qorong‘u, ko‘zi qontalab.

    Sepkiltob yuzlari erur murdarang,
    Ko‘z oqi qizg‘ishtob, tani bukchaygan.

    Mo‘ylovi mallatob, uchi qip-qizil,
    Qovog‘ini solsa hech kim tortmas til.

    Kaltabo‘y, kaltabin, kaltafahm, ovsar,
    Ajabo, o‘z elin it bo‘lib qopar.

    Hamma tahlikada, qaltirab-qaqshar,
    Buningdek yovuzni ko‘rmagan bashar.

    Tsi-si13 dan tug‘ildimikin buyo vuz,
    Qabohatlariga topilmagay so‘z.

    Makiavellidan olganmi saboq,
    Yetti soni14 edi uningchun tuzoq.

    Qirardi elini pinagin buzmay,
    O‘ttiz yil davomi qon ichdi tinmay.

    Odam qoni oqdi xuddiki daryo,
    Daryolar birlashsa g‘arq bo‘lur dunyo.

    Oshnasi Kalinin15 hamda Molotov16 ,
    Dohiyning jabrini tortmish beayov.

    Ularning xotini qamoqda mudom,
    Saqlangan, aytolmay biror-bir kalom.

    U yovuz «dohiy»ga o‘qiyman la’nat,
    Begunoh elimga yog‘dirdi to‘hmat.

    Qon yutish dastgohin aylab ixtiro,
    Samoga o‘rladi fig‘on, vovaylo.
    –Bu xalq dushmanining bolasi, — debon,
    Go‘daklarni qildi yetim, sargardon.

    Gazetdan, karnaydan kun-tun do‘q urib,
    Odamlar yuragin oldi sug‘urib.

    Har bitta amaldor aylabon so‘roq,
    Bari elni qildi mute’ va qo‘rqoq.

    Tili qurib, o‘ti yorilganday talx,
    Kutardi o‘limin LAG17 larda bebaxt.

    Kimning boshida gar ko‘rinsa salla,
    Uning go‘riga der, tezroq g‘isht qala.

    –Zamona zo‘rniki, — deyishdi zo‘rlar,
    –Tomosha ko‘rniki, — deyishni ko‘rlar.

    Beriya18 , Yagoda19 , Yejov20 kabilar
    El-yurtni qaqshatib, qonin so‘rdilar.

    Qontalab burgalar, o‘likxo‘r saklar
    GULAGda odamlar umrin yedilar.

  • SOLOVETSKIYGA ADIBLAR TASHRIFI

    Solovetskiyning mash’um shuhrati,
    Yovuz, qonxo‘rligi olamni tutdi.

    Dunyoning har turli go‘shalaridin,
    Ta’naning toshlari otildi betin.

    Deyishdi: bu qanday razolat axir,
    Insoniy huquqlar etilar tahqir.

    Ta’nalarga nochor berolmay bardosh,
    Janobi Stalin qotirardi bosh.

    Uzoq o‘yladiyu va topdi yechim,
    Yechimki o‘ylab ham ko‘rmagan hech kim.

    Gorkiy21 ni chaqirdi nihoyat dohiy
    Va topshiriq berdi juda ham maxfiy.

    –Aleksey Maksimich, Solovka qurg‘ur,
    Bizning obro‘ga keltirdi putur.

    U yerda mahbuslar azobda deya,
    Dunyo bandilarni qilar himoya.

    Qanchaki tilini tiyolmagan bor,
    Faqat shu bir gapni qilishar takror.

    Bu yolg‘on da’volar jonimga tegdi
    Ta’naning pichog‘i suyakka yetdi.

    Xorijiy da’volar tinmay yozu qish,
    Boshimga solmoqda mushkulu tashvish.

    Deyishar: o‘z elin qilib qatag‘on,
    Bo‘lmoqchi mutlaqo sarvari jahon.

    Shu kabi safsatalarga, azizim,
    Endi toqat qilib o‘tirmasman jim.

    Shu sababli sizni chaqirdim bu yon,
    Solovetskayaga bo‘lingiz ravon

    Bir ulkan guruhga siz bo‘lasiz bosh,
    Har bitta adibga bo‘ling ko‘zu qosh.

    Yozingki mahbuslar davlatdan rizo,
    Qusurni yashiring, yashiring mirzo.

    Mirzolar har ishda mohir erurlar,
    Sirni sir saqlashga qodir erurlar.

    Borib gaplashinglar mahbuslar bilan,
    Bilinglar, shikoyat tarqalar kimdan.

    Solovkada qancha bandi zoti bor,
    Sizlarga o‘z dardin aytadi oshkor.

    Har holda el aro siz mashhur adib,
    Xalq sizga ishonar xaloskorim deb.

    Mabodo uchrasa biror nohaqlik,
    Va’dalar beringlar, gapiring ilik.

    Valekin ZEK22 ga ko‘p yon bosmoq yomon,
    Dushman do‘st bo‘lmagay bizga hech qachon.

    Tilga erk berganning o‘char ovozi,
    Siz-Sovet adibi, siz-davlat ko‘zi.

    Gorkiy der: Siz bilan ko‘ngillar yorug‘
    Tanlar ranj-ozordan siz ila forig‘.

    Siz bizga ko‘z-quloq, ey mumtoz sarvar,
    Biz sizni sevamiz hatto jon qadar.

    Har bitta so‘zingiz qonun biz uchun,
    Siz ko‘rsatgan yo‘ldan boramiz kun-tun.

    Siz ilhom manbai, imonu ixlos,
    Ulug‘likda sizga yo‘q erur qiyos.

    Siz tutgan yo‘lni biz maqtab yozgaymiz,
    Dargohingizni biz Ka’ba degaymiz.

    Bir yuz yigirma to‘rt adibi zamon,
    Solovkaga tomon bo‘ldilar ravon.

    Ko‘plari xafaqon, g‘amzada g‘oyat,
    Boshqa gapga axir qolmadi hojat.

    Solovkada paydo bo‘ldilar nogoh,
    Bu ishdan bandilar emasdi ogoh.

    Qarashsa: kelmishdir yozuvchi, shoir,
    Lablarining qulfi ochildi bir-bir.

    –Biz, axir Vatan-chun oddiy xizmatkor
    Vatanni sevamiz, sevamiz takror.

    Vatanga etmadik zinhor xiyonat,
    Vatan ham tushunar bizlarni, albat.

    Dohiyga yetkazing, siz insofli zot,
    Undan boshqa bizga yo‘q erur najot.

    Zarracha aybimiz yo‘qligin ayting,
    Dohiy bizni to‘g‘ri tushunar tayin.

    Va chaqqon adiblar Averbax23 , Firin24 ,
    Ko‘chirib olishdi ZEKlarning fikrin.

    Bechora mahbuslar, g‘arib mahbuslar,
    Dohiyning kimligin bilmasdi ular.

    Qontalash nigohin ko‘rmas edi xalq,
    Bu qonxo‘rni barcha o‘ylar edi haq.

    Kalimada25 insonlar tupurganda qon,
    Kunsevoda26 surardi davr ila davron.

    Oltin qadahlarda ichardi boda,
    Bu zolim davrini surar dunyoda.

    Ayshu ishratini bearmon surar,
    Xizmatiga tayyor tannoz xonimlar.

    Solovkada esa hayqirar dahshat,
    Odamzod boshiga yog‘ilar ofat.

    –E-e-ey, diqqat! – chinqirar chekist Kurilko27 ,
    «Tut respublika ne so-vet ska-ya».

    Mahbuslarga qilar tinmay po‘pisa,
    «Bu yerdir, — deydi u, — So-lo-vets-kaya,»

    Mahbusning ayanchli edi ahvoli
    Hattoki o‘lishga yetmas majoli.

    Terisi suyakka yopishib nochor,
    Kanal qazishardi ular-Belomor28 .

    Belomor kanalning Stalin nomi,
    O‘sha paytning edi davru davroni.

    Ko‘pisi mahbusning bo‘lgandi mayib,
    G‘oya balchig‘iga yiqilib, toyib.

    Bordilar orolga shavkat-shon bilan,
    Lablarda kulgiyu, dillarda alam.

    Ko‘rishdi mahbuslar – ajin bosgan yuz,
    Qadlari bukilgan, chuqur botgan ko‘z.

    Yuziga qarasang faqat burni bor,
    Oyog‘in sudrashga yetmagay mador.

    Orolda go‘dagu erkagu ayol,
    Ochlikdan o‘t-o‘lan yerdi bemalol.

    «Balanda»29 – objo‘sh suv, karam po‘chog‘i,
    Ko‘rinmas zulmning sira adog‘i.

    Odam bunda sira odam sanalmas,
    Insonning qiymati sariq chaqamas.

    Gorkiyning yonida ozg‘in bir bola,
    Turardi ko‘zlari g‘azabga to‘la.

    Terisi suyakka yopishib uvol,
    Oyog‘ida zo‘rg‘a turar bemajol.

    Yozuvchi ko‘rguzdi unga ehtirom,
    Bola shikoyatdan boshladi kalom.

    «Adolat mulkining posboni – Siz!
    Haqiqat ilmining bilimdoni – Siz!

    Sizning kelishingiz – to‘hfai taqdir,
    Armonlarimizni eshiting bir-bir.

    Shunday davom etsa bu yerda ahvol,
    Tirik qolmog‘imiz maholdir, mahol.

    Sho‘ro tuzumiga teskari bu ish,
    Gunohdir Sho‘roga biror so‘z deyish.

    Arxipelag30 ichra ne sir, ne asror,
    Men Sizdan o‘zgaga etolmam oshkor.

    Men o‘lsam ko‘p sirlar qolgaydir nihon,
    Bu haqda biror gap bilmagay jahon.

    Bola der hapriqib ko‘rganin bir-bir,
    Va iltimos qilar: «Dohiyga bildir!»

    Poyma-poy o‘ldirish, jabr, zulm, tahqir,
    Bu xo‘rlikka chidab bo‘lmaydi axir.

    Bunda ayollar ham, go‘daklar bandi,
    Hammasiga sabab qonxo‘r Yagoda.

    Ko‘z tutishmas ZEKlar hech bir ehsonga,
    Uyqusiz kechani ulashar tongga.

    Shul yo‘sin ketsa gar ko‘karmaydi el,
    O‘lim yutar bizni xuddi toshqin sel.»

    Yozuvchi go‘yoki kuyib, achinib,
    Bola gaplarini oldi ko‘chirib.

    Posbonlar bu holni kuzatar hayron,
    Qo‘yib bersa, urib, qilar chalajon.

    Lekin hozir buning mavridimasdir,
    Tezroq ketsa edi yozuvchi qurg‘ur.

    Tishni-tishga qo‘yib soqchilar yovuz,
    Uning ketishini kutar sabrsiz.

    Gorkiy xayrlashib ketgani mahal,
    Bolakayni kutib turardi ajal.

    Adiblar kemasi sohildan alhol,
    Uzoqlashmasidan hali, ehtimol.

    Bola fig‘on chekdi, oh chekdi bo‘zlab,
    Jallodlar otishdi og‘zini ko‘zlab.

    Bu holni eslasam og‘riydi jonim,
    Juvonmarg etilgan oh, ukajonim.

    Ko‘ksingdan haqiqat xuddiki vulqon,
    Otilib chiqardi, adiblar hayron.

    Ularni adib deb atash ham gunoh,
    Toshdek qalblariga kor qilmadi oh.

    Ular qotil desam, aylanmas tilim,
    Lek seni o‘ylasam kuyadi dilim.

    Ular o‘z jonlarin g‘amida asir,
    Millionlarning g‘ami qilmadi ta’sir.

    «Qotillik qilganlar qotil-ku lekin,
    Kuzatib turganlar asl qotildir!»31

    *** *** ***

    Mirzolar safardan qaytishgach alhol,
    Dohiy huzuriga chopishdi darhol.

    Surdilar qo‘rquvning zo‘ridan xoma,
    O‘rtoq Stalinga yozdilar noma.

    Yetkazishdi go‘yo ZEKlar kalomin,
    Posbonlar so‘ziyu ahdi salomin.

    Hali yozilmagan bunday yolg‘on xat,
    Zerokim do‘zaxni dedilar jannat.

    Soso32 ning ko‘ngli choq, payg‘omlardan shod,
    O‘qib orom oldi mag‘rur va ozod.

    Kalininga aytdi xursand bo‘lib xo‘p,
    Medal va unvonlar tayinlandi ko‘p.

    Suratga tushdilar go‘yo to‘lin oy,
    Fyurer33 ni lol etar bu suvrat – chiroy.

    Galife34 shimlarda turishar mag‘rur,
    Amrikon etikda serraygan va sur.

    Dohiy turar edi serrayib behad,
    Ko‘rganida Fyurer turar ikki qad.

    Sinchiklab Zahhok35 ning ra’yin bildilar,
    Uning ta’biga mos ishlar qildilar.

    Poyiga cho‘kdilar, nima desa – haq,
    Uning har bir so‘zi haqiqat mutlaq.

    Toki bor unda jon, jon saqlash mahol,
    Hamma sergak turar: kelmasin mahol.

    Solovkadan Gorkiy keldiyu darrov,
    Kremlga jo‘nadi qalbida olov.

    Bilardi fitnadir dohiyning ishi,
    Shohlikka yarashmas uning qilmishi.

    O‘z jonin o‘ylardi Gorkiy erta-kech,
    Yetimlar nolasin eshitmadi hech.

    Qorni to‘q ochlarni qilmas andisha,
    Zolimlar bir-birin maqtar hamisha.

    Gorkiy ham yozmoqqa bo‘lgancha mashg‘ul,
    Ko‘rsatmoq istadi to‘ppa-to‘g‘ri yo‘l.

    O‘zini ko‘rsatib dono muharrir,
    Averbax zeb berib etardi tahrir.

    Ko‘rganlarin bitib kitob yaratdi,
    Dohiy shuhratini elga taratdi.

    «Nomingizni elga mashhur etgaymiz», —
    Harsillab Aleksey gapirardi tez. –

    Orzular amalga oshgay mukammal,
    Siz o‘ylagan narsa, albat, bo‘lar hal.

    Xursand bo‘p Stalin mo‘ylab buraydi,
    Qontalab nigoh-la Gorkiyga deydi.

    «Gar bo‘lsam jahonga o‘zim hukmdor,
    Qalbingda barq urar doimo bahor.

    Ortadi hurmating, aytsam birodar,
    Saqlayolsang agar sirni jon qadar.

    GULAGda ko‘rganing saqlasang nihon,
    Pishaging pisht demas hech kim, hech qachon.

    Yozu-qish ko‘ziga ilinmay uyqu,
    Maqtov yoza ketdi dohiymizga u.

    Firinu Averbax, Gorkiy uchovlon,
    Yozmoqqa kirishdi bir talay doston.

    Dohiyga o‘gitlar aytib ko‘p yillar,
    Ranj chekdi Blyuxer36 dek dono-oqillar.

    Kunu tun demasdan og‘ritib jonin,
    Mardikordek yozdi dohiy kitobin.

    Pufakdek puflashdi dohiy shuhratin,
    Koba37 dan yasashdi yovuz Stalin.

    Qiynoq va qamoqqa suyangan tuzum,
    Bayrog‘i qon rangi, shiori – o‘lim.

    Bunday qabohatni ko‘rmagan dunyo,
    Olti yoshli go‘dak qamaldi hatto.

    Qaysi pog‘onada bo‘lmasin rahbar,
    A’moli – po‘pisa, gaplari zahar.

    Leninning nomidan so‘zlashib mudom,
    Lenin uchun eldan olar intiqom.

    Garchi dohiylarin kalomi mujmal,
    Tushunib-tushunmay qilishar amal.

    Mash’um Kudlatiy38 ning nazdida har vaqt,
    Lenin kitoblari turardi qat-qat.

    O‘qib biror narsa tushunmas aslo,
    Turardi xuddiki ko‘r uchun asso.

    Vlasov39 ko‘ksiga mushtlar, urib do‘q,
    «Bu jildlar ne deydi, ayt, haromtomoq!

    Tushuntiray dohiy nima yozganin,
    Va u kimlar uchun quduq qazganin:

    Suv quygin tagiga tekinxo‘rlarning,
    O‘ldir, — degan quloqsolmas zo‘rlarni.

    Normasin bajarmay yurgan ahmoqni,
    Turmaga sol, degan, sarkash quloqni!»

    Dohiyning ellik jild kitoblaridan,
    Amaldor faqat shu gapni tushungan.

    Leninchiman, deya ko‘ksiga mushtlab,
    Kekkayib yurishar to‘ralar ajab.

    Shunday bir tuzumni aylashdi bunyod,
    Podaga aylandi unda odamzod.

    Tongda haydab chiqib elni dalaga,
    Shomda haydab kelar birgat40 ko‘raga.

    Kim jon chekib ishlar, kim o‘tkazar kun,
    Barchasiga bir xil yasalar yakun.

    Oyning oxirida ishchanu yalqov,
    Bir xil maosh olar – asabga burov.

    Ishchanning-ku ko‘ngli qoladi ishdan,
    Yalqov xursand bo‘lib yuradi zimdan.

    Bu tuzum yashirin aylabon afsun,
    Tashabbuskorlarni etdi jigarxun.

    G‘ayratli kimsalar bo‘lishib, mulzam,
    Kamsitish, tahqirlar aylardi alam.

    Elning tashabbusi, aqlu xiradi,
    Bo‘g‘ildi, oqillar etildi bandi.

    Odamlar bo‘ldilar loqayd, beparvo,
    Loqaydlik dardiga bormikin davo?!

    Dunyoni suv bossa to‘pig‘igacha,
    Chiqmaydigan zotlar ko‘paydi rosa.

    Yeru suv, zavodu fabrika esiz,
    Davlat mulki edi barchasi so‘zsiz.

    Davlat mulki, demak hechkimnikimas,
    Uni buzish mumkin, mumkin o‘g‘irlash.

    Asbob-uskunaga loqayd, beparvo,
    Munosibat shundan bo‘ldi huvaydo.

    Zulmu zo‘ravonlik ko‘rilib ravo,
    Ulkan qurilishlar bo‘lardi barpo.

    Shaharda qurilgan har bir imorat,
    Loyi ko‘z yoshidin qorildi faqat.

    Belomor dovrug‘i olamni tutdi,
    U yuzlab mahbusni tiriklay yutdi.

    Kanallar qazildi go‘yo afsona,
    Ularning dahshati erur xufyona.

    Ko‘priklar va yo‘llar, fabrika, zavod,
    Mahbusning jonidan bo‘ldilar bunyod.

    El-ulus qiynalib turgan bir mahal,
    Minglab rahbarlarga qo‘yishdi haykal.

    Bu yurtda ko‘p qonlar oqdi begunoh,
    Bunga zamin guvoh, osmon guvoh.

    Qodiriy arvohi chirqillar hamon,
    «Meni sotdi deya, qay bir beimon».

    Eslasam xayoldan kechadi bir-bir,
    Juvonmarg Cho‘lponlar, Usmoni Nosir.

    Beozor mirzolar – bobojonlarim,
    Ne gunoh qilishdi kim aytadi, kim?!

    Ular vahshiylarcha qatl etildi, oh,
    Amudaryo guvoh, Chorjo‘y guvoh.

    Daryoga oqizdi qotil, qazzoblar,
    Uch tuya yuklog‘lik nodir kitoblar.

    Elimning tarixi etildi poymol,
    Dinu diyonatni aylashdi uvol.

  • MARSHALLAR QATAG‘ONI

    Bu qanday ko‘rgulik podshohi olam,
    Barchani o‘ylardi aybdor, muttaham.

    Iosif, Lavrentiy hamda Yagoda,
    Xalq edi ular-chun tilsiz bir poda.

    Hatto marshallardan xavfsirab tamom,
    Blyuxerday odamni ayladi badnom.

    Lavrentiy maqtanar har lahza, har zum,
    «Tuxachevskiy41 ni otgan men o‘zim!»

    Oh, so‘qir zamona, rahmsiz zamon,
    Xalqqa o‘z zulmini ayladi arzon.

    Mag‘rur arslonlarni qo‘yib kulkiga,
    Muttaham aylading maymoq tulkiga.

    Blyuxerdek zotni bu qanday qilmish,
    So‘roq qilar edi yosh bir mufattish.

    Marshalning boshiga ko‘tarib mushtum,
    Dag‘dag‘a qiladi, qiladi zug‘um.

    Ko‘pni ko‘rgan marshal so‘zlaydi vazmin:
    –Sen kimsan, haddingdan oshma, o‘spirin…

    Kekkaygan o‘spirin, bebosh, tizginsiz,
    Xezlanar barmog‘in aylabon bigiz.

    Go‘yo tahqirlangan bilib o‘zini,
    Serjant o‘yib olar marshal ko‘zini.

    Bajarib dohiyning shum buyrug‘ini,
    Ko‘chqordek bichdilar Tuxachevskiyni.

    Marshallardan biri – dovyurak Jukov,
    Nafrati zo‘r edi bamisli olov.

    Jang davom etardi, qattol, jonga – jon,
    Qaltis vaziyatda qoldi qo‘mondon.

    Hujum rejasini tuzgani mahal,
    Dohiyning so‘ziga qilmadi amal.

    Uning rejasi-la yursaydi zotan,
    Tahlikada qolib ketardi Vatan.

    Shu qaltis lahzada o‘tkazib so‘zin,
    Buyuk g‘alabani ayladi ta’min.

    Dohiy soyasida qoldi nachora,
    Zanjirband arslonday yurdi bechora.

    Dunyoda tengi yo‘q marshalni essiz,
    Otishdi go‘yoki qurolsiz, o‘qsiz.

    Ulug‘ sarkardani qafasda tutdi,
    Davrning jahannam o‘pqoni yutdi.

    Yurtda ne gap kezar, bilmasdi hech kim,
    O‘lgan o‘lib ketar, qolganlar-chi, jim.

    Stalin kekkayib ketdiki chunon,
    Duch kelgan kishini ayladi badnom.

    Hattoki eng yaqin do‘stlarini ham,
    Ajalning komiga tashladi beg‘am.

    Koba bilan mudom turib yonma-yon,
    Bechora Krutov chekar edi jon.

    Bir lahza tinmasdan hatto tunu-kun,
    Tinimsiz ishladi Stalin uchun.

    Bechora azobga qo‘yib jonini
    Yozgandi mamlakat Bosh qonunini.

    Bir kuni gaplari qochib nogahon,
    Ko‘ziga qorong‘u ko‘rindi jahon.

    O‘zi yozgan qonun oh, qaytar dunyo,
    O‘z boshini yedi, hujjatlar guvoh!

    Va sho‘rlik turmada chekib ko‘p ozor,
    Kobaga maktublar yozdi necha bor.

    Oh, kutmoq azobdir, ayanchli azob,
    Mahbusga dohiydan qaytmadi javob.

    Va qoldi bechora muztaru hayron,
    Kimga arz qilishin bilolmay sarson.

    *** *** ***
    Xuddiki Toshkentga xat yozib atay,
    Meni oqlashlarin so‘raganimday.

    Intizor kutsamda haftalar, oylar
    Javob maktubidan yo‘q edi asar.

    Kunlardan bir kuni keldi bir en xat,
    Uni o‘qish uchun yo‘q menda toqat.

    Ochib o‘qidimu qoldim karaxt, jim
    Men ne deyman, ey voh, ne der qo‘bizim.

    Ma’lumki xatimni o‘qimaganlar,
    Mening dardlarimdan mutlaq bexabar.

    Javob yozishibdi beparvo, beg‘am
    Yuragimda qoldi armonu alam.

    *** *** ***
    Uning maktublari takror va takror,
    Muhtaram dohiyni aylashdi bezor.

    Tunlarning birida bitta o‘q bilan
    Tinchitib qo‘yishdi Krutovni ham.

  • II bo‘lim

    Arosat dashtining cheki ko‘rinmas,
    Unda uvillaydi dahshatli bir sas.

    Bir sharpa kezinar maxovdek yolg‘iz,
    Yiqilib-surilib, sahro kimsasiz.

    Bundan do‘zaxgacha ming-ming yillik yo‘l,
    Qanday yetib borsin bu sharpa uvol.

    Jiqqa terga botgan hansirar og‘ir,
    Zo‘rg‘a qadam bosar og‘rinib bir-bir.

    Hayajon yuzida aks etar yaqqol,
    U yoqdan bu yoqqa alanglar behol.

    Kimnidir qidirib joni halakdir,
    Vo ajab, tarahhum ayladi taqdir.

    Sudralib borardi xuddi qora dev,
    Qarshisidan chiqdi o‘rtoq Brejnev42 .

    Stalin quvondi, quvondi g‘oyat,
    Axir bir hamnafas topdi nihoyat.

    Ikkovlon so‘rashib, o‘pishib takror,
    Suhbatga chog‘landi chiqarib g‘ubor.

    O‘tgan-ketganlardan so‘zlashib bir-bir,
    Derdi: ukaginam, Leonid, gapir!

    Mendan keyin yurtda, aytgin ne bo‘ldi,
    Yo Sulaymon o‘lib devlar qutuldi?

    Meni go‘rimda ham qo‘yishmadi tinch,
    Hali ham tirikmi «blin» Kaganovich43 ?!

    Tuflisini qo‘lda tutgancha mahkam
    Bir sharpa yaqinlab kelmoqda bardam.

    Xuddiki mushukni ko‘rgan sichqondek
    Leonid qo‘rquvdan qotib qoldi tek.

    Murosa yo‘lini tutib Stalin,
    Der: bunda arazni endi bas qiling!

    Bunda na mansab bor, na boylik, xotin,
    Sabab yo‘q talashib tortishmoq uchun.

    Dunyoda qildik ko‘p noma’qulchilik,
    Noma’i a’molga boqolmaymiz tik.

    Kimlarning haqini yedik, semirdik,
    Elning tuzlig‘iga ey voh, tupurdik.

    Bunda hiyla-nayrang endi bermas ish,
    Bekordir o‘zini mo‘’tabar bilish.

    Kek, g‘arazni qo‘ying, endi tavba deng,
    Barchamiz sig‘amiz, do‘zax juda keng.

    –Go‘ristonda aqling kirmish deyman-ov, —
    Deya zaharxanda qildi Xrushyov44 .

    –Aqling toshib ketgan bo‘lsa gar g‘oyat,
    O‘z yaqinlaringga qilgin nasihat.

    Mana Kaganovich, jonajon do‘sting,
    Yuz yoshga kirib ham o‘lmaydi «blin».

    Sening vasiyating keltirmay bajo,
    Hammamizni sotib ayladi rasvo.

    Dunyoda qilarga ishi qolmadi,
    Valekin haromi hech ham o‘lmaydi.

    Mijgovlab safsata sotadi hamon,
    Erkak bo‘lsa qani, kelsin-chi bu yon?!

    Davru davron surdi, endi bo‘lar, bas,
    Dunyoni bulg‘atib yuribdi nokas.

    –Ha, biz sirdosh edik, — deydi Stalin, —
    Uning ham tez kunda kelishi tayin.

    Yana bitta yaqin do‘stim Molotov,
    Ajal iskanjaga olmish beayov.

    Betobdir, biz tomon shoshilar, albat,
    Yashash navbat ekan, o‘zim ham navbat.

    Kek, garazni qo‘ying, endi tavba deng,
    Hammamiz sig‘amiz, do‘zax juda keng.

    Turqi sovuq bir zot keldi shu mahal,
    Soch chapga taralgan manglay esa kal.

    Tumordek uchburchak shum mo‘ylabchasi –
    Labiga yopishgan po‘stak parchasi.

    Oyoq-qo‘l qurigan yog‘och singari,
    Qadam bosishlari telba-teskari.

    Stalinni ko‘rib sevindi g‘oyat,
    Qarang, barzax45 da ham kularkan omad.

    Qarg‘a-qarg‘aga do‘st, bulbul-bulbulga,
    Tikon do‘st bo‘lmagay hech qachon gulga.

    Tengi topilgani uchun quvonib,
    Suhbat ilinjida talpinib, yonib.

    Bir lahza dunyoni guyo unutdi,
    O‘zini Iosif bag‘riga otdi.

    Tipratikon sochli boshini silab,
    Stalin bag‘riga bosardi alqab.

    Adolf der: sen meni yengding dunyoda,
    Shu sabab hurmating erur ziyoda.

    Bir zum dardlashaylik o‘ltirib og‘am,
    Biz ikkimiz axir go‘yo bir odam.

    Fe’lu a’molimiz, kirdu korimiz,
    O‘xshashdir armonu iftixorimiz.

    O‘z g‘oyalarimiz qilsin deb amal,
    Xaloyiq boshiga yog‘dirdik ajal.

    Har ikki tomondan millionlab o‘g‘lon,
    Bizni deb jonlarin aylashdi qurbon.

    Beva qolib ketdi ming-minglab juvon,
    Go‘daklar yetimu kimsasiz sarson.

    Onalar qon qaqshab qarg‘ashdi bizni,
    Ha, rost oqlamadik el bergan tuzni.

    To‘kkan son-sanoqsiz qonlar uchun bot,
    Azoblanajakmiz, bizga yo‘q najot.

    Lek do‘zaxga kirish oldidan bir ko‘r,
    Bizni uchrashtirgan xudoga shukr.

    –Azizim Iosif, chiqarib xumor,
    Kel, suhbat quraylik bunda so‘nggi bor.

    –Oh, jigarim Adolf, kelaqol, kelgin,
    Gitlerni bag‘riga bosdi Stalin.

    Ikkovlon qo‘ltiqlab bir-birin xushhol,
    Suhbat qurishardi beg‘am, bemalol.

    *** *** ***
    Shu mahal Lavrentiy bo‘ladi paydo,
    Suhbatga sovuq suv qo‘yildi go‘yo.

    Suhbat ahli bari tortdilar sergak,
    Beriya degani bu o‘lim demak.

    Bari bir-biridan aylardi gumon,
    Qo‘rquv suyaklardan ketmagan hamon.

    Barchaning zehnida kezardi bir sas:
    «Nokas do‘zaxda ham baribir nokas!»

    Muhtaram dohiyni qattiq achomlab,
    Chekistlarcha so‘zni boshlaydi ajab.

    –Yejovni ko‘rdingmi, — deydi Beriya, —
    Do‘zaxda yuribdi o‘qib ariya.

    Aqli past, xomkalla, mijg‘ov, pakana
    Bu yerda ham yo‘lin topibdi, mana.

    Kaltafahm farmatsevt46 gohi dovdirab,
    Kim Ir Senni maqtab qo‘yadi ajab.

    Go‘yoki Koreya dunyoni olib,
    So‘ng dohiysi kelar bu yerga g‘olib.

    Xalq g‘azabi unga bermagay omon,
    Oqibati yomon, juda ham yomon.

    Eslardan chiqmagan bergan ozori,
    Yagoda etidan yasarlar dori.

    Shunda paydo bo‘lib Yagoda qurg‘ur,
    Ahli suhbat bilan so‘rashdi bir-bir.

    Dedi: dunyoda-ku qilgandim toqat,
    Bu yerda ham bormi g‘arazu g‘iybat.

    Do‘zaxga yaqinlab boribsiz, hamon,
    O‘zgalar haqida to‘qiysiz bo‘hton.

    Zurriyodsiz o‘tdim – menga osonroq,
    Orqamdan farzandlar qilmas qosh-qovoq.

    Bir-birini g‘ajib meros talashmas,
    Mening o‘limim ham sizga o‘xshamas.

    Ustozim, izingdan qiyomat qo‘pdi,
    Do‘stlaring o‘zgalar oyog‘in o‘pdi.

    Sening tovoningni yalagan itlar,
    Mansab uchun ko‘rsang, qaltirab-titrar.

    Valekin o‘zingdan chiqqan baloga,
    Qayga ham borarding axir da’voga.

    Bari shogirdlaring – ahli marazlar,
    Tuzluqqa tupurgan qo‘rqoq, nokaslar.

    Bir ozdan keyinroq kelishar bu yon,
    Iosif bo‘zrayib uf tortdi: Qachon?!

    Soso Yagodaning bo‘lib so‘zini,
    Leonidga burdi cho‘tir yuzini.

    Mo‘ylovini burab misoli qilich
    Dohiy so‘z boshladi, azizim Ilich.

    O‘rtoqlar yig‘ildi bunda ziyoda,
    Gapirchi, ne gaplar o‘tdi dunyoda.

    Bunda qamayolmas hech kimni hech kim,
    Bunda na azob bor va nada o‘lim.

    Hech kimdan tortinma, aytaver bir-bir,
    Hech kimdan qo‘rqmagin, to‘g‘risin gapir.

    Dunyoda bo‘lsa-da garchi o‘t-olov,
    Bu yerda tegishmas senga Xrushyov.

    Kek, g‘arazni qo‘ying, endi tavba deng,
    Barchamiz sig‘amiz, do‘zax juda keng.

    Qurigan yog‘ochdek turgandi qotib,
    Xrushyov barchani so‘kdi o‘xshatib.

    –Hammangiz muttaham, gezarib labi,
    Nikita tutardi ho‘l o‘tin kabi.

    Barzaxda bu holni ko‘rmagandi ko‘z,
    Kobaning shasti ham pasaydi bir oz.

    –So‘kinma, — Sergeyevich, — dedi nihoyat, —
    Bu yerda baqirish, so‘kinish uyat.

    Xrushyov g‘azab-la vishillar sekin:
    –«Nasihatgo‘y bo‘psan, deyman «sukinsin»

    Arosat dashtida hokimdir dahshat,
    Bunda vahmu qo‘rquv kezinar faqat.

    Tinmaydi vahmkor bo‘ronlar sasi,
    Tuyadek keladi qumning zarrasi.

    Nikita so‘zidan Iosif qaqshab,
    Quturgan it kabi bo‘ldi darg‘azab.

    Qayerda ekanin unutib shu payt,
    Ruschasiga so‘kdi he «tvayo mat…»

    Dunyoda yurarding oyog‘im yalab,
    Tiling bir qulochdir bu yerda ajab.

    Dunyodagi barcha gunohim uchun
    Do‘zaxda hammangga boshliq men o‘zim.

    Bu yerda ham qochib qutulolmaysan,
    Axir do‘zax erur senga ham Vatan.

    El-ulus qonini ichgan edik xo‘p,
    Biz kabi axmoqlar bunda juda ko‘p.

    Bari haromzoda, oqpadar, qallob,
    Bunda nobakorning urug‘i serob.

    Do‘zaxga solishsa bir-birin yeydi,
    Do‘zax ham buzilib ketmasa edi.

    *** *** ***
    Iosif dunyoda quturdi itday,
    Begunohlar qonin so‘rardi bitday.

    Dunyo bino bo‘lib balki hech qachon,
    Hech kim o‘ldirmagan bunchalik inson.

    Qabr qazmoq uchun topilmay fursat,
    Hatto shaxtalarga to‘ldirdi jasad.

    Dunyoni dahshatga solgan bu yovuz,
    Xrushyovga qarab bosiq qotdi so‘z:

    –Nikita, tortinma, kelaqol bu yon,
    Dunyo g‘amlaridan yuragim vayron.

    Qilgan ishlarimga pushaymonman, bot,
    Meni la’natlaydi jumla odamzod.

    Kechmishimni o‘ylab ko‘nglim qarodir,
    Ertani o‘ylasam, bag‘rim yarodir.

    Do‘zaxni eslasam portlar yuragim,
    Oldinda azob bor, azobi alim.

    Kel, so‘nggi martaba odamlarga xos,
    G‘amboda qalblarni ochaylik bir oz.

    Burungi Stalin emasman, yo‘q, yo‘q,
    Qasos olmagayman – ko‘ngling bo‘lsin to‘q.

    Bu yerda barchamiz mulzaumu nochor,
    Bir chimdim savobu shafoatga zor.

    Man-man deganlarning bag‘ridir yaro,
    Bo‘yningni salgina cho‘zibroq qara.

    General, genseklar47 , shohlar ham hatto
    Izillab yig‘lashar: «madad ber, xudo!»

    Dovruq solgan mag‘rur fohishalar ham,
    Yer chizib turishar, rasvoyu mulzam,

    Qurt-qumursqa kabi bijg‘ib beomon,
    Tentirab yurishar so‘ngsiz olomon.

    Falakka o‘rlaydi dodu fig‘onlar,
    Oh, sho‘rlik insonlar, sho‘rlik insonlar.

    Shu mahal to‘dadan chiqib bir kampir
    Stalinga qarab so‘z qotdi og‘ir.

    Tanimading chog‘i, Veraman, Vera48 ,
    Ko‘zlaringni ochib yaxshilab qara.

    Dunyoda shoh eding, sulton eding, ha
    Go‘ring quygur endi qilayapsan tavba.

    Barcha a’mollaring gunoh, hamoqat,
    Yo‘q, iltijolaring bo‘lmas ijobat.

    Esingdami o‘sha mash’um qaro tun,
    Meni eltgan eding zo‘rlamoq uchun.

    Badaningdan burqsib achchiq ufunat
    Oh, sendek sassiqqa qiluvdim toqat.

    Og‘zing badbo‘y edi axlat qutidek,
    Men noilojlikdan qotib turdim tek.

    Yo‘q deyish men uchun – muqarrar o‘lim,
    Zo‘rlading, noiloj turaverdim jim.

    Kunsevoda bo‘lib o‘tgandi bu ish,
    Xuddi ko‘rganimdek dahshatli bir tush.

    Nega ajablanib qaraysan, yovuz
    «So‘zing yolg‘on», deya juftlama og‘iz.

    Agar yolg‘on bo‘lsa gapirsin mana,
    Guvoh erur sodiq haydovching Vasya.

    Ha, zo‘rlagan eding rostini aytsam,
    Bechoraholligim qilgandi alam.

    Yig‘ladim, yig‘ladim sahargacha to,
    Ko‘zimga zim-ziyo ko‘rindi dunyo.

    Keyin bora-bora ko‘nikdim sekin,
    Seni hatto ba’zan sog‘inardim, chin.

    Yoqib tushdi menga ayshu ishratlar,
    O‘z erimdan endi qilardim hazar.

    Shohga o‘ynash bo‘lish asli baxt edi,
    Istagan matohim mudom taxt edi.

    Menga gap qaytara olmasdi hech kim,
    Xushomad qilardi hattoki erim.

    Kremlda edim sevikli, erka,
    Sergeyevich baqirdi: «bas qil, sobaka!»

    Bu gaplarni xuddi eshitmagandek,
    Stalin iljayib turar edi tek.

    Vaziyatni bir oz yumshatmoq bo‘lib,
    Biror gap aytmoqchi bo‘ldi munosib.

    Shohlarga xos viqor, salobat bilan,
    Salmoqlab-salmoqlab dedi daf’atan:

    Kek, g‘arazni qo‘ying, endi tavba deng,
    Barchamiz sig‘armiz do‘zax juda keng.

    *** *** ***

    Qaynagan qumloqni changitib mana,
    Halloslabon keldi Furseva49 Katya.

    Xuddi bir narsani sog‘ingan misol,
    Stalin shoshilib so‘radi ahvol.

    Dedi: o‘tar ekan davr ila davron,
    Qiziq, Kremlda kim hozir hoqon?

    Katya: kelib-ketdi necha betayin,
    Bugun shohlik taxtin egallar Yeltsin.

    Stalin o‘ylanib turdi bir muddat,
    Isyonkor ko‘zida barq urdi shiddat.

    Dedi: aylandimi teskari zamin,
    Aralashib ketdi bari yolg‘on-chin.

    Biz jon uzib qurdik buyuk mamlakat,
    Bugungilar uni buzarmish faqat.

    Davlat ulkan bo‘lsa, bo‘lsa ulug‘vor,
    Dushman yetkazolmas unga hech ozor.

    Eshitdim, shoh bo‘lgan qiysi bir xoldor,
    Unda na g‘urur bor, na nomus, na or.

    Maslahatni qilib dushmanlar bilan,
    Guldek mamlakatga bichganmish kafan.

    «Qayta qurish» – deya muttaham, kazzob,
    Ulkan mamlakatni aylamish xarob.

    Bu qanday ko‘rgulik, ey voh, bu ne hol,
    He.. onangni sening… qayta qurmay o‘l!!

    Dohiy kayfiyati buzildi yomon,
    Gorbachyovni bo‘rab so‘kdi beomon.

    Kobani tark etsin dedimi g‘azab,
    Hazillasha ketdi Katya shang‘illab.

    Dedi: har ikkoving bo‘lsangda hoqon,
    Ko‘ngil berdilaring aroqqa yomon.

    Erkaklik gashtini surmay, qilib hayf,
    Umrlaring o‘tdi lohas, shirakayf.

    Sening ikkovingdan ko‘ra necha bor,
    Lavrentiyi qurg‘ur zo‘r edi, makkor.

    Eslasam, haliyam havasim kelar,
    Yaxshi ko‘rishardi uni xonimlar.

    Unga qilishmasdi ortiq ishva-noz,
    Xo‘roz edi qurg‘ur, haqiqiy xo‘roz!

    Bu qaltis hazildan ranjib muqarrar,
    Stalin g‘azabi qaynadi battar:

    –Bir odam shunchaga qodirmi, hayhot,
    Hatto komfirqani ayladi barbod.

    U bilan yaxshilab gaplashmoq darkor,
    Tezroq kelsa edi kasofat xoldor.

    Nikita Xrushyov ortiq chidolmay,
    Stalin gapini qaytardi atay:

    «Kek, g‘arazni qo‘ying, endi tavba deng,
    Hammangiz sig‘asiz, do‘zax juda keng!»

    Bu gapdan Katyaning qo‘zdi g‘azabi,
    Bobillay boshladi pirpirab labi.

    Xuddi jazman uni qoldirib atay,
    Do‘zaxdan jannatga qochib ketganday.

    Tovuq kabi eski axlatni titdi,
    Sho‘rlik Nikitaga yopisha ketdi.

    Dedi: oppoqmisan mal’un sen o‘zing,
    Iosif o‘lganda nimalar qilding?

    «Shaxsga sig‘inish» deb dahri dun aro,
    Uning pok nomiga chaplading qaro.

    Bir-biring yomonlash senlarga odat,
    Uning xizmatiga aylading tuhmat.

    –Ovozingni o‘chir, — deya Xrushyov –
    «…tvoya mat»…- deya so‘kdi beayov.

    –Sen gapga qo‘shilib nima qilasan,
    Erkaklar ishini qaydan bilasan?

    Vazifang-erkakning vaqtin chog‘ etish,
    «Tur» desa- tirilib, «yot» – desa-yotish.

    Sen-axmoq, oddiy bir to‘quvchi eding,
    Siyosatda gumroh o‘quvchi eding.

    Ovozingni o‘chir, vovillama, bas,
    Seni odam qilgan menman-ku, nokas?!

    Turli gap-so‘zlarga yumgancha ko‘zim,
    Seni madaniyat vaziri qo‘ydim.

    Mahramona ishga qo‘shilmaganday
    O‘zin chetga oldi Stalin atay.

    Dedi: Lyonya, beri kel, ukam
    Dunyomiz g‘am edi, oxirat ham g‘am.

    O‘tgan ketganlardan so‘zlagin bir oz,
    Ko‘nglimda alamning tugunlarin yoz.

    Osilgan jag‘ini to‘g‘rilab xushhol
    Leonid Brejnev so‘z qotdi darhol:

    –Sizning tuzingizni yegan nokaslar
    Tuzluqqa tupurdi ul zoti pastlar.

    O‘laksa ustida quzg‘unlar misol,
    Sizga tosh otishdi ular bemalol.

    Shayton Nikitani vasvasga soldi,
    Tuflisini yechib qo‘liga oldi.

    Mo‘ralab Leonid boshiga birdan
    Tushirmoqchi bo‘ldi tuflisi bilan.

    Xayriyat, bu holni payqadi Suslov50 ,
    Nikita qo‘lini qayirdi darrov.

    Lyonya Suslovga der: «Rahmat og‘am!
    Dunyoda do‘st eding, oxiratda ham…»

    *** *** ***

    Qahqaha yangradi shu lahza ajab,
    Ro‘shnolik taraldi arosat bo‘ylab.

    Har bir qadamidan sachratib olov,
    O‘ktam kirib keldi Sharof Rashidov51 .

    Dedi: haqqa shukur, taqdirga shukur,
    Xayriyatki, o‘rnim boshqa joydadir.

    U yerda o‘zgacha muhit hukmron,
    It kabi qopmagay insonni inson.

    Unda joriy erur tavoze’, hurmat
    Unda hukmrondir mehru muhabbat.

    Unda bir bandadek his qilib o‘zni
    Haqning jamoliga tikamiz ko‘zni.

    Bunda ko‘rganlarim tuban naqadar,
    Bunday ko‘rgulikdan hazar, alhazar.

    Bir-birini g‘ajib qilishar rohat,
    Ey voh, bu qanday qavm, bular ne xilqat?!

    Xudoyim, ko‘rmagin loyiqi ozor,
    Bular kabi etma meni sharmisor.

    Izdihomga boqib dedi: xaloyiq,
    Har kimning a’moli fe’liga loyiq.

    Sizning orangizda bilmam bormikan,
    Mash’um tergovchilar – Ivanov, Gdlyan52 .

    Bu ikki nobakor g‘alamiz niyat,
    Mening millatimga qilishdi tuhmat.

    Oqni qora deya, qorani oppoq,
    Yozishdi ko‘rnamak ikki hamtovoq.

    Minglab halol inson qamaldi, ey voh,
    Gunohkor ataldi minglab begunoh.

    Bu haromilarning joyi saqar53 dir!
    Yegan-ichganlari zaqqum-zahardir.

    Bu yerga ularni ko‘rgani keldim,
    Azob-uqubatin ko‘rsin deb ko‘zim.

    Izdihom ichidan aftoda g‘arib,
    Janobi Chernenko54 chiqdi yo‘talib.

    Dedi: Siz aytganlar hali ham tirik,
    Erta-kech shu yerga kelishar, aniq.

    Gdlyani haliyam abjir, bachchag‘ar,
    Ivanov aftidan tez kunda kelar.

    Bijg‘igan kaslarga termulib hayron,
    Xayol surib qoldi Sharof otaxon.

    Uning nigohida rahm-shafqat, gazab,
    O‘zaro qorishib ketgandi ajab.

    Bu dardli nigohga berolmay bardosh,
    Seskanib ketdim-da va ko‘tardim bosh.

    Atrofga jovdirab «xayriyat», dedim,
    Qo‘rqinchli tush ekan bu ko‘rganlarim.

    *** *** ***

    Aleksandr Isayevich, Sizga ming rahmat,
    Bizni deb chekdingiz adoqsiz zahmat.

    Maxfiy sir-asrorni ayladingiz fosh,
    Ziyo taratdingiz bamisli quyosh.

    Sizning kitobingiz o‘qigach bot-bot,
    Hayrat barmog‘ini tishladik «nahot…»

    Rahbarlar kimligini angladik, bildik,
    Ular qilmishini tasavvur qildik.

    Bildik dohiylarning kirdi-korini,
    Ularning dahshatli fe’l-atforini.

    Bizning ishonchimiz puch ekan, sarob,
    «Dohiy»lar yuzidan shildingiz niqob.

  • III bo‘lim

    Dohiy vafotidan keyin beayov,
    Boshlandi dahshatli so‘roq va tergov.

    Zamon rahbarlari qator va qator,
    Qamala boshlandi barcha dilozor.

    Xrushyov davriga kelib ilk bora,
    Oqni oq deyishdi, qorani-qora.

    Odamlar zehnida paydo iliqlik,
    Mazlumlar qomatin ko‘tardilar tik.

    «Xalq dushmani» deya badnom bo‘lganlar,
    Ahlu avlodlari shukrona qilar.

    Xrushyov bu yovuz tamg‘ani oldi,
    Ular ham oqibat odam sanaldi.

    Ularni xizmatga qilishdi qabul,
    O‘quv yurtlariga ochildi keng yo‘l.

    Nikita Sergeyevich o‘ta shiddatkor,
    «Xalq dushmani» tamg‘asin ayladi bekor.

    Xrushyov vatanni ancha pokladi,
    Yigirma millionning nomin oqladi.

    Bu shijoat edi, bu mardlik edi,
    Shu ish-la Xrushyov tarixda qoldi.

    *** *** ***
    Lenin asos solgan sho‘ro tuzumin
    Sindira olmadi dushman hujumi.

    Qattiqqo‘l Stalin mustahkam etdi,
    Shul sabab dovrug‘i olamga ketdi.

    Avval el boshiga keltirdi ofat,
    Keyinchalik elni qildi himoyat.

    Kim uni alqaydi, kim qarg‘ar hamon,
    Mutloq yaxshimasdi, yo mutloq yomon.

    Mutloq narsa yo‘qdir olamda azal,
    Bu qoida mudom qiladi amal.

    Tarixga aylandi sho‘ro zamoni,
    O‘zi bilan ketdi yaxshi-yomoni.

    Xatolarni qilmay desangiz takror,
    Tarixdan xulosa chiqarmoq darkor.

    Sho‘ro g‘oyalari edi pok, halol,
    Haromxo‘r rahbarlar aylashdi poymol.

    Uni o‘zlaricha aylashdi talqin,
    Eng oliy orzular yemrildi sekin.

    Xalqni tahlikada saqlashdi mudom,
    Qo‘rqoqlar naslini aylashdi in’om.

    Rivoj topdi san’at, ma’rifat va fan,
    Yashnadi, gulladi, kundan-kun Vatan.

    Barcha sohalarda ilg‘or bo‘ldi u,
    Jahon ichra topdi yuksak obro‘.

    Lekin bir narsada mutlaq adashdi,
    Shul sabab tanazzul chohiga tushdi.

    O‘zni o‘nglolmadi bul xato uchun,
    Rahbarlari armon qilar kunu-tun.

    Bul xato – imonu e’tiqod edi,
    Dinsizlik Sho‘roning boshini yedi.

    Dinu diyonatga begona tuzum,
    Maishati nahsu, istiqboli shum.

    Unda yashay olmas odam odamdek,
    Unda hukmrondir yolg‘on, g‘araz, kek.

    Farzandlar ulg‘ayib bo‘lishar manqurt,
    Qaydan rivoj topsin, gullasin bu yurt.

    Tarbiya topadi o‘g‘riyu kazzob,
    Imonsizlik – azob, dinsizlik – azob.

    Bunday mamlakatning ertasi bo‘lmas,
    Eli unutgaydir hayratu havas.

    Mol kabi maslagi yeb-ichishdur bas,
    Bunday yurt aslida ulkan bir nafas.

    Imonsiz bolalar qilur xiyonat,
    Imonsizga asli xiyonat odat.

    Bunday jamiyatning vorisi bo‘lmas,
    Yer yuzida undan bir nishon qolmas.

    Din – halollik erur, axloqu adab,
    Bizlarni iymondan ayirma, yo rab!

  • BORIS NIKOLAYEVICH YELTSIN

    Shohning xizmatini baholagan on,
    Adolati erur har qachon mezon.

    Kunu tun jon chekib, qilmayin rohat
    O‘rnatmoqchi bo‘ldi yurtda adolat.

    Atrof javonibga u ko‘z tashladi,
    Kazzoblar tanobin torta boshladi.

    Vatan tomirlarin kemirgan mudhish,
    Kalamush zotiga yoqmadi bu ish.

    Dod-faryod qilishdi ko‘tarib isyon,
    Qancha obod joyni aylashdi vayron.

    Elni ko‘chalarga qilishdi da’vat,
    Kunu tun mitinglar qilishdi faqat.

    Ular kirdikorin baholashdi PUTCh,
    Yeltsinga do‘q urar: «Niyatlaring puch!»

    Sho‘ro ham boshladi maslagin nogoh,
    Maqsad-maromidan ayladi ogoh.

    –O‘n yettinchi yili to‘kkanmiz der qon,
    Kursini bermaymiz deydi, — qonga-qon.

    Borisga do‘q urar: – maqsadingdan qayt,
    Qayta qurishlaring kimga kerak, ayt?!.

    Kommunizmdan biz yuz o‘girmaymiz,
    Demokratiyangni qabul qilmaymiz.

    Mansabni bermaymiz – qilib muddao,
    Oq uyni qo‘riqlab yotardi Sho‘ro.

    Lujkov ham Borisni qo‘lladi shu dam,
    Islohot yo‘liga qo‘ydi u qadam.

    Sho‘roga dedi u: hovuringdan tush,
    Behisob jon sotding, ey arzonfurush.

    Nochor kimsalarni beayov otding,
    O‘smirlar ko‘ziga tuproqlar sepding.

    Adolatsiz eding, el-yurtda zug‘um,
    Ko‘zlardan miltirab yosh oqardi jim.

    Bir kuni fosh bo‘lar zinovu riyo,
    Bu fisqu fujurni bilg‘usi dunyo.

    Ayblaring ochilar elning yuziga,
    Tarix qaro chaplar sening ko‘zingga.

    Xalq bilan turganda ular bir safda,
    Sho‘ro taslim bo‘ldi keyingi hafta.

    Xalq o‘z rahbarini ehtirom aylab,
    Uning orqasidan ergashdi alqab.

    U elni boshladi zafarlar sari,
    Najotkor Isoi Masih singari.

    Xalqlarning qalbida e’tiqod yonib,
    Yeltsinning izidan bordi quvonib.

    Hur fikrlilikka ochib berdi yo‘l,
    Hech kim qilmagandi bu ishni alhol.

    Matbuotga berdi to‘liq erkinlik,
    Haqiqat ko‘ziga boqa oldi tik.

    Qullik kishanlarin etdi-yu barbod,
    Elning shuurini ayladi ozod.

    Kamtarin rahbaru ulug‘vor inson,
    Xalq bunday farzandin atar qahramon.

    Tokim olam bordir nomi o‘chmasdir,
    Yosh-qari nomini eslagay bir-bir.

    Ketar mahali ham elni lol etdi,
    Bir buyuk mardlikni ko‘rsatib ketdi.

    O‘z ixtiyori-la mansabdan ketish, —
    Har kimning qo‘lidan kelmagay bu ish.

    Shogirdi Putinga ishonch bildirib,
    Uni o‘z o‘rniga ko‘rdi munosib.

    Sher sherga do‘st bo‘lar, tulkiga emas,
    Shogirdi mard chiqdi o‘ziga o‘xshash.

    Putin ustozining yo‘lini tutdi,
    Demokratiyani barqaror etdi.

    Barcha arazlarni rad etib dadil,
    Dunyo siyosatin etdi mo‘’tadil.

    Shunday rahbar bilan istiqbol deya,
    Gullab-yashnagaydir buyuk Rossiya!

  • SHAROF OTA

    (Doston)

    Debocha

    O‘roq hamda bolg‘a, qizil shiorlar,
    Atrof-javonibni etganda qurshov.
    Bu qurshovning po‘lat panjalari-la,
    Erkin fikrlashga qo‘yilgandi g‘ov.

    Hattoki eng oliy rutba rahbarlar,
    Markazqo‘m qo‘lida edi qo‘g‘irchoq.
    El naf’in ko‘zlagan necha orzular,
    Qog‘ozlarda qolib bo‘ldilar halok.

    Kimningdir izmiga qarab yozildi,
    Xalqlarning tarixi, hatto taqdiri.
    Ne-ne yozuvchilar, shoir, olimlar,
    Bu sohir tuzumning bo‘ldi asiri.

    Vaziyat tang kelib qolgan mahali,
    O‘zining tinchini uylardi har kim.
    Hukm surar edi yovuz bir tahdid:
    «Bosh kerakmi, demak, turavergin jim!»

    Lek hayot kurashdan iborat asli,
    Kurashib yashagay har doim inson.
    Shu kurash elga baxt ulashar doim,
    O‘zgarib ketadi zaminu zamon.

    Xalqda bir hikmat bor, «Qalovin topsang
    Gurkirab, lovillab yonar hatto qor!»
    Elim, o‘ksimagin o‘tgan kuningga,
    Zero Sharof Rashid degan o‘g‘ling bor.

    O‘z jonin garovga qo‘yganicha u,
    Sening baxt, iqboling o‘yladi kun-tun.
    Elim, sen iftixor qilsang yarashar,
    Sharofdek fidoyi farzanding uchun.

    Bo‘lmaydigan ishni bo‘ldirdi gohi,
    Bo‘rining ko‘ksidan undirgandek sut.
    Shaharlar, fabrika. Zavodlar guvoh,
    Uning qutlug‘ nomi bo‘lmagay unut.

    Elim, Vatanim deb, o‘zbegim, deya,
    Sindirdi hiylayu makr domini.
    O‘z halovatidan, tinchidan kechib,
    O‘zbekning olamga yoydi nomini.

    Mening ham muddaom, Sharof otaning,
    Halol xizmatlarin eslamoq takror.
    Zero, odam joni yalpiz emasdir,
    Qayta ko‘karmasdir yerdan har bahor.

    Zero, har bir elning peshonasiga,
    Bunday buyuk farzand bitar juda kam.
    Uni eslamoqlik biz uchun vojib,
    Qadrin bilmog‘imiz lozim, muazzam.

    Yaxshi niyat bilan qalam ushladim,
    Bu yo‘lda rahnamo e’tiqod, ixlos.
    Otaxon sha’niga aytay yorug‘ so‘z
    Maqsadim: burchimni oqlamoq, xolos.

  • 1 – QISM
    ZILZILA

    Yer titradi, ey voh, osmon titradi,
    E’tiqod titradi, iymon titradi.

    Bir lahzada obod binolar vayron,
    Odamlar g‘amzada, sargardon hayron.

    Sanoqsiz odamlar bo‘ldilar qurbon,
    Tirik qolganlari chekmoqda fig‘on.

    Samoga o‘rladi fig‘on, ohu-voh,
    «Bu ne ko‘rgulikdir, ne kulfat, Olloh!»

    Bir lahza muqaddam baland koshona,
    Endi zamin uzra yakson vayrona.

    Hech kim hech qayerdan topolmas taskin,
    Osmon soqov edi, soqovdir zamin.

    Odamlar sargardon ivirsir zir-zir,
    Oh beshafqat taqdir, shafqatsiz taqdir.

    Xar kim o‘z jonini asrash-chun halak,
    Yugurib-yeladi, sarson, jonsarak.

    Kishi o‘zi uchun topmagach chora,
    Elin nima qilsin rahbar bechora?!

    Elga qiyin bo‘ldi, juda ham qiyin,
    Rahbarga-chi, undan yuz karra, tayin.

    Gumon va shubhani aylagancha daf’,
    Qo‘rquv, vahimani etdi bartaraf.

    Sharof ota elga taskin bag‘ishlab,
    Tinimsiz markazdan qilardi talab.

    Tokim el qalbini qamramasin g‘am,
    Bizga yordam kerak, shoshilinch yordam.

    –Tokim elning ko‘ngli o‘ksib qolmasin,
    Qalbi g‘am-g‘ussaga butkul to‘lmasin.

    Toshkentni tiklaylik bo‘lib jamul-jam,
    Yolg‘izlik sezmasin biror-bir odam.

    O‘zbek muftxo‘r emas, tayyorxo‘r emas,
    Tekinga birovning nonini yemas.

    Barcha ko‘maklarni biz pulga chaqib,
    Oltin, paxta bilan to‘laymiz, nasib.

    Ishning bu tomoni, do‘stlar, betashvish,
    Bizning boshimizga bugun tushdi ish.

    Lekin mehnatsevar, mag‘rur xalqim bor,
    U o‘zni hech qachon qilmas sharmisor.

    Yiqilgan uyini tiklaydi qayta,
    Yashaydi, taqdirga shukrona ayta.

    Hali payt keladi sezmas kamu ko‘st,
    Bu bir sinov erur, imtihon, xolos.

    Har qanday vaziyat, har bir holatda
    Rahbarga bog‘liqdir ishlar, albatta.

    Rahbarning har bitta so‘zi baribir,
    Ishning yurishiga yetkazar ta’sir.

    Ota markazqo‘mga ayladi xitob,
    Va unga berishdi xayrli javob.

    Moskva ko‘magi – sanoqsiz karvon,
    Qadrdon Toshkentga bo‘ldilar ravon.

    Ularda qurilish ashyosidan to,
    Oziq-ovqatgacha bari muhayyo.

    Yordamga kelishdi armanu gruzin,
    Boltiq buyi xalqi, o‘ris, ukrain.

    Tojik va belorus, qirg‘izu qozoq,
    Barchaning maqsadi ko‘makdosh bo‘lmoq.

    Do‘stlar madadida boshlandi zo‘r ish,
    Vayrona shaharni kaytadan qurish.

    Bunda mehru ixlos bo‘lib hukmron,
    Ishning sur’atiga qolishdi hayron.

    Cheksiz g‘ayrat ila ishlab kunu tun,
    Bunday jishoatni ko‘rmagan ochun.

    Oqlab el oldida bergan va’dani,
    Oyda bajarishdi yillik rejani.

    Otaxon bu ishda bo‘ldilar bosh-qosh,
    Qalblarga nur berib, misoli quyosh.

    Toshkent o‘z qaddini tikladi shundoq,
    Hatto avvalgidan bo‘lib go‘zalroq.

    Otaga shunchaki bir poytaxt emas,
    Toshkent shahri edi shahri muqaddas.

    Bu shaharga qalbin qo‘rini berib,
    Ko‘rmoqchiydi uni go‘zal, munosib.

    Istardi Toshkentga boqishsin hayron,
    Xuddi Moskvayu, Parij yo London.

    Uni obod qilmoq orzusi edi,
    Kunu tun Toshkentning g‘amini yedi.

    Otaxon markazni gapga ko‘ndirib,
    Metro qurilishin boshladi g‘olib.

    Bu ulug‘ ish edi – yosh-qari iqror,
    Butun O‘zbekiston uchun iftixor.

    Toshkentning metrosi boshqalaridan,
    Ajralib turardi chiroyi bilan.

    Bekatlar bezalgan – joziba, shukuh,
    Ufurib turardi undan milliy ruh.

    Yer ostida ulkan qasrlar paydo,
    Toshkent metrosimas oddiy bir metro.

    Har bitta bekati ko‘rkam bir saroy,
    Nurota marmari bermishdir chiroy.

    O‘zbekona edi Toshkent metrosi,
    O‘zbekona edi obu havosi.

    Odamning qalbida bo‘lsa e’tiqod,
    Unga jozibali ko‘rinar hayot.

    Rivoj-ravnaq topar doimo ishi,
    Savobga yo‘g‘rilar har bir qilmishi.

    O‘z elin sevardi cheksiz otaxon,
    El uchun umrini ayladi qurbon.

    Har ishda e’tiqod rahbari edi,
    Elning muhabbati sarvari edi.

    Shul sabab omadi boqardi kulib,
    Har ishda bo‘lardi muzaffar, g‘olib.

  • 2 – QISM

    O‘zbek deganida otning dupuri,
    Aks sado beradi bu olam aro.
    O‘zbek deganida ko‘zim o‘ngida,
    Sarobdek mavjlanar adoqsiz sahro.

    O‘zbek deganida ufq kengayar,
    Cheksizdek ko‘rinib ketadi olam.
    Qantarilgan otlar suvlig‘in chaynar,
    Parvozga shaylangan burgutdir odam.

    O‘zbek deganida qilichlar zarbi,
    Eshitilib turar moziy qa’ridan.
    Butun quruqlikni qamrab olgusi,
    Turkona lisonli hududsiz Vatan.

    O‘zbek degani bu – Amir Temurdir,
    Hududlari cheksiz ulkan mamlakat.
    Osoyishta yashar sag‘iru kabir,
    Unda hukmrondir adlu adolat.

    O‘zbek degani bu faqat janggohmas,
    Ilmu irfonni ham anglatar o‘zbek.
    Osmon darvozasin ochgandi ilk bor
    «Zichi Ko‘ragoniy» birla Ulug‘bek.

    Turkona lisonning jozibasini,
    Navoiy ayladi olamga mashhur.
    Besh yuz yildan buyon g‘azal bazmida,
    O‘zbekning kalomi jaranglar mag‘rur.

    Yigirmanchi asr ibtidosida,
    Larzaga keldi-yu zaminu zamon.
    Inqilob qilamiz, deya bir guruh,
    Barcha sarhadlarni ayladi vayron.

    Va barpo qilishdi ajib bir tuzum,
    «Sho‘ro hukumati» atashdi nomin.
    O‘zbek deganida anglashilardi,
    Saxovat undirgan muqaddas zamin.

    Yurtni obod qilish andishasida,
    Er-xotin, butun el ayladi g‘ayrat,
    O‘zbek deganida tushunilardi,
    Halolu pokiza, fidoiy mehnat.

    Kanallar qazilib, qaqroq cho‘llarga
    Obi hayot yanglig‘ chiqarildi suv.
    –O‘zbek degani bu, — deyishdi zimdan,
    Cho‘lquvar xalq ekan, bilmaskan qo‘rquv.

    Cho‘llar gulzorlarga aylandi butkul,
    Mevazor bog‘larga aylandi sahro.
    Oqib yotar edi benaf, besamar,
    Elning xizmatiga bo‘ysundi daryo.

    Rahbar odil bo‘lsa raiyat uchun,
    Baxtdir bu, juda ham tansiq va noyob.
    El-ulus ayamay g‘ayratin-kuchin,
    Yurtni gullatishga aylagay shitob.

    Rahbar odil bo‘lsa, yurtning ishlari,
    Rivoj-ravnaq topar, topar e’tibor.
    Rahbar odil bo‘lsa, yurt obod bo‘lar,
    Hatto qurt-qumursqa topmagay ozor.

    Rahbar odil bo‘lsa, elu ulusning,
    Turmushiga kirar qut va baraka.
    Gar odil bo‘lmasa, raiyat ahlin,
    Nolasi, fig‘oni chiqar falakka.

    Odil rahbar edi Sharofxon ota,
    Doim kulib boqar edi omadi.
    Uning zamonida O‘zbekistonda,
    Obod etilmagan go‘sha qolmadi.

    Odil rahbar edi Sharofxon ota,
    Cheksiz armon edi har bitta so‘zi.
    U derdi: o‘zbekka xizmat qilsaydi,
    Buxoro, Uchquduq, Gazlining gazi.

    Yaxshining omadi kulib boqadi,
    Yaxshiga tabiat qilur muruvvat.
    Kitob va Shaxrisabz, Ohangarondan,
    Qazib chiqarildi boyliklar qat-qat.

    Balki yillar o‘tar, asrlar o‘tar,
    So‘zga kirganida tarix tillari.
    Sharofxon otani eslashar beshak,
    Muruntovning toza, sof oltinlari.

    Oqil rahbar elni mehnatga boshlar,
    Yurtni gullatishga qilar hidoyat.
    Sharofxon otaning rahbarlik payti
    Ulug‘ O‘zbekiston tikladi qomat.

    Oqilning yonida oqillar turar
    Oqilga yelkadosh mudom donolar.
    Dono odamlarning kengashi sabab
    Ko‘kka buy cho‘zishdi baland binolar.

    Elni yaratdimi parvardigorim,
    Tog‘dami, toshdami, suvdami, cho‘lda
    Uning rizqini ham yaratar beshak,
    O‘sha el yashagan makon-mahalda.

    Oqil rahbarlarning vazifasidir,
    Elning razq-ro‘zini muhayyo qilmoq.
    Tog‘u toshdan va yo suvdanmi, cho‘ldan
    Xudo bergan rizqu ro‘zni undirmoq.

    O‘zbekning zamini cho‘l edi, taqir,
    Etagi ufqqa borib tutashgan.
    Nima qilmoq kerak katta bir xalqqa,
    Shu qaxragan sahro bo‘lsa gar Vatan?!

    Bir narsa muqarrar: Razzoqi olam,
    Bu elning rizqini sochmish sahroga.
    Oqil rahbar uni undirmog‘i shart,
    Baxtli etmog‘i shart elni dunyoda.

    Otaxon oqillar bilan kengashib,
    Tanladi eng to‘g‘ri, mo‘’tadil yo‘lni:
    «Qaqragan sahroga suv chiqarmoq shart,
    Bo‘cton etmoq kerak qaqragan cho‘lni!»

    Ishga jalb etildi barcha yosh-qari,
    Qudratli texnika – beminnat dastyor.
    Kimsasiz sahroda mehnat zafari,
    Gurillab ag‘darar yerni traktor.

    Jizg‘anak cho‘llarga chiqarildi suv,
    Baxsh etildi unga o‘zga tarovat.
    Har bitta giyohning ko‘ksida g‘uluv,
    Suvni sipqorgancha qilardi rohat.

    Qo‘riqlar ochildi – beminnat zamin,
    Ekin maydonlari – hududi cheksiz.
    Bir yon bog‘u-bo‘ston, anvoyi meva,
    Bir yonda sharbatdek g‘arq pishgan poliz.

    Bir yonda g‘allazor mavjlanib turar,
    Bir yonda barq urar ko‘m-ko‘k paxtazor.
    Bir yon quruvchilar shaharlar qurar,
    Bir yonda maktabu bog‘chalar qator.

    Hisob-kitob qildi Sharofxon ota,
    Cho‘lga nima eksa foydasi ko‘proq.
    Jahon bozorida narxu navoni,
    Cho‘tga tashlab ko‘rdi chamalab, mundoq.

    Va xulosa qildi: «Ekamiz paxta!»
    Paxta boyitadi elni hoynahoy.
    Jahon bozorida bir kilosiga
    Sotib olish mumkin qirq kilo bug‘doy.

    Zaminu zamonga ekishdi paxta,
    El mehnat terila sug‘ordi uni.
    O‘zbekning paxta deb tongi otardi,
    Paxta agatida o‘tardi kuni.

    Aqlu idrok bilan qilingan mehnat,
    Azaliy haqiqat: zoye ketmaydi.
    Yerga umid bilan qadalsa urug‘,
    Zamin aldamaydi, nokom etmaydi.

    Mevasin ulashdi tinimsiz mehnat,
    Paxtaning hosili yetildi mo‘l-ko‘l.
    Dalaga otildi barcha keksa-yosh:
    «Bir chanoq «oq oltin» bo‘lmasin uvol!»

    Shundan O‘zbekiston qaddin tikladi,
    Qardoshlar safidan joy oldi mag‘rur.
    Shundan el-ulusning rizqi farovon,
    Lablarda tabassum, ko‘zlarda suru.
    O‘zbek shuhratini olamga yoydi,
    Yorug‘ yuzi kabi paxtasi oppoq.
    Halol mehnat uni mukarram etdi,
    Peshona teriyu, qo‘ldagi qadoq.

    Uning zahmatiga hayrat barmog‘in
    Tishlab qotib qoldi butun jahon tek.
    Endi olam aro paxta deganda,
    Tushunilar edi zahmatkash o‘zbek.

    Yurtning obodligin sababchisi u,
    Elni o‘ylar edi qayta va qayta.
    O‘zbekning ko‘ksini tog‘dek ko‘tardi,
    Uning tanti o‘g‘li – Sharofxon ota.

  • 3 – QISM

    Yo‘q, yo‘q, faqatgina oqil rahbarmas,
    Zukko adib edi Sharof otaxon.
    Uning jasorati, shijoatiga,
    Bugungacha ahli ma’rifat hayron.

    «Bo‘rondan kuchli»da mavjud tuzumni,
    Tanqid aylagandi yozuvchi g‘oyat.
    Xuddi o‘sha tuzum yemirilishini,
    Oldindan qilgandi go‘yo bashorat.

    Dunyo azal-abad shunday qurilgan,
    Yaxshining nazdida yomonlar dog‘li.
    Hattoki quyoshni rashk qilarkan,
    Kavaklarda yotgan baxil boyo‘g‘li.

    Ulug‘larning ishi yurishsa agar,
    Ich-etini yeydi, ul zoti pastlar.
    Sharofxon otaning rehlatidan so‘ng
    Ta’na toshin otdi ahli nokaslar.

    Ko‘rshapalak kabi pusib, tun payti,
    Hatto marqadini kovlashdi ey voh.
    Valekin o‘zlari sharmisor bo‘ldi.
    Bunga zamin guvoh, osmon guvoh.

    Yaxshilarning nomi sira o‘chmagay,
    El o‘z farzandini eslagay mudom.
    Otaxonning nomi bilan boshlanar,
    Har bir anjumanda xayrli kalom.

    Uning armonlari amalga oshar,
    Ruhi shogirdlarin qilar hidoyat.
    Islom og‘a uni ustod deb atar,
    Demak, orzulari bo‘lar ijobat.

    Uning armonlari halol, pok edi,
    Qaniydi, amalga oshsaydi, omiyn.
    Qop-qizil oltindan bo‘lardi shaksiz,
    Ostonasi har bir dona o‘zbekning.

  • XOS materriallar

    Oktyabr revolyutsiyasidan keyingi dastlabki oylarda Lenin «Intizomni yo‘lga qo‘yishning eng dahshatli choralarini» ko‘rishni talab qildi.
    (V. I. Lenin. Sobr. Soch. 5-izd, tom 36, str. 217)

    *** *** ***
    1917 yilning dekabr oyida Lenin quyidagi jazo turlarini tanlaydi: «Ushbu qonunga bo‘ysunmaganlarni butun mol-mulkini musodara qilish, qamash, frontga va majburiy mehnatga jo‘natish yo‘li bilan jazolash…»
    (V. I. Lenin. Sobr. Soch. 5-izd, tom 35. str. 176)

    *** *** ***
    «Kam sonli ekspluatatorlarning ko‘p sonli kechagi yollangan qullar tomonidan bostirilishi avvalgi ko‘pchilikning kamchilik tomonidan bostirilishidan ko‘ra anchayin oson, tabiiy va arzonga tushadi».
    (V. I. Lenin. Sobr. Soch. 5-izd, tom 33. mtr. 90)

    *** *** ***
    Xo‘sh, bu oson va tabiiy bostirish ishi bizga qanchaga tushdi? Vatangado bo‘lgan statist professor I. A. Kurganovning hisoblashicha, 1917 yildan 1956 yilgacha urush talafotlaridan tashqari, faqatgina terroristik qirg‘inlar, bostirish, ocharchilik, lagerlarda o‘lish va tug‘ilishning kamayib ketish defitsiti bilan birgalikda bu yo‘qotish 66,7 million (bu defitsitni hisobga olmaganda 55 million) nafarni tashkil etdi.
    (A. I. Soljenitsin. Arxipelag GULAG. M., 1991g. str. 8)

    *** *** ***
    1918 yilning fevralida Xalq komissarlari kengashining raisi o‘rtoq Lenin qamoqda saqlash joylarini ko‘paytirish va jinoiy javobgarlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni talab qildi. May oyida esa bu talablarga yanada aniqlik kiritib, poruxo‘rlik uchun kamida o‘n yil qamoq jazosi,
    ustiga-ustak o‘n yil majburiy mehnat, demak, yigirma yil berish kerak, deya ko‘rsatma berdi.
    (V. I. Lenin. Sobr. Soch. 5-izd, tom 54. str, 391, tom 50 str. 70)

    *** *** ***
    Adliya Xalq komissarligining Markaziy jazolash bo‘limi 1918 yilning may oyida tuzilib, lekin qonuniy yo‘l bilan iyun to‘ntarishidan keyin 1918 yilning 23 iyul kuni «Ozodlikdan mahrum etish haqidagi muvaqqat dasturamal»da e’lon qilindi. (Brest sulhidan so‘ng so‘l esserlar hukumatdan chiqib ketishdi.)
    (Sbornik «Ot tyurem k vospitatelnim uchrejdeniyam», izdatelstvo «Sovetskoye zakonodatelstvo» M., 1934g. str 5 i 10. Pod redaksii Prokuror SSSR Vishinskogo).

    *** *** ***
    Faqat ana nu tarixiy kundan (1918 yil 23 iyuldagi dasturamaldan) eski qamoqxona mashinasini qayta qurish va Arxipelagni tuzish ishi boshlandi. Qator lagerlar vujudga keldi. Arxipelag tug‘ildi. (Oktyabr revolyutsiyasidan to‘qqiz oy keyin)
    (A. I. Soljenitsin. Arxipelag GULAG. M., 1991. str. 192.)

    *** *** ***
    1918 yilning avgust oyida Leninning joniga F. Kaplan tomonidan suiqasd qilinganidan bir necha kun oldin Vladirimiz Ilich Yevgeniya BOSh*ga hamda Penza guberniyasi ijrokomiga (Ular dehqonlar ko‘zg‘olonini bostirish uhdasidan chiqisholmayotgan edilar) yuborgan telegrammasida: «Gumon qilinganlarini shahar tashqarisidagi konsentratsion lagerlarga qamash** hamda «shafqatsiz ommaviy terror o‘tkazish» ko‘rsatmasini berdi. (Bu hali terror haqidagi dekret emasdi)
    1918 yilning 5 sentyabr kuni bu telegrammadan o‘n kunlar o‘tgach, Xalq komissarlari Kengashining qizil terror haqidagi dekreti bosilib chiqdi. Bu dekretga Leninning safdoshlari Petrovskiy, Kurskiy va V. Bonch-Bruyevichlar imzo chekishgan edi. Bunda ommaviy qirg‘inlar haqidagi ko‘rsatmadan tashqari, jumladan, «Sovet respublikasini konsentratsion lagerlarda saqlash yo‘li bilan sinfiy dushmanlardan muhofaza qilish»ga ham da’vat qilingan edi.
    (A. Soljenitsin. Arxipelag GULAG. M., 1991g. str 13.)

    ***
    *V. I. Lenin Sobr. Soch. 5-izdaniye, tom 50, str.143-144
    **Sobraniye Uzakoneniy RSFSR za 1918g. №65, statya 710
    ***K.X. Danishevskiy. «Revolyutsionnie Voyennie Tribunali». Izdaniye Revvoyentribunala Respubliki. Moskva., 1920g. str. 40.)

    *** *** ***
    Revolyutsion harbiy tribunal boshlig‘i shunday yozadi: «Konsentratsion lagerlardagi tutqunlar maqomi harbiy asirlar maqomiga teng»
    (A. I. Soljenitsin. Arxipelag GULAG. Moskva., 1991g. str 13)

    *** *** ***
    Keyinchalik konsentratsion lagerlarga tribunal orqali ham tushadigan bo‘lishdi. Lekin hukm qilinganlar emas, balki dushman deb gumon qilinganligi uchun.
    Konslagerdan qochishga uringanlik uchun mahbuslik muddati (sud hukmisiz, albatta!) o‘n baravariga ko‘paytirilardi. O‘sha paytlarda «Birga o‘n!» yoki «Birga yuz!» iboralari tez-tez eshitilib turardi)
    Masalan besh yilga hukm qilingan mahbus qochmoqchi bo‘lib ushlansa, uning qamoq muddati o‘z-o‘zidan 1968 yilgacha cho‘zilardi. Konslagerdan ikkinchi marta qochganligi uchun otish hukmi muqarrar edi.
    Ukrainada konsentratsion lagerlar kechikibroq, faqat 1920 yili tashkil qilindi.
    (A. I. Soljenitsin. Arxipelag GULAG. M., 1991g. str. -14).
    *** *** ***
    1924 yilgi dokladida Krilenko maxsus maqsadlardagi qamoqxonalar – mehnatkashlar uchun emas, balki mehnatkashlar ichidan chiqqan juda kam xavfli kimsalar uchun qamoqxonalar sonini ko‘paytirishni talab etadi. Uning bu «dono» iborasi 1924 yilgi isloh qilish – mehnat kodesiga shundaygina kiritilgan edi.*
    Endilikda rekonstruktiv davr ostonasida, (demak, 1927 yildan boshlab «lagerlarning ahamiyati… Siz nima deb o‘ylagandingiz? Endilikda shuncha g‘alabalardan so‘ng?… birmuncha xavfli dushman unsurlar, qo‘poruvchilar, zararkunandalar, quloqlar, kontrrevolyutsion agitatsiyaga qarshi ortib boradi.**
    (*Sbornik «Ot tyurem…» str.431.)
    (**I.L.. Averbax «Ot prestupleniya k trudu» Pod red. Vishinskogo izd. «Sovetskoye zakonadatelstvo M., 1936g. A. I. Soljenitsin. M., 1001g. Arxipelag GULAG. Str. 20)

    *** *** ***
    Mahbuslar Kemidan g‘arbga tomon botqoqlikdan qachonlardir mutlaqo nomumkin deb topilgan Kem’uxtinsk tuproq yo‘li qurishni boshlashdi. Yozda botqoqqa botib ketishar, qishda esa sovuqqa muz qotib o‘lishardi. Bu qurilishdan Solovetskiyliklar xuddi ajaldan qo‘rqqandek qo‘rqishardi. Kreml devorlari ichra ham bu tahdid uzoq muddat aks-sado berib turdi:
    –Nima, Uxtaga borishni xohlaysanmi?!
    («Solovetskiu ostrova», 1930g. №2-3, str 56-57, i A. L. Soljenitsin «Arxipelag GULAG», M., 1991g. str. 48).

    *** *** ***
    Xuddi shunday yana bir yo‘lni Medvejegorskdan Parandovskiygacha qurishdi. Bu qurilish davomida chekist Gashidze qoyaga portlovchi moddalar o‘rnatishni buyurdi. Shundan so‘ng mahbuslarni qoyaga jo‘natib, o‘zi durbin bilan ularning portlashini kuzatdi:
    Boshqa bir dahshatli hikoyaga hatto ishonish qiyin. Kem-Uxtin yo‘l qurilishida Kut nomli mavze yaqinida 1929 yilning fevralida yaqin yuz nafardan iborat mahbuslar rotasini ish normasini bajarmaganliklari uchun gulxanga haydab kirishdi – barcha-barchasi yonib kul bo‘ldi;
    Aytishlaricha, 1928 yilning dekabrida Krasniy Gorkada (Kareliya) mahbuslarni ish me’yorini bajarmaganlik uchun jazolash maqsadida o‘rmonda tunashga majbur qilishdi. 150 nafar mahbus muzlab, tarashadek qotib qolishdi. Bu odatiy Solovetskiycha yondashuv edi. Bunga ajablanishga hojat yq. Bu haqda A. I. Soljenitsinga sobiq Solovkalik, professor Dmitriy Pavlovich Kallistov gapirib bergan.
    (A. I. SOljenitsin. Arxipelag GULAG. M., 1991g. str 48)

    *** *** ***
    «…Huquqsizlik, zulm-sitam va xomushlik oshyoniga Lochin va Bo‘ron qushi kelib qo‘ndi. Birinchi rus yozuvchisi! Mana, u ular haqida yozadi! Hali u ulurga ko‘rsatib qo‘yadi! Ularni himoya qiladi! Gorkiyni xuddi umumiy avfdek kutishardi. Va ildizsiz archalarni yerga suqishib, xiyobon yaratishdi. (Bir necha kun davomi ular qurimasligi kerak edi). Uslon (Slovetskoyedagi maxsuslashtirilgan boshqarma)ning faxri hisoblangan, bundan uch oy muqaddam ochilgan bolalar kolonniyasida usti but, qorni to‘q bolalar bilan uchrashib, yoshlarni sotsialistik turmushga qanday asrab-avaylab, tarbiyalashayotgani bilan tanishish Gorkiyga maroqli edi, albatta…
    Bolalar kolonniyasiga borishdi. Qanday yaxshi! Har kim alohida xarakda, tagiga ko‘rpacha to‘shalgan. Hamma xursand, jilmayadi.
    Kutilmaganda 14 yoshli bolakay dedi: Quloq sol, Gorkiy! Bu ko‘rayotganlaring hammasi yolg‘on…, — bolakay oriq, bo‘ychan, beso‘naqay mo‘ysafidga bir yarim soat davomida so‘zladi. Bolalar esa luqma tashlashardi. «Pashshalar haqida aytdingmi?»
    –«Aytdim!» «Kaltaklash haqida-chi?» — «Aytdim!».
    –Zinapoyadan itarib yiqitishlarini-chi?
    –Aytdim!
    –Qoplar haqida-chi?
    –Aytdim!
    –Qor ustida tunashni-chi?
    –Aytdim!
    Haqparast bolakay hamma-hammasini aytib berdi!!!
    23 iyunda Gorkiy suzib ketdi. Uning kemasi sohildan hali uzoqlashmasdan bolakayni otishdi!
    (A. I. Soljenitsin. «Arxipelag GULAG». M., 1991g. str 52-55.)

    *** *** ***
    1928 yilning 28 mart kuni Sovnarkom (Rikov raisligida) «mamlakatda jazolash siyosatining holati» haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Jazo siyosatining yetarli emasligi qayd qilindi. Sinfiy dushmanlar bu sinfiy begona unsurlarga qarshi repressiyaning shafqatsiz turlarini qo‘llash lager rejimini kuchaytirish, majburiy mehnatni mahbus uchun tekin, davlat uchun esa foydali bir tarzda tashkil qilishga, shuningdek «kelajakda mehnat kolonniyalarini kengaytirishga» qaror qilindi. Demak, yaqin kelajakdagi planli ommaviy qamoqqa olishlar oldidan lagerlar sonini ko‘paytirish tavsiya qilingandi.
    (SGAOR, f-393, op-78, x-65, l.l. 369-372. A. I. Soljenitsin. «Arxipelag GULAG». M., 1991 g. str 62.)

    *** *** ***
    Karpunichning xotirlashicha, Srednekansk yo‘lining 66-kilometridagi Maris bulog‘i bo‘yida ish normasini bajarmaganlar uchun kareta jazosi mavjud edi. Bu o‘lim karetasi atalib, chanaga o‘rnatilgan ho‘l g‘ulalar vositasida 5x3x1,8 metr hajmida kichkina eshikchali, derazasiz qurilma edi. Kechasi aybdor, deb hisoblanganlarni jazo izolyatoridan olib chiqib, o‘lim karetasiga tiqishar va traktor bilan sudrab lagerdan 3-4 kilometr nariga oborib qo‘yib kelishardi. Tor joyda qomatini rostlay olmagan, sovuqda muz qotayotgan bechora mahbus joni chiqquncha dod-voy solardi. Bir sutkadan so‘ng karetaning eshigi qulfi ochilib, jasadlar chiqarib tashlanardi.
    Janubiy ekspeditsion boshqarmaga qarashli OLP (Lagerning maxsus punkti)da normani bajarmaslik uchun jazolash uslubi oddiyroq edi. OLP boshlig‘i leytinant Grigorev ish ob’ektida qo‘lda pistolet bilan yurib, har kuni ikki-uch nafar ish normasini bajarmaganlarni otib tashlardi. (Tomos Sgovno xotiralaridan)
    Kalimada dam olish kuni berilmas, ish kuni 14 soatga yetkazilgan, havoning 45-50 gradus sovuqligida ham ishlash mumkin, deya e’tirof qilingandi. Ayrim boshliqlarning o‘zboshimchaligi oqibatida 60 gradus sovuqlikda ham mahbuslar ishga chiqishardi.

    *** *** ***
    1934 yilda bosilgan va muallif tomonidan partiyaning XVII s’ezdiga bag‘ishlangan «Belomorsko-Baltiyskiy kanal imeni Stalina» kitobi Gorkiyning «Istoriya fabrik a zavodov» asarining go‘yo bir tarmog‘idek edi. Uning muharrirlari Maksim Gorkiy, L. L. Averbax va S. G. Firinlar edi.
    Semyon Firin – GULAG boshlig‘ining o‘rinbosari, Leapold Leonidovich Averbax (Ida Leonidovnaning akasi) «Na literaturnom postu» jurnalining mas’ul muharriri, Sverdlovning jiyani.
    Yakovning barvaqt o‘limi sababli ajabtovur Sverdlovlar oilasi revolyutsion tarixning soyasida qolib ketdi. Sverdlovning o‘zi yosh bo‘lganligiga qaramay, qirg‘in va qatliomlarda, hatto podshoh oilasining
    qatlida ham ishtirok etdi. Uning o‘g‘li g‘ayrioddiy tergovchi Andrey Sverdlov esa jallod edi. U, shuningdek, masxarabozlarcha o‘zini mahbusga aylantirib, mahbuslar kamerasiga kirib o‘tirib, josuslik qilardi.
    Sverdlovning xotini Klavdiya Novgorodsevaning qo‘lida esa revolyutsiya jarayonida bolsheviklar tomonidan o‘g‘irlangan partiyaning olmos-brilliant fondi saqlanardi. Siyosiy byuro bu zaxirani mabodo davlat qo‘lidan ketib, shoshilinch ravishda hukumat binosini tark etish lozim bo‘lib qolgan holatlarga asrab qo‘ygandi.
    (A. I. Soljenitsin. «Arxipelag GULAG». M., 1991 g. str 69-71.)

    *** *** ***
    Bolalar bilan jilmayib suratga tushgan «bolalarning eng yaxshi do‘sti» ularni 12 yoshdan jazoning barcha turlarini qo‘llash yo‘li bilan hukm qilishni tavsiya qildi.
    (SIK va SNKning 7. 04. 35 yil farmoni) (Hatto o‘lim jazosi ham).
    …58 moddani qo‘llashda esa hech qanday yosh chegarasi amal qilmasdi. Masalan Geliy Pavlov bu moda bilan 12 yoshida hukm qilindi. (U 1943-49 yillar Zakovs kolonniyasida o‘tirgandi.)
    Hatto Tallinda 1945 yil ommaviy huquqshinoslik bo‘yicha so‘zlangan leksiyalarda oshkora shunday deyilgan: Doktor Usma 58-modda bilan hukm qilinib, kolonniyada o‘tirgan 6 yoshli bolani uchratgan. Bu albatta, rekord edi!
    (A. I. Soljenitsin. «Arxipelag GULAG». M., 1991 g. str 372-374-386.)

    *** *** ***
    Lagerlar ichida yana tergov tyurmasi bor edi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, agar lagerdan ko‘ra dahshatliroq bo‘lmaganda, lager ichidagi tyurma deb atalmasdi.
    Shunday lager ichidagi tergov qamoqxonalaridan biri Magadandan 506 km narida Kalimadagi Orotukan lagpunkti edi. 1937-38 yil qish mavsumi. Bu yupqa faner va palatkadan qurilgan posyolkada jon saqlash amri mahol edi. Yangi keltirilgan har bir baxtiqaro palatkalar eshigidan kirmasdanoq xayratdan qotib qolardi. Chunki palatka devorlarining tashqi tomonidan sovuqdan muzlab tarashadek qotib qolgan o‘liklar qator terilgan bo‘lardi. (Bu amal mahbuslarni qo‘rqitish uchun emas, balki ilojsizlikdan edi. Odamlar o‘laveradi. Qorning qalinligi 2 metr, o‘liklarni ko‘mishning iloji yo‘q.) Mahbuslar esa nihoyatda ko‘p. Butun Kalimadan «quyon»lar shu yerga keltirilgan, tergovchilar ulgurishmaydi. Ba’zilari birinchi tergovga ham yetib bormasdan vafot etishadi. Palatkalar shunchalik tiqilinchki,
    mahbuslarni sug‘orish payti, ya’ni eshikdan ularning boshi uzra muz parchasi itqitilganda, qo‘l cho‘zishning imkoni yo‘q. Faqat og‘iz bilan muzni tutib olib, so‘rish mumkin.
    Tushlikdan oldin navbatchi qorovul eshikma-eshik yurib baqiradi: «O‘liklar bormi?» «Bor». «Payok ishlamoqchi bo‘lganing sudrab chiq!» Mayitlarni sudrab chiqishar va palatka devoridagi o‘liklar ustiga terib chiqishardi.
    O‘lganning familiyasini esa hech kim surishtirib ham o‘tirmasdi. Payok – kuniga uch yuz gramm non va bir kosa balanda (karamsho‘rva) edi.
    Sud? Sud majlisini qay bir Lagkollegiya olib boradi. III bo‘lim tomonidan bir kosa karamsho‘rvaga sotib olingan guvohlar guvohlik berishadi. «haqiqat» tantana qiladi. Burnepalomada o‘z a’zolari sudida brigada boshliqlarining guvohlik berishi odat tusiga kirgandi. Ularni chuvash tergovchi Krutikov «brigadirlikdan bo‘shataman! Pechoraga jo‘nataman!» degan tahdidlar bilan qo‘rqitib ko‘ndirardi. Latish, Brenshteyn haqida brigadir Nikolay Rojin (Gorkiy shahridan) guvoh sifatida ko‘rsatma beradi: «Ha, Brenshteyn «Zinger» tikuvchilik mashinasi yaxshi, «Podolsk» esa yaramaydi, deb aytgandi». Bo‘ldi, yetarli! Gorkiy viloyat sudining ko‘chma sessiyasi uchun (Sud raisi Buxaning hamda ikki nafar mahalliy komsomolka Jukova va Korkina) shu ko‘rsatmaning o‘zi yetarli edi, albatta. Hukm: O‘n yil!
    1937 yilning martida Trotskiychilar ochlik e’lon qilib, «g‘alaba»ga erishgach, ularni aldab jazolash uchun moskvadan janubiy Ustaga «Grigorevich komissiyasi» yuborilgan edi. Vorkutaga esa komissiya a’zosi Kashketin yuborildi.
    1936-37 yilning qish mavsumida turli joylardan trotskiychilar va dotsistlar (demokratik sentristlar) eski g‘isht zavodiga to‘plandi. 1938 yilning avreliga borib ular 1053 nafarga yetdi. Ular o‘zlarini qay bir yangi ob’ektiga yuborishlarini kutishardi. 22 aprel kuni (Lenin tug‘ilgan kuni) bulardan 200 kishini safga tizishdi. Mahbuslar xursand edi. Axir ularni yangi joy, yangi faoliyat kutmoqda. Kuyosh charaqlab turibdi. Kutilmaganda yaltirab ko‘zni qamashtiruvchi qorliklar ichidan vizillab pulemyot o‘qlari kela boshladi. Hech narsani anglolmagan mahbuslar yerga tutday to‘kildilar. 23 va 24 aprel kunlari o‘sha yerda, xuddi shu uslubda yana 760 nafar otildi. Bu yovuzlik tarixda «kashketinchasiga otish» nomi bilan mashhur.
    Guvohlarning hikoya qilishlaricha, Adaks (Pechoradagi lagpunkt)da qatllar quyidagicha o‘tkazilgan. Kechalar ayrim mahbuslarni «lush-lushlari» bilan lager orqasiga olib o‘tishardi. Zona orqasidagi uychaga bir nafardan olib kirilar, qo‘llari orqaga qayirib bog‘lanib, og‘izlariga latta tiqilar va narigi eshikdan olib chiqib, 5-6 nafardan ot aravaga tashlab teppaga, lagerning qabristoniga eltishardi. U yerda tayyorlangan ulkan chohlarga ularni tashlab, tiriklay ko‘mishardi. Vahshiylikdan emas, yo‘q. Aniqlanishicha, tiriklarni olib chiqish, ortish-tushirish, o‘liklarga xuddi shunday muomala qilgandan ko‘ra ancha yengil ko‘charkan.
    (A. I. Soljenitsin. «Arxipelag GULAG». M., 1991g. str 322-330.)

    *** *** ***
    Oktyabr revolyutsiyasi g‘alabasiga erishilgach, kontrrevolyutsiya va qo‘poruvchilarga qarshi kurash maqsadida VChK tashkil etilib, 1918 yil 21 fevraldagi RSFSR SNK dekreti bilan unga jinoiy ishlarni sudsiz ko‘rib chiqish huquqi berildi.
    (Izvestiya SK KPSS №10, 1989g. str. 80.)

    *** *** ***
    1922 yilning 6 fevralida VChK tugatilib, uning o‘rniga GPU (Ichki ishlar xalq komissarligi qoshidagi bosh siyosiy boshqarma) tuzildi. O‘sha yilning oktyabr oyida VSIK GPU-ga «jinoyat ustida ushlangan barcha aybdorlarni sudsiz jazolash, hatto qatl qilish» huquqini berdi.
    1924 yilning 28 martida SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi tomonidan OGPU (Birlashgan Davlat Siyosiy Boshqarmasi) tuzildi.
    («Izvestiya SK KPSS». 1989g. №10 str. 81).

    *** *** ***
    OGPUning boshqaruvchisi sifatida 1929 yilning 29 oktyabri va 1931 yilning 8 aprelidan markaziy apparatda NKVD «Troyka»si vujudga keltirildi.
    («Sovetskoye krestyanstvo». M., str 230-239).

    *** *** ***
    SSSR ichki ishlar xalq komissarligining 1937 yil 3 iyulidagi buyrug‘i bilan «Troyka»ning yangi turi tuzildi. NKVDning bu buyrug‘i asosida «Troyka»ning tarkibi ham tasdiqlanadi.
    Jumhuriyat Ichki Ishlar Xalq komissari, NKVD o‘lka yoxud viloyat boshkarmasining boshlig‘i – RAIS, Ittifoqdosh respublika Kompartiyasi MKning, VKP (b) o‘lka yoxud viloyat Qo‘mitasining birinchi kotiblari, Shuningdek respublika o‘lxa yoxud viloyat prokurorlari – a’zo. «Troyka» konstitutsiya orqali mustahkamlanmagan edi.
    Repressiyaning avj pallasida sudsiz jazolashning yana bir vositasi SSSR NKVDsining 1937 yil 11 avgust va 20 sentyabr buyrug‘i asosida tashkil qilingan «Dvoyka» – «Ikkilik» ham samarali faoliyat ko‘rsatgan. Endilikda ma’lum bo‘lishicha, NKVDning avgust buyrug‘i Stalin, Molotov, Kaganovich va Kosiop tomonidan sanksiyalangan.
    («Izvestiya SK KPSS», 1989 №10. str. 81-82).

    *** *** ***
    U mash’um davrlarda aybdor va guvohlarni sudga chiqirmasdan turib jinoiy ishlarni g‘oyibona ko‘rib chiqishning yana bir turini – «visshiy dvoyka» — «Oliy ikkilik» deb atashardi. Bu joylarda tuzilib, qalin «albom»ga aylangan repressiyaga mahkum qilinuvchilar ro‘yxatining oldindan Stalin va Molotov tomonidan ko‘rib chiqilishi va hukm chiqarilishidir.
    (XX11 s’ezd KPSS. «Stenograficheskiy otchyot» t-3. str 152.)

    *** *** ***
    1954 yilning 1 fevral kuni SSSR Bosh prokurori R. Rudenko, SSSR Ichki ishlar vaziri S. Kruglov, SSSR Adliya vaziri K. Gorsheninlar tomonidan N. S. Xrushyov nomiga yozilgan hisobotda ko‘rsatilishicha 1921 yildan 1954 yilning boshigacha OGPU kollegiyasi, NKVD «Troyka»lar, Maxsus Kengash,
    harbiy kollegiyalar, sudlar va harbiy tribunallar tomonidan 3777380 nafar hukm qilingan. Shu jumladan 642980 kishi oliy jazoga tortilgan.
    («Na boyevom postu» gazetasi. 1989 yil 27 dekabr soni).

    *** *** ***
    SSSR Davlat Xavfsizligi Komitetining 1990 yil 14 fevral kuni «Pravda» gazetasida chop etilgan ma’lumotlarida esa boshqacharoq raqamlar keltiriladi. Unda aytilishicha 1930-53 yillar davomida repressiya qilinganlar soni 3778234 nafarni, qatl qilinganlar esa 786098 nafarni pashkil etadi.

    *** *** ***
    Kontrrevolyutsion va qo‘poruvchilik aybi bilan qamoqqa olinganlar Moskvadagi Lubyanka, Butirka, Lefortovo, Suxarevka, Suxanovka, Leningrada esa «Bolshoy dom» kabi «obro‘li» qamoqxonalarda saqlanardi.
    Bunday «muqaddam joylar» deyarli barcha ulkan shaharlarda, viloyat, o‘lka va respublika markazlarida mavjud edi.

    *** *** ***
    Rivojlangan Sotsializm davrida (1970-80 yillar) O‘rta Osiyo mintaqasi respublikalarida kichik yoshdagi bolalar o‘limi (bir yashargacha) har bir tug‘ilgan 1000 nafar bolaga qishloq joylarda 150-250 nafarga yetdi.
    Sabab: aholi turmushining juda past gigiyenik holati, ichimlik suv bilan ta’minlanmaganlik, yozda havoning 50 gradusdan ham isib ketishi, onalarning kamqonligi, paxtazorlarda zaharli ximikatlarning keng qo‘llanilishi, ayollarning og‘ir mehnati…

  • IZOHLAR

    1. Soljenitsin Aleksandr Isayevich – Rus yozuvchisi. 1918 yilda Kislovodsk shahrida tug‘ildi. O‘sha yili harbiy podporuchik bo‘lib xizmat qilayotgan otasi ov chog‘ida yuz bergan fojiadan halok bo‘ldi. Onasi Moskvadagi Oliy golsin kursini tugatib, revolyutsiyadan so‘ng stenografistik bo‘lib ishladi. Ular Don sohilidagi Rostov shahrida yashashdi. Sasha o‘rta maktabdan so‘ng universitetning fizika-matematika fakultetini tugatdi. Urush boshlanganida u allaqachon MIFLIda filologiya fakultetida sirtdan ikki yil o‘qigan edi.
    1941 yilning kuzida armiyaga olindi. Razvedka batareyasining qo‘mondoni bo‘lib xizmat qildi. 1945 yilnging fevral oyida Sharqiy Prussiyada qamoqqa olindi. Sakkiz yillik turmadan so‘ng 1953 yilda Qozog‘iston (Jambul viloyatining Ko‘kterak mavzei)ga abadiy surgun qilindi. U yerdagi maktabda matematika, fizika, astronomiya fanlaridan ta’lim berdi. 1956 yili u surgundan ozod qilindi. Markaziy Rossiyaga qaytib, Vladimir
    viloyatidagi qishloq maktabida so‘ngra Ryazan shahridagi maktablarda dars berdi. 1962 yili uning «Ivan Denisovich» asari nashr qilindi. 1965 yildan boshlab SSSRda Soljenitsinning asarlarini chop qilishmaydi. U davlat hamda matbuot tomonidan tazyiqqa uchraydi.
    1974 yili «Arxipelag GULAG» romani birinchi jildining yuzaga kelishi muallifning vatan xoini sifatida SSSRdan badarg‘a qilishiniga sabab bo‘ldi. Uzoq yillar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Verment shtatida yashadi. Oilalik. Uchta o‘g‘li bor.
    Bugungi kunda vatanga qaytib ijod qilmoqda.
    2. Davidova Vera Aleksandrovna – Moskvadagi Bolshoy teatrning aktyori. RSFSR va Gruziya SSR Xalq artisti. Uch marta Stalin mukofotining laureati, professor, bir qancha orden va medallarning sohibi.
    Nijniy Novgoroda tug‘ilib, Leningrad konservatoriyasida o‘qigan. Stalin bilan 1932 yildan boshlab (o‘shanda 28 yoshda edi) 19 yil davomida intim munosabatda bo‘lgan. Ko‘rgan kechirganlarini kundalik daftar tutib, yozib borgan. Kundalik daftarlarini o‘limidan keyin u haqda roman yozish sharti bilan ingliz jurnalisti Leonard Gendilinga beradi.
    3. Saxarov Andrey Dmitriyevich – 1921 yil Moskvada tug‘ilgan. Sovet fizigi. SSSR FA akademigi (1953 y). Sotsialistik mehnat qahramoni, MGUda ta’lim olgan. Nazariy fizika sohasida tadqiqot olib borgan.
    4. Sasha – yozuvchi A. S, Soljenitsin nazarda tutilmoqda.
    5. Lenin (Ulyanov) Vladimir Ilich (22. 04. 1870 – 21. 01. 1924) Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk)dagi Gorki (bugungi Leninskiy Gorki) posyolkasida tug‘ildi. 1899 yili Shushenskiyda surgunda bo‘lgan. 1900-1905 yillar Myunxen, London, Jeneva shaharlarida yashadi. Uning V. Ilin, V. Frey, Ivan Petrov, K. Tumin, Karpov va boshqa bir qancha taxalluslari bor edi. 1903 yili partiya s’ezdini boshqardi RSDRPning III-IV-V s’ezdlarida (1905, 1906, 1907 yillar) kompartiyaning strategiya va taktikasini ishlab chiqdi.
    1910 yili Peterburgda «Zvezda» gazetasini nashr etdi. 1912 yili esa «Pravda» gazetasiga asos soldi. 1905 yilning oktyabridan 1912 yilgacha RSDRPning raisi edi. 1918-20 yillari ishchi-dehqon mudofaasi Kengashining raisi edi. Partiyaning 1X s’ezdida GOELRO planini ishlab chiqdi.
    V. I. Lenin 1922 yilning mart oyida o‘zi so‘nggi marta nutq so‘zlagan partiyaning X1 s’ezdida rahbarlik qildi. Uzluksiz ravishda qattiq ishlash, shuningdek 1918 yildagi jarohat uning sog‘lig‘iga putur yetkazdi. 1922 yilning may oyida og‘ir xastalikka uchradi. Shu yilning oktyabr oyida yana ishga chiqdi. 1922 yil dekabr oyining oxiri va 1923 yilning boshlarida ichki partiya va davlat qurilishiga oid maktubni aytib yozdirdi. Uning rahbarligida V. V. Vorovskiy, V. V. Kuybishev, F. E. Dzerjinskiy, M. I. Kalinin, L. Ye. Krasin, G. M. Krjijanovskiy, A. V. Lunacharskiy, G. K. Orjonikidze, G. I. Petrovskiy, Ya. M. Sverdlov, I. Vyu Stalin, P. M.
    Stuchko, M. V. Frunze, G. V. Chicherin, S. G. Shaumyan kabi kompartiya va sovet davlatining atoqli arboblari ishlashgandi. Lenin faqatgina Rossiyaning emas, balki xalqaro kommunistik va ishchilar harakatining dohiysi edi. 1923 yilning may oyida kasalligining og‘irlashgani sababli Gorkiga keldi. 1924 yilning 21 yanvarida vafot etdi.
    6. Yevgeniya Bosh – Kommunistik partiya Markaziy Qo‘mitasi va favqulodda Komitet a’zosi. U va Penza Guberkomining raisi 1918 yilning avgustida V. I. Lenindan quyidagicha telegramma oladilar: «Shubhalilarni shahardan tashqaridagi konsentratsion lagerlarga qamanglar. (Ular dehqon qo‘zg‘olonini bostirisholmayotgan edi.)»
    (A. I. Soljenitsin. «Arxipelag GULAG», M., 1991 g. str 13.)
    7. Solovetskiy orollari – Oq dengizdagi (Onega ko‘rfaziga kirish joyida RSFSRning Arxangelsk viloyatiga qarashli.) Orollar majmuasi. Hududi 347 km kvadrat. Bu majmuaga oltita orol kiradi. Orollar sohili 107 metr balandlikdagi jarlikdan iborat. Ayrim joylari botqoqlikdan iborat. Ko‘plab ko‘llar mavjud.
    15 asrda Solovetskiyda monaxlar Kirillo Belozerskiy, Zosim va Savvatlar tomonidan eng ulkan monastirlardan biriga asos solingan edi.
    8. GULAG – Lagerlar bosh boshqarmasi
    9. Gitler Adolf – (Haqiqiy familiyasi – Shiklgruber) 1989 yilda Avstriyada tug‘ilgan. Germaniyadagi millatchi-sotsialiyatik (fashistik) partiyaning yo‘lboshchisi. Harbiy jinoyatchi. Birinchi jahon urushi yillaridayoq ashaddiy antisotsialistik, millatchi va antisemit «nazariya»larning tarafdori edi. 1913 yildan yefreytor, millatchi sotsialistik (fashistik) partiyaning tashkilotchilaridan biri (1919)
    1920 yildan esa shu partiyaning rahbar (fyurer)i.
    1933 yilning 30 yanvaridan Germaniyaning Reyxkansleri.
    U Germaniyani harbiy lagerga aylantirdi. 1936-39 yillar Ispaniyaga qarshi urushdi. 1938 yilda Astriyani, 1938-39 yilda Chexoslovakiyani bosib oldi. Ikkinchi jahon urushini (1939-1945 yillar) boshlab yubordi.
    1941 yilning 22 iyun kuni SSSRga hujum qildi.
    1945 yilning 30 aprelida Germaniyadagi imperiya kanselyariyasi bunkerida o‘zini otib o‘ldirdi.
    10. Abakumov – Lenin va Stalinning safdoshlaridan biri.
    11. Romanovlar – Rus podsholarining so‘nggi sulolasi.
    12. Stalin (Jugashvili) Iosif Vissarionovich – 1879 yilning 2 dekabr kuni Gruziyaning Gori shahrida dunyoga keldi. 1953 yilning 3 mart kuni Moskvada vafot etdi. Kommunistik partiya, Sovet davlati, Xalqaro kommunistik va ishchilar harakatining rahbarlaridan biri, Marksizm-leninizmning atoqli nazariyotchi va targ‘ibotchisi, kosib etikdo‘z oilasida tug‘ildi. 1894 yil Gori shahridagi ruhoniy bilim yurti – seminariyani bitirdi. RSDRPning Tommosforda o‘tgan 1-konferensiyasi (1905-1906y.), to‘rtinchi s’ezdining (1907y.) vakili. 1917 yilning mart oyida RSDRP «b»
    MK byurosining a’zosi. 1922 yilning aprelidan MK plenumida MKning bosh kotibi qilib saylanadi va bu mansabda 30 yildan ko‘proq vaqt xizmat qiladi. Unga Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1939 y), Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945 y), Sovet Ittifoqi Marshali (1943 y), eng yuksak harbiy rutba – Sovet Ittifoqi Generallissimusi unvoni berilgan edi. Kremldagi Qizil maydonda dafn etilgan.
    Stalinning ruhiy kamolotida tug‘ilish payti doyaning e’tiborsizligi sabab miyasiga yetkazilgan jarohat o‘z asoratini qoldirdi. Chap qo‘li kamharakat, shuningdek, o‘ng qo‘liga nisbatan to‘rt santimetr qisqa bo‘lib qoldi. Chap oyog‘ida tug‘ma nogironligi bor edi: ikkinchi va uchinchi barmoqlari boshqalariga nisbatan beso‘naqay o‘siq edi.
    Otasi Vissarion Jugashvili ashaddiy aroqxo‘r bo‘lib, mastlik paytlarida o‘g‘lini o‘lguduk do‘pposlardi. U xotini va o‘g‘lini tashlab, Tbilisi shahriga ketdi va u yerda mastlik holatida janjallashib o‘ldirildi.
    Onasi o‘rtahol knyazning eshigida xizmatkor edi. U o‘zining yengiloyoqligi bilan ajralib turardi. Tarixnavislar hozirgacha Stalinning kimdan ekanligi to‘g‘risida bosh qotirishadi. Bir necha taxminlar mavjud: shu knyazdan, osetin qo‘shnisidan yoxud kerakli paytda Gori shahridan o‘tgan, keyinchalik go‘yo Stalinning onasiga pul yuborib turgan mashhur sayohatchi Prjevalskiydan.
    U otasini ko‘rishga ko‘zi yo‘q, onasini esa juda yomon ko‘rardi. Hatto onasining dafn marosimiga ham bormadi.
    Mayzada ota va fohisha onadan qanday farzand tug‘ilishi mumkin? – jismoniy va axloqiy jihatdan nogiron? Yo‘q, bu o‘g‘il tarixning nogiron lahzalarida «buyuk xalqning buyuk dohiysi» ham bo‘lishi mumkin ekan.
    (Jurnal «Kult lichnostey» Moskva., mart-aprelb 1999g. str 87.)
    13. Tsi Si – 1861 yildan 1908 yilgacha Xitoyga rahbarlik qiladi. Bu shafqatsiz beva imperatorning nomiga «rahmsiz, dahshatli» so‘zlarini qo‘shib aytishardi. XX asrning dastlabki yillarida uning nomi butun dunyo jamoatchiligi tilidan tushmasdi. Uni Messalini, Fulvi, Yekaterina Medochi (Fransiya imperatori Genrix 1V- ning xotini. Genrix 1V ning o‘zi 1610 yili yollangan qotil qo‘lidan halok bo‘ladi. Xokimiyat esa hali voyaga yetmagan shahzoda Lyudovik X111 onasining qo‘liga o‘tadi)larga tenglashtirishardi.
    Tsi Si imperatorlik qasriga oddiy kanizak sifatida kirib keldi, ammo u bu dunyoni tark etish paytida mislsiz hukmdor sifatida tark etdi.
    Xitoyning Manchjuriya avlodidan chiqqan imperatori Syaz Fen o‘z saroyida ko‘plab kanizaklar asrardi. Tsi Si va Chu Inlar ham shular jumlasidan edilar. Tsi Si Manchjuriya avlodidan, Chu In esa – xitoy. Kanizaklar saroy imperatorining jinsiy rag‘batini qondirish uchun saqlanardi.
    Chun in Syan Fendan homilador bo‘ldi. Tsi Si esa yolg‘ondakam o‘zini homilador tutib yurdi. Chu In o‘g‘il ko‘rdi. Buni ko‘rgan Tsi Si to‘lg‘oq azobini chekayotgan Chu Inni o‘ldirib, o‘zini qonga belab, yangi tug‘ilgan,
    chinqirayotgan chaqaloqni qo‘lda ko‘tarib, xuddi o‘zi danyoga keltirgandek shohning huzuriga chiqadi.
    Shunday qilib 1856 yilning 6 mart kuni Syan Fenning uzoq yillar davomida orzu qilgan o‘g‘li tug‘iladi. Tsi Si o‘zining g‘arazli maqsadiga baribir erishadi. 1861 yil o‘zining o‘limidan bir kun oldin Syan Fen 4 yashar o‘g‘lini rasmiy ravishda valiahd tayinlaydi. Shunday qilib Tsi Si, tabiiyki imperatorning onasi tituliga ega bo‘ladi. Valiahd o‘sib-ulg‘ayadi. Uni 18 yoshida uylantirishadi va bir yildan so‘ng go‘yoki kutilmaganda chechak kasalidan vafot etadi.
    Tsi Si o‘zining 4 yashar jiyani Guansni (singlisining o‘g‘li) toj-taxt vorisi qilib tayinladi. U asta-sekin o‘zining qudrati va o‘lmasligiga ishonch hosil qilib, o‘z yo‘lidagi eng qaltis to‘siq – Guansdan qutulish rejasini tuza boshlaydi. Ammo taqdir o‘z ishini qildi. Tantanalar so‘ngida qudratli imperatritsa ichburug‘ kasaliga uchrab, 1908 yil noyabr oyida vafot etadi.
    (Jurnal «Kult lichnostey» mart-aprel, 1999 g. str 71-75. Moskva.)
    14. Yetti soni – I. V. Stalin tez-tez buyurtma berib, VKP (b) Markaziy qo‘mitasining kutubxonasidan Nikolo Makiavelli asarlarining birinchi jildini olardi. U Makiavellining xalqni qanday boshqarish va tobe’ qilish, o‘z dushmanlarini qanday yo‘q qilish, shu bilan birga o‘ziga e’tiqod qo‘yganlarning muhabbatini qo‘ldan qochirmaslik haqidagi ko‘rsatmalarini qayta-qayta o‘qib chiqardi. Stalin atrofdagilar ko‘rib qolib, uning aql-zakovati sarchashmasidan voqif bo‘lishlaridan uyalib kitobni kabinetida saqlamas, uni darrov kutubxonaga qaytarib topshirardi. Makiavelli shohanshohlarga (Uning kitobi ham «Shohanshoh» deb nomlangandi) har yetti yilda o‘zining xavfli dushmanlarini qirib tashlashni maslahat berardi. Bu tadbir shohni unga qarshi qilinajak suiqasdlardan asrab, mansabining saqlanib qolinishiga sabab bo‘ladi.
    Stalin (Shuningdek undan ilhomlangan Mao Szedun) buyo vuz ta’limotni o‘zlariga qurol qilib olishdi. 1929 yil Trotskiychilar «tozalandi», 1934 yilda Kamenevo-Zinosevchilar, darvoqe bu tozalash 1938 yilgacha davom etdi. 1947 yilda betayin «kosmopolitlar»ni tozalash kompaniyasi boshlandi. Bu ritmni Makiavelli shunday izohlaydi: «Har yetti yilda ilgarigi ta’limotlarni (saboqlarni) unutgan yangi avlod yetishib chiqadi. Stalin faqatgina hokimiyat uchun emaS, balki mutlaq hukmdorlik uchun kurashdi. Bunday hukmdorlikka V. I. Lenin ham ega emasdi. Bunday mutlaq hokimiyat rus podsholarining tushiga ham kirmagandi. Bunday hukmdorlikni qo‘lga kiritish uchun faqatgina qon to‘kish emas, balki qonlar oqimi kerak edi.
    Partiya X V11 s’ezdidan keyin S. M. Kirov Stalinning huzuriga kirib, (o‘z jonini saqlab qolish uchun bo‘lsa kerak) bir necha vakillar guruhi uning oldiga kelib, Stalin vazifasini qabul qilishga rozilik berishini so‘rashganini aytadi. Shunda Stalin:
    –Men senin bu ishingni hech qachon unutmayman, — deydi.
    Va unutmadi ham. 1934 yilning 1 dekabr kuni Kirov Stalinning buyrug‘i va uning chizgan rejasi asosida o‘ldirildi. Shundan so‘ng s’ezda Stalinga qarshi ovoz bergan 1966 vakildan 1108 nafari qirib tashlandi.
    Qizi Svetlana Alliluyevaning aytishicha Stalin o‘zining xotini Nadexda Alliluyevani shunchaki aytishib qolgan chog‘i urib o‘ldirgan va hatto uning dafn marosimiga qatnashmagan.
    (Jurnal «Kult lichnostey» mart-aprel. 1999g. Moskva, str. 87)
    15. Kalinin Mixail Ivanovich – 1879 yilning 17 (19) noyabrida hozirgi Kalinin viloyatidagi Kalinin rayoniga qarashli Verxnyaya Troitsa qishlog‘ida dunyoga kelgan. Kommunistik partiya va Sovet davlatining arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramon (1944). 1899 yildan Kompartiya a’zosi. 1889 yili qishloq maktabini tugatdi. 1893 yildan avval «Stariy arsenal», so‘ngra Putilov zavodlarida tokar bo‘lib ishlagan. RSDRP 4-s’ezdining vakili. RSDRPning 6-konferensiyasida (1912 y) RSDRP MK a’zoligiga MKning rus byurosi a’zoligiga saylangan. 1919 yil Sverdlov vafotidan so‘ng V. I. Lenin tavsiyasi bilan VSIK raisi etib saylandi. 1922 yildan SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining raisi, 14-s’ezddan so‘ng (1925 y) VKP (b) Markaziy byurosining a’zoligiga saylandi. 1938 yilning yanvaridan 1946 yilning martigacha SSSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi.
    1946 yil vafot etdi. Qizil maydonga dafn etilgan. Moskva shahrida memorial muzeyi mavjud.
    16. Molotov (Skryabin) Vyacheslav Mixaylovich, 1890 yil Xolinsk (hozirgi Kirov viloyati)da tug‘ilgan. SSSR siyosat arbobi. 1911-12 yillar Peterburgdagi politexnika institutida tahsil ko‘rdi. 1906 yildan kommunistik partiya a’zosi. Qozok, Volgograd guberniyasi va Teperburgda partiyaviy faoliyat olib borgan. 1917 yilgi fevral revolyutsiyasi paytida partiya Markaziy qo‘mitasi Rus byurosining a’zosi.
    1919 yildan Nijegorodsk ijroiya Qo‘mitasining raisi, RKP(b) Donetsk guberniya Qo‘mitasining kotibi. 1920 yildan Ukraina VKP (b) Markaziy Qo‘mitasining kotibi.
    1921-30 yillar VKP (b) MK kotibi, SSSR Xalq komissarlari Kengashining raisi, bir vaqtning o‘zida 1939 yildan boshlab SSSR Tashqi ishlar Xalq komissari. 1941-47 yillar SSSR Xalq komissarlari Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari. Uch buyuk ittifoqchi davlat – SSSR, AQSh, Angliya rahbarlarining Tehron, Qrim, Potsdam (1943, 1945, 1945yy.) konferensiyalarining ishtirokchisi. 1952-57 yillar KPSS Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumining a’zosi. 1962 yildan nafaqada.
    17. Lag – lager, qamoqxona.
    18. Beriya Lavrentiy Pavlovich – Gruziyada tug‘ilgan. Stalin bilan xamshahar bo‘lganligi uchun yaqin aloqada edilar. 20 yillarning oxiri va 30 yillarning boshlarida Favqulodda Qo‘mita (ChK) organlarida, keyinchalik Gruziya NKVD narkomi. 1938 yildan 1953 yilgacha esa SSSR NKVD narkomi
    vazifalarida ishlagan. Stalin o‘limidan so‘ng 1953 yili xalq dushmani sifatida otildi.
    19. Yagoda Genrix Grigorevich – mutaxassisligi bo‘yicha dorishunos. (Dori tayyorlash bo‘yicha olti oylik ta’jiliy kursni tugatgan). 20 yillarning oxiri va 30 yillarda GPU (Bosh Siyosiy Boshqarma) boshlig‘i bo‘lib ishladi. (GPU – SSSRning ichki va tashqi razvedkasi vazifasini bajarardi). Keyinchalik u NKVD, undan keyin esa KGD deb nomlanadigan bo‘ldi. 30-yillarning oxirida dengiz transporti narkomi bo‘lib ishladi.
    I. V. Stalinning bu sodiq safdoshi 1938 yilda «Xalq dushmani» tamg‘asi bilan otib o‘ldirildi.
    20. Yejov Nikolay Ivanovich – Stalinning sodiq safdoshlaridan biri. 1937 yildan (Yagodadan keyin) NKVD narkomi. Ixtisosi – huquqshunos. Bungacha VKP (b) Markaziy Qo‘mitasining mas’ul xodimi bo‘lib ishlagan. 1938 yilda «Xalq dushmani» sifatida otib o‘ldirildi.
    21. Gorkiy Maksim (Aleksey Maksimovich Peshkov) – Rus Sovet yozuvchisi, Sovet adabiyotining asoschisi, sotsialistik realizm adabiyotining yaratuvchilaridan biri. 1886 yili Nijniy Novgorod shahrida tug‘ilgan. 1898-99 yillarda birinchi hikoyasi «Makar Chudra», keyinchalik «Konovalov», «Chelkash», «Er-xotin Orlovlar», «Kirilko» kabi ocherk va hikoyalari bosilib chiqdi. «Ona» romani, «Izergil kampir», «Mening universitetlarim» asarlarining muallifi. Keyinchalik «Bizning muvaffaqiyatlar», «SSSR qurilishda», «Chet ellarda», «Grajdanlar urushi tarixi», «Fabrika va zavodlar tarixi» kabi kitoblari bosilib chiqdi. Yozuvchi 1936 yili vafot etdi.
    22. ZEK – mahbus
    23. Leopold Leonidovich Averbax – (Ida Averbaxning akasi) – «Na literaturnom postu» jurnalining mas’ul muharriri. Averbaxlar RSDRP Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosining a’zosi, Lenin hamda Stalinlarning safdoshi, Leningrad VKP (b) viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi, Markaziy saylov qo‘mitasining raisi Yakov Sverdlovning jiyanlari edilar. Uning xotini Klavdiya Novogorodseva – Sverdlovaning qo‘lida Romanovlar sulolasiga tegishli, revolyutsiya vaqtida bolsheviklar tomonidan o‘g‘irlangan partiyaning olmos-brilliant fondi saqlanardi. Siyosiy byuro bandasi bu qimmatbaho zaxirani, mabodo davlat to‘ntarishi bo‘lib, ular
    zudlik bilan hukumat binosini tark etishlariga to‘g‘ri keladigan qora kunga mo‘ljallab qo‘yigan edi.
    24. Firin Semyon – GULAG boshlig‘ining o‘rinbosari. 1934 yildan mualliflar M. Gorkiy, L. L. Averbax, V. S. Firinlar tomonidan «Belomorsko-Baltiyskiy kanal imeni Stalina» nomli kitob nashr etilib, Partiyaning X V111 s’ezdiga bag‘ishlanadi. Bu kitob Gorkiyning «Istorii fabrik i zavodov» kitobining go‘yo bir tarmog‘i edi.
    25. Kalima – Magadandan 506 km masofada joylashgan joyning nomi. Bu yerda 30-yillarda juda ko‘p konsentratsion lagerlar joylashgan. Oratukan
    ham shu yerda. Boshlanishda bu lagerlar yirtiq va teshiklariga loy chaplangan palatkalar shaharchalaridan iborat edi.
    26. Kunsevo – Stalinning Moskvadagi rezidensiya (dacha)si.
    27. Kurilko – Slovetskachya orollaridagi mahbuslarning afsonaviy rotmistri (rota qo‘mondoni). Revolyutsiya yillari begona rutba va begona nom-nasabni majburan o‘zlashtirib oladi. Tarixda uning familiyasiga oid ikki xil versiya bor. Birinchisi: 1914 yilgacha polkovnik Kurilko 16-Sibir o‘qchi polkiga qo‘mondonlik qilgan. Kontuziya jarohati olgan general urushni maxsus to‘hfa sifatida taqdim qilingan shaxsiy quroli, Georgiy va boshqa bir necha ordenlar bilan tugatadi. Uning o‘g‘li Igor 1-Moskva kadet korpusining kadeti edi, u ham frontda qatnashgan.
    Boshqa variantga ko‘ra polkovnik Kurilko Moskvada 1919 yilning yozida tashkil etilgan yashirin belogvardiyachi tashvilotning rahbarlaridan biri. Bu tashkilot yengildi. 7000 yaqin a’zosi otib o‘ldirildi. Ammo Kurilko negadir bu qatag‘ondan omon qoladi.
    28. Stalin nomidagi Belomor – Baltika kanali. – I.V. Stalin tashabbusi bilan shimolning og‘ir sharoitida favqulodda qisqa muddatda qurilgan SSSRdagi Birinchi besh yillikning muhim qurilishlaridan biri. Bu kanal Baltika dengizidan Oq dengizgacha Niva daryosi, Ladoga ko‘lini (Leningrad viloyati), Sviri daryosi, Onega ko‘li, Belomor – Onega bo‘rtig‘ini kesib o‘tadi.
    Kanalning Kareliya – Finn ASSR hududida joylashgan, daryo, ko‘l, sharsharalarni kesib o‘tishi lozim bo‘lgan qismi 20 oy davomida qazilib, 20. 06. 1933 yili foydalanishga topshirildi. Kanalning umumiy uzunligi 227 kilometrni tashkil etadi.
    29. Balanda – alyuminiy kosaga quyib beriladigan mahbuslarning ovqati. Unda kartoshka po‘chog‘i, karamning bargi, ba’zida kilka, bitta-yarimta baliqcha va suv bo‘lardi.
    30. Arxipelag – bir-biriga yaqin joylashgan dengiz orollari gruppasi
    31. Shavkat Rahmon bayti.
    32. Soso – Stalinning yoshlik chog‘idagi laqabi.
    33. Fyurer – nemischa so‘z – dohiy degani.
    34. Galife – Yarim harbiycha shim. Tizzagacha keng, tizzadan quyi tomoni esa oyoqqa yopishib turadigan darajada tor tikiladigan shim. U asosan amirkon xirom etik va pidjak bilan kiyilardi. Rangi – nosrang. Revolyutsiyaga sadoqatli, — sotsializm qurilishiga ishtiyoqmand, davlat yoxud partiyaviy mansablardan umidvor bo‘lgan komissarlar, chekistlar, partiya va davlat arboblari, shuningdek I. V. Stalin va uning safdoshlariga taqlid qiluvchilarning xos kiyimi.
    35. Zahhok – «Avesto»dagi Aksi Dahhok – ajdaho so‘zidan olingan. Zahhok – Eroniylar afsonalarida Ahriman (dev) avlodidan. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Zahhok Arabistondan kelib, Jamshid taxti (Eronzamin)ni bosib oladi va ming yil podsholik qiladi. Uning
    hukmronlik davri – eroniylar afsonaviy tarixida eng qorong‘ulik yillari, zolimlik kuchaygan, adolat mahv bo‘lgan, Ahriman odamzod urug‘ini quritishga intilgan va iblis orqali bu mudhish niyatini qisman amalga oshira boshlagan davr. Zahhok obrazi, uning nomi fors adabiyotida zulmu istibdod, nohaqlik timsoli bo‘lib qoladi.
    36. Blyuxer Vasiliy Konstantinovich – (1890-1938) Harbiy va partiyaviy arbob. Sovet Ittifoqi marshali. 1916 yildan Kommunistik partiya a’zosi.
    Yaroslav viloyatidagi Barshinka qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Birinchi jahon urushi ishtirokchisi. Petrograd hamda Moskva atrofida slesar bo‘lib ishlagan.
    Chelyabinsk, Orenburg, Ural armiyalarining komissari. 1921-22 yillar harbiy vazir. Bosh qo‘mondonlik va harbiy Kengash a’zosi. 1929-38 yillar Qizil bayroqli maxsus Uzoq Sharq armiyasining qo‘mondoni. 1938 yilda otib o‘ldirildi.
    37. Koba – Stalinning partiyaviy laqabi.
    38.Kudlatiy – GULAGning 30 yillardagi bo‘linmalaridan biri – Saxalin orolidagi Ust-Vimsk lageri bo‘limining boshlig‘i.
    39. Vlasov – Kudlatiyning hamkori.
    40. Birgat – brigada boshlig‘i, brigadir ma’nosida.
    41.Tuxachevskiy Mixail Nikolayevich – Sovet Ittifoqi Marshali.
    1893 yilning 13 fevralida Smolenskdagi ajdodiy mulkida tug‘ildi. Otasi ktata yer egasi, pomeshik. U birinchit jahon urushining boshlanishida vafot etdi.
    Tuxachevskiy – ajdodiy dvoryanin. Otasidan tashqari barcha avlod-ajdodlari XV11 asrdan buyon harbiy xizmatchi bo‘lishgan. Otasi Nikolay Nikolayevich oddiy dehqon qizi – Marva Petrovnaga uylangan edi. Mixail Nikolayevich gimnaziyani Penzada tugatdi. Moskvadagi Aleksandrov harbiy bilim yurtiga rahbarlik qiladi va u yerdan Birinchi jahon urushiga boradi. Asir tushadi. Bir necha marotaba asoratdan qochadi.
    Nemislar uni yuqori Bavariyaga olib borib, 1827 yilda qurilgan, muz suv bilan to‘lg‘azilgan Ingolshtat nomli eski qal’aga qamab qo‘yishdi.
    1920 yilning 7 fevral kuni Birinchi otliq Armiya qo‘mondoni Semyon Budyoniy bilan tortishib qoladi. Zero, Budyoniy va uning do‘sti, akaxoni Lugansklik slesar – Klim Voroshilovlar faqat biz ikkimiz revolyutsiyani ta’minlaganmiz, deya maqtanishadi.
    1920 yilning 1 sentyabrida VKP (b) Markaziy Komitetining qarori bilan Janubiy-G‘arbiy front revolyutsion harbiy Kengash a’zoligi vazifasidan ozod qilinadi. Undan o‘rtoq Voroshilov va o‘rtoq Budyoniylar tuhmat bilan qasos olishdi.
    1935 yili Tuxachevskiyga Sovet Ittifoqi Marshali unvoni berildi, u quruqlikdagi qo‘shinlarga qo‘mondonlik qila boshladi.
    1937 yil Angliya, Shox Georg 1V ning toj kiyish marosimiga taklif etilgandi. Lekin uni yuborishmadi. Uning o‘rniga dengiz qo‘shinlari
    qo‘mondoni Orlov uchib ketdi. Tuxachevskiyni mansabidan tushirishdi. Endi u Volgabo‘yi harbiy okrugiga rahbarlik qila boshladi. 1937 yil repressiyaga uchradi.
    Qamoqqa ketishdan oldin Vera Aleksandrovna Davidovani qidirib topdi-da, unga bochiq bir alfozda dei: –Verochka, men Siz bilan vidolashgani keldi. Biz so‘nggi marta ko‘rishayapmiz. Sizdan yagona iltimosim. Mendan keyin Svetkani (qzini) asrab-avaylang. U hech narsaga aybdor emas. O‘sib-ulg‘aygach unga men haqimda gapirib bering. Ziyrak, farosatli qiz hammasini tushunadi. Biz juda g‘amgin ajraldik, — eslaydli V. Davidova.
    («Ispoved lyubovnitsi Stalina» kitobidan, Minsk, 1996 g. str 225-226.)
    42. Brejnev – N. S. Xrushyovdan keyin Kommunistik partiya va Sovet davlatiga yaqin 20 yil rahbarlik qilgan siyosiy arbob.
    43. Kaganovich – Stalinning safdoshi.
    44. Xrushyov Nikita Sergeyevich – 1894-yil Kursk Guberniyasida tug‘ildi. 12 yoshidan Donbass shaxta va zavodlarida mehnat qila boshladi. 1918 yildan Bolsheviklar partiyasiga qabul qilindi.
    1938 yildan Ukraina KP (b) MKning birinchi kotibi, bir yildan so‘ng Siyosiy Byuro a’zosi. Ulug‘ Vatan Urushini General-leytenant rutbasi bilan tugatdi. Stalin o‘limidan keyin 1953 yilning sentyabrida KPSS MK birinchi kotibi, 1958 yildan SSSR Ministrlar Sovetining raisi. MK Plenumi 1964 yilning 14 oktyabr kuni uni partiyaviy va davlat lavozimlaridan bo‘shatdi.
    N. S. Xrushyov 1971 yilning 11 sentyabr knui vafot etdi.
    45. Barzax – a’rof, do‘zax va jannatning o‘rtasidagi masofa.
    46. Farmatsevt – G. G. Yagoda nazarda tutilmoqda
    47. Gensek – SSSRdagi eng yuqori lavozim – Kompartiya bosh kotibi.
    48. Vera – Vera Davidova
    49. Fursova Katya – Xrushyovning o‘ynashi
    50. Suslov – Brejnevning safdoshi.
    51. Rashidov – Sharof Rashidov, uzoq yillar O‘zbekistonga sarvarlik qilgan kompartiya va davlat arbobi.
    52. Ivanov, Gdlyan – SSSR Bosh prokuraturasi tergovchilari. O‘tgan asrning 80-yillarida O‘zbekistonda «Qo‘shib yozish» bahonasida yalpi qamashlarni tashkil qilishgan.
    53. Saqar – do‘zax
    54. Chernenko – Kommunistik partiya va Sovet davlati arboblaridan biri.