-
-
Istiqlol zinalari
DebochaVatan nomus-orim, rohatim manim,
Vatan yer yuzida jannatim manim.Sen borsan – koʻngilda gʻurur va viqor,
Sen borsan bizga yot anduhu ozor.Shoirga oʻzingsan ilhom bulogʻi,
Mehr-muhabbating yoʻqdir adogʻi.Sen borsan dilimga yoʻllamas qaygʻu,
Sensiz shahdu asal yesam ham ogʻu.Sen borsan – hech kimga egilmas boshim,
Bagʻringda sharafdir hattoki oʻlim.Vatan farzand uchun oru nomusdir,
Vatangadolikdan asragil, taqdir!Vatan volidamsan, onamsan shaksiz,
Beshigim, lahadim oʻzingsan yolgʻiz.Senda ajdodlarim xoki, makoni,
Senga alishmayman butun dunyoni.Allohning elchisi buyurmish barhaq,
“Vatanni sevmoqlik bu iymon demak”.Yurtim, senga Alloh qilmish inoyat,
Moʻʼtadil iqlimu goʻzal tabiat.Zuloldek suvlaring oqar sharqirab,
Quyoshing nur sochar mudom yarqirrab.Tuprogʻing serhosil, eling – zahmatkash,
Olamda hech bir yurt senga oʻxshamas.Tabiiy boyliging hadsiz-hisobsiz,
Shu sabab dushmanlar sendan uzmas koʻz.Ming yillar davomi ne-ne ochofat
Qilmoqchi boʻlishdi boyliging gʻorat.Lekin or-nomusli mard oʻgʻlonlaring,
Har doim toʻsishdi dushmanlar yoʻlin.Tarixing varaqlab fikr aylasam,
Yurak-bagʻirlarim oʻrtagaydir gʻam.Bunchalik ayanchli oʻtmish kimda bor,
Limmo-lim bosqinlar, xoʻrlik va ozor.Gʻururdan kekkaygan har kasu nokas,
Sening tuprogʻingga aylashgan havas.Bostirib kelishdi qator va qator,
Sharmanda boʻlishdi takror va takror.Kelishdi orzudan bogʻlashib qanot
Va ortga qaytishdi ojiz, benajot.Kelishdi goʻyoki muzaffar, gʻolib,
Va ortga qaytishdi armonga toʻlib.Shonli oʻtmishingni etmoq chun bayon,
Bu mavridda yoʻqdir, afsuskim imkon.Elim, tarixingdan bir lavha mudom
Koʻnglimni gʻashlaydi, bermaydi orom.Bir lavhakim uni eslamoq ogʻir,
Eslasam jizillab achishar bagʻir.Bir lavhakim toʻlla ohu figʻondir,
Xosili alamdir, afsus, armondir.Lavhakim origa chidamoq mushkul,
Elimga toʻhmatdir, tahqirdir nuqul.Toptaldi elimning nomusi-ori,
Ming yillarga yetar uning ozori.Oʻsha mashʼum yillar haqida bot-bot,
Ziyoli doʻstlarim chekishar faryod.Yigirmanchi asr boshida olam,
Suvdagi kemadek chayqaldi purgʻam,Ming marta burdalab boʻlingan dunyo
Qayta taqsimlana boshlandi, ey voh.Bolshovoy ishlatib, ming hiyla nayrang
Mening vatanimga solmoq boʻldi chang.Begona mafkura bir sirtmoq edi,
Niyati: millatni qiyratmoq edi.***
Kelgindi gerdayar men deb yurtboshi,
Kim norozi boʻlsa,- nomi qoʻrboshi.Uning gapi qonun, qonunning zoʻri,
Boʻysunmas boʻlsa kim-quriydi shoʻri.Bu yurtni egasiz deb bildimikan?
“Uzilmas,- deganmi, – men urgan kishan!”Tez kunda bilindi: xulosa xato,
—Kelgindi yoʻqolsin!—yangradi nido.Jadid Fitrat, Zakiy, Qori Munavvar,
Begona yoʻsinga zarba safarbar.“Haq olinur, zinhor berilmas!”— shior
“Hurriyat olamiz!” — qatʼiydir qaror.Shiorga kelgindi bepisand kuldi,
Muqaddas ahdni u ermak deb bildi.Musulmon oʻlkada Mustafo Choʻqay,
“Muxtoriyat” uchun doim tuddi shay.“Shoʻroi Islomiya” qurultoyida
“Istiqlol!” deyildi,—talab joyida.Qoʻqonga yogʻildi balo toshlari,
Zahar boʻldi elning yegan oshlariKuybishev, Rudzutak edi rahnamo,
El qonin toʻkishdi misoli daryo.“Tuzemets” deyishdi yerli xalq nomin,
Uyalmay yeyishdi “tuzemets” nonin .Begona mafkura bir sirtmoq edi,
Niyati: millatni qiyratmoq edi.Boʻlsa ham zobitda oʻzgacha niyat,
Tuzildi Qoʻqonda lek “Muxtoriyat”.Andijon, Namangon, Qoʻqon, Margʻilon
Tomondan samoga oʻrladi figʻon.Qoʻqondan qoʻzgʻolib har ikki Ergash1,
Erk uchun bosh tikib qildilar kurash.Madaminbek, Shermuhammadbek, —yoʻlboshchi,
Xolxoʻja, Rahmonqul, Toʻychi – qoʻrboshi.Rus va Madaminbek qaltis bir davr,
Osipov, shuningdek oʻn toʻrt komissar.Madaminbekning yetmish ming navkari,
Boshdan- oyoq yaxshi qurolli bari.Monstrov –krestyanlarning harbiy kattasi
Birlashgach, dushmanning toʻzdi pattasi.Bu haqda Leninga yetkazib xabar,
Soʻrashdi koʻpdan-koʻp yaroq va askar.Safarbar qilishdi kuchning barchasin,
Uchir deb bir chetdan boshdan sallasin.Xoinlar qoʻli-la bir kun tong sahar,
Otildi fidoyi oʻn toʻrt komissar.“Muxtoriyat” qizil qonga iylandi,
Niyyatni Buxoro, Xiva bilgandi.Fargʻona vodiysi – jannat timsoli
Buxoro, Samarqand, Xiva misoli.Kelgindi qilmayin elga tarahhum,
Igʻvo-la ayirdi biridan-birinQoʻqonni tashladi fitna –olovga,
Qarshilik yoʻq edi gʻalamis yovga.Buyurdi: jomlarga maylar quyilsin,
“Bosmachi” deganning koʻzi oʻyilsin.Ushbu qirgʻindan soʻng kelgindi oʻn oy
Oyogʻin bosgali topolmadi joy.Goʻzal Fargʻonaga ketma-ket yurish,
Oʻttizinchi yilgacha choʻzildi urush.Koʻkni tutdi xotin-xalajning ohi,
Xotirjam qarardi bu holga dohiy.Istiqlol orzusi boʻlib bir olov,
Qoʻllarga tutqazdi muqaddas yalov.Istiqlol ishqida yongan har yurak,
Maqsadi xalqini baxtiyor koʻrmak.Insonga eng buyuk neʼmat istiqlol,
Istiqlol bergusi porloq istiqbol.Millat fojiasi beqiyos boʻldi,
Orzular gʻunchasi ochilmay soʻldi.Haq uchun kurashni toʻsmoq boʻldilar,
Yov etib bir elni ikki boʻldilar.Biri “bosmachi”-yu, birisi “qizil”
Akani ukaga aylashdi kotil.Zaharli gʻoyalar oʻrmalab qoldi,
Onglarni chalgʻitdi, qutqular soldi.Adashish kulfati boshgadir balo,
Raqibga qoʻl kelar adashsang nogoh.Sodda xalq oʻz oʻgʻlin seskanmay soʻydi,
Dushman deb chin doʻstning koʻzini oʻydi.“Bosmachi” tamgʻasi qildi ishini,
Nafasi qirqildi minglab kishining.Taʼqibu taʼnalar kutib har yonda,
Mol-jonlar ayovsiz qoldi talonda.Erk hamda moʻl-koʻllik qilindi vaʼda,
Ishongan xor boʻldi, qoldi armonda.Xor boʻlgan bu elning kulfati ogʻir,
Endi koʻz oldimdan oʻtmoqda bir-bir.Siyosat ilmida ustasi farang,
Boltaning sopini oldi daraxtdanYangiparast yoshlar koʻnglin etib rom,
Dedi biz ozodlik etamiz inʼom.Kommunachi yoshlar boʻlmoqchun “ozod”,
Ozoda vatanni etishdi barbod.Amir Olimxondan olib alamni,
Shoʻroga sotishdi aziz vatanni.Ikki boshli burgut ajdardek mashʼum,
Qadim Buxoroga ayladi hujum.Xuddi oxiriga yetgandek dunyo,
Oʻt-olov ichida qoldi Buxoro.Bu holni koʻrganning achishdi joni,
Falakka oʻrladi elning figʻoni.Guruh-guruh erlar qurolsiz, hayron
Vatan hifzi uchun kaftga olib jon.Koʻchaga otlandi bagʻirlari xun,
Vatan himoyasi, nomus, din uchun.Ishratparast amir qochdi saqlab jon,
Mardlar oriyatin ayladi payhon.El-ulus egasiz suruvdek sarson,
Vahshiy dushmanlarning koʻzi toʻla qon.Qoʻymijoz bu elning olishdi jonin,
Etini burdalab, soʻrishdi qonin.Xalqning irodasin bajarib goʻyo,
Shoʻro hukumatin etishdi barpo.Ajib hukumatkim aʼmoli yolgʻon,
Poydevori yolgʻon, meʼmori – yolgʻon.Ishi talon-taroj, elni qoʻrqitish,
Ziyoli ahlini ayamay otish.Zulmu sitam oshdi haddidan chunon,
Bechora el qoldi muztar va hayron.Ozod boʻlaman deb shoʻrlik el-ulus,
Kelgindi ilkida boʻldiku mahbus.Millatim, dinim deb intilgan har jon,
Duch keldi tahqirga, aylandi yakson.Qozoq choʻllariyu, Sibir – qahraton,
Joniyu, jismiga abadiy makon.Ulardan yodgorlik – mungʻaygan qabr,
Buncha ogir jafong, ey qattol jabr!Buxoro boyligi talandi hadsiz,
Yurt egasi nochor, bir chetda haqsiz.“Qoʻrboshi atalgan necha jonfido
Quvildi – yurtiga aytdi alvido!“Qoʻrboshi”, “Bosmachi” — millatning guli,
Jon berdi, boʻlmadi kelgindi quli.Zar bilan bitilgan ularning nomi,
El qalbida mangu sharafu shoni!Istiqlolga ilk bor yoʻl ochgan ular,
Zulmatga yurakdan nur sochgan ular.Insonga azaliy orzu ezgulik,
Bu orzu yukidan ne-ne qad bukik.Erkinlikda yashash istagi gʻolib,
Bu orzu sohibi yurmagan nolib.Erk uchun kurashning naqlidir bari,
Soʻnggi asr tarix sahifalari.Bu kurash yoʻlida kimdir darbadar,
Kimlardir dunyodan ayladi safar.Bu kurash yoʻlida iymon sinaldi,
Eʼtiqod, iroda, vijdon sinaldi.Baʼzida xiyonat koʻrsatib ishin,
Ayamay ezdirdi hammaslak goʻshtin.Erku adlu ishqni bilib ilohiy,
Madh aylagandi Jomiy, Navoiy.Qutlugʻ sheʼriyatning tengsiz dahosi,
Musulmon elining koʻzin qarosin.“Onglarga zahar” deb talqin etdilar,
Manqurtlar ayovsiz tahqir etdilar.Komfirqa gʻoyasin ulugʻladilar,
Sarkashlarni esa qamab otdilar.Buyruq-la yaraldi ming-ming jild kitob,
Shoʻroni madh etib qilishdi xitob.Bu semiz kitoblar bosh qahramoni,
Vatanparvar emas, vatan shaytoni.Qatagʻon qilichin yarqirab tigʻi,
Ayniy otani ham ichirdi ogʻu.Fitnachi raqiblar makkor va gʻaddor,
Tuhmatidan Oybek etildi dogʻdor.Lekin marhamatli tangri har zamon,
Ularni asradi ajaldan omon.Buxoriy, Ulugʻbek, Zamahshariylar,
Avlodin gumrohga chiqardi ular.Ilmu fan elimga azaliy meros,
Buni nokas ahli sira anglamas.Toʻqson toʻqqiz foiz savodsiz debon,
Elni tahqirlashdi tuhmatla har on.“Xalq dushmani” deya chiziq tortdilar,
Savodlini bir-bir terib otdilar.Uvol donishmandlar, mavlonolarim,
Barchasiga hukm oʻqildi: “Oʻlim* * *
Erk uchun kurashning bayroqdorlari,
Maʼrifat bogʻining chin shunqorlari:Abdulla Qodiriy,alloma Fitrat,
Choʻlponu Usmonni mahv etdi toʻhmat.Ularning yoʻlidan yurdim men faqir,
Boshga ming malomat yogʻdirdi taqdirDildagi dardlarni aytolmay yurdim,
Haqsizlikni koʻrib til tishlab turdim.Shu paytlar yosh edim, ozori dilni
Tiyib yurolmadim, qoʻyvordim tilni.Istab najot bordim oʻnlab dargohga,
Koʻrdim loqaydlikni dildagi ohga.Shoʻrodan adolat istab bong urdim,
Nohaqlikni koʻrib turolmadim jim.Shoʻroning shaʼniga bitmadim maqtov,
Tanqidim kimgadir tuyuldi olov.Simtikonlar ichi boʻldi makonim,
Doʻzaxiy qiynoqlar oʻrtadi jonim.Uch-toʻrtta munofiq aylab dagʻdagʻa,
Meni oʻz yurtimdan qildi badargʻa.Garchi yangi yurtda topdim obroʻ,
Qardoshlar sogʻinchi bermasdi uyqu.Gar kelsa miyamga jiddiy fikrlar,
Tilimni tishlayman, yuragim yigʻlar.Yonimda yotibdi yonboshlab zulmat,
Qarayapti ana! Oʻxshovsiz xilqat.Yo rab! Yolvoraman, ey muqaddas zot,
Uzoq tut zulmatni mendan umrbod.Yoʻq boʻlsin dilimni qoplagan quyun,
Qarigan chogʻimda yigʻlayman beun.Allohim, yaxshiyam rahim, rahmonsan,
Umidsizlar uchun umidsan, jonsan.Bandangni burovga olganda hayot,
Kutilmagan joydan berursan najot.Qirqildi Shoʻroning poyi hayotda,
Gʻam-gʻussali kunlar qoldilar ortda.Soxta saltanatning sindi koʻzasi,
Soxta edi hatto oshiq boʻsasi.Qora oʻtmish yodi aylar bezovta,
Ozoridan hanuz yuragim xasta.* * *
Qop-qora oʻtmishdan qoʻrqa va pisa,
Sasha1 bilan gurung qurardik rosa.Oshkora gaplarni yozganing-chun
Ogʻzingni yirtardi komfirqa junun.Bulgakov, Sashayu, Platonov2 guvoh,
Kimlarni yutmadi qatagʻon, ey, voh.Gij-gijlab birin oq-qizil dedilar,
Oqibat bir-birin goʻshtin yedilar.Dohiy edi barcha yovuzlik boshi,
Huda-behudaga kelardi gʻashi.“Poydyoshch napravo – medved zaderyayet,
Poydyoshch nalevo – volki sʼedayut”Ulugʻ rus adibi Ostrovskiy soʻzi
“Svetet, da negreyet” — deganning oʻzi.Shirin soʻz ham yoʻq, yoʻq kulgu, tabassum,
Barchaning qovogʻi osilgandir, jim.Istardim bosh olib ketsam sahroga,
Ozod bir qush kabi erkli dunyoga.Sahro, choʻl hayoti anchayin erkin,
Unda gul, qum, shamol, havodir tekin.Choʻlda yashar inson erkin, beillat,
U yerda yoʻq erur zugʻum va minnat.Qum ila limmo-lim tebranadi choʻl,
Ilon iz, oʻrgimchak timsoliday yoʻl.Kelinchak, qizlari barisi goʻzal,
Soʻzlash lahjalari goʻyoki asal.Koʻzing qamashtirar qizlar yanogʻi,
Chiroyidan gullar koʻngillar bogʻi.Beli qil, chilvirsoch, toʻlin oy, gulrux,
Bodomkoʻz, shakarlab, kular rubaru.Oʻp, deya birovga tutmas betini,
Koʻz-koʻz qilib yurmas belu ketini.Jilgʻin, tuyayantoq, qamishzor, suvloq,
Qarasang bosadi bir shirin mudroq.Unda yoʻq dargʻazab, iymonsiz vazir,
Choʻlga yot dabdaba, shohona qasr.Tartiblar tabiiy, erkli dala, qir,
Zavqidan ilhomda kezinar shoir.Hamma teng, xushchaqchaq, yoʻqdir dimogʻdor,
Hech kim bir-biriga bermagay ozor.Choʻlda tanho hokim – garmsel, tinchlik,
Uchramas sahroda yuzsiz, munofiq.Men bir haqgoʻy shoir, yuragimda dard,
Shifo bergay menga shu tinchlik faqat.Sasha ikkimiz teng bir hisda faqat,
Bir xil ekan, qoyil, dildagi nafrat.Soljinitsin erur buyuk ustozim,
Koʻrsatdi u yonib kuylamoq sozin.Shoirga toabad ogʻriqdir hamroh,
Yonib oʻzgalarni aylagay ogoh.Biroq sharq shoiri ehtirosga boy,
Alamlarni achchiq kuylar hoynahoy.Soljenitsin menga berardi taskin,
Kitoblarin oʻqib, bosilganim chin.“Iz gryazi v knyazi” – elning gaplarin,
Igna-la choh qozib topdi dardlarim.Shoʻro ham sezdiyu aqlu tamizin,
Soljenitsinni u ayladi quvgʻin.Lek koʻnglim tubida bir dard beomon,
Qiynab kelar edi meni koʻp zamon.Bu dardni oshkora aytmasam boʻlmas,
Dilim boʻshatmasam bu koʻngil toʻlmas.Allohga ming shukr aylagum bayon,
Bu davru zamonga yetkazdi omon.Davr keldi dardimni bayon aylagum,
Endi gunoh erur oʻtirmogʻim jim.Tushovin yechayin taʼbim bedovin,
Band urilgan edi yarim asr burun.Shul bois yoʻqolgan labimdan kulgu,
Shul sabab koʻzimga ilinmas uyqu.Oh, Shoʻro tugatdi xattot zotimni,
Yoʻqotmoqchi boʻldi mangu otimni.Savodli boʻlgani uchun, eh, taqdir,
Mirzo bobolarim otishdi bir-bir.Men bola bechora tikildim hayron,
Uyimiz qilishdi yer birla yakson…1Sasha – ulugʻ rus yozuvchisi A. I. Soljenitsin nazarda tutilmoqda
2Bulgakov, Platonov – oʻz asarlarida Sovet tuzumining illatlarini fosh etgan rus yozuvchilari.* * *
Tunov kun oynai jahonda koʻrdim
Komfirqa faxriysin –surati oʻlim.Qoʻllari qaltirar, soʻzlar chalajon,
Yuzlari — qoq suyak, teri – ustuxon.Eski qabr kabi koʻzlari botgan,
Yuzlab gunohsizni tuhmatlab sotgan.Ogʻzida tishi yoʻq, choʻtir, yalmogʻiz,
Ogʻiz koʻpirtirib soʻylar betamiz.— Elga baxt keltirdik! – qiladi daʼvo,
— Biz fidoiy edik,— koʻtarar gʻavgʻo.Ellikta safdoshin nomini qator
Maqtab-maqtab, -vich-lab aylardi takror.Men unga termuldim, termuldim hayron,
Insonmi bu, odam shaklida shayton?..Timsohdek tishlari zaxarli, yomon,
“Biz, – deydi, —sizlarga bagʻishladik jon!”Kommunizm degan xomxayol bois,
Haliyam gerdayar men deb kommunist.Oynai jahondan ketmayin nari,
Chirigan gʻoyasin surar ilgari.Koʻhnargan shinelin tashlab yelkaga,
Mavridini qumsab qarar orqaga.Yer qaʼrida piyri-ustozlar bari,
Siyosiy byuroning katta sarvari.Tusi oʻchgan yirtiq eski shapkada,
Bir oʻzi qolgandek bu keng dunyoda.Soʻlakay oqizib tulkiday qitmir,
Ishchini, dehqonni aldar haytovur.Barcha gunohkoru oʻzi farishta,
Tanqidlar shoirni ijodiy ishda.Oʻzini koʻrsatar vijdonli, toʻgʻri,
Aslida u erur nobakor oʻgʻri.Oʻrgangan koʻngil-da, tinchimay bir on
“Jazo!” deb mushtumin qilar namoyon.Ogʻiz koʻpirtirib, kerilib yomon,
Taʼna toshi otar shoirga tomon.-Oʻrtoq shoir, —deydi malʼun, nobakor,—
Tekinga nonu tuz yegizdik bisyor.Sen endi kom-izm jarchisi emas,
Senlardan hamkorlik uzajakmiz, bas.Aniqki, biz seni ayladik mashhur,
Sheʼrlaringni xalqqa maqtadik bir-bir.“Partiyaga baring qilingiz sajda!”, –
Deya buyruq kelgan edi oʻshanda.Bu ulugʻ buyruqni eshitgan zamon,
Bizlar sajda qildik, lek shoir shayton,Boʻyin sunmay oʻshal shaytoni laʼin,
Bizga qarshi yozdi kitob atayin.Gar kimki Leninga qilmasa sajda,
Uning joyi edi girdobi gʻamda.Bilasanmi, dohiy dunyo yaratdi,
Kitobing tinchgina yurtni titratdi.-Ne qilmoqchi eding – isyonkor, iblis,
Hayf boʻldi biz bergan unvon — kommunist.Bu shayton ozdirdi koʻplarni yoʻldan,
Kommunizm mashʼalin uchirdi qoʻldan.Boriga qilmay u qanoat, shukr,
Bizga doʻst boʻlmagay shaytoniy shuur.Kim agar bizlarga qilmasa qulluq,
Bizga u dushmandir, doʻst emasdir, yoʻq.Agar boʻyin egsa, ulkan tarvuzday,
Qampaytib qornini yurgay hoʻkizday.Bizlar,- der — begunoh, misli farishta,
Yomonni kilardik darrov sarishta .* * *
Garchi oʻzi battol, ashaddiy shayton,
Iblis deb shoirga chaplagay boʻhton.Bular eʼtiqoddan qilishib daʼvo,
Leninni Iyso deb atashdi hatto.Suv yuzida suzgan qappaygan pufak,
Bir zumda yorilib ketgay bedarak.Ular tuzgan tuzum xuddi shu taxlit,
Inqirozga uchrab boʻldiku nobud.Ular bilishmasdi elning ahvolin,
Koʻrgan tadbirlari – ommaviy qirgʻin.1 Sasha – ulugʻ rus yozuvchisi A. I. Soljenitsin nazarda tutilmoqda
2 Bulgakov, Platonov – oʻz asarlarida Sovet tuzumining illatlarini fosh etgan rus yozuvchilari. -
M. S. GORBACHYOV
Qayta qurmoq istab shoshib, hoynahoy,
Kafan bichdi yurtga Misha Xoldorboy1 .Xayolparast Xoldor haddidan oshdi,
Qoʻlladi Ligachyov, yordamga shoshdi.Bir toʻda olomon zoʻrlikni qoʻllab,
Ergashdi ularga, koʻrmayin oʻylab.Martaba, shuhrat deb, toʻkildi qonlar,
Istiqlol yoʻlida sovrildi jonlar.Oʻgʻriyu qallobni tugatmay butun,
Kommunizm qurish deyishdi mumkin.Koʻchaga raiyat chiqdi behisob,
Norizo kutishdi Xolboydan javob.Rus, tatar, boshqirdu chechenning qorni,
Nonga toʻymas, ogʻir edi roʻzgʻori.Mixalkov2 :-Chaqir,-der,-Kashpirovskiy3 ni,
Boshlasin kufu suf gipnoz ishini.Xalqimiz ochlikdan boʻlibdi nevroz,
(Hur respublikalar buzilmas soyuz).Yordami tegajak har holda oz-moz,
(Ochlikdan barisin chalibdi nevroz).-Koʻzing aytib turar sogʻmassan, senga,
Jin tekkan, muhtojsan oʻzing ham emga.—Xoldor Mixalkovga osmayin quloq,
Boʻzardi avzoyi, bugʻildi chatoq.-Kiroyi ish emas,- dedi u,- mish-mish,
Xolini paypaslab chekmadi tashvish.Bu gapga bildirib Xolboy istehzo,
Qayta qurmoq uchun urindi rosa.“Maslahatgoʻyim, — der,—aziz xotinim,
Olam aro yoʻqdir u kabi olim!”Va lekin koʻpaygach turmush tashvishi,
Noiloj qolarkan Xoldordek kishi.Koʻzda tutilmagach kerakli maqsad,
Koʻringki ters ketgay toʻgʻri nasihat.Qosh qoʻyaman deya Xoldorboy shovvoz,
Shoshib-pishib galvars chiqardiku koʻz.Soljenitsinni tan olsaydi shoyad,
Olimlarga yuzin burib nihoyat.Kengash qursa edi oqillar ila,
Muomala qilsa be makru hiyla.Bunchalik toʻpolon, jang ila janjal
Chiqmasdan barcha ish boʻlar edi hal!Afsus, olimlarga Raya4 muallim,
“Falak aylanmas!”—deb beradi taʼlim.Piching qip kerilar Raya “taham tam”
Porchalab tashlayman deya Rusni ham.Gapirgan gaplari bilmam ne tilda,
Til soʻylar, valekin ne kechar dilda.Toʻsmasa yoʻlin Yeltsin Gorbachyov naq,
Qilardi rus yurtin qirq bitta boʻlak.Quloqqa yoqmayin kuy ashulasi,
Yuzaga chiqmadi bergan vadasi.Toʻsmasaydi Borits Yuhoning yoʻlin,
Shopirardi koʻkka ruchning tuprogʻin.1 M. S. Gorbachyov nazarda tutilmoqda
2 S. Mixalkov – M. S. Gorbachyov yaqinlaridan biri.
3 Kashpirovskiy – XX asr 80 – yillarining oxirida televedeniye orqali butun mamlakat boʻylab tabobat svanslari oʻtkazgan mashhur ekstrosens tabib
4 Raya – M. S. Gorbachyovning xotini – Raisa Maksimovna -
B. N. YELTSIN
Xaloyiq ichida yurarkan Yeltsin,
El taqdirin oʻylar, soʻzlaydi sekin.-Qurolni ishlatma, ishlat aqlni,
Bil , shunda saqlarsan erku baxtingni.Buyukdir Rossiya, “birlik” shiori,
Rossiya – ruslarning zoʻr iftixori!Ikki taraf boʻldi shunda raʼiyat,
Hamda mushtoq boʻldi vaʼdasiga ahd.Soʻzda ikki tomon boʻlsada rozi,
Biroq edi dilda koʻp eʼtirozi.Partbiletin berdi. Gensek1 dedi – oh,
“Boris ti neprav! Bu yomon gunoh!Tirik boʻlsa edi Koba2 bu zamon,
Seni Kalima3 da aylardi zindon.”Qora xol manglayda titrardi gumroh,
Qozayin deganday Yeltsinlarga choh.Boris Yeltsin tugib dilda zoʻr niyat,
Oʻz xalqiga etdi u murojaat.Mustaqil, yangicha hayot orzudir,
Vatandosh! Ayama qolipni sindir!Birlashing, niyatlar pok boʻlsin doim,
Shunda bizni qoʻllar qodir Xudoyim.Yeltsinchilar yengdi, boʻldilar gʻolib,
El-ulus qoʻlladi, shuur uygʻonib.Koʻndi muxolif ham shartlarga majbur,
Hayot davom etdi, toʻxtadi ur-sur.Beloveshenskning mashvarati ham,
Manmanlik rusumin ayladi barham.Tinchlikni buzmoqni aylabon niyat,
Koʻrnamak komfirqa etdi xiyonat.Borisga paydar-pay boʻldi suiqasd,
Raqiblar koʻpincha ketishardi past.Zaharlab gazakni kommunist qurgʻur,
Oʻxshatib ustiga surtib qalampir.Garchi ishtahani keltirsa-da, oh,
Oʻzi asrab qoldi Boryani Alloh!Muxolif kek – gʻazab qildi ishini,
Maydonga chorladi minglab kishini.Oq uyning atrofin bir kun tong sahar,
Oʻrab oldi minglab qurolli askar.Ikki mingta tank ham madadga tayyor,
Istiqlol bayrogʻin egmoqchi ayyor.Shu taxlit oyu kun kechdi paydar-pay,
Istiqlolga hujum fikridan toymay.Avgustda boshlandi katta mojaro,
Avj oldi senu men taraflar aro.Yon bermoqchi emas har ikki tomon,
Istiqlol taqdirin hal etar maydon.Yeltsinga ergashgan hur fikrli el,
Istiqlol yoʻliga chiqdi bogʻlab bel.Xayriyat, boʻlmadi jang, qirgʻinbarot,
Chiqdi gʻolib Yeltsin – haqqa suyuk zot.Istiqlol qalʼasin himoyachisi,
Nusrat bayrogʻini tutib barchasi.Yeltsin-la yoʻl oldi Kreml sari,
Kurashchilar safin yorqin gavhari.Boʻlsada gʻanimlar kuchli, behisob,
Xalqning gʻazabiga berolmadi tob.Yuzma-yuz kurashdan koʻrmay manfaat,
Xufiya janglarni ayladi niyat.Qasamyod qilindi, soʻzladi yolgʻon,
Biroq kirdi-korlar qolmasdi pinhon.Boʻlmadi Borisni aldab hech mahal,
Ne-ne muammoni oson etdi hal.Kurashda nohaqlar magʻlub bari – bir,
Isyondan soʻng ayon boʻldi ancha sir.Magʻlublar boʻlishib goʻyo pushaymon,
Tirik qolmoq uchun izlashar imkon.Istiqlolchi, asli, kechgay hayotdan,
Istiqlol yoʻlida qaytmas jihoddan.Boris der: “qilmangiz istiqlolga qasd,
Istiqlol rus uchun doim muqaddas.-Istiqloldan kishi yuz burgan holda,
Qolgaydir toabad mangu zavolda.Oʻylamangki bizlar kurashda ojiz,
Arzimas kuch ila chetda turgaymiz.Aytayin sizlarga aniq xushxabar,
Kim teskari yursa, oʻziga zarar.Joylarda biz esa qoʻshmushtdek bir jon,
Quloq solmaganga yetgaydir ziyon.Istiqlolni hurmat aylasangiz siz,
Yuraklar toʻrida yashaysiz soʻzsiz.Biz axir ruslarmiz, qahramon, botir,
Ozodlik yoʻlida jonlar fidodir.Shoʻrochi ishonmas lekin Allohga,
Iymon keltirolmas qodir Xudoga.Shu bois orada buzildi bitim,
Vijdondan kafolat berolmay hech kim.Sotdi iymonlarin bir puch bahoga,
Imonsiz qul erur mulki fanoga.Hur fikrni toʻsdi orzu yoʻlidan,
Boʻlak ish kelmaydi nohaq qoʻlidan.Hur fikrlini u koʻzga ilmadi,
Ahdu paymonlarga vafo qilmadi.Yetkazib kelganlar zulmu ozorlar,
Shu yerda tik turgan tulkisimonlar.Hiylayu nayrangu egri qoʻl bilan,
Batrak nonin yegan harom yoʻl bilan.Hiyla nayranglari bari beadl,
Kibr-la bir-birin aylagan qatl.Tavba qilishsalar ular mabodo,
Vaʼdalarin toʻkis etishib ado.Haq deya baxsh etsa vijdonlarini,
Topishgay shu yoʻlda najotlarini.U holda biz uchun qavmu qarindosh,
Tugʻishgan birodar qondoshu jondosh.Oʻtgan gunohlari yuzga solinmas,
Taʼna— malomatli tosh ham otilmas.-Men asli bilmayman araz qilishni,
Boshqarar oqillar tashkiliy ishni.Ularga keng vatan qilmagay torlik,
Bevatan qolmagay, chekmagay xorlik.Ushbu gaplarimda gʻalaba qoim,
El kuchlari qodir unga har doim.Oʻchirmoqchi boʻlib erkni puf- puflab,
Hasratda soʻng yurmang afsus, uf-uflab”.Manifestin atab dunyo daftari,
Leninni atashdi Luk paygʻambari.Xoldorxon boʻlganda markaz valiysi,
Qoʻzgʻoldi butun kuch – yurt aholisi.Ziddiyat avj olib haddan tashqari,
Yoʻldan toyib ketdi munofiq bari.Yeltsin rejasini qoʻllab har fursat,
Qalblarda joʻsh urdi madad va nusrat.Istiqlol kalomin yuksak bahosi,
Dillarni shod etgay uning sadosi.Mushukni koʻrganda hiylagar sichqon,
Qochadi orqaga iniga tomon.Yov qochdi oʻzini teshikka urdi,
Yaramas gʻoyasin ilgari surdi.Yeltsin atrofida toʻp-toʻp pahlavon,
Kurashdan charchamas, barcha begumon.Qasam ichib gʻanim gapirdi yolgʻon,
Uning kirdikori fosh boʻldi shu on.Boris bilganini gʻanimlar bilmas,
Kerakli ish tutar, aslo shoshilmas.Oqilni hech qachon boʻlmaydi aldab,
Bilsangiz shundadir oxir hamma gap.Kurashda magʻlubdir nohaq bari bir,
Shul holda ochilar oradagi sir.Parokanda boʻldi gʻanimlar safi,
Boshliqning yetmadi ularga nafi.Yeltsin elni boshlakb muqaddas yoʻlga,
Buyuk istiqlolni kiritdi qoʻlga.Yeltsin rejasini qoʻllab har fursat,
Qalblarda joʻsh urdi madad va nusrat.Rusda inqiloblar koʻp boʻlgan, ammo,
Lek bunaqasini koʻrmagan dunyo.1Gensek – SSSR Kompartiyasining bosh kotibi
2Koba – I.V. Stalinning partiyaviy laqabi
3Kalima – Magadandan 506 km. Masofada joylashgan joyning nomi. Bu yerda 30-yillarda juda koʻp konsentratsion lagerlar ochilgan edi.* * *
Oʻtgan kunlar haqda Yeltsin xotira,
Soʻzlardi afsusu nadomat ila:“Muhammad, Iysoni mensimay yurdik,
“Tavrot”, “Qurʼon”ga zid suhbatlar qurdik.Din ahkomlarini qutlugʻ bilmadik,
Qodir Haq oʻgitin koʻzga ilmadik”.Piyri komillari Marksdan keyin,
Yangi pir tanlandi nomidir Lenin.Bilganicha surdi u davru davron,
Dod dedi jabridan ming-minglab inson.Qiziq zamon boʻldi — nokas hurmatda,
Koʻngillar oʻrtandi, nokas rohatda.Manqurtlar raiyat boshida turdi,
Har bahona bilan oʻz elin qirdi.Lenin, Nadya ikkov dinning dushmani,
Jinlari suymasdi dindor kishini.Uzoq tuting oʻzni dedilar dindan,
Miyasiga shayton qurgandi vatan.Cherkovni bir chetdan buzdi, qulatdi,
Onglarga band solib dinni yoʻqotdi.“Tavrot”ni, “Qurʼon”ni koʻrsada oʻqib,
Yurardi boshqacha tuhmatlar toʻqib.Diniy tariximiz yoʻli haqida,
Toʻqigan tinmasdan yolgʻon aqida.Bir oʻq bilan Kaplan damin oʻchirdi,
Tarixni orqaga qaytarmoq boʻldi.Armonlar, alamlar ayladi isyon,
Stalin gʻolibu “qiygʻir” boʻldi xon.“Qiygʻir”xon – Stalin oʻlgan chogʻida,
Qolgandik negadir qaygʻu dogʻida.Dohiymiz oʻldi deb bari turib tik,
Yigʻladik, dillarda hukmron hadik.Gitler kelar emish bostirib dedik,
Qoʻrqqandan uvillab besh kun yigʻladik.Safdoshi Beriya – qoʻlida qurol,
Lol qotdik, davlatni olar deb darhol.Ming toʻqqiz yuz ellik uchinchi bahor,
Lenin yoʻli poʻsti sitildi ilk bor.Dillardan yoʻqoldi qullik va hadik,
Ajib epkin esdi, rohatbaxsh, iliq.“Sukin sin”1 -i qilgach algʻov-dalgʻov ish,
Davlat kemasida boʻldi toʻntarish.Bu holga Suslov ham qarab turmadi,
Tez holda kemaning rulin ushladi.Yigirma yil surdi davr ila davron,
Past jagʻi osilgan dohiy qahramon2.Afandi ham bir kun shohni chalgʻitib,
Ishontirgan ekan afsona aytib:-Eshagim yuzini burib Quddusga,
Tushungay siz aytgan har bitta soʻzga!Faqat yigirma yil bering muddatni,
Soʻrayvering soʻngra undan har gapni.Shubha qilmang shohim, aylangiz inʼom,
Sizga karomatim aytib batamom.Eshagim savodli qilay shul muddat,
Siz ila gaplashsa bu bir saodat.Soʻng eshagim sizga aylagay toat,
Baxsh etar shohimga huzur-halovat.Sizlarni poklash-chun oʻqiydi kitob,
Eʼzozlab hayvonga etgaysiz xitob.Laqma shoh ishondi, hayratda qotdi,
U darhol Quddusga yuzin qaratdi.-Tavba!- deb shuurin qamradi hayrat,
Ovutdi oʻzini, topdi halovat.Yetmish yil davomi afandi misol,
Ish tutdi Sovetlar kutib bemalol.Gʻirt yolgʻon vaʼdalar, goʻyo puch yongʻoq,
Bir muddat ayladi koʻngillarin choq.“Kuzkina mat” – deydi soʻkinib takror,
Sotsializm qurgan soqov, soʻqilar-Yigirma yil ichra boʻladi bunyod,
Kommunizm degan goʻzal bir hayot.Undan soʻng koʻrgaysiz oʻgʻriyu popni,
Oynai jahondan oxirgi dogʻni.Deya rosa ogʻiz koʻpirtirdilar,
Yuksak hayot haqda xayol surdilar.Aqlsiz eshak ham botgan chogʻ terga,
Ovnaydi toʻkish chun kanasin kulga.Jaholat komida qoldilar beshak,
Ularga ibratdir qissai eshak.Erkning nashidasi juda shirin sir,
Chekindim mavzudan oʻquvchim, kechir.Vaqtida taltayib rosa yayrashdi,
Yuksak minbarlardan betin sayrashdi.Mansabni talashib, Qizil, Oq, Yashil,
Boʻla olmadilar hech qachon ahil.El dardidan yiroq hayoti kechmish,
Shiori: boʻlsa besh, boʻlmasa oʻn besh.Baʼzisi bugun ham amalga mingan,
Moslashib istiqlol bagʻriga singgan.Har joyda maʼqullar shaxsiy fikrini,
Tulkidek bildirmas dildagi kirni.Saltanat taxtlari qilsa-da asir,
Bevafo dunyodir bu qadim qasr.Kelishing, ketishing bir lahza ermak,
Chopishing, topishing bevafo – yigʻmoq.Ammo bir guruh bor yakrav va sarkash,
Istiqlol aylamish ular koʻnglin gʻash.“Dunyoni titratdi,- derlar,- dohiymiz,
Sodiq kommunistlar avlodimiz biz.Lenin shoh – hokimmiz osmonu oycha,
Ot izin bosadi deganku toycha.Biz esa dohiyning zuryod quluni,
Istiqlol bosolmas Lenin oʻrnini.Jahonning yarmiga boʻlgan hukmron,
Bobomiz bizlarga har doim qalqon.Unga noyibmiz biz qilmay xiyonat,
Haykal, suratiga qilib ibodat.Shon-shuhrat topgaymiz itoat bilan,
Amrin bajargaymiz quvonib dildan.Magʻribu Mashriqning sultoni dohiy,
Kommunizm uchun jasur fidoiy.Oyogʻin oʻpardik baxtli har kunda,
Burchimiz bajarib bu dahri dunda.Soʻzimiz oʻsha soʻz qattiq ahd-paymon,
Istiqlol keltirdi bizlarga ziyon”Dillaridan ketmay u kunlar yodi,
Deyishar: “SSSR tiklansa edi!Maskovga, TSK3 ga qilib shikoyat,
Tekshir-tekshirlardan qilardik rohat.Bugungi tadbirkor, biznesmen tojir,
Pitirlab qolardi, tomoshani koʻr.Ne qilishin bilmay qolar puldorlar,
Kulaklar4 davrini unutdi bular.Hijobli ayollar eslatar gʻamni,
Soqolliklar bosib ketdi olamni.Hijoblarin yulib yoqardik gulxan,
Soqollikka Sibir boʻlardi vatan.Orzu- umidimiz bizning – kommuna,
Istiqlol degani bizga begona”.Shunday xom xayollar surib erta-kech,
Istiqlolni hazm qilolmaslar hech.Kul toʻksa eshakning bitlarin faqat,
Bukrini rostlagay bepayvand lahat.Istiqlol ularni etmay nomurod,
Nafaqa tayinlab koʻnglin etdi shod.Sizga boʻlsin dedi rohat-farogʻat,
Istiqlol yoʻlida koʻrsating himmat.Hech kimni qilmadik badargʻa, gʻarib,
Vatanda boʻlmagay magʻlub va gʻolib.Maqsadimiz vatan obodligidir,
Shu muqaddas yurtning ozodligidir.* * *
Moʻndilar oxiri qarib qolishdi,
Ezma, sergap nasihatgoʻy boʻlishdi.Oʻzaro talashib mansab va amal,
Zoʻrlarni kuchsizlar qilgandi qamal.Koʻplarni qirishdi ular quloq deb,
Eskilik sarqiti, xoin, qoloq deb.Xudoni tan olmas edilar hayhot,
Xudosiz odammi asli odamzod?!Qalblari begona zavqu sururdan,
Benasib qolishdi ilohiy nurdan.Hayotda boʻlmagach iymon shuʼlasi,
Boshlanar shaytonning zoʻr ashulasi.Milliy anʼanaga qilmayin amal,
Asta-sekin chiqdi nizoyu janjal.Yoʻqsillar koʻrsatdi shaxsiy tashabbus,
Yovuzlikka berib zoʻr siyosiy tus.Oʻgʻirlik, vahshiylik, qotillik, zoʻrlik,
Xiyonat, fosiklik ham poraxoʻrlik.Avj olib mayxoʻrlik, hamoqat, gʻarlik,
Toʻgʻriga bu olam qilardi torlik.Har kim yashamasa shunga muvofiq,
Jazolanar edi oʻziga loyiq.Kimki gap qaytarsa ahvoli chatoq,
Nasibasi edi simxoli chorbogʻ.Firqaning qonuni boʻldi ustuvor,
Faqat firqa edi elga hukmdor.Qoʻrquv va dahshat-la hukm yurgizib,
Hukmini buzganga nayza koʻrgizib.Ham hiyla-nayrangni tushirib ishga,
Shogird tayyorlatdi qoʻrquv yozishga.“Troykayu, pyatorka” sergak va oʻjar,
Xuddi och boʻridek darrov tashlanar.Taxtda oʻltirardi Stalin — hoqon,
Unga yuzlanishdan jon bermoq oson.Hamma yoqda motam – qirgʻin-qatagʻon,
Odamlar gʻimirlar hovuchida jon.Bir ogʻiz soʻzini egri burgan zot,
Rostlashga imkon ham topmasdi hayhot.El ehtiyot qilib bosardi qadam,
Komfirqa ranjisa — kuning gʻam-alam.Dahshat saltanati qaqshatib jahon,
Yetmish yil surdi-ey davr ila davron.* * *
Qaylarga qocharding soʻqqa qoq boshim,
Essiz taqdirimdan soʻzga soʻz boshim.Barmoqqa tutqazib qalam-alamni,
Komfirqa haqinda surdim kalomni.Bu dunyo aslida sinov maydoni,
Oqillar topgaylar sharafu shonni.Qatagʻon qurboni ming-ming nechalar,
Umr tongin zulmat etdi kechalar.—Xizmat qil,- dedilar,- sotsializmga,
Ijodkor erkini olib izmiga.Shoiru adibni ushlab qoʻliga,
Koʻz uzmay qaragan kabi loʻliga.Alhazar, ularda “sobache serdtse”
Haqlidir, “goʻr soʻxta” kim agar desa.Dunyo tashvishidan shoir ogohdir,
Noʻnoqlik shoirning shaʼniga yotdir.Oʻquvchiga aytar dilda borini,
Oshiqlar ohiyu va ishq zorini.Qanot yoz nasibam, ey subhu shomim,
Yozayin oʻqish -chun sirli dostonim.Tuzay hikmat soʻzin oʻzga maqomda,
Madad ber, Allohim, yangi zamonda.* * *
Koʻz oʻngimda paydo jannatiy makon,
Orzudagi yurtim – hur Tojikiston!Vatanimning zinhor yoʻqdir qiyosi,
Dimogʻimda oʻynar rayhoniy isi.Erk – Istiqlol yurtga tuhfadek goʻyo,
U berdi elimga yangicha dunyo.Tojikiston yurti – jannat timsoli,
Oʻziga tegishli bor boylik, zari.Farzandlar – oʻgʻil-qiz yurtning gavhari,
Saodatdan soʻzlar sidq ila bari.Bu yurtning mehridan yayraydi jonim,
Quvonchdan koʻpirar tomirda qonim.Faxrimsan, baxtimsan, jonajon diyor,
Mustaqilsan, endi senga zafar yor.Haq soʻz uchun bir payt topgandim ozor,
Lek kutdim bu damni intiq-intizor.Komfirqa gʻoyasin gohda qoralab,
Tilimni tiyolmay, ochgan edim lab.Natija ayanchli boʻldi albatta,
Ezildi jismu jon poʻlat katakda.Yetmish yildan keyin buzilmas kishan,
Darz ketib uzildi, qolmadi nishon.Istiqlol umidim bardam ayladi,
Oʻksigan dilimni begʻam ayladi.Yangi dunyo qurar yoshlar subhu shom,
Murtazo dilida joʻshmoqda ilhom.Tojikiston madhi, goʻzal yurt madhi,
Doston boʻlur, shudir shoirning ahdi.Istiqlol sharafin kuylagayman men,
Istiqlol taqdirin oʻylagayman men.Tugadi nokasga oʻyinchoq boʻlmoq,
Qutlugʻ istiqlolning yoʻllaridir oq.Uning erta, indin, kunduz-kechasin,
Yurtboshi belgilar puxta rejasin.Mustaqillik davrning yangi gʻoyasi,
Shu yoʻlda jon fido elning ogʻasi.Koʻp asrlik orzu edi istiqlol,
Xalq orzusi hech vaqt bilmaydi zavol!Erkindir mafkura maydoni endi,
Erkin fikrlini taʼqiblash tindi.Istagan mavzuda tortmay xavotir,
Aqidasin bayon aylaydi shoir.Siyosat olamin har bilimdoni,
Xayoli xotirjam, xatarsiz joni.Barcha kamchiliklar chekinar sekin,
Istiqlol nasimi abadiy essin!Yurtim obodligi istiqloldandir,
Dillarning shodligi istiqboldandir.Bu oʻlkani boshlar istiqbol sari,
Emomali Rahmon – yurtim sarvari..Istiqboli oppoq Tojikistonning,
Kelajagi porloq Tojikistonning.Adolat asragay uning taxtini,
Xudoyim, baland qil tojik baxtini!1“Sukin sin” – KPSS bosh kotibi N. S. Xrushchevning iborasi.
2Qarib qolganiga qaramasdan KPSS bosh kotibligi vazifachini 20 yil davomida qoʻlida ushlab turgan L. I. Brejnev nazarda tutilgan.
3TSK – KPSS Markaziy qoʻmitasi
4Kulak – kichik boylar va oʻrtahol dehqonlarni shu nom bilan atab, mol-mulklarini tortib olib, oʻzlarini surgan yoki qatl qilishardi. -
YAXSHINING YODI
(Oʻzbek xalqining zahmatkash farzandi
Sharof Rashidovga ataganim)Hech kimga sir emas,
koʻhnadir
biz bilgan dunyo,
Bagʻriga ne-ne sir,
asrorlar
boʻla olgan jo.
Kimlardir gul ekkan,
kimlardir
aylagan xazon,
Kimdir zahmat chekar,
kimlardir
yashagan oson.
Asrdosh, Vatandosh,
zahmatkash
Sharofxon ota,
Umrini yashadi
oʻzbekning
tashvishin torta.
Ezgulik qadrini
anglamas
bir necha murtad,
Bagʻrini kemirib
bir maraz
– shifo topmas dard.
Boʻhtonni oʻlchamay,
oʻylamay
soldilar ishga,
Zulmat kabi parda
tortmoqchi
boʻldi quyoshga.
Orzusi tinchligu
obodlik
edi-ku uning,
Orzusi toʻkinlik
va shodlik
edi-ku uning.
Nafsini jilovlab,
shuhrat deb
qaygʻurmagan u,
Dunyoda oʻzbegim
tengsiz deb
lof urmagan u.
Jizzaxu Mirzachoʻl
tolein
paxtadan koʻrgan,
Qarshi, Qoraqalpoq
borligin
nurga yoʻgʻirgan.
Fargʻona, Samarqand,
Surxonning
ertasin oʻylab,
Xorazm, Buxoro
istiqbol
rejasin soʻylab.
Yashagan Rashidov
oz umrin,
soz umrin halol,
Qutlugʻ nyatlari
oʻlkada
koʻrsatib jamol.
Saxiylik nimadir?
Tantilar
oʻrganar undan,
Shu xislat uni tark
etmadi
tugʻilgan kundan
Ijodiy mehnatdan
el ichra
topdi sharaf-shon,
Zahmatin sharaflab
mukofot
berishdi uch million.
Qoʻl qoʻydi tutmadi
u pulni
mukofot atab,
-Xizmatga roziman,
– dedi u,—
quringlar maktab.
Oʻttiz yil qush uyqu
yashadi
bilmay oromni,
Elining gʻamida
kutardi
har subhu shomni.
“Oʻzbek bekasiga
boʻysinar
zangori olov,
Har uy ostonasin
oltindan
aylar Muruntov.
Der edi otaxon:
“besh yil tinch
qoʻysalar bizni”,
Baxtiyor koʻrmoqni
istardi
har oʻgʻil-qizni.
Turmushda toʻgʻanoq
illatlar
ildizin istab,
Bu haqda kitoblar
yozdi u
maʼrifatli qalb.
Ishlayotir hozir
Uchquduq,
Buxoro, Gazli,
Bular oʻzbek uchun
tuganmas
xazina hali!
Dunyoning ishlarin
boʻlarkan
doim biri kam,
Yashnagan oʻlkaga
zilzila
keltirdi alam.
Otaning xush soʻzi,
tadbiri oʻsha
mushkil dam,
Haqiqiy doʻstlarni
etoldi
Toshkent ichra jam.
Qaytadan yaraldi
mahalla,
gulzoru qasr,
Misolin koʻrmagan
tarixda
hech qaysi asr.
Tabiat balosin
yengoldi
doʻstlik madadi,
Yurtboshi Rashidov
oʻz davrin
asl farzandi.
Koʻnglida pishirib
ertaning
xush rejasini,
Toshkentda ham metro
qurmoqlik
andishasini.
Safdoshlar nazdida
oʻylashib
kengashib oldi:
Bu ishga jumhurning
imkonin
ham ishga soldi.
Buxoro marmari,
Bekobod
metin metali
Tufayli qaddini
tikladi
metrolar zali.
Nurota firuza
shishasi
berdi oroyish,
Xullas, doston boʻldi
tillarda
bu xayrli ish…
“Yaxshining umri oz”
deyilgan
azaliy masal,
Otaning joniga
chang soldi
beomon ajal.
Elu yurt borligʻin
baxsh etib
oʻtli firoqqa,
Sharofxon otani
eltishdi
sovuq tuproqqa.
Ne-ne orzu-havas
u bilan
tuproqqa ketdi,
Elning jonkuyari
hech qaytmas
bir yoqqa ketdi.
Nurning kushandasi
azaldan
erur zulumot,
Oʻzbekning baxtiga
chang soldi
bu gal xusumat.
Ota ketdi, afsus,
eng yovuz
hasad uygʻondi,
Jabridan oʻrtanib
hoʻl-quruq
barobar yondi.
Sarboni oʻtgach oh,
oʻzbekni
oʻgʻri dedilar,
Boʻhtonni olqishlab,
dalillab
toʻgʻri dedilar.
“Paxta ishi” deya
atalgan
ul baloyi jon,
Necha pok vijdonni
xoʻrladi
aylab nogiron.
Baʼzilar bardoshi
dosh bermay
nohaq boʻhtonga,
Qoʻl siltab nur toʻla
umriga
qasd qildi jonga.
Otaxon shaʼniga
qildilar
igʻvo omonsiz,
Maʼqullab gerdaydi
tuz yegan
necha imonsiz.
Sullohlar oʻzaro
gʻajishdi
ayovsiz, yomon,
Bir-birin qulatib,
qasd olib
qolmoq-chun omon.
“Markaz”dan zoʻrlikda
tengi yoʻq
eng oliy hakam,
Borliqning egasi
emishlar
u “odil” toʻram.
Malaylarin yoʻllab,
kish-kishlab
ayladi farmon,
Oʻzbekning yurtida qaytadan
boshlandi
qonli qatagʻon.
Durbin-la izlashdi
makrni
igʻvogar Ivanov, Gdlyan
Qalblariga iblis
qurgandi
abadiy vatan.
Maskov “dohiy”lari
barchasi
bogʻlashib himmat,
Deyishdi
“adolat qurmoqqa”
yetishdi fursat.
Xolislik qolmadi:
oppoqni
qora dedilar,
Jazodan saqlovchi
kattakon
pora yedilar.
Chorasiz qolganning
nasibi
temirdan qafas,
Eʼtibor topmadi
hech yerda
el-yurt qilgan arz.
“Jinoyatchilikda
oʻzbekka
Rashidov boshliq,
Bu elning barchasi
oʻgʻridir,
unda yoʻq poklik!”
Imonli, sof qalbli,
fidokor
oʻn minglab inson,
Igʻvoning toʻriga
toʻhmat-la
ilindi oson.
Chinqirib goʻdaklar,
keksalar
oʻkinch toʻla dil,
Yurtda tinchlik bitdi—
markazning
murodi hosil.
El baxtin mukammal
kamolin
koʻrolmaganlar,
Ellarning tinch-totuv,
xush holin
koʻrolmaganlar,
Igʻvoni chin bilib,
dovdirab
yoʻqotdi boshin,
Yovuzga joʻr boʻlib
tahqirlab,
xoʻrlab yurtdoshin.
Qabrlarni ochib,
gunohdan
qilmayin hazar,
Arvohlar bezovta,
darbadar
kezdi, alhazar!
Nechalar roʻyoni
haqiqat
deya bildilar,
Koʻp oʻtmay “adolat”
toʻriga
tez ilindilar.
Zamona oʻzgardi,
Shovullar
erkinlik yeli,
Qomatin tikladi,
jafokash
oʻzbekning eli.
Haqiqatga kafan
bichadi
yovuzlik azal,
Ammo haqiqat-chi,
gʻolibdir,
muzaffar har gal.
Goho egilsa-da,
sinmadi
aslo haqiqat,
Goho yengilsa-da,
kurashdan
boʻlmadi karaxt.
Har holda haqiqat,
albatta,
yashnab yuz ochar,
Haqiqat qudratin
ming karra
sinagan bashar!
Oʻzbekning aqlidan
haq topdi
joyida qaror,
Elga faxr bugun,
Rashidov
hamda paxtakor.
Hasrat toʻla kunlar
tush kabi
soʻnmoqda sekin,
Rashidovning xalqi
ulgʻayar
avaylab erkin.
-
SOʻNGGI SOʻZ
Umr erib borar goʻyoki bir sham,
Oʻtgan kunlar yodi tutqazdi qalam.Tuproq uzra bu kun borman omonat,
Ajralmas hamrohim pokiza mehnat.Ming shukr: oʻgʻil-qiz kamolin koʻrdim,
Nevara yetaklab bogʻlarda yurdim.Erta tashlab ketgan edi onamlar,
Qaynonam onamdir, chekindi gʻamlar.Vafodor yoʻldoshim Xosiyatbonu,
Baxtim koshonasin jonu jahoni.Oʻgʻillar oʻz yukin eplar bemalol,
Maʼlumoti oliy, topgani halol.Shifo otligʻ suluv, goʻzal qizim bor,
Nevara – bir etak, oʻlsam, izim bor.Navqiron yoshlikda koʻp bor qoqindim,
Gohida roʻyoga bilmay topindim.Tuhmatning toʻqmogʻin koʻrdi yosh boshim,
Komfirqa ezgʻilab oʻtdi bardoshim.Yaxshiyam yaxshilar koʻpdir hayotda,
Ular-la davrdan qolmadim ortda.Elim xizmatini bildim muqaddas,
Dardliga koʻmakda edim begʻaraz.Shifokor atalgan tiniq nomim bor,
El hurmati – baxtim, yupanch, iftixor.Qoʻl mehnatda bandu dilimda Alloh,
Shuhratning izidan quvmadim aslo.Allohning inʼomi: aql, badan sogʻ,
Doʻstlarim mehridan koʻnglim doim chogʻ.Ilhom ehtirosi qilib goh tugʻyon,
Armonim tilimga aylagay bayon.Shu yoʻsin yaratdim sheʼru dostonlar,
Oʻqigan ham bilim, ham zavq-shavq olar.Ikki qondosh-jondosh doʻstu birodar
Oʻzbek va tojikka tiladim zafar.Bu ikki millatni koʻtardim boshga,
Ularning shuhrati yetgay quyoshga.Bu foniy dunyoda mangu emasmiz,
Fursati yetgach soʻng “Yoʻq, yoʻq!” demasmiz.Menga ham kelganda vidoning gali,
Mehnatim, yozganim boʻlur tasalli.Amina, Olimjon, Sunnat, Ulugʻbek,
Dostonim oʻqirlar yashnashib guldek.Duo-la bobosin doim etgay yod,
Shodlanar Murtazo ruhi umrbod.***************************************
Bu ḡazalni kenja nabiram Amina (“Bu – Bu”)-ga baḡişlayman.
“Bu – Bu” qizning taqozasi yōq olamda,
Tanho kuzgu osmon safoning mavhvaşi.Oşiqlarin sanoḡi yōq bu qavmda,
Sanam qizning aksidir suv parivaşi.Osmondagi yulduzlar oro tanho oy,
Şarqning malikasi pari ohu – yay.Tin bilmay oqayotgan Varzob daryosi,
Salom bergay “Bu – Bu” qizga toḡ lolasi.Boḡ – bōston gulşanlar nazdingda hoynohoy,
Boş egib çehrangdan olgaylar çiroy.Husningga raşk aylar sayroqi quşlar,
Vaslingga doş berolmas hijron oşiqlar.Ota – ona uzatganda qiz erkasin,
Eslab tur der “Bu – Bu” degan çol ertasin.***************************************
Zōryodimning zōryodi çevaram Muhsin,
Murtaz şoir katta bobosini goho.Eslarmikan yiḡiştirib olgaç esin,
Yo bōlarmikan ota erkasi tanho.Osmon guvoh, zamin guvoh falak borliq,
Nabiramning zōryodi Hasanbek ōgli.Katta bobosi Murtazo adib yangliḡ,
Şoir bulur Zarafşonu Vaxş bulbuli.Bayt bitar ruhin bobosin şod aylabon,
Baytlarida işq maqomi, çōl biyobon. -
Izoh materiallari:
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab chor Rossiyasi Oʻrta Osiyoni oʻz tasarrufiga kirgizish borasida jahd-jadal qila boshladi. Bu davrda Oʻrta Osiyo hududida 3 ta xonlik, Buxoro, Qoʻqon, Xiva xonligi hukmronlik qilardi.
Rossiya ana shu mansabparast xonlarni oʻzaro bir-biriga gij-gijlab, janjalga solib, ularni zaiflashtirib oʻzining mustamlakasiga aylantirdi.
Darhaqiqat, chor Rossiyasi mustamlakachiligi oʻzining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari qalbida oʻchmas dogʻ –hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizning qalb olamini azaldan bezab, ularni maʼnan va ruhan qoʻllab-quvvatlab kelgan ne-ne asl maʼnaviy qadriyatlarni zavol toptira borib, ularning jismi –jonida mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuygʻularini asta-sekin soʻndirishga urinib keldi. Urta Osiyo tuprogʻini qonga belagan chor bosqinchilaridan biri, qonxoʻr general Skobolevning: “Millatni yoʻq qilish uchun uni qirish shart emas, madaniyatini, sanʼatini, tilini yoʻq qilsang bas, tez orada oʻzi tanazzulga uchraydi” kabi behayo soʻzlari bekorga aytilmagan, albatta.
Bu hududda oʻzga millat hukmdorlarining zoʻrlik va zulmkorlikka asoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila boshlangandan eʼtiboran uning mazlum va jabrdiyda xalqlari oʻz erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlar qoʻl ostiga tobe va mute boʻlib qoldilar. Hattoki Turkistonning soʻnggi general gubernatori A. Kuropatkindek yuqori martabali “zot” ham : “Biz 50 yil tub joy aholini taraqqiyotdan jilovladik. Uni maktablar va rus hayotidan chetda tutdik”, deb eʼtirof etgan edi. Biroq shu narsa haqiqatki,
Bu oʻlkaning tabiatan magʻrur va masrur xalqlari hech qachon oʻzlarining chor-nochor qismatiga tan berib, oʻzgalar jiloviga boʻysinib yashashga rozi
boʻlmaganlar, balki, aksincha, oʻz erki, milliy mustaqilligi yoʻlida mardonavor kurashganlar.
Ular yurt ozodligi, mustaqilligini jon qadar eʼzozlab, shu muqaddas maqsad yoʻlida aziz jonlarini ozodlik mehrobiga nisor etganlar. Yurt milliy istiqloli uchun kurash dargʻalaridan biri, qatagʻonlik qurboni, buyuk maʼrifatparvar A. Fitratning “Vatan sajdagohimdir” degan bir kalima iborasida olamjahon teran maʼno aks etganini anglash qiyin emas.
Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Hamza Hakimzoda, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Shakuriy singari yurt ilgʻor peshvolarining Oʻrta Osiyo ozodligi, istiqlol yoʻlida qilgan ulkan saʼy-harakatlari, millat farzandlari taʼlimi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga koʻtarish borasidagi zahmatlari tahsinga loyiqdir. Eng muhimi, ular xalqimiz ongi, tafakkurini ziyo nuri bilan yoritish, oʻzligini anglatish, yorqin kelajakka komil ishonch bilan qarash, oʻz erki, mustaqilligi uchun izchil kurashish bobida benazir faoliyat koʻrsatdilar.
1917 yil 14 martda Toshkentda jadid arboblari tashabbusi bilan tuzilgan “Shoʻroi Islomiya” musulmon aholining vakolatli organi (musulmonlar soveti) sifatida uning irodasini ifoda etdi, manfaatlarini himoya qildi.
Oʻlkaning turli joylarida “Shoʻroi Islomiya”ning quyi shoʻʼbalari tuzilib, ular mahalliy aholi orasida qizgʻin faoliyat yuritdilar. Shuningdek, “Shoʻroi Islomiya” taʼsirida joylarda turli nomlarda inqilobiy tashkilotlar vujudga keldi.
Toshkentda “Turon”, “Ittihodi taraqqiy”, Andijonda “Ozod xalq”, “Hurriyat”, “Maʼrifat”, Samarqandda “Mirvaj-ul Islom”, “Klub Islomiya”, “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi”, Kattaqoʻrgʻonda “Ravnaqul Islom”, “Guliston” va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tashkilotlar va ularning rahnamolari ilgʻor jadidchilik gʻoyalari taʼsirida ish yuritdilar. M. Behbudiyning “Haq olinur, berilmas!”, Munavvar Qorining “Hurriyat berilmas, olinur!” shiorlari ularning chinakam kurash bayrogʻiga aylangan edi. Shu tariqa Turkistonda uch hokimiyatchilik vujudga keldi.
“Shoʻroi Islomiya” tashkiloti tashabbusi bilan 1917 yil 16 aprelda Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqiriladi. Qurultoy ancha vakolatli anjuman boʻlib, uning ishida Turkistonning koʻplab atoqli kishilari, taniqli siyosiy arboblar qatnashgan edilar. Qurultoy kun tartibiga 16 ta masalaning quyilishining oʻzi ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda oʻlkaning boʻlajak davlat qurilishiga alohida toʻxtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya Federatsiyasi tuzilishi gʻoyasi ilgari surildi. Qurultoyda Markaziy rahbar organ – Turkiston oʻlka musulmon shoʻrosini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Turkistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish gʻoyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo, oktyabr gʻoyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi sotsialistik oʻzgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni, asrlar davomida shakllangan oʻziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini,
xoʻjalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan oʻzgartirishni xohlamasdi.
Binobarin, bu begona maslak va gʻoyalar bolsheviklar firqasi va uning turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zoʻrlik bilan oʻlka xalqlariga majbur qilindi. Bu esa joylarda xalq qonining daryo yangligʻ toʻkilishiga, mislsiz qurbonlar berilishiga sabab boʻldi. Chunki bolsheviklar tuzumi tomoniga oʻtishni xohlamagan, uning maqsad-mohiyatini yoqtirmagan koʻpchilik aholiga nisbatan oʻlkaning koʻplab hududlarida ochiq-oshkor tarzda talon-taroj, bosqin va xunrezliklar uyushtirdilar.
Aholini maʼnaviy-ruhiy kamsitish, diniy eʼtiqodini, islomiy qadriyatlarini tahqirlash, muqaddas qadamjolarni haqoratlash, diniy kitoblarni gulxanda yondirish – bular sovet tuzumi zoʻravonlari uchun oʻsha kezlarda odatiy tus boʻlib qolgandi. Aniq rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatini oʻrnatish chogʻida Margʻilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming, Bozorqoʻrgʻon va Qoʻqonqishloq (hozirgi Paxtaobod tumani) atroflarida 4,5 mingdan ziyod begunoh kishilar qirgʻin qilingan. Bunday qirgʻinlar Turkistonning boshqa shahar va qishloqlarida ham sovet horkimiyatini oʻrnatish chogʻida sodir etildi.
Nihoyat, 1917 yil 26 noyabrida Qoʻqonda oʻlka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda oʻlkaning 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Shoʻroi Islomiya”, “Shoʻroi Ulamo”, Musulmon harbiy Shoʻrosi, Oʻlka yahudiylar jamiyati namoyandalari qatnashdilar. Jami 13 kishi saylandi. Mazkur qurultoyning uch kun toʻxtovsiz davom etgan faoliyatining yakuni oʻlaroq hududning qonuniy egasi – Turkiston Muxtoriyatini tuzishga muvaffaq boʻlindi. Bu xususda qabul qilingan qarorda shunday deyiladi:
“Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi daʼvat etgan xalqlarning oʻz huquqlarini oʻzlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb eʼlon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Taʼsis majlisiga havola etadi”. Shundan soʻng qurultoy “Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda eʼlon qiladi”.
Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan boʻldi. Taʼsis majlisi chaqiriligunga qadar hokimiyat tuligʻicha Turkiston Muvaqqat Kengashi (12 kishidan iborat) va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi (54 kishidan iborat) qoʻlida boʻlishligi taʼkidlandi.
Qurultoyda Turkiston muxtoriyati Muvaqqat Kengashi – hukumat tuzildi. Uning tarkibiga 12 kishidan iborat aʼzolar saylandi.
Turkiston Muxtoriyati ogʻir, mashaqqatli sinovlar jarayonini boshdan oʻtkazayotgan bir kezda, yaʼni 1917 yil 25 dekabr kuni Qoʻqonda oʻlka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin vakillar ishtirok etdi. Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va maʼnaviy madad koʻrsatish shiori ostda oʻtdi. Unda oʻlkaning qonuniy hukumati tarkibini musulmon ishchi, askar va
dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga toʻldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Qurultoy oʻzining soʻnggi ish kuni – 27 dekabrda Petrogradga, Xalq Komissarlari Kengashi Raisiga telegramma yoʻlladi. Unda Turkiston Muxtoriyatini eʼtirof etish, uning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishiga izn berish soʻralgan edi. Xususan telegrammada shunday deyilgandi:
“…Bugun Turkiston xalqi ikkala qurultoyda Turkiston Muxtoriyatini bir ovozdan eʼlon qildi va Turkiston Taʼsis majlisiga oʻlkani boshqarishning soʻnggi shaklini ishlab chiqish taklif etildi… Saflangan xalq kengashida ruslar va yevropaliklar shahar va qishloq aholisining 2 foizini tashkil etsa-da, biz tomonimizdan 33 foiz oʻrin ajratilgan… Turkiston musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlarining birinchi favqulodda qurultoyida qabul etilgan qaror haqida maʼlumot berib sizlardan… Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga Hokimiyatni Turkiston Muvaqqat hukumatiga topshirish toʻgʻrisida farmoyish berishingizni soʻraymiz. Bu bilan siz Turkistonni juda katta falokatga olib keluvchi anarxiya va qoʻsh hokimiyatchilikdan qutqargan boʻlardingiz”.
Bu maʼlumotlarni batafsil keltirishimizdan maqsad, Oʻrta Osiyoning Rossiya davlatiga mutloq qaram boʻlgan hududlarida qon toʻkmasdan, xunrezlk sahnalari tashkil qilmasdan ham yangi tuzumni barpo etish mumkin edi. Ammo bolsheviklar buni istashmadi. Davomini oʻqing…
Ming afsuski, butun bir oʻlka xalqlarining xohish-irodasi, orzu-maqsadlarini ifodalab, nufuzli xalq qurultoyi tomonidan bolsheviklar va sovetlar yoʻlboshchisi nomiga yullangan bu telegramma talablari qondirilmadi. Aksincha, ochiq va yashirin tarzda Toshkentda faoliyat yuritayotgan Turkiston Muxtoriyatini tez orada tugatish haqida koʻrsatma berdilar.
Muxtoriyatchilar orasida koʻpgina muhim hayotiy masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emasdi. 1918 yil 18 fevral kuni “Shoʻroi Ulamo” jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda toʻntarish qilinib, Mustafo Choʻqay boshchiligidagi hukumatning agʻdarilishi va hukumat boshqaruvi Qoʻqon mirshablari boshligʻi Kichik Ergashga berilishi bunga guvohdir. Moddiy, harbiy, molyaviy madad koʻrsata oladigan yetarli real kuchlar va imkoniyatlarning boʻlmaganligi ham bunga sabab boʻldi.
Muxtoriyat tashqi vaziyat nuqtai nazaridan ham oʻz qobigʻiga oʻralib, tashqi olamdan ajralib qoldi. Uni har tomonlama quvvatlab, harbiy, moddiy va maʼnaviy jihatdan Amaliy yordam koʻrsatuvchi biror-bir xorijiy davlat bilan bevosita aloqa oʻrnatishga ulgurolmadi. Bunday omillarning boʻlmaganligi hollari ham Turkiston Muxtoriyati ahvolini tanglashtirib, uni pirovard oqibatda faoliyatsizlikka mahkum etdi. Vaziyat sovet amaldorlariga qoʻl kelib, ular bunday milliy muxtoriyat hukumatini har jihatdan iskanjaga olish, uni qanday qilib boʻlsa-da, mahv etish uchun ustamonlik bilan foydalandilar. Turkiston sovet hukumati 1918 yil 14 fevralida Fargʻona viloyati hududida favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qoʻqondagi mahalliy hokimiyati – ishchi va askar deputatlari soveti 17 fevralda muxtoriyat vakillarini taslim boʻlishga daʼvat qildi. Ayni paytda Toshkentdan Perfilev boshchiligida qurollangan qizil qoʻshin olib
kelindi va ular darhol ishga solindi. Qoʻqondagi millatchi arman dashnoqlari ham bu gʻayriqonuniy bosqinga jalb qilindi. Ayniqsa, 19-21 fevral kunlari Qoʻqon xalqi ustiga balo-qazo yogʻildi. Shahar oʻt ichida qolib, kunpayakun boʻldi. Sovet hokimiyati Turkiston Muxtoriyati hukumatini shafqatsizlarcha tor-mor etdi.
Eng dahshatlisi shuki, bu beayov xunrezlik chogʻida hech bir aybi, gunohi boʻlmagan ming-minglab oddiy, bechorahol Qoʻqon fuqarosi mislsiz jabr tortdi, bor-budidan mahrum boʻldi, behisob qurbonlar berdi. Sovet hukumati quzgʻunlari muxtoriyatchilarni yoʻq qilish bahonasi bilan oʻzlarining butun qahru zahrini musulmon ahliga sochdi, undan oʻch oldi. Qoʻqonda sovetlar sodir etgan qonli fojiani sovet davlati arboblaridan biri D. Manjara ham keyinroq rostmanasiga eʼtirof etgandi: “Milliy siyosatda yoʻl qoʻyilgan xatolarimiz tufayli Qoʻqon Muxtoriyati vujudga keldi. Uni yoʻqotish paytida yana bir xatoga yoʻl qoʻydik. Qurol-yarogʻi deyarli boʻlmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish oʻrniga, biz toʻplardan oʻqqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli toʻdalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj, nomusga tegish, qirgʻin boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi boʻlmagan tinch aholi katta zarar koʻrdi”.
Xudi shuningdek, sovet Turkistoni organi – “Znamya svobodi” (“Ozodlik bayrogʻi”) gazetasi oʻzining 1918 yil yanvar oyi sonlaridan birida: “Rus bolsheviklar hech qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar oʻz huquqlari va taqdirlarini haqiqatdan oʻzlari belgilamoqchi boʻlganlarida bunga yoʻl qoʻymadi”, deb yozgan edi. Bu xil xolis fikrlarga izohning hojati boʻlmasa kerak.
1919 yil martida Turor Risqulov (1894-1938) raisligida oʻlka musulmon kommunistlari byurosi (Oʻlka Musbyurosi) tashkil etildi, uning organi – “Ishtirokiyun” gazetasi tez orada nashr etila boshlandi. Mahalliy xalq orasida katta obroʻ va nufuz qozongan, koʻp yillik inqilobiy kurash tajribasiga ega boʻlgan T. Risqulov, N. Toʻraqulov, N. Xoʻjayev, A. Rahimboyev, Q. Otaboyev, S. Tursunxoʻjayev, S. Segizboyev, O. Bobojonov, A. Ikromov singari mahalliy kommunistlar, yurt rahnamolari partiya va sovet boshqaruvi ishlariga asta-sekin jalb qilib borildi. Ularning koʻplari qanday rahbarlik lavozimlarda va murakkab sharoitlarda ish yuritmasinlar, oʻz imkoniyatlari darajasida Oʻrta Osiyo xalqi manfaatlarini koʻzlab, uning orzu-armonlarini roʻyobga chiqarish uchun doimiy kurashdilar.
Masalan, Turk MIQ raisligi lavozimini egallagan taniqli mahalliy rahbarlardan biri Abdullo Rahimboyevning faoliyati natijasiz yakun topganligi ayondir. Buning asosiy sababi, avvalo, bu oʻlkaning butun tasarrufi, taqdir qismati mahalliy millat kishilari orasidan yetishib chiqqan yetuk milliy arboblarga emas, balki hukmron Markaz va uning oʻrta Osiyoda katta vakolatlar bilan ish yuritayotgan xos namoyandalariga koʻp jihatdan bogʻliq edi. Bunda ayniqsa Sovet hukumati va RKP(b) MQ nomidan cheklanmagan favqulodda vakolatlar bilan 1919 yil oktyabrida Turkistonga yuborilgan “nufuzli” Turkkomissiyasining oʻrni va roli alohidadir. Turkkomissiya aʼzolari (V. Bokiy, F. Goloshchekin, V. Kuybishev, Ya. Rudzutak, M. Frunze, Sh. Eliava)ning butun qahru zahri bu hududda sovet tuzumiga qarshi yoʻnalgan istiqlolchilik harakatini barham toptirish edi.
Ular milliy gʻoyalarni amalga oshirishga intilgan rahbar kadrlarni taʼqib va quvgʻin qilish, sovet hokimiyatiga xayrixoh boʻlgan mahalliy aholi vakillariga zulm oʻtkazish, jazolash, ularni yoʻq qilishga zarb berdilar. Oʻlka hayotida kechayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bogʻliq eng asosiy masalalarning birortasi ham ularning izmisiz, ishtirokisiz hal etilmas edi. Xullas, Turkkomissiya siymosida oʻlka hayotida zoʻrlik bilan qaror toptirib borilayotgan bolsheviklar diktaturasining butun boʻy-basti va mazmun-mundarijasi mujassamlashgan edi.
1918 yil oxiriga kelib 1 mln.dan ziyod aholi ocharchilik balosiga duchor boʻldi. 1919 yil boshlarida joriy etila boshlagan oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmuasi oʻrta Osiyo aholisini, ayniqsa uning qishloq mehnatkashlarini benihoya ogʻir ahvolga solib qoʻydi. Negaki, razvyorstka sovet hukumati organlariga aholi qoʻlidagi jami ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini zoʻrlik bilan tortib olish, gʻalla bilan oldi-sotdi qilishni taʼqiqlash, bozor savdosini yopib qoʻyishga qadar keskin choralarni koʻrishga imkon berardi. Sovetlarning bunday chegara bilmas oziq-ovqat siyosati koʻplab msahalliy aholining bor-budidan mahrum boʻlib, tagʻinda qashshoqlashib borishiga sabab boʻldi. Davr rahbarlaridan biri N. Xoʻjayev1920 yil oxirida Turk MIQ majlisida qilgan maʼroʻzasida yozadi: “Qishloq aholisi turli-tuman oʻt-oʻlanlar bilan ovqatlanadi, shu tufayli oʻlish hollari yuz bermoqda, oʻlim, ayniqsa, bolalar orasida koʻp”. Maʼroʻzada keltirilishicha, Fargʻona viloyatida aholining 35-40 %i, jumladan, Margʻilon uyezdida – 60 %, Qoʻqon uyezdida – 50 %i ochlikka duchor boʻlgan va hokazo. Bunday xunuk, ayanchli manzara oʻlkaning boshqa koʻplab hududlarida ham har qadamda koʻzga tashlanib turardi.
Puxta oʻylanmagan Yangi iqtisodiy siyosat Rossiya, Ukraina va Belorussiyada bundan-da dahshatli oqibatlarni keltirib chiqardi.
Oʻn sakkizinchi yilning bahor-yoz payti Voronejda juda koʻp kelgindilar toʻplanishdi. Ular Moskva va Piterdan, Belorussiya va Ukraina xutorlaridan qochib kelishgan edi. Bu ochlik ofatining qanchalik dahshatli ekanligidan Voronej gubispolkomiga narkomvnutrdel G. I. Petrovskiy tomonida yuborilga telegramma dalolat berardi: “Toʻrt kundan beri Moskva va Piter ishchilari non olishmaydi. Ishchilar ochdan oʻlishyapti. Tezda, shoshilinch ravishda non yuborib, bizga koʻmaklashinglar” (Viktor Silin “Letopistsi iz Kommuni”. Str.30-31. Voronej 2007 g.).
“Voronejskaya pravda” (“Voronej haqiqati”) gazetasining birinchi sahifasida ulkan harflar bilan bitilga “Odamxoʻrlik” sarlavhali maqola bosilgan edi. Unda quyidagilar yozilgan.
“Korotoyaks uyezdi Arxangelsk qishlogʻida yashovchi grajdanka Lyubogosheva tanishining oʻn besh yoshli qizini bolta bilan urib oʻldirib, goʻshtini yegan. Jinoyat-qidiruv agentlari bu manfur jinoyatni oshkor qamoqqa olingan Lyubogosheva oʻz aybiga iqror boʻldi. Tergov jarayonida u bundan ilgari ochlikdan oʻlgan ikki qizining murdasini yeganini aytib berdi.
Xuddi shu uyezddagi Nikolayvsk qishlogʻida yashovchi dehqon Potunin qabrlardan qazib olgan jasadlarni yeb kun kechirgan. Uning uyi tintuv qilinganda inson suyaklari: qoʻl, oyoq, bir qismi pishirilgan va bir qismi
xom inson goʻshti topildi. Shu yerlik dehqon Pichkarev ham nochorlikdan oʻzining oʻlgan qizining jasadini yegan.
1922 yil NEP (yangi iqtisodiy siyosat)ning ikkinchi yili ochlik va nochorlik odamlarni juda noqulay vaziyatga, ayrimlarni hatto hayvon darajasiga yetkazdi.
Kechasi qorongʻu koʻcha va tangkoʻchalardan yurish oʻta xatarli edi,- hikoya qiladi professor-entomolog Polojentsev. –Qorongʻu burchakdan yugurib chiqqan notanish bezorilar boshingga qop kiygizib, biror-bir darvozaga sudrab kirgizib, soʻyib, goʻshtingni ertasi kuni bozrga chiqarishi muqarrar edi. Men oʻzim Voronej bozorida tartib-intizom nazoratchilari tomonidan odam goʻshtini sotayotgan sotuvchining qoʻlga olingani guvohi boʻlganman.
Xuddi shu bozorda pirojki sotuvchi ayolning pirojkilarida odam goʻshtini ishlatgani uchun qoʻlga olinganini eshitib, oʻta noqulay holatga tushdim. Zero, bu ayoldan necha martalab pirojki sotib olib yegandim. (Viktor Silen, “Letopistsi iz “Kommuni”, Voronej 2007 g. Str. 72-73).
oʻrta Osiyoning yaqin oʻtmishi tarixida yorqin sahifa yozgan hamda xiyla uzoq davom etgan qonli, fojiali voqealarga toʻlib-toshgan istiqlolchilik harakati koʻp zamonlar noxolis, gʻayriilmiy nuqtai nazardan yoritilib kelindi. Oʻz safiga erk va hurlikka tashna, Vatan mustaqilligi yoʻliga jonini tikkan millionlab yurt fidoiylarini birlashtirgan bu qudratli harakatning mazmun-mohiyatini kelgindi, qizil sovet mustamlakachilari muttasil buzib, notoʻgʻri talqin qilib, soxtalashtirib keldilar. Uni shoʻrolar terminida “bosmachilik harakati”. “aksilinqilobiy kuchlar bosqini”, “bir toʻda yurt buzgʻunchilari harakati” va shu kabi nomlarda “taʼriflab”, “tavsiflab” kelish sovet tarixshunosligida oʻziga xos odatiy tusga kirgandi. Biroq xalqimizda oyni etak bilan yopib boʻlmaydi deyilganidek, ulugʻ ajdodlarimizning vatan, elu yurt erki, ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan bu mardona kurashi toʻgʻrisidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan toʻlik tiklanib, oʻz haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi toʻqib chiqargan shunchaki “bosmachilik” harakati emas, balki jafokash xalqimizning ozodlik kurashi tarixida oʻchmas iz qoldirgan, hadsiz-hisobsiz qurbonlar bergan, qanchalab yoʻqotishlar, mahrumliklarni boshidan kechirgan istiqlolchilik harakatidir.
Xoʻsh, bu ommaviy xalq harakatining Oʻrta Osiyo zaminida yuzaga kelishining muhim ijtimoiy omillari, sabablari nimadan iborat edi? Nega 1918 yil bahoridan Fargʻona vodiysida boshlangan xalq norozilik kurashi asta-sekin alanga olib, Oʻrta Osiyoning keng hududlari boʻylab yoyilib, muazzam harakat oqimi sifatida sovet tuzumiga dahshat soldi? Bu harakat mohiyatiga shu nuktai nazardan yondoshar ekanmiz, uni bir qator muhim sabablar keltirib chiqarganligiga amin boʻlamiz: birinchidan, xalqimiz 1917 yilda sodir etilgan fevral va oktyabr oʻzgarishlariga katta umidvorlik bilan koʻz tikkandi. U ilgʻor jadidlik harakati rahnamoligida Rossiyada rivojlanib borayotgan inqilobiy-demokratik harakatlardan foydalanib, erk, ozodlikni qoʻlga kiritmoqchi, oʻlka xalqlarini mustaqillikka olib chiqmoqchi boʻlgandi. Biroq sovet hokimiyati oʻrnatilgach, mahalliy xalqlarni sariq chaqaga arzitmasdan, ularni siyosiy faoliyatdan oshkora chetlatib zoʻravonlikni
avjga mindirish yaqqol koʻzga tashlandi. Ikkinchidan, mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan sovet zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy eʼtiqodini tahqirlash, kamsitish, masjid, madrasalar, ziyoratgoh joylarni oyoq osti qilish, noyob maʼnaviy bisotlarni talash, dindorlarni taʼqibu quvgʻin ostiga olish kabi nomaqbul ishlar bilan shugʻullandilar. Uchinchidan, oʻlka xalqlarining xohish-irodasi ifodasi sifatida vujudga kelib, ularning milliy manfaatlari yoʻlida ilk qadamlar qoʻyib borayotgan Turkiston Muxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlarining qirgʻin qilinishi, Qoʻqon shahri va uning atrofidagi qishloqlar begunoh aholisining ayovsiz talon-taroj qilinishi va fojiaga giriftor etilishi mahalliy xalq sabr kosasini limmo-lim etib yuborgan edi.
Oʻz otameros zaminida oʻz milliy davlatchiligini barpo etib, boshqa millatlardek emin-erkin yashashga bel bogʻlagan, yurt jilovini qoʻlga olishga intilgan xalqqa, uning vatanparvar rahnamolariga nisbatan sovet tuzumi uyushtirgan bunday gʻayriqonuniy qirgʻinbarotlar butun Oʻrta Osiyoni oyoqqa turgʻizdi. Dilda toptalgan Vatan, xalq dardi, armoni joʻsh urgan yuz minglab millatparvar, vatanparvar kishilarning qoʻlda qurol bilan sovetlar zoʻravonligiga qarshi kurashi mana shu zaylda boshlanib ketdi.
Oʻrta Osiyoda boshlangan istiqlolchilik harakatining eng dastlabki qaynoq markazlaridan biri Fargʻona vodiysi boʻldi. Bu harakatga xalq orasidan yetishib chiqqan, gʻam-alami, orzu-armoni, maqsad-intilishlariga hamdard va sherik boʻlgan Kichik va Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxoʻja Eshon, Islom Polvon, Rahmonqul, Toʻychi, Aliyor qoʻrboshilar singari taniqli rahnamolar yetakchilik qildilar. 1918 yil bahoridan vodiyning turli joylarida 40 dan ziyod qoʻrboshi dastalari faoliyat koʻrsata boshladi. Jumladan, Madaminbek Skobelev (Fargʻona) uyezdida, Shermuhammadbek Margʻilon atroflarida, Omon Polvon, Rahmonqul Namangan uyezdida, Parpi qoʻrboshi Andijon atrofida, Kichik va Katta Ergashlar Qoʻqon atrofida, Jonibek qozi Oʻzgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat qilmoqda edilar. Kichik Ergash qizillar qoʻshini bilan boʻlgan jangu jadalda halok boʻlganidan soʻng (1918 yil fevral) Qoʻqon uyezdi tevragidagi istiqlolchilar harakatiga Katta (mulla) Ergash boshchilik qila boshladi. U oʻzining faol harakati, xalq rahnamosiga xos sifatlari bilan tez orada butun vodiydagi ozodlik kurashining tanilgan yetakchi arbobiga aylandi. 1918 yil kuziga kelib uning qoʻl ostida har birida 20 tadan 1800 nafargacha yigiti boʻlgan 70 ta qoʻrboshi dastalari harakat qilayotgandi. Ulardagi jangchilarning umumiy soni 15 mingta, baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 20 mingdan to 24 mingtaga yetardi. Xuddi shu davrda Madaminbekning 5 ming, Shermuhammadbekning 6 ming, Xolxoʻjaning 3 mingdan ziyod, Parpi qoʻrboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming, Muhiddinbekning 4,5 ming jangovar yigitlari ozodik kurashiga otlangan edilar. Bu raqamlar istiqlolchilar kurashi ommaviy tus olib borayotganligidan dalolat beradi. Endilikda bu harakatlarni birlashtirish, yagona rahbarlik asosida uni boshqarish suv va havodek zarur edi. Umumiy maqsad va vazifalarni birgalikda aniqlash, asosiy harakatlarni muvofiqlashtirish yoʻli bilangina tish-tirnogʻigacha qurollangan sovet tuzumini yengish, yurt
mustaqilligini qoʻlga kiritish mumkin edi. Buni istiqlol kurashining rahnamolari yaxshi tushunardi. Shu bois bu jangu jadal davrlarida ham qoʻrboshilarning bir necha bor qurultoylari chaqirilib, ularda muhim hayotiy masalalar hal etilgani bejiz emasdir. Dastlabki shunday qurultoy 1918 yil martida Qoʻqon uyezdining Bachqir qishlogʻida oʻtkazildi. Unda Katta Ergash butun Fargʻona vodiysi istiqlolchilar harakatining rahbari etib saylandi. Unga butun musulmon qoʻshinlarining oliy bosh qoʻmondoni – “Amir al-Muslimin” unvoni berildi. Madaminbek va Shermuhammadbek esa uning oʻrinbosari etib saylanadilar. Biroq bu harakat koʻlamining oʻsib, kengayib borishi, uning saflariga yangi ijtimoiy qatlamlar, tabaqalar vakillarining qoʻshilishi, tabiiy suratda uning oldiga ulkan masʼul vazifalarni, yangi muammolarni keltirib chiqara bordi. Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta matonat, kuchli iroda, yuksak harbiy mahorat, tashkilotchilik qobiliyati va uzoqni koʻra bilishlik salohiyatini namoyon qilishni taqozo etardi. Fargʻona qoʻrboshilari ichida Madaminbek Ahmadbek oʻgʻligina mana shunday noyob fazilatlar sohibi ekanligi bilan ajralib turardi. Navqiron yoshda boʻlishiga qaramasdan katta harbiy sarkardalik isteʼdodiga ega Madaminbek (1892-1920) tez orada vodiy kurashchilari sardoriga aylanadi. Sovetlarning rasmiy hujjatlaridan birida taʼkidlanishicha, “oʻz oldiga sovet hokimiyatini agʻdarish va Fargʻona muxtoriyatini tiklash vazifasini qoʻygan Madaminbek tadbirkor siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi. U bizning rahbarlik faoliyatimizda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklarimizdan ustalik bilan foydalanardi. Uning oʻz “boshqaruv apparati, oʻzining “tribunali”, oʻzining “genshtab”i boʻlgan. U qonunlar chiqargan”,- deb eʼtirof qiladi Madaminbekka qarshi kurashgan Gramatovich. Buni boshqa qizil qoʻshin boshliqlari ham tan olganlar.
Darhaqiqat, Madaminbek oʻzining qattiqqoʻl siyosati, tashkilotchilik faoliyati va eng muhimi, oʻlkada kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyatni toʻgʻri baholay olishi bilan ajralib turardi. Buning ustiga aniq vaziyatga muvofiq keladigan amaliy harakatlarni qoʻllay olishi, safdoshlariga oʻz taʼsirini oʻtkaza olishi ham uni koʻp oʻtmay butun Fargʻona qoʻrboshilarining nufuzli rahbariga aylantirgan edi. 1919 yilning oʻrtalariga kelib uning yigitlarining soni 25 ming kishidan oshardi. Skobelev, Margʻilon, Andijon, Namangan, Oʻsh kabi hududlarda harakat qilayotgan qoʻrboshilar, ularning jangchilari Madaminbekning yashil bayrogʻi ostiga birlashayotgan edilar. Madaminbekning xalq lashkarlari, ayniqsa 1919 yilning birinchi yarmida sovet qoʻshinlarig qarshi bir qator sezilarli zarbalar berdilar. Chunonchi, yanvarda Margʻilon, fevralda Skobelev va Chust shaharlarining Madaminbek tomonidan egallanishi, ularda mahalliy xalq manfaatiga javob beradigan bir qator muhim amaliy tadbirlarning oʻtkazilishi uning obroʻsini yanada koʻtarib yubordi. 1919 yil aprel oyida Madaminbek yigitlari Namangan va Qoʻqon shahri atroflaridagi janglarda gʻolib keldilar. “Madaminbek turli siyosiy oqimdagi kishilarni birlashtira oldi. Shuning uchun ham hech qaysi qoʻrboshi uningchalik kuch-qudratga ega boʻlmagan edi”, deb yozgandi uning muxoliflaridan biri oʻsha kezlarda.
Darhaqiqat, istiqlolchilar harakatining ijtimoiy tarkibini kuzatarkanmiz, bunda aholining sovet tuzumidan norozi boʻlgan, turli-tuman ijtimoiy qatlamlari, chunonchi dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, batraklar, mardikorlar, ziyolilar, dindorlar, ruhoniylar, mahalliy boylar, amaldorlar u yoki bu darajada faol ishtirk etganligi ayon boʻladi.
Xususan, sovet hokimiyati organlarining mahalliy aholiga nisbatan yuritgan oʻta millatchilik, shovinistik va bosqinchilik siyosati uni oqibatda bu tuzum dushmaniga aylantirdi va oʻz erki, huquqi, ozodligini himoya qilish yoʻlida kurashga chorladi. Fargʻona fronti qoʻmondoni M. Frunze ham: “…Bu yerdagi sovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus va yerli ishchi, dehqon ommalarini oʻziga tortish oʻrniga mehnatkash xalqni oʻzidan uzoqlashtirish uchun qoʻlidan kelgancha harakat qildi. Ishlab chiqarishning natsinalizatsiya qilinishida faqat burjuaziyaning mulki emas, balki oʻrtahol dehqonlarniki ham tortib olindi… Bu yerda harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan baʼzi rahbarlar, yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arzu dodiga quloq solmadi. Bosmachilik harakati shu asosda vujudga keldi. Bosmachilik – oddiy qaroqchilar emas. Shunda ularni tez yoʻq qilish mumkin boʻlardi”, deb eʼtirof qilgan edi.
TASSR XKK raisi Q. Otaboyev 1922 yil iyulida Turkiston MIK 4-plenumida soʻzlagan nutqida istiqlolchilik harakatini xalq qoʻzgʻoloni sifatida baholagan edi: “Biz toʻrt yil davomida bu harakatga hatto toʻgʻri baho berishni ham bilmadik, u xalq qoʻzgʻoloni boʻlgani holda bosmachilik deb atadik. Bosmachilik mohiyatan talonchilik degan maʼnoni anglatadi, bizning ushbu harakatga bergan notoʻgʻri taʼrifimiz masalani hal etishda notoʻgʻri yondoshuvlarga olib keldi. Va alal-oqibat 4 yil davomida biz bu harakatning biron-bir jihatini tugata olmadik”.
Yuqori sovet rahbarlarining bu eʼtiroflari istiqlolchilik harakatining nechogʻlik oʻlkaning hayotiy qon tomirlariga daxl qilgani, uni larzaga keltirganini, qolaversa, yangi tuzumning keng xalq ommasi nazdida obroʻsizlanib, puturdan ketayozganini yaqqol tasdiq etadi.
Fargʻona bechorahol xalqi oʻz xaloskorlarini butun choralar bilan qoʻllab-quvvatlashda davom etdi. Harakat safi doimo yangi kuchlar hisobiga toʻlib bordi. Vodiy qoʻrboshilarining birlashish, qoʻshilish sari harakatlari ham sezilarli tus olib bordi. 1919 yil kuziga kelib Madaminbek lashkarlarining jangovarlik harakatlari keng hududlarga yoyildi. Bu davrga kelib Monstrovning rus krestyanlari (dehqonlari)dan tashkil topgan ancha taʼsirli harbiy qismlari Madaminbek kuchlari bilan birlashdi. Bu hol xalq kurashining nafaqat ijtimoiy tarkibiga, balki ayni chogʻda milliy tarkibiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatar, uning maqsad-vazifalariga yangicha yondoshishni taqozo etardi. Gap shundaki, bunga qadar istiqlolchilar harakati saflarida tojiklar, oʻzbeklar, qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, uygʻurlar va qoraqalpoqlar singari yerli millat kishilari qoʻlni-qoʻlga berib kurashib kelayotgan boʻlsalar, endilikda unga sovetlar siyosatidan keskin norozi boʻlgan rus dehqonlari ham qoʻshilgan edilar. Istiqlol kurashi tarkibidagi bu oʻzgarish 1919 yil oktyabrida Pomirning Ergashtom ovulida Madaminbek tarafdorlari tashabbusi bilan tuzilgan
Fargʻona muvaqqat muxtoriyat hukumati” tuzilishida ham oʻz ifodasini topgandi. Hukumat tarkibi 24 kishidan iborat boʻlib, uning 16 vakilini musulmonlar va 8 nafarini ruslar tashkil etardi. Fargʻona hukumati boshligʻi va musulmon qoʻshinlari oliy bosh qoʻmondoni etib Madaminbek saylangan edi. Biroq afsuslanarli jihati shundaki, mazkur muvaqqat hukumat oʻz faoliyatini amalda uddalay olmadi. Buning boisi, birinchidan, uning mutasaddilarining boshi urush harakatlaridan chiqmadi. Ikkinchidan, xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatish yetarli samara bermadi. Bu esa, tabiiyki, uning oʻz qobigʻiga oʻralib, amaliy faoliyat yuritishiga imkon tugʻdirmadi. 1919 yil oktyabr oyi oxirlarida Andijonga yaqin Oyimqishloqda toʻplangan vodiy qoʻrboshilarining qurultoyi Fargʻona istiqlolchiligi harakati tarixida eng yirik anjumanlardan biri boʻldi. Unda vodiyda harakat qilayotgan 150 taga yaqin jangovar qismlarni oʻz taʼsirida ushlab turgan 4 yirik lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek, Xolxoʻja Eshon qoʻmondonliklarini birlashtirishga erishildi. Qurultoyda islom qoʻshinlarining oliy bosh qoʻmondoni – “Amir al-Muslimin” etib Madaminbek saylandi. Biroq bu birlashuv ham mustahkam boʻlib chiqmadi. Masalan, Xolxoʻja Eshon tez orada oʻz kuchlarini ajratib, mustaqil faoliyat koʻrsata boshladi. Shunga qaramasdan bu davrda istiqlolchilar tasarrufida katta kuchlar toʻplangan edi: Madaminbek qoʻl ostida 30 mingga yaqin, Shermuhammadbekda 20 ming, Katta Ergash qoʻrboshida esa 8 ming jangovar qoʻshin boʻlib, uchta lashkarboshi vodiydagi kurash harakatlarini boshqarib turardi. Biroq vodiydagi jangovar harakatlarning keyingi borishi tashabbusining koʻproq tajovuzkor sovet qoʻshinlari qoʻliga oʻtishi, xalq ozodlik kurashining pasayib borishiga olib keldi. Oʻlkada mustahkamlanib olishga ulgurgan bolsheviklar hokimiyati Markazdan yetarli darajada harbiy kuch, qurol-yarogʻ olib, ularni Fargʻona frontiga yoʻllab, qonli oʻch olishga safarbar qildi. “Oʻz yogʻiga oʻzi qovrilgan” vodiy istiqlolchilari esa tish-tirnogʻigacha qurollangan sovet qoʻshinlari bilan boʻlgan toʻxtovsiz janglar oqibatida toliqib, tang ahvolga duchor boʻla bordilar.
Tengsiz dushman bilan kurashni davom ettirishning mushkulligi, oddiy xalq hayotining nochorlashib borayotganligi ayrim istiqlol rahnamolarini faol kurash harakatlarini vaqtincha toʻxtatib, boshqa yoʻl izlashga, sovet tomoni bilan oʻzaro kelishuvlarga undadi. 1920 yil yanvarida qizillar Katta Ergash kuchlariga zarba berib, uning tayanch markazi Bachqirni egalladi. Xuddi shu vaqt sovet qoʻshini Monstrovning dehqonlar armiyasini tor-mor etib, Gulcha qalʼasini ishgʻol etdi. Monstrovning oʻzi asir olindi. Shuningdek fevralda Garbuva – Qoratepa-Shahrixon yoʻnalishida qizil qoʻshinlar Shermuhammadbek lashkarlariga kuchli zarba berdi. Buning natijasida Shermuhammadbek yengilib, Oloy vodiysi tomon chekindi. Ayni paytda qizillar Norin va Qoradaryoning qoʻshilish joyida Madaminbek askarlariga qarshi muvaffaqiyatli jang qilib, unga katta talafotlar yetkazdilar. Bu ogʻir, murakkab voqealar sharoitida istiqlolchilar harakatining baʼzi rahbarlarining sovetlar tomoni bilan kelishuv yoʻliga borishi tushunarlidir. Ayyor sovet hukumati taklifiga koʻra, Madaminbek 1920 yil martida sovet qoʻmondonligi bilan muzokara olib bordi va sulh tuzildi. Bu
sulh shartlariga asosan Madaminbek oʻz harakatlarini toʻxtatdi, uning 1200 nafardan ziyod askar yigitlarining daxlsizligi, oʻz qurol-yarogʻlariga ega boʻlishi, kerak boʻlganda ular vodiyda tinchlik, barqarorlik oʻrnatishda oʻz rahnamolari yetakchiligida faol ishtirok etishi taʼkidlangan edi. Madaminbek oʻzining boshqa safdoshlariga ham sovetlar bilan muzokaralar olib borib, shunday yoʻl tutishni maslahat beradi. Biroq Fargʻona qoʻrboshilari yoʻlboshchilari Shermuhammadbek va Xolxoʻja Eshon oʻz huzurlariga muzokara uchun kelgan yurtning bu mard oʻgʻlonini sotqinlik va xoinlikda ayblab, uni qatl ettiradilar. Sodir etilgan bu fojiali voqea ham vodiy istiqlolchilari rahbarlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning ziddiyatli boʻlganligiga bir ishoradir.
Garchand Fargʻona istiqlolchilari kurashi bundan keyin ham yangi-yangi kuchlar bilan qoʻshilishib, turli tarzda davom etsa-da, biroq u avvalgidek keng qamrovli, jangovar, hujumkor yoʻnalish kasb eta olmadi. 1920-1923 yillar davomida vodiy hududlari boʻylab olib borilgan xalq ozodlik kurashlariga aka-uka Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek, ulardan soʻng Islom polvon va Rahmonqullar yetakchilik qildilar. Ularning har birining mislsiz jasorati, qahramonligi, haq va ozodlik yoʻlidagi fidoiyligi xalq xotirasida muhrlanib qoldi. Vodiyda yoqilgan istiqlol mashʼalasi keyinchalik boshqa hududlarga ham yoyildi. Sovet hokimiyatining zulmi va zoʻravonligiga qarshi kurash Buxoro va Xorazm respublikalarida, Samarqand viloyatida, Tojikiston zaminida ham aks-sado berdi.
1917 yil kuzida Rossiyada yuz bergan oktyabr davlat toʻntarishi va bolsheviklarning hokimiyatga kelishi Buxoroda ham aks-sado berdi. Avvalo, qoʻshni Turkistonda Sovet hokimiyati qaror topdi. Uni Rossiya bolsheviklari zoʻrlik va kuch bilan oʻlka xalqlariga majburan tiqishtirdilar. Ayni vaqtda Buxoroga bevosita tutash rus aholisi manzilgohlarida Sovet tuzumi oʻrnatildi. Bu esa amirlikdagi voqealar rivojiga taʼsir koʻrsatmasdan qolmadi. Negaki, sotsialistik inqilob gʻoyasini boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni oʻz moʻljaliga olgan edilar. Shu bois Rossiya Federatsiyasi, qolaversa, Sovet Turkistoni, uning mutasaddilari har bir vaziyatdan foydalanib, Buxoro ichki ishlariga aralashib, muxolifatchi kuchlarni qoʻllab-quvvatlab, amirlik tuzumini qulatish harakatida boʻldilar. Xususan, 1918 yil martida “Kolesov voqeasi” nomi bilan tarixga kirgan qonli voqea bunga yorqin misol boʻla oladi. Gap shundaki, Turkiston avtonom sovet respublikasi hukumati raisi F. I. Kolesov suveren Buxoro davlatiga ochiq tazyiq oʻtkazib, yosh buxoroliklar talabini quvvatlagan boʻlib, 1918 yil 2 martida Kogon temir yoʻli yoqalab qizil qoʻshinlar kuchi bilan ochiq harbiy interventsiya uyushtirdi. Gʻazabga kelgan Buxoroning koʻpchilik aholisi oʻz yurtini jon-jahdi bilan himoya qilib, bolsheviklar hamlasiga qarshi yalpi kurashga otlandi. Buning natijasida Kolesov interventsiyasi tezlikda sharmandalarcha barbod boʻldi.
1920 yil 29 avgustda Chorjuyda amir tuzumiga qarshi “Xalq qoʻzgʻoloni” boshlanishi bilanoq, Beshim Sardor boshchiligidagi inqilobiy qoʻmita avvaldan tuzilgan kelishuvga binoan darhol Sovet hukumatiga murojaat
qiladi. Bu Sovet qoʻshinining qoʻzgʻolonchi kuchlarni himoya qilib, Buxoroga qarshi harakatlarni boshlashiga bahona boʻldi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Sovet qoʻshini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil askar, qirqta toʻp, 230 taga yaqin pulemyot, oʻnta zirhli avtomobil, beshta zirhli poyezd va 12 ta samolyot bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qoʻshini bilan birga hujum harakatlarida 5 ming kishiga yaqin buxorolik “inqilobiy tuzilmalar” ham ishtirok etdilar.
Amir lashkari son jihatdan koʻp boʻlgani bilan (20 ming nafarga yaqin) biroq uning qurollanish darajasi qizillar qoʻshiniga nisbatan ancha zaif holda edi. Hujumga tashlangan Sovet qoʻshinlari amirlikning Chorjuy, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab, Buxoro tomon siljib bordilar. Ayniqsa, bu bosqin natijasida Buxoro va uning koʻp sonli aholisi mislsiz zarar koʻrdi. Shahar bir necha kun davomida zamonaviy qurollardan oʻqqa tutildi, bombardimon qilindi. Uning koʻplab noyob osori-atiqalari,tarixiy obidalari vayron etildi. Nihoyat, 1920 yil 2 sentyabrda amir va uning lashkari yengilib, Buxoroni tark etadi. Shundan soʻng Buxoro Sovet bosqinchilari tomonidan egallanadi. Garchand amirlik tuzumining agʻdarilishi uzoq davrlar davomida “Xalq qoʻzgʻoloni” yoʻli bilan amalga oshirilgan deb kelingan va son-sanoqsiz adabiyotlarda bitilgan boʻlsa-da, biroq bunda Svet qoʻmondonligining toʻla harbiy kuchi hal qiluvchi rol oʻynaganligi faktdir. Bu haqiqat istiqlol sharofati bilan milliy tariximizga haqqoniy xolis yondashuv tufayli yuzaga chiqdi va eʼtirof topdi. Buxoro qizil qoʻshinlar tomonidan egallangach, Hokimiyat Muvaqqat Butun Buxoro Inqilobiy Qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Oʻsha yilning 6-8 oktyabr kunlari xalq vakillarining birinchi Butun Buxoro qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda Buxoro Xalq Sovet respublikasi tuzilgani toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Vatan mehri, ona zamin sadoqatini jismi-diliga jo etgan, uning erki, ozodligini har narsadan muqaddas bilgan ming-minglab yurtdosh ajdodlarimiz hukmron tuzum bedodligi va jabr-sitamiga qarshi istiqlol kurashining yangi bosqichlariga koʻtarildilar. Ular yana oʻn yillar davomida gʻaddor rejim kuchlari bilan tengsiz janglarda qatnashib, behisob mahrumliklarga duch kelishlariga qaramay, milliy istiqlol gʻoyasiga sodiq qoldilar.
1921 yili 1 may kuni Qizil Armiya qoʻshinlari Sharqiy Buxoroning barcha hududlarini deyarli bosib oldi. Ular strategik ahamiyatga ega boʻlgan aholi punktlarida oʻz garnizonlarini joylashtirishdi. Dushanbe, Hisor, Qoʻrgʻontepa va Koʻlobda hukumat organlarining tashkil etilishini kutib oʻtirmay, harbiylar darhol Qizil Armiya uchun yoppasiga oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilishga kirishdilar. Bugʻdoy, goʻsht va boshqa mahsulotlar Sharqiy Buxorodan Zakaspiyga joʻnatila boshlandi. “Goʻsht yigʻishtirib olish maʼrakasi respublikada rus qurolli otryadlari yordamida toʻla bajarildi va bu tadbir oʻtkazilishi katta miqdordagi aholining ruslarga va xususan, Qizil Armiyaga boʻlgan qahru-gʻazablarini oshirdi”, deb yozadi 1921 yili iyunida Buxoro respublikasi Xalq Komissariati Soveti raisi Fayzullo Xoʻjayev Moskvaga V. I. Leninga maktubida.
1921 yilning bahorida Sharqiy Buxoro (Hisor, Qoʻrgʻontepa, Koʻlob, Qorategin) da Qizil Armiya va Buxoro Hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Bu qoʻzgʻolonlarga dindorlar va urugʻlar orasidagi obruyli kishilar rahnamolik qilishdi.
Buxorolik qoʻzgʻolonchilarni (yuqori Zarafshondan) Mastchoh-tojiklari otryadi qoʻllab-quvvatladi. 2,5 ming nafardan iborat boʻlgan otryadga Abdulhafiz boshchilik qilgan. Darvozdagi diniy rahnamo Eshoni Sulton va Baljuvondan Davlatmandbiy oʻz otryadlari bilan yangi tuzumga qarshi kurashga chiqishgan edi. Ular oʻz oʻrnida laqaylarga murojaat etishib, ularni ham ruslar va jadidlarga qarshi kurashishga daʼvat etishdi. Sovet Armiyasi arxivida Ibrohimbek Davlatmandbiy otryadiga “harbiy instruktor” boʻlganligi qayd qilingan.
Dangʻarada boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonga laqaylar rahnamosi Qayum Parvonachi boshchilik qilgandi. Togʻay Sari Qizil Mazorda harakat qilardi, Shu paytning oʻzida esa Baljuvon bilan Koʻlob mintaqalarini Davlatmandbiy oʻz nazorati ostiga olgandi. Hisorda Temurbek, Surxandaryoda – Xurrambeklar boshchilik qilar edilar.Rahmon Dodxo, Eshoni Sulton, Fuzayl Maxsumlar esa Dushanbe, Darvoz va Qorategindagi oʻz otryadlariga boshchilik qilishardi. Kuktoshda oʻz bazasiga ega boʻlgan Ibrohimbek Hisor va Koʻlob oʻrtasida oʻz otryadi bilan joydan-joyga koʻchib yurardi.
1921 yili avgust oyi boshlarida Buxoro Hokimiyati va Ato Xoʻjayev boshchiligidagi rus qoʻmondonligi Kangurt qishlogʻiga qoʻzgʻolonchilar bilan uchrashuv oʻtkazish maqsadida kelishdi. Delegatsiya hayʼatida Saidjon dodxo degan kishi ham bor edi. Saidjon dodxo oʻz xotiralarida jumladan shunday deydi:
“Biz Kangurtga keldik. Davlatmandbiy bilan birga, Togʻay Sari, Ashur semiz, Abduqodir, Baljuvonlik Abdulqayum, Poshshoxon va boshqalar muzokaralar oʻtkazish uchun kelishdi. Davlatmandbiy afgʻon kiyimida edi. Salom — alikdan soʻng oʻrnidan turdida: Shu kunga qadar Buxoro zaminiga ruslar oyogʻi yetmagan edi. Sizlarning Hukumatingiz oʻzi bilan birga rus soldatlarini olib keldi. Sizlar bor mulklarimizni tortib oldingiz, xotin va qizlarimizga tajovuz qildingiz, nomusiga tegdingiz. Rus soldatlari to Buxoro zaminini tark etmagunlariga qadar biz kurashni davom ettiraveramiz.Rus soldatlari Buxorodan chiqib ketishi bilan biz qurol-yaroqlarimizni topshiramiz”, – deb taʼkidladi.
1921 yilning sentyabr oyida Dushanbe, Koʻlob va Qoʻrgʻonteppa hududlarida urush yangi kuch bilan boshlandi. Davlatmandbiy aholidan oltin, kumush va 200 ot yigʻishtirib, qoʻrol-yaroq va oʻq-dori olish uchun Afgʻonistonga joʻnatadi. Sentyabr oyi oxirida Sharqiy Buxoro hududlarida yaʼni, Dushanbe, Baljuvon va Gʻarmda 40 ming nafar kishidan iborat qarshilik koʻrsatadigan uch markaz vujudga keldi. 21 sentyabr kuni kaltak va ish qurollari koʻtargan 20 ming nafarlik ozodlik kurashchilari Dushanbega kelib, rus qoʻshinlari va Hukumat namoyandalarining chiqib ketishlarini talab qilishdi. Shahar bir oydan ortiq qamalda qoldi. Bu payt Dushanbeda ikki polkdan iborat boʻlgan rus garnizoni, RSFSRning Sharqiy Buxorodagi muxtor vakili qarorgohi va unchalik katta boʻlmagan yahudiylar mahallasi
bor edi. Laqaylardan iborat Ibrohimbek otryadi va mastchohliklar bir necha marotiba garnizonga hujum qilishdi. Shu orada qamalda qolganlarga yordam yetib keldi. 18 oktyabr kuni ruslar Mazori Mavlono qishlogʻida qarshi hujumga oʻtishdi, buning natijasida mujohidlarga katta zarar yetkazildi.
Tish-tirnogʻigacha qurollangan yovuz dushmanga bas kelolmasliklarini anglab yetgan Oʻrta Osiyolik istiqlol kurashchilari noiloj Afgʻoniston tomon qochib keta boshlashdi. 1920 yil boshlaridan to 1930 yillarga qadar yarim millionga yaqin muhojir tojiklar, oʻzbeklar, turkmanlar, qirgʻizlar va qozoqlar bolsheviklardan qutulish maqsadida Amudaryoning chap qirgʻogʻiga oʻtib ketishdi.
Ona Tojikistonimizning istiqlolga yuz tutib, dorilomon zamonlarga musharraf boʻlishida, bugungi baxtiyor avlod kishilarining mustaqillik oliy neʼmatidan bahramand boʻlishida oʻsha 20-30-yillarda bobokalonlarimiz qilgan ulkan saʼy-harakatlar, toʻkkan qutlugʻ qonlar, bergan bemisl qurbonlarning ajri, ibrati ozmuncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi minnatdor avlod kishilarining dili, shuurida hamisha saqlangusi, faxr-iftixor tuygʻusi bilan eslangusidir.
XX asrning 20-30 yillarida hukmron kommunistik partiyaning madaniy qurilish siyosati asosan “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat”ni shakllantirishga qaratildi. Zero, “lenincha madaniy inqilob gʻoyasi”ning bosh maqsadi ham koʻp millatli sovetlar mamlakatida yagona sotsialistik madaniyatni tarkib toptirish va uning “samara”laridan SSSR barcha millatlari va xalqlarini bahramand etish edi. Garchand bu madaniyat milliy belgi, shakllarni rasman koʻzda tutsa-da, biroq u amalda har bir xalqning oʻziga xos tarixiy va madaniy merosini, uning sarchashmalarini inkor etardi. Chunki bular kommunistik mafkura oʻlchovi va tamoyillariga mohiyatan zid kelardi.
Shu bois bu yillarda tojik xalqining olis asrlarga borib qadaluvchi moddiy va maʼnaviy madaniyati durdonalari, osori-atiqalariga, masjidu madrasalar, gumbazu maqbaralar koʻrinishidagi noyob meʼmoriy obidalariga zoʻr berib hujum uyushtirildi. Binobarin, bu maskanlarning qarovsiz, xarob ahvolga keltirilganligi ham tasodifiy hol emas, albatta. Ayniqsa bunda xalqimizning qalbi, dilidan chuqur joy olgan, uning uzoq asrlik islomiy qadriyatlari zavol toptirilganligini chuqur taassuf bilan taʼkidlashga toʻgʻri keladi. Hatto bu manfur maqsadga erishishda joylarda “Xudosizlar jamiyatlari” tuzilib, ular orqali diniy eʼtiqod va tasavvurlarga qarshi, uning pokdomon peshvolariga qarshi hujumkor ateistik kurash, tashviqot va targʻibot avj oldirildi. Buning oqibatida yurtning ilgʻor ziyolilari boʻlgan qancha-qanchalab ruhoniylar, eshonu mullalar, ulamoyu fuzalolar ayovsiz taʼqibu quvgʻinlarga duchor etildi yoxud qirgʻin qilindi. Ularning koʻplari jonlarini hovuchlab oila, bola-chaqasi bilan ne azobu uqubatlarni boshdan kechirib, uzoq xorijiy yurtlarga bosh olib ketishga majbur boʻldilar.
Qatagʻonlik ajal mashinasi aqli raso, oq-qorani yaxshi biladigan, sogʻlom fikrlaydigan hech bir insonni ayab oʻtirmasdi. Xatlon viloyati, Temurmalik nohiyasining Qoʻshqiya qishlogʻida oʻtgan asrning 70-yillarida Afandi bobo degan eshon bobo yashardilar. U kishining asl ismlarini hech kim bilmasdi.
Eshonbobo 30-yillarda boshqa nohiyadan panoh istab Qoʻshqiyaga keladilar. Imon-eʼtiqodli kolxoz raisi “oʻzingizni el nazdida aqli zaif kishidek koʻrsatasiz. Boshqa iloj yoʻq” deb maslahat beradi-da, bugʻdoy xirmoniga ishga qoʻyadi. Xirmonning bir chetida doimo bugʻdoy sugʻurib, hech kim bilan ishi boʻlmagan begona yigit haqida soʻragan davlatning “koʻz-quloq”lariga rais “Bu bir afandi, darvish” deya javob beradi.
Shu-shu umrining oxirigacha eshonboboning nomi “Afandi bobo” boʻlib qoladi.
Inson taqdiri bila bu qadar oʻynashish, uni chuqur surishtirmay eng ogʻir jazoga mahkum etish – bu totalitar tuzum qonunbuzarligi va qonxoʻrligining tipik namunasidir.
30-yillar voqealariga qaytar ekanmiz, bunda shu narsa kishini benihoya ajablatiradiki, u davrda insonni qoralash, uning peshonasiga xalq dushmani tamgʻasini bosish tuzum zolimlari uchun xuddi xamirdan qil sugʻurganday gap boʻlgan. Hatto shunday hollarga duch kelindiki, respublikalardagi koʻp xonadonlarda vaqti-vaqti bilan oʻtkazilgan tintuv paytida mabodo arab yozuvida bosilgan biror kitob topilguday boʻlsa, uning nomi, mazmuni soʻrab-surishtirilmasdan oʻsha xonadon sohibiga jamiyatga yot unsur degan laʼnat tamgʻasi bosilib, u qamok yoki surgun jazosiga hukm etilaverardi.
Masalan, Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi Begovul qishlogʻida ilmli, yaxshi fazilatlar bilan elga hurmat qozongan, ayollarni oʻqitib, savodli qilgan tabarruk onaxon Bibijon Ismoilova boʻlgan. Bu 80 yoshli inson diniy kitob oʻqishda ayblanib, qamoqqa olingan. Momo qiynoqlar oqibatida qamoqda olamdan oʻtgan. Holbuki, u kishining uyiga qora quzgʻunlar bostirib kirgan vaqtda Bibijon momo hamisha oʻqib yuradigan “Axloqi Muhsinin” (“Yaxshi xulqlar”) kitobini oʻqib oʻtirar va bu asar goʻzal insoniy fazilatlar taʼrifini hikoya qilardi. U davrlarda nohaq ayblanib, mushtipar momo singari fojiali qismatga duchor boʻlganlar koʻplab topilardi. Bunday noxush hollardan sarosimaga tushgan, zada yegan odamlar avvalgidek kitobxonlik qilish nari tursin, hatto eski kitoblarni qoʻlga olishdan hadiksirardilar. Bugungi Xatlon viloyatining Temurmalik nohiyasidagi Chillatosh qishlogʻida “Sangi kitobho” degan togʻdan oʻsib chiqqan ulkan tosh bor. Toshning bunday atalishiga sabab oʻtgan asrning 20-30 yillarida shafqatsiz tuzum zulmidan yurakzada boʻlgan Chillatosh, Zangibobo, Murodbaxsh, qirma va Toshbuloq qishloqlarining ziyoli aholisi uylarida boʻlgan arab alifbosidagi kitoblarni yerga koʻmsa chirib uvol boʻlmasin uchun, ana shu ulkan toshning quruq kavagiga keltirib tashlashgan. Bu esa koʻplab yurtdoshlarimizning battol tuzum mayliga moslashib, maʼnan va ruhan choʻkib, tarixiy oʻtmishimizning teran sarchashmalaridan bebahra boʻlib borishlariga bois boʻlgan.
Xulosa, dunyo eʼtirof etgan yuzlab adiblar, olimu fuzalolar tomonidan “Dahshat saltanati” nomlangan shoʻrolar zamonasining xalqimiz maʼnaviyatiga yetkazgan jarohatlari haqida koʻp gapirish mumkin. “qatrada dengiz mujassam”, deganlaridek Marina Koretsning “Trud” gazetasida bosilgan “Oʻzini tiriklay koʻmgan inson” sarlavhali maqolasini eʼtiboringizga havola qilamiz.
-
OʻZINI TIRIKLAY
KOʻMGAN INSONUkrainaning Monchinsa qishlogʻida yashovchi hukumat taʼqibidan dahshatga tushgan Stepan Kovalchuk oʻz uyining boloxonasida 57 yil davomida yashirinib yotdi. hol-ahvolidan xabardor boʻlib turgan singlisining oʻlimi oxir-oqibat uni uzlatnishinlikni tark etishga majbur etdi. …Bosiq, kamsuqum, endigina oʻn sakkizga kirgan Stepan rahmatlik onasi bilan birgalikda Pochayevo-Uspenskiy lavr xristian ibodatgohlarini ziyorat qilib oʻz qishlogʻi Monchinsaga qaytayotgan chogʻi kutilmaganda bomba portlashlarini eshitib, yonayotgan qishloqlar, tilka-pora etilgan jasadlar va quloqni batang keltiruvchi nemischa baqiriq-chaqiriqka duch keldi. Dahshatdan qalt-qalt titrayotgan ona-bola oʻrmon oralab, yarim tunda dushman tomonidan ishgʻol qilingan ona qishloqlariga, tugʻilib-oʻsgan uylariga kirib kelishdi.
-Voh, Xudoyim, tirikmisizlar?!- deya ona-bolaning boʻynidan quchoqlab olgan singlisi Melanka hiqillab ovozsiz yigʻlagancha shosha-pisha gapirardi: bu yerda qiyomatni qoyim qilishdi! Fashistlar yoshlarni yoppasiga Germaniyaga joʻnatishyapti. Men oʻzimni jinnilikka solib qutildim. Lekin sen – Stepashka tezda yashirinishing kerak. Ahvol chatoq. Yigit bu xavfli kunlarda boloxonaga yashirinishga qaror qildi. Uni soʻragan kishilarga esa Melanya bilan onasi “Styopa Pogasvada monax boʻlib qoldi”, deb javob berishni maslahatlashib oldilar.
Sovet Armiyasi fashistlarni qishloqdan haydab chiqargandan keyin esa u boloxonadan tushishga botinolmadi. Uch yillik uzlatnishinlik oʻz ishini qilgandi. U endi hamma narsadan: odamlardan ham, quyosh nurdian ham qoʻrqardi.
Ularning qishlogʻidan 33 kishi frontga ketib 14 nafari qaytib keldi. Qishloq ahli Buyuk gʻalabani nishonladilar. Toʻylar boʻldi, farzandlar tugʻildi. Qoʻshni qishloqlik kelishgan bir yigit Melanyaga uylanmoqchi ham boʻldi. Ammo boyaqish qizgina kuyov akamning sirini fosh qilmasin tagʻin,- degan hadik bilan oʻz baxtini rad etdi. Styopa esa boloxona tirqishidan qishloqning bir chetidan koʻz uzmay oʻtiraverdi.
Keyinchalik jurnalistlarning savollariga u toʻgʻridan-toʻgʻri javob berdi:
“Qoʻrqardim, juda ham qoʻrqardim. Qoʻrquv dahshati mendan koʻra kuchli edi”. Melanya butun qishloqda yagona tikuvchi edi. U buyurtmalarni tikuv mashinasida tikar, tugma qadash, jiyak tikish kabi qoʻl ishlarini esa Styopa bajarardi. Shuningdek u bekorchilikdan zerikib qolmasligi uchun diniy lavhalarni originalga oʻxshatib koʻchirardi.
Tikishni oʻrganish uchun Melanyaga shogird tushgan qiz-juvonlarning yigʻilib olib uzoq laqillashlari Styopa uchun juda ogʻir lahzalar edi. Tirik jon emasmi, uvishgan oyogʻini uzatishi bor, yoʻtalishi mumkin, kutilmaganda tushkursa bormi?
Xotinlar sergak tortib:
-Melanya, uylaringda oʻgʻri-poʻgʻri bormi, deyman, – deyishardi vahima qilib. Xayriyat uyda mushuk bor edi va Melanya bor aybni oʻsha boyaqishga toʻnkardi.
Stepan singlisidan qishloqda kim uylanganini, kim turmushga chiqqani, kim oʻlib, kimning farzand koʻrganini sinchkovlik bilan soʻrab bilib olardi. U doimo yotoq joyi roʻparasiga ikona bilan birgalikda Stalinning ham portretini osib qoʻygandi. Toʻrt fasldan iborat yil Stepan uchun ikki fasldan iborat edi. Yozda oʻrgimchak va suvaraklar bilan birga yashab, qishda toʻshagini pechkaning trubasiga yaqin tortib, isinib yotardi. 57 yil davomida Stepan faqat bir marotaba 1951 yilning goʻrdek qorongʻu kechasi — onasi oʻlgan kecha boloxonadan chiqdi. Qorongʻu burchakda turib ovozsiz yigʻladi. Uyning atrofini aylanib chiqdi-da, yana doimiy yashash joyiga koʻtarildi. Shu bilan oilaviy sirning yakkayu yolgʻiz maxfiy tutuvchi mushfiq-mehribon Melanyaning oʻlimigacha boloxonani tark etmadi.
Oʻlim toʻshagida yotgan Melanya 1999 yilning sentyabr oyida imillab-simillab zoʻrgʻa boloxonaga koʻtarildi-da, akasiga dedi: “Mana, senga suv va suxari. Men oʻlaman. Toʻqqiz kundan soʻng odamlarning huzuriga chiq. Hech narsadan qoʻrqma”.
Ozgʻin, qoq suyak, yuz-koʻzlarini ajin qoplagan moʻysafid, quyosh yorugʻini qoʻllari bilan toʻsib, qaltiroq oyoqlarida zoʻrgʻa bir-bir qadam bosib chiqib kelganda tabiiyki, hech kim uni qachonlardir yoʻqolib qolgan Stepan deb oʻylamadi ham. Uning iqroriga ham ishongilari kelmasdi…
Stepan yaxshi zamonada yorugʻ olamga chiqdi. Oʻzi kutgan nafrat va gʻazab oʻrniga qishloqdoshlari uni yaxshi kutib olishdi. U qahramonga aylandi. Monchinsa qishlogʻiga ajoyib-gʻaroyib taqdirli odamni koʻrish uchun kimlar kelmaydi, deysiz. London, Vashington, Tokio, Varshava, Kopengagendan jurnalistlar, suratchilar, telereportyorlar kelishdi.
Ammo bu shon-shuhrat Kovalchukning oʻziga mutlaqo tegishli emasdek. U uydan faqatgina vafot etgan qishloqdoshining janozasiga chiqar, avvalgidek Injil oʻqir, ibodat qilardi.
-Urush qurboni,- chuqur oh tortadi qishloq jamoati boshligʻi Boris Petruk,- Stepan Kovalchuk qabri ustidagi qogʻoz gulchambarni toʻgʻrilarkan. –Biz uni butun qishloq ahli ehtirom bilan koʻmdik. Boloxonada u yashiringan klba esa endi hech kimga kerak emas. Koʻp oʻtmay toʻkilib ado boʻladi. Ortiqcha pul boʻlganida edi, Xudo haqqi, bu kulbani muzeyga aylantirardim. Oʻzini tiriklay koʻmgan inson muzeyiga.
PS: Menga qolsa, bu muzeyni “Dahshat saltanati qurboni muzeyi” deb atagan boʻlardim.
Iz gazeti “Trud-7”; sobitiya nedeli ot 01. 08. 2002g. str – 9. Mariya Korets – sob. korr. “Truda”. Xmelnitsskaya oblast, selo Monchintsi.