• KIM EKAN?

    1-Qism

    Diydorga toʻymagan, diydor gadosi,
    Haqning sevgan quli, ishqin shaydosi.

    Zangori libosda turgan sehrgar,
    KIM EKAN? Muqarrab pari misoli,

    Boʻynida sof sadaf,yorlaqab tumor,
    Darvish kachkulidek exyo,sehrli.

    Arshu kursisini solgan larzaga,
    Xudo sanʼatining tazohir quli.

    Qoshida qiyomat, koʻzida uqbo,
    Bu qandoq zamonki, hozir paytgacha.

    Yuzida jannat boʻy, koʻksida dunyo,
    Sehr jodular maktab mudarissasin,

    Yalchitib inkishob, sirlarin ishva,
    Aytolmay, gʻoz turib, hofizi qurgʻur,

    Koʻrsatdi, bodomin chaqqon deb,oʻsha,
    Soʻrashdik, shoirkan Abdullo Zuhur.

    Yassaviy hazratning unga nazari,
    Tushkankan, “- aytdilar fitrat sirini.

    Jannat boʻy tuganmas, konmish yuzlari,
    Ham aytdi, – sumbul soch, yulduz sehrini.

    Oyni parcha-parcha etgan jamolin,
    “Olam mashʼali” – deb, yaratmish Oʻzi.

    Eshilgan atlasdan tola deb belin,
    Noz kulsa toʻkilmish, bol reza soʻzi.

    Oʻta aqilli der, – yorgan pixini,
    Yaratganga kelsa, nogoh yuzma- yuz,

    Oʻxshashi yoʻq zebo, toʻsmay betini,
    Qiya qarashlaru etmish ishva,noz.”

    Sen eding bizlarga Soliha ona,
    Nishonam topmas deb, yonmagin yana.

    Bolshovoy chatogʻing ber, – deb urdi doʻq,
    Turtkilab yuldilar, tugatib boring.

    Yargʻoq doʻqlariga javob oʻqing yoʻq,
    Qish, yozin loy kechib, toygan oyogʻing.

    Oʻq, miltiq topishing, qaltis muammo,
    Esada, hatto yoʻq choʻqmor tayogʻing.

    Och nohor bir burda zorligʻing nonga,
    Bilganlar “bogʻlovliq mol”, – deb, chatogʻing.

    Qulogʻi “Shalpay”ning oʻtkir vaʼzidan,
    Eshitgan quloqlar bitgan gʻoyatda.

    Chiqolmas edi el “Shalpay” izmidan,
    Tongdan boshlab, nutqin, kim deb, navbatda.

    “Man-Man” lab boshlagan maʼruzasini,
    “Oʻzim” deb tugatgan kerilib, obdan.

    Eshitgan quloqlar xolva der,-uni,
    Antiqa bir holni aytay sovobdan:

    -, Tong sahar oyoqqa qalqqan –dan qushlar
    Shobiridan qoʻrqib, uchgan potirlab.

    Tarsillab koʻchardi, bujur poʻsloqlar,
    Chayqalgan daraxdan holsiz gʻijirlab.

    “Man-Man” lab boshlagan vaʼzini shayton,
    Tong sahar mahali “Etim” xonada,

    Tovuq ferma qochib ketmas deb, chaqqon,
    Shosholinch yasliga borib, hansirab,

    Oʻqirdi vaʼzining xulosasini,
    Bir gala goʻdakni yigʻib, saralab.

    Kech jamlab chol, kampir jamoasini,
    Uqirdi karlarga tilini qayrab:

    -,Tumaris zaifni aytmam hozircha,
    Ayolda aql kam, soch boʻlsada uzun.

    Botirlar bajargay ahdin kechgacha,
    Oshigʻi olchoqlar tergagay soʻzin.

    Toʻmaris, Toʻngʻani qoʻyib tur, picha,
    “Xalq dushani” Choʻlpon haqda gapiray.

    -,Chayonmi, choʻltoqmi degaylar kimni?…,
    -,Eshitmading chogʻi choʻpon deganin,

    -,E bildim shiydim kal, – degaylar uni,
    -,Eshiting boʻlmasa, sizda yoʻq sabir.

    Tumaris, er Toʻngʻa dushmandir, Kirday,
    -,Ne der? Ha, sen, meni demoqda sagʻir,

    Ham yana emishmiz botinu karday,
    Shunchani fahmlabmish chollaru kampir.

    Tarixiy dalil-la asoslar,chinday,
    Zamonlar kim qachan koʻmgan loshini,

    -,Navoiyni moʻlla, ham atar qargʻa,
    Qodiriy “Burjuy”ni oʻn sakkiz bora,

    Koʻmib tashlar edi ochiq goʻrlarga,
    Qurboshilarni-chi, soʻkib, yuz karra.

    Partkomning qilichdek choʻrt kesar tili,
    Olmasdek kesardi “Bosmach” soʻzini.

    “Dushman” deb boshlagan nutqini qurgʻur,
    Oxirga yetkazmay maʼruzasini,

    Choʻqay “yov” deb, qirra yapasqi tilda,
    “Gʻirt fashist”,-deyardi, doʻst deb, oʻzini.

    -, Toʻxta, eshit,- chun boy demoqda kimni?…,
    -, Karsan, Choʻnqayoy der, fohish ismini

    Toʻgʻrisin aytabdi koʻp narsa bilgay,
    Qurgʻurga sizu biz ,el qoyil qolgay .

    Shuuri kam Shalpay, chin der vaʼz gaplar,.
    Toʻgʻri yo yolgʻon deb, esankirar kar.

    Ilonning yogʻini yalagan qurgʻur,
    Halqlarni aldagan, ishongan kar, koʻr.

    Yetmish yil aylabon Xudoni taloq,
    Vaʼz oʻqib soʻkkanlar bigizlab barmoq.

    Haygoʻyni olmayin birontasin tan,
    Qamatgan yoinkim holin etgan tang.

    Va lekin shunchaga koʻnsa mayliydi,
    Toqati toq boʻlib kuvgan yurtidan.

    Ellik oltinchi yil oʻtgan asrda,
    Voy, dod deb kirmayin ters erk izmiga,

    Qoniga boʻyalgan maydonda Venger ,
    Sukin sin Nikita shumshuk aslida.

    Novocherkas qarshi turgach ramziga,
    Haq talab shoʻrlarga qazgan choh kibr.

    Tusmollab Xudoning toloq iddasin,
    Ming yilga choʻzmoqchi edilar chogʻi,

    Boʻlmadi.. , gʻazabi oʻchirdi sasin.
    Xudo urganlarning usholdi jogʻi.

    Oʻtkan asrdagi “Shalpay” qurgʻurin,
    Qoʻlidan tushmasdi gazet “Haqiqat”.

    Aytsam, topmagaysan uchin, oxirin,
    Karnaydan tutardi, – eshit deb “Diqqat”:

    -, Gulla, yashna ey Vatan! Sen onamsan,
    Sen menga koʻz, quloq, chuqur tomirsan!”

    Ularning dastidan nimalar qolgan?…,
    Na togʻ, dasht, na daraxt, na toshu yantoq,

    Bugʻizlashin degan, – “Huzuri jonsan”,
    Shul yangligʻ vaʼzlarin oʻqirdi “Mutloq”.

    Boʻston moʻʼjizangni, yov bosgan kassan,
    Voy, doding aytolmay, mung ayol sensan.

    Doʻst, yoring yosh toʻkdi, shoʻrlik elim deb,
    Sen esa soch yulding voy, dod dinim deb.

    Qon toʻla qopga sop, uzgan kallasin,
    Otsang – da, jonsiz bosh, yummas diydasin.

    Odamni ovlagan nokasning ovi,
    (Poko parvardigor oʻzingsan guvoh),
    Yurmasa chohlarga qularkan dovi.

    Shoirjon oʻlsam goʻr lavhimga duo,
    Yozib ber degan kas-zoʻrlarni koʻrdim.

    Boshimga yoprilib hayrat dunyosi,
    Shoirning qadrini toptagan kaslar,
    Iymoni poʻkkalar yayrashin koʻrdim.

    Eng hayratli joyi shundaki doʻstlar,
    Odamni poylagan merganni koʻrdim.

    Ona sen dil toʻla zaxming toʻkmayin,
    Farishta boʻlmoqqa chogʻlnading – mi, yo,

    Samoviy xilqati boʻlgaylar tayin,
    Kimki Haq yoʻlidan chiqmasa, tanho.

    Ser sobit ter toʻkkan nogiron SHAYʼSAN,
    Chatoqlar toptagan RABBONIY Shanʼsan.

    Chatoq shoh qulliqchi hamkor tulkiga,
    -“Xalq dushmanin” qabrin oshir yuz bora,

    Piq – piqlab kulmasdan, kulok mulkiga,
    -Qulogʻing ding turib, koʻz qismay qara.

    Qah – qahdan mosiqib Piri…boʻ…, desa,
    Koʻmoqdaman har kech, ming – gin der, – zoʻri.

    -,Ming ham yaxsh…iya, lek ming –gin der,-oʻsha,
    Koʻpaysa “huzri jon”, qushsha sanogʻi.

    -Qochib koʻr, -der Ilich, tirnoqqa zori,
    Qiyratgay sarhadning simxor “BAYROGʻI”.

    Ohari oqarmas, balodir yurting,
    Zil-zambil yelkan-ga ortgandi yukin.

    Qochirib qoʻymay deb,sarhadga hoqon,
    Oʻrnatgan girdoba qopqayman – qopqon.

    Onam shoʻr aytuvdi, – “baxtin chidolmay,
    Tahrirlab qop-qora taqdrin shunday:

    -,Hayotga boquvdim sovuq, beparvo,
    Shundanmi yoʻqatish, sirlarin falak,

    Aytmaydi, yorimdan etsada judo,
    Maqtagay dohiyin, chap qoʻl choʻkirtak.

    Yo bilib, bilmasdan eslagay goho,
    Ashaddiy Adolfni- axta bir mayak.”

    Taqdirin Ollohga aylab havola,
    Toʻrt oʻgʻlin zor tashlab ketgan onamiz.

    Ketyotib degandi, bir etak bola,
    Koʻrgaylar Xudo haq, har biri soʻzsiz.

    Akam der, -“bilardim xohishin havas,
    MAHBUBA SOLIHA! Boʻlsaydi xolos.

    Otaqulu Ravshan yosh goʻdak hali,
    Doim och ham betob, mondimas holi.

    Otaqul “Boycha”ni yaltoq umidda,
    Topshirdim chorasiz “Yargʻoq” uyiga.

    Ravshan nochorini baxti yorlaqab,
    Shoʻrlik kenjamizga el chiqdi ega.

    Boʻlgusi shoirni Garduni DUN, sen,
    -, Ol dedim, e voy-ey, Qaytar dunyoga!”

    Goh ota, goh ona Romozan shoʻrlik,
    Nojot yoʻlin topgan, Oʻzlariga shukʼ!

    Yorqul ukam, onam, Saodat singlim,
    Achchiq taqdirlarga topmagayman soʻz,

    Uchisi ochlikdan oʻlgan, voy dilim,
    Haqorat talab, – deng, buni Siz, HAQ DOʻST!

    Onamning qaqshagan, xonumon baxti,
    “OʻQILMAGAN DOSTON”, HAQ! Xudo haqqi.

    Onaizor, onam mung mushtiparam,
    Chin koʻrkam jannat bogʻ farishtasi ham.

    Qancha koʻp boʻlmasin ozori, mulki,
    Vaqtga ters turolmas CHAQ-CHAQI TULKI.

    Ranglari oʻnggʻigan mutloq bayrogʻin,
    Oʻzlari yirtmoqda, – tund deb,adogʻin.

    Bitlab, pat tashlagan DAKAN zogʻlarin,
    Zax chohga VAQT koʻmgay XADDANG zotlarin.

    Oʻylab ham koʻrmaslar oxiratinin,
    Kutmoqda doʻzagʻi, gʻirt pes qoʻtirin.

    Dekritin varaqlab, tarixshinoslar,
    Oʻnggʻigan yalovin yozgay hofizlar.

    Oʻgʻlingni bilardi ozoru zoring,
    Qachondir yozishin hasad ashʼoring.

    Oʻrtanchi oʻgʻlingdir, shoir Murtazo,
    Shaylangan yozmoqqa qalbingni toza.

    Oʻt, ilondan qoʻrqmas, xushyor har doim,
    Shahstiga boʻy egkay hatto shoh zolim.

    Qiygʻiring KIM EKAN? Tutib har birin,
    Yozmoqda gʻam bergan, gʻaniming zoʻrin.

    Ham Xrushchyov kesaki, kek qissasini,
    Va choʻkirtak dohiy chap dastasini.

    Onamning sochlarin sumbulmi, uzun,
    Eslolmam hattoki chehrasin yuzin.

    Gʻira- sira yodimda, yovvoshdek qumri,
    Qumrilar Ravzaning jilo gavhari.

    Onamni bilganlar eslagay, e voh,
    Yurish, turishin der, – sof oʻzing goʻyo.

    Ismini eshitsam, oyogʻu qoʻlim,
    Titragay oʻz-oʻzdan, uzgandek belim.

    Yoʻl bosdim topolmay, olisu toʻgʻri,
    Yoʻllarga toʻkilgan izlab, qarogʻim.

    Qaniydi topilsa, yerdagi qabri,
    Keksardim, topolmay mozordan qabrin.

    Nabira, chevarang, ullar hamrohi,
    Yod etar, shodlangay momosin ruhi.

    -“Toʻrt etak, – deganing”, – oʻgʻilu qizdan,
    Haq oʻzi yetkazdi, ROZIMIZ SIZDAN!

    Arvohing xabardor, toʻr oʻgʻlon togʻdek,
    MAHBUBA MALIKA! ROZI BOʻL bizdan.

    Xudoyim chin sevgay, sagʻir sarsonni,
    “Voy dastingdan”- degan ona dil sofni.

    Iyaka naʼbudi:
    Sengagina ibodat qilgaymiz biz,

    Iyyaka nastayin:
    Sendangina nojot soʻraymiz soʻzsiz.

    Onamning begʻaraz, bezavol umri,
    Har ikki olamda boqiydir qumri.

    Bu gʻaddor dunyoda, chatoq nomdor kas,
    Quritgan qarogʻing, yigʻlatib nokas.

    Men esa hali hech onamga atab,
    Tagli-tubli bir narsa yozolganim yoʻq,

    Onamning bir taram sochlarin eslab,
    Bu yogʻi oltmish yil tashbeh qidirdim.

    Bir tola ajinin nelar desam deb,
    Zarafshon toʻqayin kulin sovurdim.

    Toʻqayning “Koʻndalang”, “Uzun” koʻllarin,
    Siyoga aylantib yozaolgayman.

    Shunda ham arzgulik, burovla belim,
    Yo ushat soʻngagim, aytaolmayman.

    Onamning bir kecha bedor oniga,
    Qiyomatga qadar qoqmasga kiprik,

    Roziman va lekin yoʻq iloj unga.
    Soʻngagim soʻligan, lek vujud tirik,

    Esada, oqizmas diydam tomchisin,
    Emasamda shoir, aytay falakka,

    Yoz deb, onamning eng soʻngi, qatrasin,
    Yalinay qaysi bir ogʻzi tirtiqqa,

    Yoʻq,-dedi falak ham ogʻzi tirtiqning,
    Qoʻli qon, chaman gul, tikolmas boqqa.

    Boʻlmasa, oʻzimning diydam tomchisin,
    Bilibsan emasim shoir, ayt menga,

    Yo koʻrsat, jon falak elning elchisin,
    Yozing deb, oqsoqol, yalinay shunga.

    Boshingda ming botmon tosh girdobadek,
    Aylanib, ezgan umr manzarasini,

    Esla, ocharchilik payt, zulmkoring bek,
    Qulf urgan ombor don darvozasini.

    Sen osmon xilqati, yoridan ayro,
    Hijron azobida kuygan bandasan.

    Koʻkda zilol oydek, rozlarga oshno,
    Tundan soʻng kelyotgan RISOLAT TONGSAN!

    Xalqlarni aqlidan ozdirib, dohiy,
    Koʻmabergan, qancha istasa raʼyi.

    Na marshal qoldiyu, na shoir, olim,
    Na dehqon, sanʼatkor, na boshliq boʻlim,

    Koʻp chaqa u, birga ishlagan shaxsga,
    Nochoru oʻsmirlar kechiksa ishga,

    Keller shoh buyurgan bariga oʻlim,
    Nafasi oʻchmasdan tiqqan shaxtaga.

    * * * * *
    Ruhsiz aql egasi shohu haqonlar,
    Iznu ixtiyorsiz rasvoi raddi,

    Toptalab zaminni eta olganlar,
    Huv ona! Orolda balchigʻin haddi.

    Haq neʼmatin oz deb, balo zogʻidan,
    Nozga shayʼ gʻunchalar soʻngan kulolmay.

    Hay, huylab oʻzganlar, mergan tozidan,
    Burnidan oqquncha yegan toʻyolmay.

    Tulakning madhiga gʻazallar bitib,
    “Ul bola” qulliqchi kuylagan tinmay.

    Gulshanni yemirib, goʻyo och boʻri,
    Nahs nafsin sochalgan yeru bahirga.

    Jannatiy rovotni tuyib, zoʻrlari,
    Qoldirgan kasrini qondosh hozirga.

    Chin koʻrkam bogʻ-rogʻni yiqitib, noshud,
    Savolab otidan olgan oʻchini.

    Borni qaqshatganlar suvoriylari,
    Namoish qib, rasvo, raddi kuchini.

    Sozlarni buzib, besh yulduz borlari,
    Sozlolmay, titganlar, toʻymay tomoqdan.

    Orolni moʻljalga olib, pirlari,
    Quritgan dengizni, qoʻrqmay ofotdan.

    Na tosh, tikon qolgan,choʻlda kasratki,
    Yeb, yamlab, quturgan nafsin tiyolmay.

    Na koʻkalamzor, na toshloqda karki,
    Barin yeb, yorilgan poʻstiga sigʻmay.

    Badnafsning nahsiga na qurt-qumusqa,
    Na ilon, na chayon va na jodugar,

    Bogʻoyat boquvvat bilak ham boʻlsa,
    Dosh berolmagan yeb, yirtqichga ajdar.

    Ular “Gʻirt oʻgʻrilar” emasku axir,
    Yo aqli shuuri, noqis-mi avsar.

    Bilmadim aqlidan ozgan-mi “Botir”,
    Yo pistaqi gajdum, kajak dum nishdor.

    Yo choʻltoq supurgi mingan yolmagʻiz,
    Yo aqliga cheksiz, tor dunyo koʻringan.

    Haqning manzillarin buzib, gʻirt ochkoʻz,
    Zar gʻishlaridan uy, oʻziga qurgan.

    Siniq togʻorasin qoʻldan tushurmay,
    Qaytadan qoqmoqchi nogʻorasini,

    Chopmoqda shaydosin qoʻltiqlab qoʻymay,
    Shilimlab yamormish arzandasini.

    Balo keltirgan dard boʻlgan bekanor,
    Qaylarga bosmagan oyoq sabilin,

    Uchuni, oxirin topgan kim ham bor,
    Koʻrgandan buzganlar haqning manzilin.

    Dunyoi bebaqo-sidan tolganlar,
    Buxoro sharifning madrassida.

    Bor quvvatin berib, tizzaga poklar,
    Kutganlar oʻlimin bamayli xotir.

    Besh mahal rukuda, sajda Oʻziga,
    Bu dunyo chin emas deb, bevofodir.

    “Kalom ul kalom” Haq uyida chollar,
    Haqdan soʻraganlar SHARAF oʻlimin.

    Togʻlardan nuragan boʻroq, oq toshlar,
    Shaydolari mumkin  oliy jamolin!

    Bobotogʻda pinhon javohir, laʼllar,
    Soliha goʻzalning jonidir, yoki,

    Togʻlar boshidagi op-oppoq qorlar,
    RISOLAT onamning oʻzidir balki!

    Odamzod qoldirgan kirdikor shuur,
    Nasillarga urgan asoratini,

    Qurʼonning qorisi Abdullo Zuhur,
    Aytolgan sababu hamda rostini:

    “- Murosa qilsa jon, tan qilolmaslar,
    Murosa, modora chorasin bilmas,

    Chirib yoʻqolishin bilgay muqarar,
    Boshoq boʻb, bir bor ham hech vaqt koʻkarmas.

    Tan ruhga muvaqqat libos va koʻprik,
    Bilki, chin olamda ruh forigʻ tandan.

    Tan murosa qilmas, vaqt kelsa yiqilgay,
    Ham utolmas toʻynik pok ruh yoʻlidan.

    Yiqilgach, poyadek tuproq, kul boʻlgay,
    Yolgʻiz ruh don bogʻlab, ungay qaytadan.

    Ruhsiz kas yetolmas aslo visolga,
    Pok noil ham shaydo ishqiga Haqning.

    Nopoklar ashqalu tashqalin tashda,
    Qoldirsa sogʻayib, poklagay aqlin.

    Yorugʻ dunyo borki, chiqarmang esdan,
    Yana bir bugʻun gap aytgayman sizga,

    Oshkora, rasmana, dushman yovuzdan,
    Pinhonasi yomon, doʻst ham iblisga”.

  • 2-Qism

    Ey, Tangrim yurtimda yasholmay muqim,
    Uzoqlab ketganman izlab Furqatim.

    Furqat ham begona chetda yashagan,
    Toʻqqiz farzand unga boʻlib chin vatan.

    Avliyolar duosi yor boʻlib, yoshim,
    Tindirib, xizmatdan balqdi obroʻ ham.

    Avliyolar yonidan joy topgay loshim,
    Boʻlolmagach menga ona yurt vatan.

    Goʻr labida poyim turgan ham boʻlsa,
    Rus, Tojikdan topdim shafqat hissani.

    Qalamim yoshlari besh muchal- keksa,
    Tomosha qilgay deb, siz azizlarim.

    Yozoldi “Gʻirt qoʻtir Chehra” – peʼssani,
    Umr qoʻshsin deng, – Olloh unga doʻstlarim.

    Oʻzin exyo etish, niyat dilini,
    Yo Oʻziga qaytish, pok ruh-la ravshan,

    Bu foniy olomdan qolgan koʻngilni,
    Aytgaylar Abdullo “HOJI” ukam “SHANʼ”!

    * * * * *
    Vaxsh, Zarafshon daryo suvin zar, zor atab,
    Zarafshonim zar, zorida suzolmayin,

    Qirgʻogʻida qolgan izim topmay, istab,
    “Zor bagʻri”ga tushgan yoʻlni toʻsganlarkan.

    Borsa qaytmas – sim tikondan oʻtolmayin,
    Uzoq ketdim chechanzoru chetanlardan.

    “Zorbof”im deb, husn jilo baytlarimda, jim,
    Xotiralar ayta oldim chet ellardan.

    Bu munggʻligʻ tashbehlarim anglab yetgay kim?…,
    Pes axloqlik borgach soʻrar lahatidan.

    * * * * *
    Kim ekan? -, Poklarning aytishlaricha,
    Murtadmish, toblagan esin xalqlarin.

    Qadrin hisoblarmish sariq chaqacha,
    Bilmadim, buncha pas aqli chiporin.

    Toʻrt tomonin yopgan, oʻrab tegrasin,
    Oʻzbegim esini qoqmish qurgʻuri,

    Badburishga egik, xor aql egasin,
    Borarga joyi yoʻq, bor ochiq goʻri.

    Qaydan bilsin dunyo haqida qullar,
    Ruzgʻor yelkasida ham ish ogʻiri.

    Choʻltoq supurgisin teskari minib,
    Kampirdek qoʻrqitmish, burish yolmogʻiz.

    Iblis, jin-insdek gʻor, toʻynikdan chiqib,
    Aql hushin olganmish, jodugar yovuz.

    Siniq togʻoraga qoʻpib xumori,
    Qayta boshdan kuylar qaygʻu gʻazalin,

    Shodlangay achamlab, shaydo chipori,
    Shilimlab bus-butun qilmish “goʻzalin”.

    Tilloga liq toʻla sanduqni qoʻrchi,
    Qay goʻrga  yashirsa toptaplab avval,

    Izlarin koʻmipti sodiq qaroqchi,
    Poylarin kesganlar koʻrganni darhol.

    Gʻirt oʻgʻri soʻz soʻzlar oʻziga oʻzi,
    Ort-ketin qurtlashin yolgʻon gap debon.

    Haq gapni eshitsa shol boʻlib yuzi,
    Ma senga!Ol derkan falon,pismadon.

    -Dovrugʻim Avrupa eshitgan  chiqar,
    Eshitsa kindorlar qayrar tishini.

    Qayrilmas parvozim koʻrmagan chogʻi,
    Yo qahrim yorolgan togʻlar toshini.

    Arshu kursisida “ Mahvash” nom zotman,
    Yuz yilda bir kelgan sohibi ”Shon” man.

    -,Yoqarmish Obamga bez betim chipor,
    Birga yuz bursaq Sharq dodlarmish bisyor.

    Birga biz boʻlsaq baxt kulib har doim,
    Ot izin bosmish Oh! Gulnora toyim.

    Kechmishdan keltirsam bironta misol,
    Tamosha qilsinlar osmondan hilol.

    Xorazm qadimda koʻpdan-koʻp doho,
    Paydar-pay kuylagan qaytar dunyosin.

    Alar zoʻrriyoti Ortiq-tong safo.
    Hijron oshiqlarin olgan duosin:

    “Vatanning ayriliq  oʻtin,
    bilingki yayratib boʻlmas.
    Gar doʻstlar sodiq boʻlsalar,
    bir-birga qayratib boʻlmas.
    Vataning bandini bulbul
    chamansiz sayratib boʻlmas”….,
    Tuproqdan yaralgan,tuproq,
    baayni roʻzgʻorlarini,
    Tuproqqa qorishib,tuproq,
    shaydosi hozirlarini.

    Ortiqsiz boshqacha aytib ham boʻlmas,
    Ortiqiyona mung kuyga qoʻsholmas.

    Ortiqsiz shoirlar ashʼorlarini,
    Otajoniyona  qalbga quyalmas.

    Ortiqsiz giryona ruxsorolarni,
    Ravzai eram bogʻ rovotlarini.

    Momoqaymoq tik-mahvash koʻkrakdorlarni,
    Ortiqcha biron kas kuyloya olmas.

    Otajonov  toʻplari sahna korvoni,
    Qayrilmas parvozi qamrar osmonni.

    Shahlolar lazgida qiya boqqancha,
    Tovusdek uchganda belin oyamas.

    Raqqosa  Ortiqning ovoz miyorin,
    Qalbin daftariga koʻchirib tolmas.

    Majnunvor ohangda Ortiq kuylasa,
    Hayratdan muxlislar  biron bor toʻymas.

    “-Quchogʻimda ikki belning biri sen,
    Atlas beling kashtalarin biri men.

    Buloq boʻlsa ikki koʻzli shahlo goʻyo.
    Koʻzlarini menga suzar boqib qiya.

    Qildan eshgan qil belingni tolasi men”
    Kabi ohang yangratalgan Ortiqshohsan.

    Lazgi kuyga malaklarin oʻynatalgan,
    Shoh Ortiqqa-eram bogʻni yaratalgan.

    Baho bersam,Yaratganim bahosi ne,
    Degan soʻzni yaratmapti,men-chi holo,

    Emasamda shoir avf et Oʻzing meni
    Takrori yoʻq desam haqman uni Doxo!

    * * * * *
    “Qargʻalar uchsa koʻnar,
    Margʻilonning choʻliga”:
    Qashqa esa madhin kuylar,
    Omad tilab, Chipor “hur”ga.
    Koʻz tikolmas sodiq qullar,
    Ola, bula Oʻjar oʻrga.
    Ochmiz desa, pes qargʻanar,
    Yotolmang deb, toʻq kuziga.
    Qashinsalar ushla derlar,
    Yov koʻrinmish pes koʻziga.
    Noz tarbayib, oro berar,
    Pes boʻlsa ham oʻz-oʻziga.
    Zogʻlar uchsa tikka qoʻnar,
    Andijonning yon chetiga.
    Shoir haqni poylab yurar,
    Yoʻli tushsa tun kechiga.
    Pok insonlar Haq desalar,
    Mos kelmasmish pes choʻtiga.
    Dosh berolmas zogʻu peslar,
    Bobur kentin saf kuchiga.
    Shoʻx tirjaygay “Lola” Chipor,
    Ishqi tushmish goʻr choʻpiga.
    Azroilga pes doʻq urar,
    -,Solmaysan deb, oʻt choʻqiga.
    Tutontiriq qilma derlar,
    Soʻnmay turgan qoʻr oʻchiga.
    Qazo yaqin, boshin mushlar,
    Qoʻrqinch tushmish pes chekiga.
    Kirmagayman pes deb, zinhor,
    Poyin tirkar choh chetiga.

  • modarram

    Modaram!
    Modari bihishtiyam!…
    Onaginam!
    Jannatmakon onaginam!…
    (Loiq Sherali)- desa,
    Ulugʻov Murtazo esa:

    Modaram dilatro ba mo gufti,
    Aytarding,- dilingni takroran yana,
    Tu zaifai Soliha ba mo budi.
    Sizlar chun men derding,- Soliha ona.
    Modaram tu havas medoshti,
    Onamning orzu ham niyati havas,
    Solihai zaifa shudan mexosti.
    Soliha ayoldek yurmoqlik xolos.
    Modaram bigufti dardu hasratatro,
    Onamning dard, hasrat deganin bilki,
    Tu holo dostoni naxondaatro.
    Oʻqilmagan doston hozircha balki.
    Chabru chafoyat modari zoram,
    Behisob jabr jafo chekkan dilorom,
    Ahdu paymonat, modari xoram.
    Ahdu poymon aytgan onai xoram.
    Modaram, modari zahmatkasham,
    Onaginam, onam mung mushtiparam,
    Ba channat Ravzai farishtayam!
    Jannatda Ravza bogʻ farishtasi ham!
    Modaram, modari dil shikastayam,
    Hayotdan koʻngling sovub, ketganimsan,
    Gʻaribai, xazonrez, be bahoram.
    Xozonrez, bahori yoʻq, gʻaribimsan.

  • 3-Qism

    Qaddi buk Oqtepam, Dabus qalʼasi,
    Ham Koʻhak mozeyning koʻrki, keksasi.

    Xatirchi, Mir-bozor ipak savdosin,
    Shayx Ziyovuddin aytgan ilk bor dunyosin.

    Sitilgan don goʻyo, bobo qudratni,
    Qovushtirmoq edi Bobur hissasi.

    “Topmadim” ezguoik yigʻlatdi koʻkni,
    Ham davo topmas dart – “oruz” navosi.

    * * * * *
    Koʻhak-shon koʻz yoshi oqqan tomonda,
    Kim qachon oʻzbekning oʻchmish bahori.

    Choʻbir shoh qashshoqlik  oʻrlagan onda,
    Bilmasmish borishin qay manziml sari.

    Ding turgan quloqlar halvo der, buni,
    Goʻr azob-hibs haqda, adolat talab,

    Yoʻlda qoldirgan pes, tulki-ilonni,
    Yoʻq dermish, – qurʼonda aytarlik bir gap.

    Oh! Murtad-ey, bilmay qaytar dunyoni,
    Mozeydan oʻchmas der, – shanʼim labo-lab.

    Zahar talx – shoh derlar tobuti yupin,
    Qaxri tez, aqli ham emasmish butun.

    Davr davron-ellik qor, bosalgan shumni,
    Oʻgʻrinchi tomoqdan-mechkay someʼlar,

    “Hizabrulla”, – demay  “Olloh arsloni”
    Erkaklik his qayda, – dermish besamar.

    Burnining uchuda turgan achchuvni,
    Socharkan, Ha, Labbay! -demasa bemor.

    -Qarab tur koʻrsatgum, men kimligimni,
    Bilmaskan mushtipar, nochor emasim.

    Boʻlmadi…, ishlatgum gʻaraz, suqumni,
    Deyarmish beti bez, nuqib kallasin.

    -Hayf, yuz hayf “mashʼal” bosh odam, nodonga,
    Yo tushibmanmikin? Yoʻliga gʻadir.

    Yojovdek kushdor dars, bergan-ku menga,
    Eshitmagan chogʻi emasim faqir.

    Yupunlar tosh qotib, soʻz qotmish achchiq,
    -Fohish deb, dumini qismagan qanchiq.

    Besohib och-yalang, sagʻiru kabir,
    -Mosiqtirdimikin? Yo sabil chagʻir.

    Ikki betlisi tish koʻrsatib bahol,
    -“Yoʻgʻ-ey itmasku u, na qisir baytal”.

    Hamrozi qoʻlga ob, tunda  chiroqni,
    Quvlagay  ushla deb, ochni norozi.

    Och esa kuylagay  “Choʻli iroq” ni,
    Fermerni nomalum yiqmish qarizi.

    -Ayting, ne yomonlik qilmishman xalqqa,
    Yo maqsad koʻmishmi tubsiz quduqqa.

    Ne yozugʻim yoqmas ayt-chi berahim,
    Til te..gizd..mi?Le..n..i..n..,e..yoʻgʻ-ey..ha..q..q..qa..

    Muqaddas ismini aytaolmayin,
    Hamtovoq (-haqqa de) shivirin payqab,

    Tursada, sali-pal oʻngrolmay tilin,
    Xudo deb, boʻlmagʻur ochaolmas lab.

    Xudongni tushinmam, -degan chun, e voh,
    Yaratmishmi zotin, maraz deb, Oʻzi.

    Chin dunyoda-Barzaq, ungadir dargoh,
    Tilida Qurʼonmas, dohiyin soʻzi.

    -Ne musibatlar bor? Boshimda tagʻin,
    -Aytib turibdi-ku chipor yanogʻing.

    -Bu yozugʻ taqdirmi? Vayokim ibrat,
    -Tagʻdiring qoʻlimda devdingku nomard.

    -Kim, chizmish qismatim? Koʻnmam bitikka,
    -He, battol oʻzim deb, chopding-ku betga….

    “Haq arsloni” boʻlmas, murtadni atab,
    Kim ham atar oʻyla, muzaffar barlos,

    Gʻazabiga duchor boʻlgay ataylab,
    Kimki bugʻushlashda imillasa bas.

    -Men deydi, -davyurak churq etmas devman,
    Qilt etmas qoʻymijoz uyatchan erman.

    Taʼbim etgay tirriq, pesi qurgʻuri,
    Boʻlmasa, atardi “Oshiqon gʻori”.

    Saylashdi ustma-ust oʻn toʻrt iddasin,
    Lek misqol oʻzgartmas oʻzbekning tusin.

    Saltanati oʻlsin, revu rangini,
    Sir tutgay, bildirmas dildagi kirni.

    Ajal “choh”qazalgan, shohlar ichindan,
    Qaysisi yetolgan Choʻbir haqonga?

    Shuni ham bilmaysan, qiygʻiring chindan,
    Domlasi Kobadek choʻmilmish qonga.

    Boʻy choʻzib intilsang koʻrgin,qoʻrgʻoshin,
    Tomoqqa quyib band, tortganin onga.

    Choʻbir saltanati aqliy inqiroz,
    Kamsitilgan oqil berozu ovoz.

    Adoi falakning gʻalati charxin,
    Teskari yurgizgan gʻirt qoʻtir oʻsha.

    Toʻfonda qonga lim, Boburkent jarin,
    Toʻldirgan menmas der, -pes aldar koʻsa.

    Emasamda shoir, yo nomdor rais,
    Ne aytay,aqli u teskari yursa.

    Degani shumikin? Kechmishi bois,
    Oxir zamon? Yo poko parvardigor.

    Shoʻrlari qatma-qat shoʻrlik oʻzbekka,
    Qiyinkan, boʻlmasa tole unga yor.

    “Habibi ussiyar” -oʻzi bek xalqqa,
    Koʻcha berk -DARBADAR, HOZIR, MARDIKOR!….

    -Kim  toptagan? Bitmish qadri, udumi,
    -Ha, Choʻbir-KOM. firqning sal kalta dumi.

    Bilindi; insonmas, kimkan dohosi,
    -Xoʻp! Qasam bergankan marhum domlasi.

    Tush koʻrdimmi bilmam; pirpirab labi,
    Hashr maydonidamish, qotil Choʻbir ham.

    Qobil Homilini koʻtargan kabi,
    Shahidlar tushmasmish qon yuq qoʻlidan.

    Osmondan tushrilgan hodiy bitiklar,
    Bilmam,kirganmikin, yerning qaʼriga.

    Muncha zorlanmangiz aziz tiriklar,
    Zikr aytayotgandir tushib qabrga.

    “Innaloha maʼs-sobiriyn” – “Haq,
    Sabr qilguvchilar bilandir birga”.

    “Qulli muslimina axlatun” -hadis;
    “Hamma ogʻayu in muslimi -Haqning”.

    Harxil tus, tillarda esasakda biz,
    Ummati (Alay-his-salomlar) -pokning.

    Oʻzbegim tanirmi? Choʻbir-chiporin,
    Bilmasa, tanitay husni xatimda.

    -Artgin deb, kim qachon bosgan mogʻorng,
    Ham aytay, yurganing qorongʻu tunda.

    Uchrashuv tole yor bizlarga boʻlsa,
    Maxfilda xorliq ne bilgay dilsoʻzlar.

    Malumingiz sizga boisin aytsa,
    Xudo ursin dersiz pesni siz doʻstlar.

    Yurtdan uzoqdaman, hamon darbadar,
    Vatansiz boʻlmoqdan oʻlimi yaxshi.

    Qiynashdan qiynalish doʻzoqdan battar,
    Qoʻymagach toʻpimga pes ochgan Qozi.

    Qarib bordim qazo muborak kunga,
    Alvido yurdoshlar! Yoru doʻst, Hoji.

    Nim asr boʻy egkan taqdir hukmiga,
    Shal majruh qalamdan boʻlgin el rozi.

    Aytoldim Kom. firqning dumin hiylasin,
    Ozoru gʻazabin jamlab hamlasin.

  • 4-Qism

    Janoza

    Orif afzoyidan bilsa boʻlarmi,
    Qulf urgan Turonning tiyra shamini:

    Oʻngda oqillarning shal poyu tani,
    Ot izin bosmoqqa Gul.., toy shayʼini.

    Soʻl yoqda qaqragan paxtazor nami,
    Qurtlarni lanʼatlab poʻsgan sholini.

    Puldorga egilgan qiz, beva shoʻrlar,
    Izgʻiydi behayo fohish shugʻullar.

    Oʻchib ketgan suvsiz Orol-ramzini,
    Aytmayin, bebaqo kindor labzini.

    Egnida iligʻliq seryomoq chopon,
    Choʻkirtak poyu qoʻl, chiqolmas uni.

    Yelkasida botmon ketmoni dehqon,
    Oyogʻida kerza, qoʻlda qoq noni.

    Qatnardi dalaga, goho daladan,
    Soʻloqmon eshak-chi, boʻynin maysaga,

    Choʻzib ham yurmasdi, hordiq soyadan,
    Dumi bilan pashsha qoʻrir mayliga.

    Orif-chi, Orif ham bilsang tirikjon,
    Uqolashdan-i yo yigʻlashdan  tizyiq.

    Qisiq koʻzlaridan oqar chashma qon,
    Hasrat-mi, suiqasd…, oʻlim-mi, hadik…?

    Chang-toʻzon qorishiq misdek havoda.
    Nafas olish qiyin dehqonga moʻmin.

    Yozning qaynoq kuni. Tuproq goʻr holda,
    Toʻyqusdan eshitdik Choʻbir oʻlimin.

    Suv murobi bizga gaplarin Lola,
    Aytuvdi, otasin soʻngi nafasi,

    Oʻchganin-havo sal salqindi holo.
    Bahorning soʻngida, -depti  chamasi.

    Til uchuda noshud Gulnorani ham,
    Bor-mi yo yoʻq oʻgay, nomalum opam.

    Negadir eʼlonda avgust oxirin,
    Uqboga ketdi deb, -aytdi Choʻbirim.

    Qon-la sugʻorilib soʻlish bosh, keti,
    Suq hamrah, yoʻllari tushmish barzoqqa.

    Qon yuq tish qurtlarga sof gazak, endi,
    Uzular-mi qoqqan miqlar maraqqa?

    Bigiz qoʻl muborak! Qaror topishing,
    Kasratki kemirgay chipor qoshingni.

    Tinchitdi jahonnam qiygʻir jumbishing,
    Oʻzinga irgʻitib otgan toshingni.

    Iymondan haqgoʻy pok, kamsuqum Sorbon,
    Rostlar-mi bepayvand tagʻma tashingni?

    Pes turxin maqtovdi Arshu falakka,
    Bu qanday koʻrgilik, qandoq berar dosh.

    Orifiy besh yulduz qalqib oyoqqa.
    Qars ikkiga nechun boʻlolmapti bosh.

    Soʻlish tortib qopti aza lab-lunji,
    Madh aytmoqdan tolib Choʻbirga “Nurposh!”

    Puch  yongʻoqqa toʻla Qoʻtirim qoʻnji,
    -.Deb ashʼor yozmoqchi nohot qastma-qast.

    Bilanglash doʻng goh qat-sanʼatin koʻrki,
    Buni hechkim hamon bilmadi oshkor.

    Nechun zar egardan engmapti keti,
    Nechun araq oʻrning bosmapti zahar.

    Jin chalgan gʻirt qoʻtir Shohonshohini,
    Yer oldi zoʻrma-zoʻr “Lapar” loshini.

    Toshkant jirkandimi lanʼat pesidan,
    Samarqand koʻmdirdi shafqat yuzidan.

    Nega koʻmmoqchiydi Shanʼ! Deb ul abad,
    Nega joy berdilar pok ruh Zindadan?

    Aldanganni aldab, minib ellik yil,
    Yurgankan egarga tortmasdan ayil.

    Onglarga  band  urib, gerdayib bisyor,
    Gʻunchalarni toptab aylardi xazon.

    “Naq tugʻma deganni- qastdim dasti yor,”
    Gʻorga koʻmsa savob boʻlmasdi arzon.

    Zangi deb koʻmilgan Andijonliklar,
    -,Xoʻsh koʻrdik! Kelarmi deyardik Chipor.

    Tanimay izdihom yugurar gʻiz-gʻiz,
    Majruh-otilganlar bilmaydi tinim.

    Koʻrsatib pes betin, barmogʻin bigiz,
    -,Voh…, oʻziku der, Andijonlik bir kim.

    Dunyosin yashirgan Chipor yagona.
    Yer sharin eng boyi, oʻynasa gartkam,

    Shoʻrlikni chavoqlab, qoniqmay yana.
    Yulqirdi, xasisga togʻ tillo ham kam.

    Zarlarin axtarsak, koʻrdik boʻsh goʻri,
    Poʻstini archipti, yoʻqdek qoʻtiri.

    Tilini boʻgʻzidan yulipti darhol,
    Boyvachcha oʻgʻrining quripdi shoʻri.

    Kun osha borib boz koʻrinsak shumga,
    Musht tugun soʻtilgan, hafadek shunga.

    Doʻstni dushman degan koʻru koʻrona,
    Jazosin olyapti, koʻrdik shukrona.

    Shunda yer qaʼridan sado chiqdi bir,
    -,Dedi: Nogoh bizga, ogoh quloqqa:

    “Islom nom hayf, hayfku, gunohi ogʻir,
    Gʻani oʻlchalarin koʻmgan qay yoqqa.

    Odam ham emas u, shaytonku axir,
    Komfirq shaytonligi yetganku Haqqa!”

    Ojiz kampirlar-chi, ular toʻsib yuz.
    Hoʻngrab yigʻlardilar, qabr titragay.

    -,Soʻzlashga til bormas, qarashga deb koʻz,
    Bundoq koʻrgilikdan Oʻzi asragay.

    Barzoqda kutmoqda balo bel bogʻlab.
    Qon toʻkkan olovda yongay gʻovullab.

    Goʻyokim chayonga tutganday aza,
    Joyladim bayonga tahlil janoza.

    * * * * *

    Azal qonuniyat shuki bir yerda,
    Uzoq turib qolish mumkinmas, xovfli.

    Shul bois adoqsiz xoyolotida,
    Uzoq der chamasi-qazo kun hali.

    Oyoqlari tolib,yurolmay har gal,
    Yoʻl topdi eng qaltis uchu yoʻq chigal.

    Toʻsgancha qoʻlma-qoʻl nurin yoritqich,
    Saylashdi “izzatin” samoga qadab.

    Zahiriy hayotda savob ishi hech…,
    Doʻzaqda yondirgay it tezak qalab.

    Shudring kabi umr bir daqiqa barin,
    Demay.Tashlab ketdi badboʻy xotira.

    Eslama! Davr-davron, girdubodlarin,
    Qaygʻurma! Haq topgay badboʻyga chora.

    Naxosdan dard chalgach qoʻpdi joyidan,
    Oqib tushayotgan shilliq koʻzlarin,

    Tikib mogʻor bosib ketgan oʻrniga,
    Ketdilar norizo bogʻliq  jogʻidan.

    Jon paqqas chiqishin bilmaskan nomard,
    Ayt! Darvish bu xil sir, qandoq sinoat.

    * * * * *

    Tobut ichra chiqargancha noqis sasin,
    Pichirlardi bir kimgadir soʻz soʻngisin:

    -Yakkam dukkam oʻtganlardan boʻlsa doho,
    Obamu men birigamas mingiga teng.

    Andijonda oʻlganlarga qutlugʻ fatvo,
    Bergan manam esimda yoʻq ming-mi,oʻn ming.

    Tobuting ustida shoir pich-pichirlab,
    Seni eslab toʻxtamasdan ochardi lab:

    -Aqling boʻlsa boshga nur sochmasmiding,
    Haqni oʻqsang yoʻllaridan ozmasmiding.

    Payvand tumor yuraklarga boʻlmasmiding,
    Savob olib doʻzaqdan  dur yurmasmiding.

    Sharoflardan mosiqqan sen hardamxayol,
    Yetimlarning boshin silab qoʻymasmiding.

    Hijob yopgan,boʻliq soqol-pok kaslardan,
    Burning jiyrib gʻoz tarbayish qilmsmiding.

    Sagʻir-sugʻur zor ahvolin koʻra turib,
    Koʻrmagandek pushting oʻgrib yurmasmiding.

    Tuproq devol  qishloqlarga bormasmidi,
    Tomchi tomgan loy shuvoqqa kirmasmidi.

    Tuproq koʻmgan yoʻl yoʻlakdan oʻtmasmidi,
    Koʻcha kuyda loy balchiqni bosmasmidi.

    Gartkam oʻynab yalang bachcha yurganga yuz,
    Oʻgirganning birontasin soʻkmasmidi.

    Shafqat istab yurgan  ochlar ohini,yo,
    Qasdma qastdan koʻz yoshlarin artmasmidi.

    Haq deganning yoqasidan tutasmiding,
    Yo bugʻzidan tilin burab uzmasmiding.

    Sheralining dumbirasin torin maraz,
    Zohhoq shohdek bolta bilan chopmasmiding.

    Oʻz uyiga qamap tulki shayton gʻaraz,
    Hech boʻlmasa Haqdan biroz qoʻrqmasmiding.

    Azonni tik eshitgandan labin burmay,
    Ruku tursa jinlar chaplab oʻtmasmidi.

    Besh vaqt mahal nomozlarni qazo qilmay,
    Oʻqib tursa tomi shiljib ketmasmidi.

    Qaytar dunyo Yaratganin mazoqlamay,
    Kalomin tan olsa chipor chalmasdi.

    Kentlarini tuyib,elab qoqqan yovni,
    Jonin olgan Jalol ulga boqmasmidi.

    Ulugʻbekning hayrat ishin bilmasmiding.
    Bobur shohning gʻayratini oʻqmasmiding,

    Bobom xoki deya tolib taloshlardan,
    Vatan tarkin sezsang gʻiybat  qilmasmiding.

    Qalam qurgʻir tekkach qoʻtir chehralarga,
    Orzularim boʻldi oshno gadolarga.

    Qahr gʻazab murtadlardan qochib bazoʻr,
    Meni pinhon qilgin devdim haq Xudoga.

    Qoʻrqinchlar bor,kishvar ichra yurolmayman,
    Qaroqchilar toʻsgan yoʻlim topolmayman.

    Janoza payt ichimdagin aytsam deyman,
    Uncha muncha dart bayonim chizsam deyman.

    Aʼziyat ne, maʼrifat ne bilsin deyman,
    Oqillarning roz ovozin bugʻmang deyman.

    Muslimlarga goʻr-choh qazgan kimgan deyman,
    Bor boʻyicha orif  ilming koʻrsat deyman.

    Bila turib gumroh yoʻlin vayronasin,
    Rostlolmasding yupqa edi qoʻling deyman.

    Poyin koʻrib goʻr labida Yurtboshsizin,
    Umr shomga ol demading torat deyman.

    “Shohnomamga” barmoq urib uch-toʻrt marta,
    Aytganlarim anglayolsang balli deyman.

    Malumingiz uchrab qolsa gurung paytda,
    Gʻazab yutgan koʻndan biri sen ham deyman.

    Hodiy Qurʼon oyatlarin saboq deyman,
    Sagʻirlarning boshin silash savob deyman.

    Oqlamasang oʻlgan pesga uyqosh deyman,
    Qasd olmasang xafamasman sendan deyman.

    Hech bitmagan yaramga tuz sepma deyman,
    Koʻz yoshimni  qayta boshdan toʻkma deyman.

    Boshga  tushsa koʻz koʻrarkan, endi deyman,
    Oqlashlaring qiyomatga qolsin deyman.

    Dunyoiysi odoiydan ketgan bisyor,
    Navbat bizga kutgin Xayom-ogoh deyman.

    4-chi sentyabr 2016 yil.

    Oxirgi qism “Janoza”asrdan soʻng boshlanib, peshin nomozidan keyin intiho topdi.