• “Gʻirt qoʻtir choʻbir”” (Jannatda gurung)

    1-qism

    Ishdan soʻng xordiqdir  menga bir odat,
    Soʻlim goʻshalardir jonimga rohat.

    Boqaman, mast etar gulzor havosi,
    Zavqimni qitiqlar qushlar navosi.

    Sayrgoh sehri-la kechardi onim,
    Duch keldi nogahon bir qadrdonim.

    Xilvatroq goʻshani aylab ixtiyor,
    Oʻtmishni esdalik takror va takror.

    Esladik Komfirqa zobitlik davrin,
    Totgandik bir mahal mahkumlik zahrin.

    Shoir: – Qaltis edi zamon, esingda bormi,
    Nursiz edi umr har subhu shomi.

    Soljenitsin: – U kunlar goʻyo tush – yolgʻon hikoya,
    Oʻzin oqlamadi biz bilgan gʻoya.

    Shoir: – Zar yogʻmas endi hech, oʻzimga ayon,
    Kumushdek tovlanib turgan boshimga,

    Yuz yil ardoqlasa ham yana zamon,
    Arzimas bir kunlik toʻkkan yoshimga.

    Gar koʻkka termulsam osmondir yiroq,
    Yerga egilsam-chi, qilgaylar soʻroq.

    Bosh olib qayga ham borardim, biroq,
    Hozircha bagʻriga chorlamas tuproq.

    Hech oʻchmas oʻshanda yetgan ozorlar,
    Muttasil oʻksishlar, nolayu zorlar.

    Eslasam, xoʻrsinib tugar darmonim,
    Vujudim azobda oʻrtanar jonim.

    Soljenitsin:- “GULAG”ni kezganda, tolgan tavonim,
    Alamlar sharhin yoz – shudir armonim.

    Shoirsan, doston et mashʼum damlarni,
    El bilsin biz chekkan azob – gʻamlarni

    Shoir: – Maqsadni aytmoqqa koʻchaylik, Sasha,
    Bu gurung davomi, mavzusi oʻsha.

    Soljenitsin:- Boʻl ehtiyot ellik sakkizinchidan,
    Tinib-tinchimading roziman boshla.

    Ajab emas boʻlsa chindan hikoya,
    Oʻzin oqlasaydi biz bilgan gʻoya.

    Shoir: – Yaratganga aylab ming-ming shukrona,
    “Arxipelag”iga boʻldim ravona.

    Bitiklaring oʻqib, toldi darmonim,
    Tanim qiynab azob, oʻrtadi jonim.

    Soljenitsin:- “GULAG”ni kezganda, tolgan tovonim,
    Shul haqda yoz, ukam, doston davomin.

    Mukammal yozgin sen, men aytmaganni,
    Tutday toʻkib yoz barcha qolganni.

    Yozganlarim qogʻoz kemadir goʻyo,
    Lek barcha hasratim boʻlalmagan jo.

    Alamlar sharhin yoz, qoʻling tolmasin,
    Qalbingda zarracha armon qolmasin.

    Shoir: -Tush koʻrdim, Otaxon, ajoyib bir tush,
    Unda jonlanganday bugungi turmush.

    Jannatda emishmiz, Tubo soyasi,
    Ulugʻlar suhbati, zoʻr hangomasi.

    Naqadar goʻzal joy! Orom olar jon,
    Hamma teng: bunda bor na gado, na xon.

    Olloh muruvvati barchaga tengdir,
    Solih bandalarga dargohi kengdir.

    Sadrboshi Rashidov soʻzlardi ravon,
    Beozor ovozi, yoqimli hamon.

    Hamdu sano bila osuda qalbi,
    Zikrini, sheʼr etib, pichirlar labi.

    Bir vaqtlar nochorni silovdi boshin,
    Artgandi munglugʻlar koʻzlarin yoshin.

    Alloh rahmatiga  musharraf boʻldi,
    Ezgu ishlar xayrin jannatda koʻrdi.

    Xush amallar etdi jannat bogʻboni,
    Yonidadir har goh doʻst-qadrdoni.

    Ana Zulfiya, shodon bogʻ ichra kezar,
    Eng goʻzal gul boʻlib rizvonni bezar.

    Hur qizlar makoni dilkashdir gʻoyat,
    Yashil rang togʻlari koʻkka choʻzgan qad.

    Xavuzlar zabarjad, toza zumratdan,
    Oyoq ostilari qahrabo rangdan.

    Yuz turli moʻʼjiza bunda huvaydo,
    Turfa gʻaroyibot har onda paydo.

    Ravzalar husniga poklar muyassar,
    Bogʻ ichra kezganda gʻunchalar kular.

    Zulfiya bogʻ kezar, guyoki pari,
    Yonida vatandosh – shoirlar bari.

    Jannatga yarashiq sheʼrxon Zulfiya,
    Guyo jannat huri shoira aya.

    Ravza bogʻin sayri chogʻi tuyqusdan,
    Duch kelib Rashidov, soʻradi undan.

    Oʻzbekka, ayt-chi, kim ushbu kun hoqon?
    Qay ahvolda vatan, oʻlik-tirik jon.

    Zulfiya: –  Bir necha betayin keldiyu ketdi,
    Elni qaqshatdiyu sargardon etdi.

    Hozirda shoh erur komfirqa choʻbir,
    Xursanoy Rashidova:-Iymonsiz, dili ham qop-qora koʻmir.

    Oldidan yondoshsang, tishlangʻich yovuz,
    Ortidan kelsang gar, tepadir soʻzsiz.

    Gʻoyatda haddidan oshgan bu kimsa,
    Rashidov: – Demak, yaqin kunda yana bir aza!!

    Faqat zulmatlardan fikrlar guyo
    Eh, voy-ey, tinchimas teskari dunyo

    Nechuk Gʻulom ota aytgan yetimlar?
    Zulfiya:-Turksib emas, Gʻani yoʻllari imlar.

    Fohishalar  bu kun boʻldilar otin,
    Xursanoy Rashidova: – Kun sayin koʻpayar shul taxlit xotin.

    Rashidov: – Bu soxta saltanat vaqtincha, dildor,
    Qon ila yoʻgʻrilgan ozorlari bor.

    Zulfiya: – Oʻzini biladi oʻzbekka dohiy,
    Xursanoy:-Hasratdan ortmoqda dillarning ohi.

    Urchitdi yolgʻonni, vaʼdalar puchdir,
    Kibr quli, qaysar, shuhratga oʻchdir.

    Zulfiya: -Gulzor bulbullari ketdi har sari,
    Gulshan sohibidir qarga aksari.

    Yangi xoʻjalardan yuz oʻgirdi gul,
    Chamanni tark etdi Qumriyu bulbul.

    Xursanoy:-Gunohga gʻarq erur gʻirt qoʻtir choʻbir,
    Chingizdan yetmagan bunchalar jabr.

    Zulfiya:  -Toj kiygan mahali edi gʻoyat shod,
    Nopisand “Qurʼon”-la qildi qasamyod.

    Abdullo Qodiriy, Usmon Nosir, Hamid Olimjonlar:
    -Alhazar, eslatma unday badbaxtni,
    Manqurtdir behurmat etgan “Sarxat”-ni.

    Zulfiya:  – Ishi quvmoq yurtdan ahli donishni,
    Xursanoy:-Choʻbir qilmoqdadir zolim ishini.

    Bu kun elda erkni zulmatlar boʻgʻgay,
    Olim, shoir chetda yurtiga sigʻmay.

    Ochigʻi, bu choʻbir xalqini suymas,
    Oʻzbek och-mehnatin noniga toʻymas.

    Gerdaygan, tahdidli siyosati bor,
    Qoq suyak fuqaro burda nonga zor.

    Zulfiya:  – Elning koʻp hasrati, bir qismin dedik,
    Ertaga ishonch yoʻq, dillarda hadik.

    Rashidov:- Chamanzor oʻlkaga  bu choʻbir hoqon,
    Toptalab aylamish bahorni  xazon.

    Hayf boʻlmish vatan ham el-ulus gʻamgin,
    Yoqmoq lozim tezda adolat shaʼmin!

    Zulfiya:  -Gʻiybat mashinasi ishlar betinim,
    Igʻvo ham har yerda topgandir qoʻnim.

    Rashidov:- Erk otliq qush suvda choʻkmaydi sira,
    Yurtsevar el ahli tortmaydi xira.

    Koʻpga tosh otganlar yetmas murodga,
    Ertasi qorongʻu, qolar isnodga.

    Zulfiya:  – Omad kulib boqsa, boʻlsa oriyat,
    Yettinchi navbatga saylanish niyat.

    Boshida ikki qiz xayol-tashvishi,
    Ikkovining ota bilan yoʻq ishi.

    Xursanoy:-U tuzgan rejalar istiqbolsiz, xom,
    Elga baxt bermagan xech qachon gʻirrom.

    Zulfiya:  -Bir hovuch mansabdor suyanchiqlari,
    Daho deb ulugʻlar qulliqchilari.

    Riyokor tortilmas tarozisida,
    Obroʻ tushib borar el orasida.

    Jinoiy ish qilgan omondir-omon,
    Baʼzisiga unvon, boʻldi “qahramon”.

    Xursanoy:-Ishoning, haq soʻzga menda eʼtiqod,
    Riyoyu igʻvoga qolmadi toqat.

    Riyokor chehrasi doʻzaxdir ayni,
    Uquvsiz fikrining yoʻqdir tayini.

    Zulfiya:  -Achinaman, doʻstlar, bu choʻbir izmi,
    Koʻplar taqdirini etgan alamli.

    Rashidov:-Boʻlsa gar razillik inson qilmishi,
    Jazo bermoq unga Ollohning ishi.

    Zulfiya: -Obroʻsi bor edi elda avallar,
    Obroʻsin kemirdi yomon amallar.

    Choʻbir koʻzi magar koʻr boʻlib qoldi,
    Yurt boyliklari chetga yoʻqoldi.

    Xursanoy:-Bir yurt farzandlari emasdir ahil,
    Choʻbir shu kunlarda juda serjahl.

    Hamda oʻjar, qaysar, qoʻpol, gʻazabli,
    Ushbu yurtda yashash bu kun azobli.

    Zulfiya: – Koʻp savol, takliflar javobsiz qoldi,
    Javob kutib bardosh, aqllar  toldi.

    Sh.Rashidov:-Dardi ogʻir yurtni boshqara olmas,
    Ishoning, bundaylar uzoqqa bormas.

    Xursanoy:-Ha, shunday. Qoʻtirni xiradir taʼbi,
    Asablarin chertar qoʻshnilar gapi.

    Himmatidan koʻplar shishinib ketdi,
    Choʻbirning siyosati yurt xarob etdi.

    Sh.Rashidov:-Ey tangrim, xalqimga shafkating koʻrgiz,
    Muteʼlarga yetgan zulm ipin uz.

    Vaʼdang bor: mungluglar tinglamoq ohin,
    Karomat qil, bandangga-Iloho omin!

    Zulfiya: -Shohonshohga aql boʻlib rahnamo,
    -Bizdan oʻtdi, kechir,  mehribon alloh!

    Desa koʻkka boqib iltijo bilan,
    Iqror boʻlsa barcha gunohga dildan.

    Abdullo Qodiriy, Oybek, Abdullo Qahhor,
    Gʻafur Gʻulom bir  ovozdan:

    -Shoira, gʻazabga erk bermang chakki,
    Yozugʻi unchalik emasdir balki.

    Zulfiya: -Nopokka sirtdan boq: binoyi inson,
    Aslida esa u bir baloyi jon.

    Choʻbirning ham sirti yaltiroq gʻoyat,
    Ochiq soʻzlay, dilda tugandi toqat.

    Xursanoy:-. Vadasi moʻl edi, bajarilmadi,
    Zar qutlugʻligin zarra bilmadi.

    El esa ahdi rost mardni ardoqlar,
    Choʻbirdan aziyat cheqib el, qargʻar.

    Sh.Rashidov:-Choʻbirda vijdon yoʻq, qolmamish uyat,
    Odil xulosaga kelgay raʼiyat.

    Ilohiy qudratga balki daʼvogar?
    Oʻzin koʻkda sanar asli choʻbirlar.

    Xursanoy:-Dargohida mungli kezar kanizak,
    Shahvoniy xissidan topolmay darak.

    Zulfiya: -Koʻp amali emas maqtovga loyiq,
    Har joyda dardini soʻylar xaloyiq.

    Sh.Rashidov:-Bundaylarga saltanat dargohi tordir,
    Suyagin xoʻrlagan sultonlar xordir.

    Usmon Nosir, Abdullo Qodiriy, Maqsud Shayxzodalar:
    -U,Ulugʻbek edi sulton naslidin,
    Choʻbir xabarsizmi oʻzin aslidin?

    Shuhrat topgan emas aningdek hech shoh,
    Aylang tangrim uni bu holdan ogoh!

    M.Shayxzoda: – Sizu bizga ibrat Mirzo hayoti,
    To qiyomat qolgay Ulugʻbek oti.

    Erkniyoz (Moʻltoni):-Qaygʻu tosh ostidan qaynab toshmoqda,
    Choʻbirning kundan-kun zulmi oshmoqda.

    Nohaqlik oʻtida kuydi Erkniyoz
    Qachon boʻlur elga erkinlik biroz?

    Hasratim soʻzlasam tuganmaydi oh,
    Umr zavoli bu juft oyoq timsoh.

    Sh.Rashidov:-Jannatlar rashk etgan oʻlka tuprogʻi,
    Quruqshab, xazonmish yurtimning bogʻi.

    Zulfiya: -Qoʻl siltab yurtidan ketganlardir koʻp,
    Suvsiz qaqrab yotgan anhorlardir koʻp.

    Muhammad duch keldi bir sayr chogʻi,
    Tund edi, boʻgʻriqqan, soliq qovogʻi.

    Tubanlik bitadi, falak aylanar,
    U deydi:- hamma ham shu yerga kelar.

    Oʻz davrin faxri yo tikoni boʻlgan,
    Paymonasi toʻlib, bir kuni oʻlgan.

    Jahonda qolgaylar iymoni poklar,
    Olloh diydoridan umid mushtoqlar.

    Baʼzilarni, afsus, yedi xusumat,
    Ular-la bu yerga kelgusi kulfat.

    Rizolatda doim xoʻrlanar olam,
    Azaldan yaxshiga nasibadir gʻam.

    Erkniyoz (moʻltoni):-Yagʻirli choʻbirlar koʻpaymoqdadir,
    Yorugʻ olam nahsga xoʻp botmoqdadir.

    Choʻbirlar taxtining tayin qulashi,
    Baxt topib,  kamayar  insonning gʻashi.

    May oyi ikki ming beshinchi yili,
    Koʻkka oʻrlab ketdi olovning tili.

    Tutunu qonga gʻark Bobur vatani,
    Islomshoh joʻnatdi ancha toʻp, tankni.

    Jon berdi maydonda erkka intilgan,
    Armonli nechaning tani titilgan.

    Zulfiya: -Toshyurak hech qachon bilmas rahmni,
    Kilmishi keltirdi hisobsiz gʻamni.

    Erkniyoz (moʻltoni):-Harbiylar tong sahar meni tutdilar,
    Aʼzoyi borligim bir-bir titdilar.

    “Guvohnomasi” yoʻq, aylangiz quvgʻin,
    Gʻidi-bidi qilsa, yoring quvugʻin!

    Aygʻoqchi emasmi, qaygadir yoʻli,
    Urugʻi koʻp buning. Kerakmas loʻli!

    Qoʻrqinchli qoʻllari xuddi halqumda,
    Kun boʻyi qiynoqda, qutildim tunda.

    Loʻlimiz, tanimiz asli qop-qora,
    Shunday yaralganmiz, axir ne chora!

    Zulfiya: -Qaygʻurma, vatandosh, tole boʻlsin yor,
    Zulmkor zolimni jazolovchi bor.

    Oybek:- Qon toʻkkan, unutma, oʻlar qon yutib,
    Oxirat azobi turmoqda kutib.

    Gʻafur Gʻulom:-Millatni ajratmoq oqil ishimas,
    Millatchiga laʼnat tillardan tushmas.

    Muhammad Yusuf:- Insonni avaylang, sizdan shu qolur,
    Zolimga yon bosish zulm sanalur.

    Mansur Otajonov (jurnalist):- Demokratiya bunda, xoʻja koʻrsinga,
    Tazyiqlar koʻpaygan islomiy dinga.

    Oʻgʻilsafar Murodova(jurnalist):-Erk tantanasiga ilhaqdir avom,
    Suyanchiq boʻlmadi suykalgan tamom.

    M.Otajonov:-Oʻlganlar oʻldilar-bagʻri keng goʻrning,
    Qozoni qaynovda azaldan zoʻrning.

    M.Shayxzoda:- Farhodlar notavon  oʻtmas teshasi,
    Millat ogʻasining yoʻq andishasi.

    Oʻgʻilsafar Murodova:- Qismatda bor ekan: tilni tiymadik,
    Qorani oq demay-chinni soʻyladik.

    U.Nosir:- Ne holda aytingiz,  shoʻro askari,

    1. Yusuf: – Oʻshanday tutumi telba-teskari.

    Ularning dastidan oqadi qoni,
    Haq soʻzni deguvchi har bitta jonni.

    Qirgʻoqdan toshmoqda sabr kosasi,
    Minbardan dil uzmas “oʻzbek otasi”

    1. Shayxzoda: – Aniqmi, borilar ne manzil sari?
    2. Yusuf: – Yoʻl eskicha, qaltis, yoʻqdir “zafari”

    Qishloqi dehqonni goʻrga tiqmoqchi,
    Hunarmand ishchining holi ham achchi.

    Shu kunlar dehqonning kishani ogʻir,
    Krepostnoylik yana ularga taqdir.

    Abdullo Alvoniy:-Krepostnoylik bekor qilinmaganmi?
    Choʻbir  uni yana joriy  qilganmi?

    M.Yusuf:- Yoʻq, undan battar koʻzga chalinar.
    Munavvar Qori: – Ming sakkiz yuz oltmish birinchi  yili,

    Aleksandr  Ikki mangu zaribdor.
    Bu ablah qonunni yoʻq qiluvdi, yo!

    Behbudiy:-Unday boʻlsa uning yomondir  feʼli.
    Ex, voy-ey bevafo, oh qoʻtir gumroh!

    Sh. Rashidov:-Choʻbir ham vatandosh, insofga kelar,
    Eliga kechikmay yaxshilik tilar?

    Tavba qilsin anglab qilgan gunohin,
    Kechsin  taxtdan, kiysin darvish libosin.

    Ezgu yoʻlda topib el ichra sharaf,
    Olloh rahmatiga boʻlsin musharraf.

    Tabarruk insonlar suhbatin bitdim,
    Men, Murtazo, sizga esdalik etdim.

  • 2-qism

    Yegani non topmaganlar etsalar tarki Vatan,
    Baʼzilar har kunda jamshid bazmini  qursa ajab.(Oʻlmas Jamol)

    Qish ketib bor edi bahordan belgi,
    Dillarni  yayratib iliq  yel keldi.

    Erta – kech shaharni etsam tomosha,
    Koʻcha toʻla odam, zipillar shosha.

    Qozon vokzalidan Dedov Domgacha,
    Gʻuju – gʻuj musofir yigʻilmish ancha.

    Darbadar ekanin bilmoq chun nega,
    Dilda gʻam ohista bordim yoniga.

    Musofir bosibdi Moskov koʻchasin,
    Ne balo oʻzi deb tutdin nechasin.

    Vatan tarkin etgan musofirlardan,
    Non izlab har ishga hozirlaridan.

    Hol soʻrdim Tanidi nechovi meni,
    Ne kuyda yuribsiz, gapiring qani?!

    Oʻzbekka oʻxshaysiz, oʻzbekda ne hol?
    Suhbatga qoʻshildi sargardon ayol.

    Nochoru, oʻksikdan koʻzi yosh edi,
    Choʻbirni qargʻab u, ushbuni dedi:

    Koʻpchilik besohib, yiroq vatandan,
    Tahqiru turtkilash toʻydirdi jondan.

    Pul topsang, yotar joy topmoq maholdir,
    Zax podval topilsa, katta imkondir.

    Yosh qizlar hunarsiz nochor fohisha,
    “Xozyayin” narx pichar tanga  yarasha.

    Ona yurt sogʻinchi – diydor sogʻinchi,
    Butunlay yoʻqolgan yurakning tinchi,

    Yana bir musofir koʻz tashlab menga,
    Aka,  qoʻshiling, – der, – bizning gurungga.

    Sal chetga chiqdigu soʻrashdik tezroq,
    Xoʻsh dedim ayting-chi anigʻin ozroq.

    Oʻtovni tap-taqir yamlagan kimdir,
    Yeb, oʻyib oʻtganday tavila choʻbir.

    Tuproq ham toʻrt qarich choʻqibdi goʻyo,
    Yon – verda koʻrinmas bironta giyoh.

    Yer ustin qovurib tashlabdi chunon,
    Sudralishga hatto joy topmas ilon.

    Borligʻin yaylovning toptabdi qurgʻur,
    Gumrohga  oʻxshaydi, gunohi ogʻir.

    Ikki daryo aro ajam elida,
    Past – baland qaqqaygan  dor  qator qirda.

    Oʻng “soʻlga”  qalqiydi Mashrab sirtmogʻi,
    Qaygʻu ohangida taralar ohi.

    Goʻyo, ki zorlanar: xufyona ishlar,
    Keltirdi boshimga mudhish tashvishlar.

    -Ikki oʻn yil aro odam bilmagan,
    Yana ne qoldi, – der, – qoʻzga ilmagan?

    Ha yana eslatay, qolma gʻaflatda;
    Xorijda qullarga xaridor katta.

    Gar shoshmay pullasam  barcha qullarim,
    Umid bor: moʻmaydan ortar pullarim.

    Yashnagan, gullagan chamanlarim bor,
    Toʻppasday  choʻrilar xizmatga tayyor.

    Har joyning oʻz toshi, tarozisi bor,
    Dollar narx qullarim ovozasi bor,

    Boʻlganday otasi mashhur savdogar,
    Choʻt qoqib hisoblar pulini qirq bor.

    -E, E… toʻxta, soʻz ochma, ota haqida,
    Kim edi – noaniq, gapning naqdida.

    Onasi tojikdir, barchaga ayon,
    Millatin etmas u hech qachon bayon.

    El aro tarqalgan shundayin mish – mish,
    Guyo ki otasi yahudiy emish.

    Qon yuqli tishlari tutmas tilini,
    Farqiga yetmaydi qurugʻu, hoʻlni.

    Hovliqib  yoʻqotmish yurar yoʻlini,
    Oʻgʻri  deb, tavakkal, tutar toʻgʻrini.

    Oqillar  darbadar, ayanchli  holi,
    Ish izlab tinmaydi, yoʻqdir qarori.

    Aziz vatanini, azizlar tashlab,
    Ketganlar ruslardan boshpana izlab.

    Londonlik jadidlar ishkal ishini,
    Bilsada sugʻrolmas qon yuq tishini.

    Yejovni oʻziga atar koʻkoldosh,
    Bulganday u bilan goʻyo maktabdosh.

    -Koʻp narsa menimcha qolyapmi chala,
    Tun, kun palak otar oshkadi kalla.

    Qadriga yetmayin tillo tangani,
    Otmoqda ortimdan tosh ham taʼnani.

    Tahkursing ber – deyar, – turli bahona.
    Berguvchi, ma senga – boshqa devona!

    To hanoʻz bilmaslar men kimligimni,
    Har ishga chechanu mohirligimni.

    Yuz minggin yetkazsam agar yasoqqa,
    Noumid boʻlmayin yetarman haqqa.

    Buyukning nomiga toʻqib igʻvo, ming,
    Sallanglab doʻq urar uyub qovogʻin.

    Adolat sanashar igʻvoni zoʻrlab,
    Ish tutar doimo nifoqni koʻzlab!

    Meni atashsaydi Islimi Gulxan.
    Baloni toʻsardim boshlagan kundan.

    Osiylar ham bugun  chiqmoqda sondan,
    Saboq sepmoq  boʻlib elga imondan.

    Toʻkar nazr – niyozga lim – lim kosani,
    Koʻziga ilishmas aqli rosani

    Kimmiz tarixda, – deb chunon gʻoʻddayar,
    Barmoq-la sanarli menu Kobalar.

    Xudo bergan zotni, biling, bandasi,
    Turtib oʻtar ekan boʻlsa hassasi.

    Suhbatga qoʻshildi salom deb biri,
    Alamu nafratga toʻla gaplari.

    -Boshidan sasiydi baliqlar asli,
    Zavol yaqinlashsa, bitmas kasali.

    Juda koʻp xufyona ishlar bu elda,
    Qoʻrquvdan aytilmas, saqlanar dilda,

    Hozir ham topilar aygʻoqchi, xoin,
    U har yerda paydo, biladi joyin.

    Ikki oʻn yil koʻproq yoʻqdir oʻzgarish,
    Yoshlarga urf boʻldi xorijga yurish.

    Uyda na gaz bor, na elektir, koʻmir,
    Sovuqdan qaqshaydi joni bor dir-dir.

    Choʻbirning orzusi xorijning puli,
    Oʻzbek farzandlari dollarning quli.

    Erkni koʻp toptagan choʻbiri ayyor,
    Haq talab churq etmas “GULAG”i tayyor.

    Qirgʻinga qoʻl urdi, siyosatu doʻq,
    Qasd qilsa, yetarli omborida oʻq.

    Yurt hokimi u – Komfirqa sabab,
    Elim boyligini toʻymaydi yalab.

    Har yurtga ming-minglab tarqab farzandlar,
    Ish izlar – non izlar, koʻpdir qarzlar.

    Bu yoʻlda koʻplari majruhu bemor,
    Yo ota – ona, yor diydoriga zor.

    Kimdir yillab koʻrmas farzandlar yuzin,
    Sogʻinar, Vatanda qoldirgan izin.

    Oʻlkada xoʻrlangan oqillar bari,
    Adl istab ketdilar Rossiya sari.

    Koʻpayib bormoqda yetim – yesirlar,
    Puldorga egilgan ayol asirlar.

    Tashnalik, ochlik, kasallik – zolim,
    Yupunlik bu yurtga hukmron doim!

    Lekin “Yurt boshi”  ning tili bir quloch,
    -Obod etdim yurtni, yoʻqdir yupun, och.

    Martabamga hasad – solmoq chun raxna,
    Igʻvo toʻqishadi necha toʻr ziqna.

    Choʻbirboy zorlanar mudom xalqidan,
    Gʻururlanib koʻproq oʻzin aqlidan

    Ammo saylovoldi ul sanalarda,
    Koʻp sonli uchrashuv tantanalarda.

    Vaʼdalar qiluvdi koʻksiga mushtlab,
    Zahmatkash xalqining koʻnglini xushlab.

    -Maqsadim tugatish elimning gʻamin,
    Tinchligu toʻkinlik etilar taʼmin.

    Yashaysiz gazlashgan obod uylarda
    Madhingiz kuylanar qoʻshiq kuylarda!

    Bir mayiz topsam gar,parvo qilmangiz,
    Qirq boʻlak qilib yeb, shukrona deymiz.

    Xudo siylaganni axtarmang uzoq,
    Mana men! Burningiz ostida ilhaq.

    -Sohibi taxt boʻlgach, tutdi oʻzga yoʻl,
    Yurtda qashshoqligu haqsizlikdir moʻl

    Bilindi: qiztaloq sozlab aldabdi,
    Ishongan dillarni laqillatibdi.

    Biz ishondik shumga chindan berilib,
    Jon bosib choʻbirga yurdik kerilib.

    Afsus, nafrat toʻla ushbu hayqiriq,
    Shoʻro  siyosatin eslatdi aniq

    Choʻbir ham komfirqa gʻoyasin quli,
    Onggida soʻnmagan puch gʻoya nuri

    Komfirqa malayi kasalga asir,
    Ichburuq qurganday ichiga qasr.

    Qilarga ish topmay Lenin bahona,
    Dekreti yer sharin etmish devona.

    -Stalin qurmagʻur koʻp narsa koʻrgan,
    Qon   toʻkish fanidan bizga dars bergan.

    Tik turib hayiqmay Stalin hoqon,
    Tunu kun tinmasdan talab qilgan qon.

    Tengi yoʻq jahonda dohiyi oʻlgur,
    Yuz ming zarb, yuz mingga choh qazgan chuqur

    Zavol topgandi  koʻp el taqdirlari,
    Sababi: Leninning shum tadbirlari.

    Stalin esa har gal Ilich yoʻlidan,
    Jazoda qoʻllagan qiynoq zoʻridan

    Qonsiragan qalbi tinchimagan hech,
    Surgun, qamash boʻlgan maqsad erta kech.

    Yuz minglab mahbusga goʻr tayyorlatdi,
    Keyin milyonlarin tutday qulatdi

    Oʻn million bemor – najotsiz inson,
    Kommunizm ur-ra! Deb taslim etdi jon

    Yana shundan koʻpi savuqda qotgan,
    Tirigi haqsizlik jabrini totgan.

    Ochlikdan milyonlab oʻlganlar ham bor,
    Zulmining domiga boʻlib giriftor.

    Oʻn milyon qoʻrquvdan oʻti yorilgan,
    Koʻprogʻin proletar birlash!, sovurgan.

    Ellikming, oltmishming, mingmas, million,
    Sanoqsiz koʻmganin aytdim taxminan.

    Ularning oldida men bir musicha,
    Xizmatim  Vatanga  shu – kim  tushunsa.

     

     

    ****                              ******

    Oqilni suqladim, – deydi, – koʻrnamak,
    Ajdo shoh boʻlish chun suq, gʻaraz kerak.

    Yaxshilik kirmagay hatto tushimga,
    Sinmas, der – tosh otsa qon yuq tishimga.

    Tirtaytib pes yegan tirish yuzini,
    Ikki qilmas emish bitta soʻzini.

    Irjaytib gʻirt qoʻtir maraz betini,
    Ma senga! – koʻrsatar kalta putini.

    Yusufning kentida keti pistaqi,
    Chivinlar qoʻnmoqda men toʻkkan qonga,

    Boshida jimjima toʻrt qirra toqi,
    Qarangki “ul maxov” oʻxshaydi molga.

    Koʻzlari oʻqraygan, koʻkargan boʻrtiq,
    Oʻchakib nazarga ilmaydi meni.

    Pes boʻlay, ajalga qilmasam tortiq,
    Yalay, deb intilar “gulday” betimni.

    Solehni ushlasam, undan soʻng koʻring,
    Hech kimmas nazdimda qochoq Boburing.

    Ushlayaolmasam  turolmasman tek,
    Koʻzimga koʻrinmas hatto Ulugʻbek.

    Soleh Muhamadni oʻldirolsam gar,
    Jaxonda koʻringki Temur men takror.

    Temur men deyishi Choʻbir nasoro,
    Kurakda turmasdir bu gapning oʻzi.

    Qolganday tarixda siniq togʻora,
    Ertani koʻrolmas koʻrnamak koʻzi.

    -Suqchiman koʻr qilgum pok koʻzni tezda,
    Daryolar muz boʻlib koʻrinar koʻzga.

    Chindan bir suqlasam, togʻlar eshilar,
    Yeru osmon birdan gʻorday teshilar.

    Bir lahzada gʻarqdir suvga hammasi,
    Hatto choʻkib ketar Nuhning kemasi.

    Oʻrmonlar yonadi dosh bermay suqqa,
    Dengizlar lovullab  aylanar choʻqqa.

    Suq solib yursa-da odimlab bazoʻr,
    Nomasin olchaq shoh yozmoqda hozir.

    -Xayriyat, ruslar ham, qaramay qoʻydi,
    Shukr, davr yetdi, koʻzim qonga liq toʻldi.

    Tushmagur quloqni osmonga tomon,
    Uzguncha choʻzardi, burovlab yomon.

    Shu paytlar qoʻrquvdan goh  pisib yurdim,
    Rus ketdi bir choʻpchib oyoqqa turdim.

    Suqimni ishlatsam, aylanmas yer ham,
    Shunda boʻlar edi alamlarim kam.

    Zoʻr tuzum tuzdim der- boqiy saltanat,
    Tashi yaltirogʻu asosi toʻhmat.

    -Saltanati qursin, borligʻi soxta,
    Oʻzbeklar shuurin  etgandir axta.

    Yosh, qari goʻyo gung ocha ochmay lab,
    Soʻkadi tolein, qargʻar yer mushtlab.

    -Voh falak, suqchini shoh qib oʻzimiz,
    Gunohkor kim desang, izlar koʻzimiz.

    Xudo ursin uni, aldov hunari,
    Koʻzlarga mil tortar, koʻrmas  koʻplari.

    Shoh boʻlgach ruslarga ket,-dedi,-tezdan,
    Uskina, xomosh yo chiqdi soʻng izdan.

    Iqtisodiyoti charchatdi xalqin,
    Siyosatda ham moʻl gʻarazli talqin.

    Oxirgi choʻpgacha chiqarmay sondan,
    Oʻlguncha tepsang ham tushmasmish tomdan.

    Achchiqlanib moxov, kuyonchik tutsa,
    Shaytonlab shataloq otadi har gal.

    Movunga irgʻitar qoʻlga ne tushsa,
    Yon-verdan kim oʻtsa uradi changal.

    Kotibin soʻkib,- der, – nazar sol tashga,
    Yurganlar xeylaku tutmagan mushtga.

    Qalovlanma, -deydi ,-buncha oldimda,
    Kafaning bichganman, bordir yodimda.

    -Koʻzini loʻq qilib boplab aldaydi,
    Toʻqsoni hal faqat, oʻni kam deydi.

    Biz turgan  kishvardir ulkan mamlakat,
    Ruslardan qolganmish juda koʻp illat.

    Elni eplaguvchi menman zulfiqor,
    Neni kim istasa, topgay menda bor.

    Ishkal ishlarim-chi, peshonam shoʻri,
    Sezmay yurgankanman men noshud boʻri.

  • 3-qism
    Ustozlar

    Toychaga jonkuyar-omoʻzgor partkom,
    Esingdan chiqmasin deya intiqom.

    Obkomin oldiga obborgan iblis,
    Hazillashgach ilk bor ketiga dayus.

    -Chin dildan olgin sen taʼlimni undan,
    Boshqasin qoʻy-degan,-chiqmaysan yoʻldan.

    Tuzumni izmingda tutmoqlik uchun,
    Choʻbirmas, hangi boʻl, tepib tur tun-kun.

    Yoʻrgakda haftiyak yuqqan kasallik,
    Kun sayin, rak kabi quritar ilik.

    Yagoda, Yejovdek yigitlik payti,
    Oʻqigach, Beriya davriga yetdi.

    Oʻqirdi Ilichning “mashʼal” dekretin,
    Havasi ortardi ustozga butun.

    Ustozdan toychasi neni oʻrgandi?
    Ur, yiqit gʻoyaga-non, tuz bergandi.

    -Aniqroq ayting soʻz, shoshilinch paytda,
    -E…, shoshma, aytaman kelgusi baytda.

    -Yurak yorilmasmi eshitsak barin?
    -Eshiting, soʻzlayin minggidan birin.

    -Choʻbir ham bilarmi gʻoya bozorin?,
    -Yodaki dedim-ku bandi solorin!

    -Qancha koʻmgan?, ayting, shoirjon barin,
    -Ha…, axtarishmoqda shaxta mozorin.

    Ikki oʻq ila tinchitgach  Kaplan,
    Oyoqdan qoldi soʻng toʻlgʻanib ilon.

    -Buyurdi, otlaning!, endi vaqt qisqa,
    Ha, demay bitajak ozroq ish qolgan:

    Kommunizm qurmoqqa gʻov boʻlgan togʻni,
    Agʻdarmasang boʻlmas “gul ochmas” bogʻni.

    Ziyoli qolmasin biron hududda,
    Xudosiz yangisi yaratilmoqda.

    Kommunizm qurmoqqa ziyoni borlar,
    Ziyo tarqatolmas ong-aqli torlar.

    Dekretda paydar-pay shul haqda degan,
    Shundayni onglarga singdirib kelgan.

    Shiordir: kommunizm qurmoklik niyat,
    Moʻl-koʻllik qoʻynida yashar jamiyat.

    Har qanday gʻovlarni yiqamiz bir-bir,
    Lenincha gʻoyamiz har ishga qodir.

    Ziyoli dindorlar davroni yitgay,
    Xudosiz bir goʻzal jamiyat yetgay!

    Shu gʻoya amali uchun qaygʻurib ,
    Turli nom dekretlar chiqdi ulgurib.

    Xullas, Ilichining gʻoyasi “mashʼal”
    Gar boʻlsa, kommunizm qurish  boʻlar hal.

    Ilich ning mashʼali tarqatib “ziyo”,
    Qurbon berisharkan bu yoʻlda goho.

    Har kuni mingtacha va yo kim koʻproq,
    Tinmasdan koʻmardi hokimi mutloq.

    Dohiysin sal oldin tutib kuyonchik,
    Qolgan ishlariga kuyadi ichi,

    Jon talvasa payti Buyuk Ilichi
    Oyoqda tursin,- der,-poy yalang ishchi!

    -Ovrupa turibdir bizga yonma-yon,
    Sal kunda oʻtadi bizlarga tomon.

    Internatsional buyuk gʻoyamiz,
    Hal qilar har ishni tushsa soyamiz.

    Ovrupa inqilob ellagan qitʼa,
    Ha desak yuz burar ular bir safda.

    Ilichga maslakdosh Yevgeniya bosh,
    -Gʻoyasin boyiting,  yangilik qoʻshing.

    Urf boʻlsin sizlarga ijod yaratmoq,
    Ilich orzulari siz olgan bayroq.

    Borsinlar mushtumzoʻr Ameriko taraf,
    Singdirsin gʻoyangiz soʻzsiz harfma-harf.

    Yuboring Trotsskiy mashhur orifni,
    Va qoʻshing Kamenev kabi tolibni.

    Plexanov vaysaqini yubormang zinhor,
    Qon toʻkmoq turidan emas xabardor.

    Maqsadlar amalga oshmasi mumkin,
    Ozod arxipelagin qoʻying deb erkin.

    Bilsin Krenitsskiyni avvalgi galda,
    Qochganin bizlardan qanday, qay holda.

    -Orjonikidze der:- Yon-verdan qushlar,
    Ucholmas, Yagoda, Koba bor,-Boshlar.

    -Ham bilsin Oqchilar erodlarini,
    Va qochgan Romanov zuryodlarini.

    Yurmasa ishlari, ketkizib hushdan,
    Erkni istovchilar qaqshasin mushtdan.

    Bordi-yu isyonchi koʻtarsa shov-shuv,
    Boʻlmasin, yoʻl bermang, zinhor olishuv.

    Gupchakday   shishirsin qoʻlu oyogʻin,
    Ayamay yuz koʻzin, burni, qovogʻin.

    Ovrupa inqilob holda xullasi,
    Sal imda oyoqqa turar ustasi.

    Butun dunyo hozir kelgan larzaga,
    Jim turish lozimmi? Aytingiz nega?

    -Koʻz yumsam har holda turingiz siz tik,
    Proletar boʻlmasin chor taraf tit-pit.

    Esi qochib soʻzlar, shogirdlarim-chi,
    Kobani atang oʻz safda birinchi.

    Chin yakin oʻrtogʻim Trotsskiyni,
    Bilingiz qaltis payt xoloskor, emchi.

    Eng koʻrkli xramlar shahvoniyxona,
    Bundayrogʻin esa dedi, – otxona.

    Kunduzi asira suluv qizlarni,
    Qip-yalang tanlarin qilgan tomosha,

    Xullas, xramlarni “gullatib” bir-bir,
    Oʻzin ulugʻlatgan turqi pes oʻsha.

    Malaklar shogirdlar vaqtini xushlab,
    Quchoqni keng ochib tutardirlar lab.

    Xramlar zarini qirtishlab oldi,
    Foishu fohisha zino hukmida.

    Imonli qavmlar hayratda qoldi,
    Poklik ham tugadi ozoda dilda.

    Sutumlarin yoqib ayladi kulga,
    Ikonlarin otdi qurtlagan koʻlga.

    Hulvalar uchgan soʻng qubba moʻridan,
    Axlat hid tarqatdi xram toʻridan.

    Tan olmay  Xudoning qutlugʻ yoʻlini,
    Tahqirga tutdilar Xudo uyini.

    Injilu Bibliya oʻtga otildi,
    Yolgʻon gʻoyalarga imon sotildi.

    Hayotga yoʻl topdi fahish soyasi,
    Tuproqni qovurdi ablah gʻoyasi.

    Komillik yoʻq boʻlsa manzil qurolmas,
    Ongi kirlashganlar tinchib turolmas.

    Chertganda jaranglar qon yuq kosasi,
    Martinda quygandek temir ustasi.

    Qubbadan qulatib poʻlot qoʻngʻiroq,
    Ulardan yasatdi qurolu yarogʻ.

    Kreml bagʻridan taralar zahar,
    Pokiza gʻoyalar vaqtincha kasal.

    Eʼlon boʻldi mashʼum “Krasniy terror”
    Kam qoldi “terror”dan topmagan ozor.

    Qiron keldi minglab popu mulloga,
    Machitlar, cherkovlar aylandi kulga.

    -Qoldirmay mulayu bironta popni,
    Boʻgʻizlang, toshmayin qaynagan qoni.

    Bibliyayu Qurʼoni Karimin toping,
    Topgandan machit-la qoʻshaloq yoqing.

    Dediyu til tortmay oʻchdi nafasi,
    Kobaning kengaydi koʻkrak qafasi.

    Chaqirdi mashvarat Stalin tezda,
    “Xalq dushman”- deyish, der, – navbati bizda

    Dedi: “Xalq dushmani” nomli bir illat,
    Paydo boʻlmish, xavfda butun jamiyat.

    Ham deydi, – dohiymiz loshini yerga,
    Bermayin, maqtaymiz, botgancha terga.

    Inqilob olsin deb dunyoni birdan
    Ilichning oʻligi maqtaldi chindan.

    Oʻz qilmishi uning boshiga yetdi,
    Gʻoyasin ilojsiz tashladi – ketdi.

    Bu holga Stalin tashdan kuyundi,
    Ammo-chi ichidan, chindan suyundi.

    Dohiy vasiyatin tinmay aytardi,
    Jahoniy inqilob boʻlsin, deb dardi.

    Safdoshlar jamlangach, Soso yoniga,
    Trotsskiyga bigiz qib oʻqtaldi qoʻlni,

    Kimnidir niqtadi, turtdi qorniga,
    “Koʻpingga orzudir Ilichning oʻrni”!

    -Loshini koʻmdirsak koʻpayar dushman,
    Yangicha tuzumni raqib olmas tan!

    Murtadlar tik turib yigʻlashdi tashdan,
    Maqbara qurishga kirishdi toshdan.

    Loshini koʻmdirsak, teshar gʻalvirday,
    Yer osti xarobalar boʻladi unday.

    Yer osti tomonda ishlatib NEP-ni
    Qaytadan oʻtkazar iynadan ipni.

    Balzamlash lozimdir, bunday turmasin,
    Yerga berolmasmiz dohiy murdasin.

    Qurdilar eng qattiq toshdan qasrini,
    Olimlar yasashdi dohiy aslini,

    -Aldangan elga bu bir yuponch boʻlar,
    Tunu kun soqchilar qoʻriqlab turar.

    Koʻrganda avlodlar qattiq seskanib,
    Basharang qursin deb, yurmas jirkanib.

    Qasrda yotibdi dohiy kiyimda,
    Qoʻriklar soqchilar kunduz xam tunda.

    Otgan mahal, Kaplan hibs etildi,
    Ikki oʻq zarbidan  bagʻri tilindi.

    Maqbarasin keng qur, deydilarki biz,
    Ham sigʻaylik, garchi tirik oʻlikmiz.

    Umrga yoʻq, derlar, hech vaqt kafolat,
    Kutilmagan joyda paydo kasofat.

    Kobaning pirpirar qizgʻish moʻylovi,
    Kimgadir goʻr qazish fikr-oʻylovi.

    Yoʻl topib qoralar ichu tashini,
    Xotirjam uzdilar shoʻrning boshini.

    Quv-quvu ur-urlar yana boshlandi,
    Begunoh milyonlar chohga tashlandi.

    Chora deb qoʻllashdi Ilich NEP-ini,
    Qaytadan oʻtkazdi igna ipini.

    Bunday yoʻl ayirar bola-chaqadan,
    Qon qaqshar yuz minglar, mahrum otadan.

    Uzoq tutar oʻzni tuqqan onadan,
    Oqibatin ilk bor bilgandi Kaplan.

    Jahonda Kaplandek  topilmas jasur,
    Jannatiy ayol u, goʻri butkul nur.

    Eng mashhur dohiyni qildi sarishta,
    Oʻzi ham otildi, ruhi – farishta.

    Kim qilsa yomonlik, qaytar ilkiga,
    Hech kim ham tushunmas ilon tiliga.

    Iso ham chor mixda haq gapi uchun,
    Oʻziga qaytgan u – bajargach burchin.

    Davlatni mahv etgach Lenin lashkari,
    Eng avval Romanov pushti patradi.

    Ipatov uyining yertoʻlasida,
    Barisin otdirib koʻlin shopladi.

    Chexu Vengerlarning harbiysi birga,
    Turush berolmadi “qizil”day zoʻrga.

    Ikki oʻn million rus ham qirildi,
    Missiyam bitdi deb, koʻzi yumuldi.

    Qisqasi Iichlar bir qator oʻtdi,
    Umri tugab barzoq sari yoʻl tutdi.

    Mansab deb koʻplari boʻlishdi qurbon,
    Armonlar ushalmay topshirdilar jon.

  • 4-qism
    Taypoq havuz

    Bizlarda misol koʻp hadsiz, hisobsiz,
    Sarob gʻoya edi, u yoʻllar tubsiz.

    Raykomlar boshlagach mashvaratini,
    Oʻqirdi Korpusning yopiq xatini!

    Reja majburiyat, qonun kuchida,
    Tasdiqlardi barcha, dami ichida.

    Bajarmay koʻring-chi oʻsha rejani,
    NKVD izlar unday nechani.

    TsK-dan yoʻllardi xat ila buyruq,
    -Reja bajarilsin mukammal toʻliq!

    GOSPLAN dohiyning jiddiy degani,
    U taqdir, bajarmay koʻring-chi qani.

    Qamoqxonalarda chiriydi taning,
    Daragingni tompas hatto tuqqaning.

    Kun osha Korpusdan buyruq, yashirin,
    Rejaga kim qarshi – sud koʻrsin ishin.

    NKVD tulkisi, Georgiy Nazar,
    -Men deydi,-kezarman bozoru-uchar.

    Bir shum kampir-Narbish, laqabi echki,
    Ichburuq, toʻxtamas koʻr ichak pastki.

    Yettita tovugʻi mayak tugʻmasmish,
    Qay yerdan deydi,-u mayakni topish.

    -Etarli, yugurtir, bizmiz bu yerda,
    Ichburuq sabilin sozlaymiz tezda

    -Georgiy tutoqdi, qovogʻin uydi,
    Oʻqrayib raisga boqdi, buyurdi:

    Toʻgʻri gap kampirga yoqmadi chogʻi,
    Aniqla, tishlarin-qancha sanogʻi!

    Nega yoʻq? Nazarda tish sanash taʼbi,
    Bilsak biz yoʻq ekan zarra savodi.

    -Voy oʻlay, tishimning aybi ne ekan?
    -Vaysama, buyruqda shundayin degan.

    Men deya bu yerda ogʻiz juftlama,
    Qaqaqlab tovuqday kampir sayrama.

    -Oʻ…hoʻ …hoʻ, kampirning yetti tovugʻi,
    Tugʻmasmish, bahona qishning sovugʻi.

    -Tovuqlar sovuqdan qolmish tuxumdan,
    Pana joy emishdir shoxli gʻujumdan.

    -Aytgancha, Narbishning nasi bor, gapir,
    -Zax devor kapasi, xoloskorim pir.

    Hech kimi yoʻq, lekin asrandi qizi,
    Juda yosh maʼlummas tishidan  oʻzi.

    -Echkining kimi bor, aytgin jerbuqa,
    -Yashaydi soʻqqa bosh, echkiday toqa.

    Yonida dedim-ku, bitta qiz bachcha,
    Chamamda oʻn birmi, balkim oʻn uchta.

    -Aniq aytmayapsan, dayis, qiztaloq,
    -Nomlari qizchasin-Salomat siygʻoq.

    -Echkining soniga qoʻsh bir yo ikkita,
    Hozircha planga yetmas bir nechta.

    Iloj yoʻq qoʻshmasang, bizga ham qiyin,
    Yoʻq esa oʻzingni qoʻshib haydayin.

    Plan uddalansa, kutular hamma,
    Bu ogʻir siyosat, kalta oʻylama!

    Tishlarni sanashda aldab atayin,
    Yurmagin mazoqlab, bizni sen tayin.

    -E… toʻxta tishini deganding nechta?
    -Dedimku qurt yegan, oldida uchta.

    -Koʻzimga baloday koʻrinma rais,
    Kerilma, raykomning oldida dayis.

    Kampirni chaqirgin gapga solamiz,
    Tishlarin sugʻurib shartta olamiz.

    Georgiy doʻq urar: gapir qiztaloq!
    -Bilaman: qizing yosh, siygʻoqdir chatoq.

    Yetmish mayak-plan bajargin soʻzsiz,
    Vaysama, yoʻqolib ketarsan izsiz!

    Barchani qaqshatdi qishning sovugʻi,
    Tuxumdan qolgandir kampir tovugʻi.

    Soliqni toʻlashga emasdi qodir,
    Oqsochning maqsadi boʻlmadi hosil.

    Raykom, NKVD va yana birov,
    “Uch yilga qamoq” deb imzolar darrov.

    Yettita tovuqqa soliq yoʻq endi,
    Rais ham bir yoʻla tashvishdan tindi.

    Hech kim tinglamadi kampir zorini,
    Dod soldi, kargʻadi zulm ozorini.

    -“Necha dona boʻlsa ogʻzidagi tish,
    Shuncha belgilansin muddatni oʻtish!”

    Deya berdi Nazar qatʼiy topshiriq,
    Uchta ekan tishi, chirik ham qiyshiq.

    Uch yilga qamaldi kampir oʻshal kun,
    Oʻksik qalb oʻrtandi, yosh toʻkdi beun.

    -Er bilan bitta qip nomus orimni,
    Tuxum deb qamading oq soch kampirni.

    Yigʻlaydi dod solib, laqab echki-ot,
    Hayotda toqayu va hamda bezot.

    -Muncha qargʻanasan, qishloqi juldir,
    Korpusning talabi-qarori shuldir.

    Bahona ketmaydi, sen shuni bilki,
    Aljishing befoyda, soʻqqabosh tulki.

    Raykomning nazdida bir sassiq gapsan,
    Guyo ki palagʻda bitta  mayaksan.

    Soliqning har turi qonun kuchida,
    Uni toʻlamoqliq elning burchi-da!

    -Sindirding qalashib turgan suyagim,
    Boʻyningni sindirsin yetmish mayagim.

    Berarga qolmadi hattoki bitim,
    Yoʻqchilik quritdi tandagi etim.

    Ey Xudo, oʻzingsan har ishda qodir,
    Haqsizlik umrimni yondirayotir.

    Insofsiz xoʻjalar qonimni soʻrar,
    Itvachchalar qachon jazosin koʻrar?!

    Achchiq alamlarin soʻylab birma  – bir,
    Koʻzda yosh, faryod-la qargʻanar kampir.

    -Uch yozu qish ham uzoq muddatmas,
    Yigʻlamang, boshingiz omon  boʻlsa bas.

    Bu kunlar vaqtincha boshda, onajon,
    Kampirga nasihat  qilar raykomxon.

    Gap qoʻshar mingʻirlab Georgiy Nazar,
    Soʻzlari nishtarki, yurakni ezar:

    -Jazongni oz berdim, buni unutma,
    Muddat kamayar deb, hech qachon kutma!

    Shunday rasm boʻldi elni qamashlar,
    Shu asosga koʻchgach tergovda ishlar.

    Oʻsha  xil zamonlar oʻtdi, yoronlar
    Tish, quloqqa qarab jazo moʻhlatin,

    Tayinlab,  quydirgan jala, boʻronlar,
    Kanori be oʻlchov “GULAG” sarhadin.

    -Majburiyat oyi, esa kelgusi,
    Bosh ogʻriq demasdan endi bunisi.

    Bajarmay kelyapmiz rejasin NEP-ni,
    Uyatmasmi agar sudrasa meni?

    Korpus buyrugʻida avf aslo yoʻq ham,
    Yalqovni toʻp – toʻgʻri turma qil degan.

    Rais va partkomlar xoʻjaligidan,
    Topsinlar yo kechsin jigar, jonidan.

    Qatagʻon rejasi har oyda endi,
    Uchtamas besh kishin  joʻnatsin deydi,

    Gar boʻlsa sizlarda erkaklik hissa,
    Uchtamas yangi oy besh kishi esa.

    Har  boshga yangicha soliq  yuklandi,
    Yangi tur soliqlar tezda tiklandi.

    Har bir tirik jonga ming dona tuxum,
    Yuz kilo sariq moy, yo bersin pulin.

    Bajarish shartidir Korpus buyrugʻi,
    Qobul emas bahona, gapning qurugʻi.

    Kimdan – kim bosh tovlar, tayin qamalar,
    Otilar. Ehtimol, – turli choralar.

    Xoʻjalik yuborsin goʻsht oʻttiz tonna,
    Stalin tugʻilgan kunga toʻyona.

    Kolxozning raisi gʻamda, motamda,
    Tovuq, mol qolmagan elda shul damda.

    Doʻq  ustiga doʻqlar, tez top serrayma,
    Topshiriq Korpusdan hazil deb bilma!

    Erkaklar frontda, ishda oʻsmirlar,
    Ichga tortgan qorni, kunda non soʻrar.

    Na don bor, na non bor – hamma birday och,
    Oʻydadir rais ham, topolmas iloj.

    Odam yoʻq  qishloqlar qolgan huvillab.
    Gʻamda yurar rais boshiga mushtlab.

    Yana doʻq ustiga qatordir doʻqlar,
    Qattol NKVD raisni yoʻqlar:

    -He enangni seni … topma bahona,
    Oyogʻing bilib bos, soʻqir devona.

    Olib kel-kaduday koʻrinsa boshi,
    Urush payti boʻlmas odamning yoshi.

    Oʻylab koʻr: bu kunlar kelib ketishin,
    Bajarsang, – der Nazar, – yogʻlidir oshing.

    -Iloj yoʻq, turma qil, Nazarbek pirim,
    Dohiyning  shaʼniga qilmasman irim.

    Ish yurmas, boʻysinmas!, deb qoralandi,
    Raykom amri bilan rais qamaldi.

    Georgiy tutoqdi: Dohiy qadrini,
    Mensimay yoʻl tutding! – sochar zahrini

    Janozang oʻqiyman, ishlatma  hiyla,
    Mullaga  oʻxshaysan, boshingda salla.

    Nazarboy depsinib vahshat soladi,
    Qoʻrquvdan qaltirab kampir toladi.

    Yer mushtlab, nochor hol kampir qargʻanar,
    Churq etmay turadi Nazar Enagʻar.

    -Ne uchun bularni tortmaydi tuproq,
    Ey Xudo, ular bor – doʻzax hamma yoq.

    Yaxshiyam ilonga oyoq  bitmabsan,
    Borliqni yutsin deb imkon tutmabsan.

    Planing boshingni yesin senlarni,
    Bedavo dardga duch boʻlgan peslarni.

    NKVD, raykom qilmay andisha,
    Kampirga jazoni etdilar pesha.

    Nadomatlar boʻlsin, kuydi dimogʻi,
    Gul ochmay xazondir umidlar bogʻi.

    Yozyapman Choʻbirning ustozi haqda,
    Oq sheʼrni bitolmam – bu chigal gapda.

    Gar bersa choʻbir ham oʻzi eʼtibor,
    Barmoq vazni maʼqul, shoir havaskor.

    Zaifroq boʻlsam-da adib ilmida,
    Ne boʻpdi kuylasam Bolgʻali tilda.

    Qamalgan  edilar bir chol, bir kampir,
    Birisi yetmishda, chol-chi – sakson bir.

    Kampirda yettita tugʻmas tovuq, oq
    Cholda bor birgina toycha toʻbichoq.

    Toychaning egasin ming qoʻyli boyday,
    Burjiy deb qamashdi, koʻz yoshi soyday.

    ****                              ****

    Alvido ustozim! Endi ne qilsam,
    Aytganing boʻlarmi,tutday toʻkalsam.

    NKVD qasdi kirishsa ishga,
    Chindan ham eʼtibor berarkan tishga.

    Misollar keltiray, tinglangiz bir dam,
    Jabrini tortganman bir vaqti men ham.

    Duv-duv gap ovulda: sugʻrilsin tishlar,
    Songa boqib muddat belgilarmishlar.

    Tovba dey, qonuni boshidan qolsin,
    Bizlar ham uzdirdik, uylari yonsin!

    Otalar avaylab tishin bolasin,
    Sugʻurdi qoldirib uchta donasin!

    Jazo balosini shunday ozaytdi,
    Omon boʻlsa, rizqin topar deb aytdi.

    Tish uzdirgan bola ataldi botir,
    Umid bor, joyidan tish otar tomir.

    Qatagʻon avjlandi, – urushdir sabab,
    Hech kimsa huquqdan ochalmasdi lab.

    Bolalik chogʻimda, esimda hamon,
    Yurtdagi taʼqibdan topmagan OMON.

    Ikki xotinligi edi gunohi,
    Biri koʻr ham  bukri uning hamrohi

    Kattasi befarzand, yigʻlamoqdan koʻr,
    Kenjasi shabkoʻrdir va yana bukur.

    Azaldan bezuryod – tirnoq gadosi,
    Ollohga yetmagan oʻksik sadosi.

    Umid bogʻlab brigad xudo mehriga,
    Uylangandi nochor koʻru bukriga.

    Bukriyu ojiz ham Oʻzin bandasi,
    Dunyoga keltirgan chin arzandasi.

    Talabgor chiqmagach, Tursin shul chogʻda,
    Farzandsizlik oʻrtab, yurgandi dogʻda.

    Ajabmas Ollohim bersa oʻgʻil, qiz,
    Nomi oʻchmasdi-ku dunyoda izsiz.

    Shunday niyatlarda brigad uylandi,
    Bukri ham beega, oʻksib yurgandi.

    Jazo kelsa bizga, deya, mabodo,
    Yuldirdi koʻp tishin eshak saroyda.

    Loʻlilar har turli tabobat-la band,
    Biri tish yular va kinna silaydi

    Xumorcha sotadi tojdor xoʻroz qand,
    Yana biri koʻzga duo suflaydi.

    Qoldi bisotida oʻn uchta tishi,
    Bukir tishi toʻliq – yoʻqdir tashvishi.

    -Boʻlmasa – dedi bukir, – men ham uzdiray,
    -Senga daxli yoʻqdir, turgin bildirmay.

    -Sezsa qamalaman, muddati katta,
    Bevalik gʻurbati ogʻir gʻoyatda.

    Mayliga uzsalar ikkimizdan tish,
    Yonma – yon yursak bas, yashab betashvish.

    -Tishingni oʻrnidir hayotda muhim,
    Bekorga, tentakim, bermas xudoyim!

    Tentak siz yo menmi, voy-ey oʻlayin,
    Boʻyimda bolam bor, endi netayin?

    Boʻyingda bor boʻlsa, ilojin qilay,
    Rus yurtin xabarin borib bir bilay.

    Ketib rus yurtiga olsam joylashib,
    Qondirmam, chaqirgum maslahatlashib.

    -Bolam oʻris boʻlib tugʻularkanda,
    Oʻzgarib millat, din, boʻlsak sharmanda.

    Ne yuz-la  boqarmiz oʻzbek yuziga,
    Rozi  boʻlami el bergan tuziga?!

    -Oʻris ham, Barchinim, Xudo bandasi,
    Ogʻir boʻl, bor boʻlsin poklik qalʼasi.

    Insofda oʻrislar koʻplardan durust,
    Munglugʻqa, Oyparchin, oʻris erur doʻst!

    Ikkovda qolgan tish qirqtadir jamʼi,
    Lekin dillarda koʻp alamu gʻami.

    Qayragʻoch kesishga ketdi er gʻamgin,
    Butay deb oila, roʻzgʻorin kamin.

    Ammo qonunsizlik zamoni edi,
    Jazo bukur koʻrga ham yetib keldi.

    Qustanay sariga boʻldi badargʻa,
    Quloq tutmadilar hech ohu zorga.

    Yigirma yil erga, ketmish Sibirga,
    Taqsimda shuncha yil berdi bukriga.

    Oila bisoti – yettita tovuq,
    Shoʻro raisiga etildi tortiq.

    Partkom  yeng shimarib kirishdi ishga,
    Moʻmaydan qovurdoq pishirdi tushga.

    Goʻdakmi,  oʻsmirmi qoʻrqib bu gʻashdan,
    Soppa-sogʻ  tishlarin uzdi bir boshdan

    Loʻliga meni ham etgandi enam,
    Tishlarin sugʻur, deb rosa yalingan.

    -Haqqingni olasan, bir etak olma,
    Qon ketsa, tezakni  tishlata koʻrma.

    -Sozlab  tep qorniga, – deydi Doniyor,
    Ogʻriqni sezmasdan turadi hushyor.

    -Qanchasin sugʻuray, ombur qayerda?
    Mangʻitoy toqati toq boʻlib orga.

    Doniyor tishlarim uzarkan bir-bir,
    Yetib keldi dodga Mangʻitoy kampir.

    Chidolmay, loʻliga shundayin dedi:
    -Jer jutqir tishiga tegmagin yendi.

    Urushning qurboni shoʻrlik otasi,
    Safari oxirlab, boʻlgan qaytmasi.

    Azobdan saqlagan ul momojonim,
    Mehrini yurakka saqlagum doim.

    Qon  ketsa shimarib loʻli tirsagin,
    Tishlatgan eshakning quruq tezagin.

    Yoʻq edi loʻlida pokiza latta,
    Latta nari tursin, yoʻq edi paxta.

    Kommunizm qurish yoʻlida edik,
    Ovrupa bir koʻrsin bizlarni, derdik.

    Loʻli ham och edi, burda nonga zor,
    Bir etak bolasi,  uyidir bozor:

    Noiloj, loʻlining oʻzida esa,
    Tinim yoʻq, non soʻrar bola-bolakay,

    Tashlardi ogʻziga ushoq non topsa,
    Tamshanib turardi yutib soʻlakay.

    Doniyor, Xumarcha, Gʻozi moʻltoni,
    Qoq meva, bukkancha yerdi olmani.

    “Kommunizm sari olgʻa! Der shior,
    Har yerda shu shior boʻlardi takror.

    Uni qonun qilmoq Korpus!, niyati,
    Har yerda izgʻiydi Korpusning xati.

    Loyshuvoq  hovlilar qolmish kimsasiz,
    Qurt qaynab qurigan ham toypoq havuz

    Tishsiz goʻdak chopar har tomon gʻiz-gʻiz,
    Bit bosgan nochorni quvlar xudosiz.

    Erkak zot barchasi ketgan urushga,
    Qolganin  qatagʻon tutar qoʻshmushtga.

    Qatagʻon rejasi eng asosiy ish,
    Der edi  partkomlar baho olgach besh.

    Yovuzlik aylandi odatga, koʻring,
    Noni moyli boʻldi har bitta zoʻrning.

    Ming – minglab lagerlar taratdi qomat,
    Gunohsiz jonlarga boʻldi qiyomat.

    Laʼnati turmaning ishlari ogʻir,
    Qiynoq – azoblari emas edi sir.

    Uch norma bajarish nasibdir kimga,
    Olardi xat yozish huquqin uyga.

    Quvonchin cheki yoʻq, gʻarib mahbusning,
    Yozardi, goʻyo ki gʻazalin toʻyga.

    Bu huquq egasin shodligi cheksiz,
    Unutar gʻamlarin boʻlsa ham erksiz.

    Xudo koʻrsatmasin, yoʻliqsa dardga,
    Uch yil qoʻshgaydirlar jazo muddatga

    Ishga chiqolmasa kimdir ilojsiz,
    Muddati toʻrt karra ortgaydir soʻzsiz.

    Normani toʻrt karra bajargan qulga,
    Qisqarardi muddat oʻnidan birga

    Milyonlab “GULAG”-i boshlarni yegan,
    Mingtadan birovi qaytganu oʻlgan.

    Soʻzda ulugʻlangan adolat har vaqt,
    Erk, yurt qoʻlingizda! – shior edi taxt.

    -Boʻy panohingizdir osigʻniq surat,
    Orzu armonlaring oʻshanga anglat.

    Dohiy Stalin u, uni sharafla,
    Umriga, ishiga omadlar tila.

    Jahonda yagona, topingin, unga,
    Hayot quyoshi u, yoʻl bermas tunga.

    Ham  odil, ham obod bir davlat qurdi,
    Oʻnlab oʻlka uning izidan yurdi.

    Jahonga tanitdi oshyonimizni,
    Ulugʻlang Stalin – quyoshimizni.

    Ovrupa qashshogʻu topolmaydi ish,
    Puldorlarin feʼli qashshoqni yulish.

    Turmada ham Stalin surati dahshat,
    “Erk” soʻzin shivirlab gapirmoqlik shart.

    -“Kommunizm mashʼalin” siz yoqmoqdasiz,
    Axloqsiz dunyoni tuzatmoqdasiz.

    Bu mamlakat sizga maskani donish,
    Unda boʻlgusi hal eng ogʻir yumush!

    Kommunizm boshlanar aynan shu yerdan,
    Kim, qachon qurilgan sotsializm degan.

    Amerika esa tamom toʻkilgan,
    Ibrat oling har chogʻ Stalin erdan!

    Sizni kutmoqdalar onalar uyda,
    Qaytsangiz, boʻrdoqi soʻyilar toʻyda!

    Bironta qoq suyak mahbusdan desa,
    Tinkasi qurigan, qanday ishlasin?

    Hurpaygan qip-qizil shapkador esa:
    Enangni … sendaylar yerni tishlasin.

    Ogʻirliq vaqtincha, bu kunlar oʻtar,
    Yaxshi ishlang, ogʻiz oshga ham yetar!

    Shundayin puch yongʻoq – gʻirt yolgʻon gaplar,
    Aytilgach, urralar samoga oʻrlar.

    Urra – urralarga aldangan sonsiz,
    Qirildi, yoʻqoldi nomu nishonsiz.

    Yozganim yoqmagay kimgadir balkim,
    Oʻtmish qissalari bu yozgan gapim.

    Hayot ham azaldan asli biri kam,
    Kim kafil shu taxlit qolur bu olam.

    ****             ***

    Tolib edim bordim yomgʻir, dovulda,
    Ne ishlar boʻlmoqda – koʻrdim ovulda.

    -Raisu partkomlar aldashgan kimni?
    -Mehnatda ter toʻkkan soda moʻminni.

    Gʻafforning boʻlasi Qulmamatni koʻr,
    Rustamu Suhrobdan dabdabasi  zoʻr.

    Minar boʻlsa, yoʻqdir hatto eshagi,
    Paxsa uy, yeri zax, poʻstak – toʻshagi.

    Ammo u deputat – nomi koʻp ulugʻ,
    Choʻntakda miri yoʻq, kisa qoʻp – quruq.

    Unvoni suvchidir – xizmat koʻrsatgan,
    Bir umr erta, kech arpa non totga.

    Qip-qizil bir medal bermishlar unga,
    Koʻksida iligʻliq, quvonch zoʻr shunga.

    Koʻrinar shodondek chaqnab koʻzlari,
    Qorni och, toʻqdayin yurar oʻzlari.

    Savod yoʻq va lekin firqa aʼzosi,
    Ichburuq, arpa non qiynagan, rosi.

    TsK-yopiq xatin yod bilar toʻliq,
    “Plan bajarilsin!” bu qatʼiy buyruq.

    Maqtovga koʻmilgan, tillarda oti,
    Egni yupun, nochor oʻtar hayoti.

    Uxlasa oyogʻin yechmaydi faqir,
    Yumshoq joyni ravo koʻrmagan taqdir.

    Ish haqi narxini oʻylamaydi hech,
    Biron bir mirini tutmagan  toʻti.

    Normang toʻrt yuz foiz, desalar rais,
    Burnini jiyirib, tarbayar puti.

    Lekin yalchimagan egni qiyimga,
    Har kun ish, umid bor ertagi kunga.

    Mamarasul maxsum tugʻma bir baxil,
    Hech kachon, hech kim-la boʻlmagan ahil:

    Der: Shodi ishida intizom harbiy,
    Ish joyda hech qachon olmagan tanbih.

    Udir Qulmamatdan mohir, zarbdor,
    Nega boshqalardeq topmas eʼtibor?

    ****            *****

    Yetmishinchi yillar topib toʻpimni,
    Esladim tish uzgan loʻli qurgʻurni.

    -Hozir ham jazoni belgilashlari,
    Tishini sanabmi xuddi ilgari?

    Hamsuhbat yurtdoshga  tashladim savol,
    Bugungi hayotda oʻzga emish hol:

    -Yoʻgʻe, zamon boshqa, yoʻriqlar yangi,
    Maʼnaviy hayotning oʻzgargan rangi.

    Shahvoniy hirsgadir eʼtibor katta,
    Bolshovoycha udum bu mamlakatda.

    Toʻrvaday qappaytsa kissasini kim,
    Har joyda oʻshaning fikridir muhim.

    Pul topish yoʻlida intilish qizgʻin,
    Baʼzilar ayamas kelin yo qizin.

    Oʻn sakkiz yoshlisi urfdan chiqmoqda,
    Oʻn toʻrt yoshli qizlar boyga yoqmoqda.

    Zoʻr kelsa ayrimlar zavjasin pullar,
    Koʻpayib bormoqda fohisha tullar.

    Anchayin  kun koʻrish endi mushkuldir,
    Hisobsiz suluvlar yuragi xundir.

    Oʻn toʻrt yoshlilarning taqdirin koʻring,
    Nasibi boʻlmoqda choʻntagi zoʻrning.

    Qiz tanlar amaldor amaldorlardan,
    Puldorga quda ham puldorlaridan.

    Endi obkomlar ham qoʻsh qiz tanlashga,
    Qiz tanlab, narx bichish tegmoqda gʻashga.

    Oʻshalar mullani quvib kirganlar,
    Bugun oʻn uch yoshli suluvni tanlar.

    Saralar xushroʻyin beli  sirtidan,
    Ohudek koʻz boʻlsa keladi gali.

    Koʻrinsa toʻppayib orqa ketidan,
    Tillo narx, tik turgan koʻkragin xoli.

    Puldorlar koʻpisin  tillodan tishi,
    Ombor mudir yoki ferma raisi.

    Oʻshalar oʻrtada – obkom odami,
    Puli oʻynatmoqda odamni omiy.

    Ilojsiz oʻgʻlini bachchabozlikka,
    Oʻlim deng, kutulish yoʻling haq bitta.

    Kim olar kambagʻal oila qizin,
    Teng-tengila, tezak qopi-la sezing.

    -Uylangan chogʻida kiyarmi nikoh?
    -E.. voy-ey mullani qir qilgan ablah.

    Nikoh yo janoza – sharʼiy fikr yoʻq,
    Mullani yoʻq qilgan obkom shox “Xoliq”.

    Biron kas bu haqda ochalmas ogʻiz,
    Marakka qachonlar qoqanlar gul mix.

    Qirq yillar oʻtdi,-der,-hamsuhbat Yuldosh.
    Birgadu bukriga ekan sinfdosh.

    Daragi boʻlmadi, eslab ularni,
    Oʻlganmi, tirikmi?, bilmam shoʻrlarni.

  • 5-qism
    V. Putin

    Putin oʻygʻonarkan erta tong sahar,
    Koʻrkam gulzoriga tashlaydi nazar.

    Qalbidan ezgulik joy olgan edi,
    Diliga taqdirlar oʻylar solgandi.

    Oʻylamay, netmay qalbi keng inson,
    Koʻchaga boqadi, boʻlmayin hayron.

    Qochoqmi yoyinkim jonidan bezor,
    Shu yurtga kelibdir – bir muammo bor.

    Quyun bosganidek, erkagu ayol,
    Qayoqdan kelgan deb chiqdi koʻchaga.

    Bu qandoq tala-toʻp, ne oʻzi ahvol,
    Biron kas boqmabdi nechun bu holga.

    Erkak ham, ayol ham sarson, darbadar,
    Shu kuyga tushmasdi toʻq boʻlsa agar.

    Kirtayib koʻzlari tortgan ichkari,
    Tortanak toriga oʻxshar yuzlari.

    Shaharlar talatoʻp, ne chun bu ahvol?
    Kelgindi bezovta nigohda malol.

    Bilanglab yurishi oʻzbekka juda,
    Oʻxshaydi, gʻaribning nedir oʻyida?

    Qay shamol uchirdi sizni bu yurtga?
    Mehmonmisiz yoki bizning hududga?

    Savol qildi Putin boqib mehmonga,
    Dardin yozdi yigit quvnab shu onga:

    -Oz qoldi oʻlkada oʻzbek oʻzi ham,
    Tirikchilik ogʻir, koʻp tashvish, alam.

    Shu sabab Moskva, Peterburg bagʻri,
    Qaynaydi goʻyoki mardikor nahri.

    Aralash – quralash kezar yosh-qari,
    Bolali ayollar sargardon bari.

    Goʻdaklar qorni shish, yurarga hol yoʻq,
    Et qayda?, badani suyakdir quruq

    Goh – goho inqillar, kalla kapaday,
    Koʻrinar onasi ancha xafaday.

    Ayollar gohida shikoyat aylar,
    Fikrini ruschalab shunday bayonlar:

    Ya i baba i mujik, nujda zastala,
    Ya korova i ya bik, takaya stala.

    Rus yurtdan oʻzbekning  uzoq  orasi,
    Yoʻl ogʻir, azobin chekkan barchasi.

    Bir chimdim yordamga zordirlar ular,
    Yirtiq shim, etikka toʻla xaltasi.

    Cheki yoʻq goʻyoki mahshar maydoni,
    Odamlar oqimi qamrar dunyoni.

    Bormoqda soʻngsiz bir manzil tomonga,
    -Odamlar qayoqqa borishayapti?

    Izdihom boqmaydi yaxshi – yomonga,
    Bilmaydi ortida yoʻl yopiq yalpi.

    Koʻpisi aytmoqda emishdir taqdir,
    Chetdagi koʻrsatar, peshonam deb shoʻr!

    Yoʻl-yoʻlakay biri topyapdi narsa,
    Birovi yondagin soʻkyapti rosa.

    Soʻraydi bilmasdan qaysi millatdan,
    Kelibsiz mayliga ayting odatan.

    Assalom aleykum degandan uni,
    Taniydi nechasi eldosh Putinni.

    Ochlikdan chekkasin  suyagi boʻrtgan,
    Koʻzlari bitdayin moʻltirar etdan.

    Xullas Putin boqar atrofga hayron,
    Izdihom tinimsiz shoshar har tomon.

    -Keldik – der Putinga, – biz panoh izlab,
    Soxta saltanatdan bezdik, yurdik xap.

    Putin der:- Adolat har qachon uygʻoq,
    Qaro tun oxiri erur doim oq.

    Orzuni kesalmas Choʻbir qaychisi,!
    Gap qotdi yigʻindan alaqaysisi.

    Ayollar chehrasi zahil ham tirish,
    Haqirlik, faqirlik erta qaritish.

    Vaqt esa hech kimga qilmaydi shafqat,
    Zoriqish, tobelik egib qoʻyar qad.

    Vaqt biron kas bilan hisoblashmaydi,
    Na tutib boʻlar, na boʻyin iydirmoq.

    U biron lahza ham tinib turmaydi,
    Hukmidan bosh tortgan boʻladi urvoq.

    Mulkdorning kun sayin ortar chaqasi,
    Oʻlmay turib choʻzar boʻy maqbarasi.

    Ehrom, maqbaralar qurildi qator,
    Bir kun sel, zilzila aylar valangor.

    Onang ogʻirini koʻtar degani,
    Xudoni yod etgin deganlar qani?

    Taqdiring  qoʻlimda deguvchilar koʻp,
    Oʻzlarin xudo deb sezguvchilar koʻp.

    Dohiylik daʼvosi ketmas dilidan,
    Gʻarazin pinhona saqlar elidan.

    U oʻxshar oyoqsiz, shoxsiz ilonga,
    Dahshat solish uchun har bitta jonga.

    Har qachon shaytonni ketadi aldab,
    El haqin seskanmay yutadi yamlab.

    Putin der: manglayga Haq  oʻzi buzmay,
    Chizgandir odamning tarhini shunday.

    Rus va Birlik firqa tugulgan mushtdek,
    Oʻzbek bilan rus et bilan  goʻshtdek.

    Topshirdi Putin shoh barcha rahbarga,
    Yordam bering deya musofirlarga.

    -Borsangiz bilarsiz oʻzbekning  yurtin,
    Der oʻzbek. Bosh irgʻab maʼqullar Putin.

    Orzum bor Samarqand, Xevani koʻrish,
    Va bagʻrin sayr etib bir muddat yurish.

    Koʻrgum Sohibqiron yotgan dahmani,
    Goʻri Mir bezangan naqsh chamanini.

    -Dediyu otlandi Vladimir Putin,
    Yaqindan koʻrmoq-chun oʻzbeklar yurtin.

    Iskandar yurishi, el kurashlari,
    Bir-bir koʻz oʻngida tiklandi bari.

    Qoʻy-qoʻziga toʻla edi dashtlari,
    Bogʻu boʻston edi ichu tashlari.

    Yigiti har mahal gerdayib yurgan,
    Gʻanim-la jangda jon olib, jon bergan.

    Oʻtovni toʻldirib tugʻardi ayol,
    Topgani toʻylarga yetgan bemalol.

    Halollab yer edi nonin ellari,
    Uyur-uyur yilqi toʻla qirlari.

    Asrlar davomi shunday yashagan,
    Ezgu orzular-la qadam tashlagan.

    Eli ulugʻ edi, qutlugʻ nafasi,
    Maʼlumdir Putinga buning hammasi.

    Goʻri Mir dahmasin qildi ziyorat,
    Guyo Amir Temur koʻrsatdi himmat.

    Qoʻragʻoniy shavqatin sezganday boʻldi,
    Shavqdan pok koʻngli quvonchga toʻldi.

    Temurdan xotira boʻlgan yodgorlik,
    Soʻzlardi bagʻishlab Putinga shodlik.

    Temurning arvohi duch keldi unga,
    Mehmonga soʻz qotdi, chorlab gurungga:

    -Ruslarda ham Ivan Grozniy mashhur,
    Obod etgan yurtin, qonunlari zoʻr.

    Chopgan bezorini, soʻzsiz kundada,
    Rus qasrin loylari qorilgan shunda.

    Ammo men-qonunman, qatʼiy talabim,
    Islom yoʻli edi soʻzlagan gapim.

    Davlatni doʻq ila boʻlmaydi saqlab,
    Bit tugatilmas badanni qashlab.

    Atrofingga bir boq: Xudo demagan,
    Imoni poʻklarning qasri-la toʻlgan.

    Qonunlar qogʻozda son-sanogʻi yoʻq,
    Kimgadir pisandmas, kimgadir yoʻriq.

    Amalda yoʻq qonun-havoi gapdir,
    Undan tahqirdadir koʻplarda taqdir.

    Tinch qoʻymayotgandir seni ham raqib,
    Duch kelar har joyda aylashib taʼqib.

    Sezaman: irodang mustahkam gʻoyat,
    Mulking daxlsiz hamda vafo qilgan taxt.

    Toʻgʻrisi, uzilgan kallalar qator,
    Tushimga kirgaylar takror va takror.

    Dunyo yaralgandek boshsiz vujuddan,
    Guyo tutab yotar gʻarazli oʻtdan.

    Uyqisiz, yolvorib Unga har tunda,
    Topindim bir umr tizza rukuda.

    Koʻz ochib tong kulgach, poklik mahali,
    Uning borligʻidan olib tasalli.

    Minardim tulporim zar egariga,
    Joʻnardim ishonch-la gʻanim yeriga.

    Dunyoning boricha olsam der edim,
    Olamni zabt etsam, tolmasam derdim.

    Yana yarim tun va yana tazzarru,
    Tahajjumdan boshlar koʻz yoshim zori.

    Koʻz yoshimni Xudo koʻrardi xolos,
    Yonboshimda xotin koʻrmagan haqros.

    Minora kalladan qurgan esamda,
    Gʻanim qoni soydek oqqani damda.

    Adolat hissini unutmadim hech,
    Ollohning zikrida boʻldim erta kech.

    Aziz avliyolar ulugʻlab madhin,
    Qurdirdim maqbara, chizdirdim tarhin.

    Ajib maqbaralar kim, tengi yoʻq zebo,
    Ming bir xil jilolar boʻlmish unga jo.

    Masjidu madrasa ancha qurdirdim,
    Ziyorat dargohin hifzida turdim.

    Madrassa dargohi kutdi tolibin,
    Bagʻriga olgandi bilim gʻolibin.

    Tasavvuf taʼlimi boʻldi bayrogʻim,
    Turli el mehridan koʻkardi bogʻim.

    Etganlar shakkoklik islom shaʼniga,
    Ayovsiz tortildi jazo damiga.

    Tanirdirlar meni buyuk Amir deb,
    Gʻanimlar yurardi zolim Temur deb.

    Xudoga ming shukur, hukmim davrida,
    Fohishu kazzoblar bitdi qovmimda.

    Pirlarning fatvosi yor edi dilga,
    Odillik el-yurtni yoʻgʻirdi nurga.

    Rahnamo etgandim pirlar oʻgitin,
    Vatan rivoj topdi, rizqu roʻz toʻkin.

    Shunday edi davrim, seniki boshqa,
    Dushmaning ham yurar oʻxshab yuvoshga.

    Imoni zaiflar hamma vaqt boʻlgan,
    Nafs yoʻlida koʻplar bekafan oʻlgan.

    Fohisha, mayxoʻrlar bor edi sonsiz,
    Dorlarim tinchitdi barin ayovsiz.

    Xudoning yerdagi qamchisi boʻldim,
    Gunohkor bandaga choralar koʻrdim.

    Birgina osiyning jazosi sabab,
    Oʻt qoʻydim shahriga boʻlsin deb saboq.

    Riyokor ahlini qoʻshma safingga,
    Qocharlar, duch kelsa ogʻir damingga.

    Nokas kulin koʻkka savurgan oʻzim,
    Irodam qudrati boʻlganda soʻzim.

    Qon tomgan qilichim dahshati har gal,
    Haromxoʻr taqdirin aylar edi hal.

    -Jahonda eng mashhur Sohibqironsiz,
    Saltanatda nedan koʻp pushaymonsiz?

    -Islomni keng yoyib singdirolmadim,
    Bu boqqa barchani indirolmadim.

    Koʻp shohu sultonlar kelib ketishgan,
    Umr darvozasidan bir-bir oʻtishgan.

    -Ulardan qay biri: Pyotr yo Temur,
    Topmishlar saltanat shavqidan huzur?

    -Xudo istamadi: shudir toʻgʻrisi,
    Istasa boʻlardi togʻdayin koʻksi.

    Egam buyurganin chin demadilar,
    Nafs balosiga duchor edilar.

    Pyotru men sigʻindik Xudoga chindan,
    Yuz oʻgirmaganmiz muqaddas dindan.

    Qalamkash maddohlar toʻgʻri yozmagan,
    “Paygʻambar edilar” deb ezozlagan.

    Boshqasi koʻp boplab tuproqqa qorgan,
    Yurtdoshin koʻrolmay hasadda yongan.

    Meni deb Ollohning uzun qamchisi,
    Qoziyu quzzotlar buning jarchisi.

    Bachchaboz, mayfurush, xoinlik qilgan,
    Fohishboz, mayxoʻrlik avjiga mingan.

    Yurtlarning kulini sovurgan menman,
    Nokaslar zuryodi paxsa etilgan.

    Kalla minora-la men ham sinalgan,
    Xoliq irodasi hammasin qilgan.

    Gunohim nimada?, qoʻlida balki,
    Qamchi boʻlganmikan sinov maktabi.

    Yo qilichidan qon, kosasi yovgʻon,
    Sultonning tahti farmoni bilan.

    Ichagi qurigan sadaqaxoʻrni,
    Xirqa xoʻrjini-la, darvishni yoki.

    Mechkay va taʼmagir tilanchisini,
    Toʻp-toʻla xaltasi bilandir balki.

    Bu bilsang hammasi sinov imtihon,
    Buni hech vaqt, har nechuk holda unutma.

    Biz oddiy odammiz – suvratda sulton,
    Lekin ulugʻladi bizni olomon.

    Taqdirda bitmagach rizqda ulugʻlik,
    Paygʻambar topalmas el bilan birlik.

    Toʻngʻich oʻgʻlim Shohrux, kichik Miranshoh,
    Ulusda edilar adolat panoh.

    Nevaram Boyqaro, qadrdon Putin,
    Singari, oʻlkangni ayla bir butun.

    Soʻng esa Ollohning tutdi gʻazabi,
    Ketdi yurt tirqirab tariqdon kabi.

    Bobur dili edi toʻla gʻururga,
    Temurbek hayoti ibratdir unga.

    Jasoratga toʻliq esada umri,
    Yoʻq edi koʻnglida zarra sururi.

    Bilishimcha, hozir bir qoʻtir choʻbir,
    Elimni xor etib qoʻyibdi qurgʻur.

    Qolsin saltanati oʻzin boshidan,
    Zulmi ajratibdi koʻp yurtdoshidan.

    Iskandar gar topsa qay jangda zafar,
    Eslarkan ajalin takror va takror.

    Hatto tobutini yasatar ekan,
    “Bir boshga bir oʻlim” muqarrar degan.

    Men, Yaraslavl, Grozniy emasdik, gumroh
    Kun bitgach, amrini oʻtkazdi Olloh.

    Shuhratli, dahshatli Temur dahmada,
    Uxlar, atrof unsiz, tanasi namda.

    Xudoning amri shu, bilsang azaldan,
    Chin dunyo qutqarar insonni gʻamdan.

    Birgina diydorin Sohibqironning,
    Qoʻrmoq uchun mashhur sohibi shonning.

    Togʻ osha kelishgan ne-ne sultonlar,
    Tarixda shuhrati soʻnmovchi jonlar.

    Hozir ham gʻanimat uning oʻgiti,
    “Tuzuklar” shoxlarning yoʻlin yoritdi.

    Shu kunlar dahmasi ziyoratgohdir,
    El mehri toʻfondan asrashga qodir.

    Dahmasin Shoʻrolar ochganda, chunon,
    Jasadi Amirning koʻtardi isyon.

    Fashistik dagʻdagʻa qoʻzgʻotdi boʻron
    Qoniga boʻyaldi milyon-milyon jon.

    ******                            ******

    Qoʻshnidek Boburga devordarmiyon,
    Shajarisin Putin ayladi bayon:

    Boburu Humoyun, Akbar, Shohjahon,
    Jahongir, Avrangzeb, Bahodir, Omon.

    Farruxsiyar, yana necha benazir,
    Shoxolam, Bahodir, mashhur Olamgir.

    Taxt uzra ot surgan zuryodi Bobur,
    Uch yuzu oltmish yil oʻtkazgan umr.

    Yonma-yon yurgandek Bobur-la birga,
    Yoyinkim chin yaqin xeshdek mirzoga.

    Boburning kimligin chin bilgan kabr,
    Ijodin birma-bir etardi tahrir:

    “Boburnoma” erur jahoniy ilm,
    Sharhini bergandir Xonzada begim.

    “Humoyunnoma”da Hind yurtin sadrin,
    Aytadi Gulbadan ogʻasin madhin.

    “Mubayn”, “Al-zakot” yoki “Muxtasar”,
    “Aruz vazni haqda” yaralgan asar.

    “Harb ishi” va yana “Musiqa ilmi”
    Xullasi, koʻp boʻlgan dunyoviy bilmi.

    Qoyilmiz shavqiga jasur insonni,
    Aql-la yaratmish shuhratu shonni.

    Ikki yuz yildan soʻng Zebinisosi,
    Ilmu adab ahlin boʻlgan mirzosi.

    -Xudoyjon, qoyilmiz el sevar aka,
    Siz Mirzoga goʻyo Koʻkaldosh uka.

    Ikki asr soʻnggi shoirasini,
    Bilarkansiz Bobur xoʻjayrasini.

    -Oʻtmishni ulugʻlash bizga iftixor,
    Boshimiz taʼzimda Boburga ming bor.

    Shohjahonga haykal suluv “Tojmahal”,
    Shaʼniga bitilgan behisob gʻazal.

    Osmonga boʻy choʻzgan qubba ustida,
    Sarbaland koʻrasan Mirzo soyasin.

    Chehrasi tovlanar marmar sutunda,
    Sarchashma Xonzoda Bobur opasin.

    -Sizning oyingiz ham emas begona,
    Tugʻushganimizek tabarruk ona.

    Bobur hayot boʻlsa, dermidi ukam,
    Axir hayot erur doʻstlik – la koʻrkam.

    -Qadim ipak yoʻldan savdo karvoni,
    Yurtni yurtga ulab kezgan sarboni.

    Shoh asar sanalgan “Ming bir kecha”ni
    Tarqatgan, hayratga koʻmib nechani.

    Savdo sabab jahon bozori aro,
    Oʻlkalarga yetmish bizdagi ziyo.

    Ipak yoʻli toʻkis chin mohiyatin,
    Soʻzlar Putin sharhlab salohiyatin.

    Rasadxona ila ul Shohi Zinda,
    Goʻri Mir chin mashhur qadim zaminda.

    Bibixonim qurgan ul madrassasi,
    Koʻkaldosh uzra boʻy  choʻzgan qubbasi.

    “Sultonul Orifin” yodgorligi va
    Hazrat  Bahovadin yotgan maqbara.

    “Tillokori” nomli  ulkan koshona,
    Avliyolar ahlidan qutlugʻ nishona.

    “Zichi Kuragoniy” ga boqsangiz agar,
    Yulduzlar ilmidan topgaysiz xabar.

    Yana  bir Xorazmiy –  “Al-jabr” otasi,
    Hisob – kitob ilmin mohir sarasi.

    Ilm maskanidir bu turonzamin,
    Jahon zukkolari  tanir  nomlarin.

    Allomalar ismin eslaydi Putin,
    Yaxshiroq  bilarkan Turonning yurtin:

    Gʻazabli sahroyi edi Chingizxon,
    Ermakka Attorning boshin uzdirgan.

    Turon kentlariga ajal yuborib,
    Odam zotin qirib, qoniga qorgan.

    Shundayin shafqatsiz edi Iskandar
    Borgan joyi mozor, yurakni ezar.

    Tobutin ichiga sigʻmagan qoʻli,
    Tashda edi, goʻrga tushganda yoʻli.

    Insondek yashamoq istasang, odam.
    Navoiydek yasha pokiza har dam.

    Dunyo kezsang, koʻrib koʻpni fikr qil,
    Jomiy  oʻgitlarin chin rahnoma bil.

    Tashvishu orzuda  yasharmiz bizlar,
    Bu goʻzal olamga toʻymaydi koʻzlar.

    Qadimdan Putin, – der, – ipak savdosi,
    Doʻst etgan erlarin Rusu Osiyosi.

    Qiz olib, qiz bergan   buzmay lafzini,
    Dillarga singdirgan doʻstlik ramzini.

    Qadimgi Misrning fuqarolari,
    Zaminin teng boʻlib gʻarbu ham sharqqa

    Bir – birin yeyishgan farovonlari,
    Odam oʻsha odam  oʻt qoʻygan boqqa.

    Eslari yoʻqdayin Xudo bandasin,
    Asir ob toʻldirgan oʻpqan xaltasin.

    Ming alam kelsada odam boshiga,
    Toʻlsada koʻzlari qonlik yoshiga.

    Gʻanimlar kelsa – da doʻqlab qoshiga
    Bolam deb koʻtargan ona boshiga.

    Zaminda yasharkan odamzot bilki,
    Bir mahal xudoyim taratgan nurki.

    Alarning dunyoda sharafin koʻrki,
    Hammasi  erurki Ollohning mulki.

    Turkiston mulkining har  bir zarrasin.
    Toʻmaris hatto ki Alpu Toʻngʻasin.

    Nomma – nom sanarkan Putin erk sevar,
    Goʻyo ki  ziyosin chin dildan sezar.

    Yuz karra taʼzimim, oʻzbeklar  sizga,
    Tinch-totuv yashaymiz sodiqmiz tuzga;

    Yaqinda boruvdim Dushanbe tomon,
    Gulshanga  aylanmish bu goʻzal makon.

    Sayrda ekanman, uchradi shoir,
    Xushbichim, tiyrak  koʻz, nigohi ogʻir.

    “Abdullo Zuhur” deb oʻzin  tanitdi,
    Donishmand ekanin soʻhbati aytdi.

    Qurʼoni Karimning qorisi ekan,
    Tariqat ilmida ilgarlab ketgan.

    Tilovat qilishda aʼlo bir notiq,
    Ilmiga mehrni moʻl bermish Xoliq.

    Nedandir oʻksigan koʻrinar koʻngli,
    Soʻzidan ayondir tanlagan yoʻli.

    -Boriga shukrni unutdi odam,
    Shundanmi kamaymas tashvish bilan gʻam.

    Oʻtmish saboqlari boʻlmadi ibrat,
    Sadoqat ogʻizda, yolgʻon chiqdi ahd,

    Kuyunib soʻzlarkan muhtaram Zuhur,
    Jaholat qaʼridan qidirardi nur.

    Muk tushib tilovat qilishdan tun, kun,
    Shu qadar zavq tuydim shoirdan, e voh!

    Vujudida qandaydir kuch borday butun;
    Qonida gʻalati jumbish bor, ziyo.

    Uning dilida fayz, oʻzgacha ham nur,
    Bu nurni fahmlamish farishtayu Pir.

    Buyuk oʻtmishlarning saboq, ayanchin,
    Saltanat dahshati ekan tayanchin.

    Otlar kishnashiyu qilich jarangin,
    Bosh koʻtarmay ketgan – deydi, – jigarin.

    Boshini rukuda egib yigʻlagan,
    Borligʻin ezguda nurga yoʻgʻirgan.

    Oʻtmish  xarobalar koʻtarsa suron,
    Aytadi kim qurgan, kim qilgan vayron.

    Oʻksigan koʻngilni  boʻlib zarraga,
    Kim tuygan dunyoni solib larzaga.

    Boriga shukrona qilmayin odam,
    Hech nega ulgura olmagandir ham.

    Hammasin bekorga desam men faqir,
    Gunohga botaman yoki savobga.

    Javobin soʻrasam odil bir kabr,
    Yoʻq deydi, – taʼbirin izlama shoir.

    Oʻtmishlar sanogʻin sanab birma – bir
    Hech narsani Zuhur tutmas edi sir

    Dediyu bosh egib Pyotr singari
    Ildamlab ketdi u oʻz yurtin sari

    ****                                         ***

    Uchratdim Putinni  rusning yurtida,
    Vatan mehri doim   koʻnglin toʻrida.

    Yurt aro kezarkan dono Yurtboshi,
    Suhbatdosh boʻlardi el qari yoshi.

    Qalbdan sev Vatanni rus boʻlsang agar,
    Birlik ila doʻstlik keltirar zafar.

    Toʻqlik ila baxt farovonlikdir,
    Kafolatli tinchlik chin omonlikdir

    Shu yoʻlda xizmatim sengadir, xalqim,
    Qozonsam ishonching – eng buyuk baxtdir.

    Duch keldim men unga yurtida takror,
    Oʻychan kezardi, yon-atrof esa qor.

    El esa olqishlab; “Xoʻsh kelibsiz!” der,
    Shod undan xalqiyu aziz ona – yer.

    Gʻururlarga toʻla mardum ovozi,
    “Xush koʻrdik!”, sadosin  yangratar sozi

    Nechun uning ziyrak koʻzlari mahzun,
    Xush koʻrdik!, soʻzlarin sezmaydi oʻzi?

    Atrofdan uzmagay chun ziyrak koʻzin,
    Kezmoqda, yoʻl esa rus yurtda uzun.

    Soʻradi – sovuqmi, issiq turmushing,
    Yori kerak joyda qashima boshing.

    Baxtlimasman, deya oʻksima xalqim,
    Samimiy vatanni sevsang yetarli,

    Sizga boʻlgan hurmat, hamda ishonchim,
    Dogʻ tushirmay, oqlay olsang yetarli.

    Baxtlimasman, deya kuyinma xalqim,
    Vafo sadoqatim bilsang yetarli.

    Yoʻqolsa gʻam chekib, mening oromim,
    Hamdard boʻp yonimda – tursang yetarli.

    Kamchilikka har gal,-demang mayliga,
    Payt kelgan hal qilmoq-endi mahali.

    Ellarning sadosin “milyon alix roz”
    Endi chogʻ etadi millionin oʻris.

    Gul ochar quyoshga boqib gʻunchalar,
    Vaqt kelgan qalblar keng quchogʻin yozar.

    Russiya davlatin ertasi porloq,
    Negaki Prezident niyatlari oq.

    Koʻnglida gul ochar yangi orzular,
    El tinchi moʻl-koʻllik ufqini koʻzlar.

    Erta-kech Vatanning rivojin oʻylar,
    Hordiq ne-bilmaydi, niyatin soʻylar.

    Yangicha qurmoqchi endi zamonni,
    Elga singdiray der,-yangicha ongni.

    Kezar shu niyatda yurtni bir boshdan,
    Muammolar ayon, bok ichu tashdan.

    “U nego xot i shuba ovechkina,
    -Degan Leskov,- tak dusha chelovechkina”

    Ulugʻ rus adibi “Levsha”da, egam,
    Qoʻsh qoʻllab azaldan oʻrisga bergan!

    Adibning Putinga bergan bahosi,
    (Kechirgay Ollohim, boʻlsa xatosi).

    Qadimdan shundayin boʻlgan esa rus,
    Sagʻirparvar, qalbiyu tilida rost soʻz.

    ****                  ****

    Qurgʻur “ Kuzkina mat” jilmay oʻrnidan,
    Toʻhfa deya senga Ukr “oʻrtoqqa”.
    Ajratdi Qrimni nohaq toʻpidan,
    Or nomusin rusning qorib tuproqqa.

    Rozimi,norizo tub joy elidan,
    Soʻrap ham turmadi soʻqir goʻrsoʻqta.
    Shahdu asal behisob debon Qrimdan,
    Gʻoz turib imzolar farmonni soxta.

    Azodor ayolday qaqshab,qaltirab,
    Nojotni kutishdi parvardigordan.
    Avora kezdilar begona yurtda,
    Zardob toʻla qalblar Bander dastidan.

    Qrimga kelganda Putin soʻroqlab,
    Tutqunlik iztirobin bir-bir soʻzladik.
    Yoʻl toping,qutqarin,ketmang uzoqlab,
    Qondoshga qondoshdek uvvos yigʻladik.

    Xoʻsh koʻrdik.Ketdi u.Gʻam yetagida,
    Ortidan qoldiq biz boqib mungʻayib.
    Koʻmak yetmasa gar oʻz keragida,
    Shohlar ham gadolar-ayanchli gʻarib.

    Hayf boʻldi Banderga atalmish makon,
    Bizni yurtumga qoʻsh, ilojin topgil,-
    -Deb: toʻgʻondan toshgach ZID qaysar MAYDON,
    Yordam qoʻlin darhol choʻzdi rus dadil.

    Chagʻir-chugʻur goʻyo mushkilotlar hal,
    Rossiya kel dedi,-oʻz Vataninga.
    Qaytishdik  yurtumga boʻlmayin mahtal,
    Dartlarimiz artdi moʻhtojdik unga.

    ****                  ****

    Shu kunlar Rusiya toʻlgandir shumga,
    Baqiroq, Shum boʻlsa-ehtirom unga.

    Boʻlish chun ruslarga birinchi sarvar,
    Ishga tushdi igʻvo milyon-milyon zar.

    Naslu nasabini bilmoqchi esang,
    Imonsizu bilim doirasi tang.

    Baʼzisi Yejovga yaqindir gʻoyat,
    Quturgan koʻppakday qopar beshafqat.

    Shum esa maydonga toʻplar beholni,
    Koʻrsatar Baqiroq gul deb tikonni.

    Mosikkan goʻyoki tuya Baqiroq,
    Shum esa xufyona xolida biroq.

    Koʻringki ikkisin tashi va usti,
    Bir xildek koʻrinar boʻyi-yu basti.

    Ishbermas gʻoyalar talqinda yana,
    Niyatlar:rus yurtda etmoq tantana.

    Koba taʼziyasida Koʻk ham qiyildi,
    Xizmatda poshnasin osti yeyildi.

    Kurgʻurni maktashdi zoʻr deb partiya,
    Oʻlgʻiday mosiqqan guyoki tuya.

    Putin partiyasin shuhrati ulugʻ,
    Uzoqni koʻzlagan maqsadi qutlugʻ.

    Uning rejasidir gʻoyat mukammal,
    Asosli, ishonchli, hayotan real.

    Sen deya boqmaydi tinmasoq Shumga,
    Baqirsa ehtirom bildirar unga.

    Raqiblar toshiga chidab bardoshi,
    Qaytmoqda oʻziga otgʻanning toshi.

    Xalqida yuz bermas qayta toʻqnashuv,
    Yoʻl topmas yurt ichra gʻarazli shov-shuv.

    Putinu Medvedev jipslik sari,
    Yoʻl olgan, bir joydan chiqar gaplari.

    Ikkisin amali – ramzi sadoqat,
    Bu yurtda ulgʻayar chinakam vahdat

  • 6-qism

    Asrning oʻnida bordim qishloqqa,
    Yoʻliqdim goʻyoki chullagan boqqa.

    Bugun Zarafshonim zoʻrgʻa oqardi,
    Qizilqum choʻliga mungli boqardi.

    Doʻstim-la ikkovlan kezdik  toʻqayni,
    Izlardik hordiqqa bir shinam joyni.

    Sarsonu sargardon tutolmay baliq,
    Qizilqumdan shamol esardi iliq.

    Men, sherigim shoshmay yurdik shu yoqqa,
    Yetdik gurung qizib qizil qumloqqa.

    Qum sahro chetida choyxoʻr toʻrt ulfat,
    Gurunggi qizigan – borardi suhbat.

    Ulardan bittasi bizlarni tanib,
    Yoʻl oldi biz tomon filday tebranib.

    Shoirga tanishday uning kelbati,
    Bir ulkan  chinorday qomati qaddi.

    U Rahmatov ekan hamkor tabibim,
    Turli lahzalarda gʻamxoʻr habibim.

    -Xush koʻrdik, edik biz koʻp yillik oshna,
    Diydor va suhbating etgandi tashna.

    Ziyofat shohona, gurung qizirdi,
    Sheʼrxonlik gurungga lazzat tizildi.

    Teshaboy suhbatning sarvari boʻldi,
    Tutgan mavqeidan koʻngillar toʻldi.

    -Xayriyat, qaytibsan toʻpingga sen ham,
    Topganing doʻstlar-la koʻryapsan baham.

    Murtazo, shu qumzor mening  vatanim,
    Uning ogʻushida yaralgan tanim.

    Xazinadir ulkan qumzor dargohi,
    Lekin egasizlik gʻamidan ohi.

    Kim topsa Qizilqum bagʻri aro yoʻl,
    Barakat topadi: unda tillo moʻl.

    Barmogʻing botirsang buguzlab qumga,
    Yalt-yaltlab zarlari yopishar qoʻlga.

    Topadi kuch tuqsa tanda bor joni,
    Shu qumda azaldan dunyo jahoni.

    Rizqimiz ekipti qumga xudoyim,
    Ixtiro etilsa egni but doim.

    Oʻzi ato etgan rizqni oʻzbekka,
    Duosin uzmagay kichigu katta.

    Qoʻl yuvsang qoʻlingga ilashadi zar,
    Sevmoq uni dildan mardga yarashar.

    Yoʻl bosib adoqqa yetolmaysan hech,
    Lovullab qizil qum yotar erta, kech.

    Toʻshida giyoh kam, duch kelmas yirtqich,
    Kumush, tillosiga guvoh yoritqich.

    Ming-ming yilga tatir zardan xazina,
    Oʻta loqaydlarga qumzordan gina.

    Bir mahal kimlardir tiqsa saksovul,
    Koʻkarsa yonida paydodir ovul.

    Naql bor Er Tunga uch ming yil burun,
    Namoyish aylabdi turkning gʻururin.

    Qum sahroga toʻplab yoshu qarini,
    Bunyod aylamishdir Qarshi shahrini.

    Dillarni shod aylab yana bir bora,
    Ketidan qad tikkan eski Buxoro.

    Jurʼati aylagach yangi xitobni,
    Mardlari qurmishdir Afrosiyobni.

    Ota-bobolar ham ishlatgan choʻlni,
    Qishu yoz kuragan tomidan qumni.

    Toʻqayda jilgʻinzor, qumda saksovul,
    Tirik jonga kerak deganlar ovul.

    Shundan ibrat olsa boʻlmasmi Choʻbir,
    Miyasi toʻla aql, koʻzi emas koʻr.

    Ertani koʻrmaslik eng yomon illat,
    Rahbar boʻlsa noshud, azobda millat.

    Tomir otsa yurtda loqaydlik dardi,
    Xorligʻu muhtojlik ildiz otadi.

    Poyqadam poylarim deya u porloq,
    Qolsin deb xotira ham ramzim xoʻrlik.

    Na shahar qoldiyu na joyi torroq,
    Barcha chorrohada qurdirdi koʻprik.

    Jon omon qolsa bas, oʻq uzsa birdan,
    Yashindek oʻtgay men ulgurmas “Birlik”.

    Koʻring gʻarib, mungli zarli Zarafshon,
    Bagʻridan joy olgan turli-tuman qon:

    Mirzochoʻlu, Qarshi, Qizil qumligin,
    Ancha obod etdi Rashidov hokim.

    Qurdirdi Uch Quduq, Zarafshon, Gʻazli,
    Guliston,Navoiy, Olmaliq shahri.

    Havodek eng zarur avval traktor,
    Boʻlmasa dehqonga bitgan azobdir.

    Ne kerak nochorga Neksi Shevralit,
    Moʻmaydan emmoqda toʻliq xorij bit.

    Bahona suv tanqis, tejamas suvni,
    Isroflab yurgʻuncha epla suluvni.

    Koʻkartsa bol qovun, tarvuzlarini,
    Mevali daraxtin koʻli chevarlar.

    Gilamday rus, qozoq kishvarlarini,
    Toʻshab tashlasaydi dehqon tojirlar.

    Mana senga boylik goʻrsuxta gadoh,
    Beling ham boʻlardi baquvvat ablah.

    Qumda zar nol biru, nol sakkiz foyiz,
    Ortilsa mayishayar bellari poyezd.

    Soʻzlarkan Teshaboy, hamkasb doʻstim,
    Faqirla derki men shu qumda  oʻsdim!

    Mehnat-la yashadim Qoʻrgʻontepada,
    Shifoxona yuki edi yelkada.

    Bosh bemorxonaning atrofin gulzor,
    Daraxtzor ayladim. Chinorlar qator.

    Elga xizmatimdan topdim eʼtibor,
    Xeshlashdim. Koʻpaydi sodiq doʻsti, yor.

    Karim Devonaning sheʼrini sevdim,
    Aqrabolariga qadrdon edim:

  • Sudxoʻr

    Sudxoʻr akam toʻy sar kard,
    Chor qishloqa xabar kard.

    Duxtari oʻ shavhar kard,
    Ovozi karnay kar kard.

    Abdurahimi sudxoʻr,
    Nafsi kalonat dar goʻr.

    Koʻdakro dod ba shavhar,
    Kam meshavad, guft, nonxoʻr.

  • Mullo Safar

    Mullo Safari chodugar,
    Moʻmin qallobi narxar.

    Boyi kaloni qishloq,
    Mahmadamin aspxar.

    Firebgari shaytoni,
    Murda baroi noni.

    Bemehnatu mashaqqat,
    Sohibi dastarxoni.

    Avqotat yak tagʻora,
    Ishkam misli nagʻora.

    Aslo parvo nadori,
    Az bevayu bechora.

    Har kas ki oʻ bemor shud,
    Dorui oʻ shumor shud.

    Achal ba kitfi on kas,
    Toʻqim zada savor shud.

  • Nakrananay

    Kucho meray, Ashkari xar,
    Holat shavad ayma batar.

    Dar kunat dastayi tovar,
    Nakrananay, nanay, nanay.

    Ushbu misralarni boʻlarmi sevmay,
    Yo oʻqit, yo oʻqing, miriqib tinmay.

    Tojigim yurtini kezdim sar, sari,
    Koʻrgʻontepa erur ulka gavhari.

    Jarrohlik ersada men tanlagan kasb,
    Bu yurtda qolmoqlik etmadi nasib.

    Fuqarolar jangi quvdi beayov,
    Bir xalq oʻz-oʻziga, ikki qattol yov.

    Vaxsh vodiysini sevaman hamon,
    Uni etmoqchiydim bir umr makon.

    Shifokor edim men, tinim bilmadim,
    Kasbimga xiyonat zinhor qilmadim.

    Yarim asr mehnatim singan shu yurtga,
    Koʻnglim toʻla edi orzu umidga

    Suhbatni Teshaboy ettirar davom,
    -Bunda bor otamdan meros qolgan tom.

    Biroq tinchlik bermas yurt olgʻirlari,
    Dambadam “Koʻkchaga” ketar dillari.

    -Koʻch qurogʻing bilan kelibsan dapsan,
    Har soat doʻq urar, qachon ketasan.

    Gohida kurgʻuri tirjayib birdan,
    Turmoqchi boʻlsang der,-choʻzgin “Koʻki” dan.

    Biridan qutulsang boshqasi paydo,
    Soʻkinar, talabda turlicha daʼvo.

    Qutulsang ertasi boshqasi yaʼni,
    Qonunsiz nafsining oxiri qani?

    Beshafqat udumin yoʻq boʻyi, eni,
    Ketmasa qondoshing ur, tepgin uni.

    Oʻzbekda koʻp yilki oʻchib shuuri,
    Orqasi choʻkkayib boʻpdi buquri.

    Qolmapdi millatda mehr, muhabbat,
    Yoʻq boʻlib ketibdi urf, udum abat.

    Olchagi bezrayar beti tirishga,
    Yurgan yurolmasin itarar tashga.

    Qurgan saltanatin ekanin soxta,
    Tasdigʻi miyalar boʻlibdir axta.

    Maktabda intizom izidan chiqqan,
    Toliblar huquqsiz, qorni ochiqqan.

    Kollejda nonu tuz, yotar joyi yoʻq,
    Sharoit haqida vaʼdalar quyuq.

    Yordam pul berilmas, yoʻqdir boshpana,
    Poraga soʻralar toʻrt yashar tana.

    Koʻr yursa hassasi yer ustun turtur,
    Bu holda taʼlimgʻa yetmoqda putur

    Gurung ham anchaga choʻzilib qoldi,
    Zorlanish, tanqiddan quloqlar toldi,

    Quvnoqlik qoʻshilsin gurung  izmiga,
    Arziydi maqtovlar tojik qiziga

    Soʻzlari naynavoz – sayroqi bulbul,
    Oyday yuz, lablari gʻuncha ochgan gul

    Qovmati sarvdek koʻkka uzangan,
    Taniga goʻyo ki uforlar ingan.

    Ogʻzida tish emas, gavhar konidir,
    Husniga oshiqning fido jonidir.

    Chun yupqa shakarlab yoqutdan tiniq,
    Shahlosi ohuning koʻzidir aniq.

    Tirnogʻi pistadek asil kumushdan,
    Boʻyni-chi nozigu charchar egishdan.

    Tomogʻin ostidir orzu har dilga,
    Mast etgan nozlari kuy solar tilga.

    Sochlari sumbulu oʻynoqi ajdar,
    Qil misol belini erkalab silar.

    Qoʻsh anor koʻkrakda burmani turtar,
    Tomosha qilganlar oʻzin  unutar.

    E voy-ey qarasang koʻzing teshilar,
    Raqs tushsa bel,  keti  ipdek  eshilar.

    Tob berar ohudek gulgun orqasi,
    Mast qilar  erlarni pari chehrasi.

    Raqs tushsa qush kabi uchar raqqosa,
    Bilanglab oʻynatar ketini rosa.

    Yonogʻi salgina siliqqan pastga,
    Mayda qadam tashlab yuradi asta.

    Tillo qoshiqaydin zebo oyogʻi,
    Dil havas yondoshsa tutar barmogʻi.

    Achamda tob berar zebo tovusdek,
    Barmogʻi  up-uzun shakar qamishdek.

    Barmoqda oʻymogʻi toza olmosdan,
    Kashta tiksa ipi, ipak atlasdan.

    Bundayni koʻrmagan odam azaldan,
    Loyini qaribdir zambur asaldan.

    Ishqini roz aylab rastama – rasta,
    Oʻymoqla tikadi gavharga kashta

    Gavharga Layli deb  gʻazal yozadi,
    Kashtaga Majnundan nusxa soladi

    Qayrilma zulflari oʻpib yonogʻin,
    Shavq  qoʻzgʻab  dillarda chiqargay yongʻin.

    Yarim oy yoydayin tovlanar keti,
    Qaymoq  deng, op-oppoq  momiqday eti.

    Ishq xili erlarni etar  devona,
    Qablarni kul qilar oʻchib yo yona.

    Goʻzallik  mulkida tojik qizlari,
    Gavharu sadafga toʻla qalblari.

    Qizlarin desa ham palaxmon  toshi,
    Ishq  mulkida oʻchmas qalbin otashi.

    Tojikning qizlari tillo yo gavhar,
    Mashuqqa soʻz qotar dilda neki bor.

    Teshaboy tin olar aytgach dardini,
    Bizga bergandayin soʻz navbatini.

    Soʻzlari shoirga ilhom baxsh etdi,
    Xayollar oʻtmishga yetaklab ketdi.

    Shoir yosdiqdoshi tojik qizidir,
    Umrining yoʻlida baxt yulduzidir.

    Osmonni oʻpkovchi ulkan togʻlari,
    Jannatdan tushirgan bogʻ, rovotlari.

    Tojikiston xalqin  mehr saodati,
    Aqlga sigʻmaydur chin sadoqati!

    Tojigim yurtida Qovchun, Qoʻngʻurot,
    Turku Toz va Marqa kechirar hayot.

    Yana Qalligʻ, Laqay, Moʻngʻil, Qatagʻan,
    Naymanu Durmanlar tutmishdir vatan.

    Er Toʻngʻa, Alpomish avlodi bular,
    Koʻplari Toʻmaris shohga yukunar.

    Azaldan oʻzbegu tojikdir birga,
    Ajratish ularni boshlandi nega?

    Ajdar zahri erur  mahaliychilik,
    Bu illat tojikda tugatdi birlik.

    Hur fikr boʻlgil, xalq, koʻzing och, uygʻon,
    Fuqarolar urushi talab qilar jon.

    Mehribon Ollohning suygan bandasi,
    Ijodkor xalqimning eng arzandasi.

    Imomali Rahmon chek qoʻydi jangga,
    Yechimin topdi tez, soʻndi alanga.

    Tojikning  yurtida oʻzbek el har tur,
    Qizlari odobli oydayin xushroʻy.

    Dumalab uch ming yil oshib oʻtayin,
    Tinglagil, Qay oʻgʻli, dardim aytayin.

    Ishonmasang bilgin shirin, achchigʻin,
    Ma oʻqi deb tutdim “Baxtir qoʻshigin”.

    Irgʻisa  shoiring eng  ulkan, dogʻdan,
    Yod olgin laqayim baytlarim obdan.

    Demangiz “Devoni  lugʻatit turk” dan,
    Haq gapni aytmoqda  baxtir hududdan.

    Oʻttiz asrdan buyon “Baxtir qoʻshigʻi”,
    Dillarni oʻrtatgan Qayning oshigʻi.

    Erlari uy qurgan yoʻnib bolarni,
    Ayoli toʻdalab toʻqqan bolani.

    Ishq oʻti qitiqlab, oʻrtansa joni,
    Ot  chopib ovungan laqay jononi.

    Oʻtovga chiqqanda ohu uyuri,
    Sayilni  yashnatgan laqay   suluvi.

    Turnaning boʻynidek boldir, boʻrboyi,
    Tippa – tik turganda teraqay boʻyi.

    Ot chopgan suluvlar dashtu togʻ oshib,
    Layliyu Majnunning ishq  oʻti toshib.

    Bironta qizlardan kiymagan kalta,
    Boʻlmagan joylardan oʻtmagan  toqa.

    Qaylarcha kuylagi, milliy pohjoma,
    Maʼraka toʻylarda xuddi oymoma.

    Chetga hech qayrilib boqmaydi ular,
    Baxtirni aytganda oʻynatar dutor.

    Ketini koʻz – koʻz qib yurmaydi, uyat,
    Ham hurmat odobdan topgan barakat

    Ot chopib uyursa yilqi suruvni,
    Yigitlar hurkitar ohu suluvni.

    Ishq “Baxtir  qoʻshigʻin” kuylar toʻtiday,
    Rashk qilsa  lovullar pista oʻtiday.

    Zarlarning aslini taniydi zargar,
    Gavharlaring qaydan topgansan Nazar.

    Togʻu  dasht hududsiz, Qayning yeridir,
    Qay elin erlari azaldan botir.

    Baxtir tuprogʻining har bir zarrasi,
    Qay elin yashirmas koʻzgu barchasi.

    Iltijo qilsa ham Qaylar shoirdan,
    Aytganim oshmasdir nol bir foyizdan.

    Qolganin kim topsa – Qoʻshiq  Qaylarga,
    Bir misqol boʻlsa ham toʻhfa laqayga.

    “Diyori odamoni sarbaland” – gʻazal,
    Gʻozimalik oʻgʻli yaratgan asar.

    Oykamar – suyukli shaharlarga teng,
    Topindiq haykal koʻp, maydonlari keng.

    Oykamar qoʻrgʻondan sarbasar azal,
    Topindiq haykali – toshdan boshini.

    Tashxisda olimlar etib eʼtibor,
    Eradan  avvalgi turk der,-qoshini.

    Avvalbosh laqayning yoʻli chun uzoq,
    Boqqanlar suruvlab tuya, ot, buzoq.

    Moziyda kishvar koʻp – laqay vatani,
    Chalkashtirib yurma buz deb buqani.

    Buqajatar, Yaqsuv, Baxmiru Aqjar,
    Laqayga tobin deb solayotir jar.

    Gallim – gulim deb, soch yulmoqda Baxmir,
    Oykamar davonin tiklagan botir.

    Nomlarin oʻzgartib zinhor urmang past,
    Hozir ham “Qirqin qiz” qarogʻin  yummas.

    Moziyga poydevor oʻrnatgan oʻzing,
    Yarqiroq quyoshda qisilgan koʻzing.

    Usmonli davlatning tojdori Qaysan,
    Toʻmaris asriga dars bergan soʻzing.

    Tillo, Oyxumoru Toʻmaris, Bilqis,
    Shaykakulu Dilbar, Mangʻitoy Yulduz.

    Koʻk ichra ilk bor kulgan gʻunchalar,
    Barchinday yoqimtoy, suluv bunchalar.

    Toʻngʻaga ayt desang qoʻshiq  muchalin,
    Toʻmaris bilar der, – umrin oʻlchovin.

    Saltanati ming yil oshiq yashagan,
    Shajarasin Toʻngʻa aniq bilmagan.

    Laqayning Suvrati “Baxtir qoʻshigʻi”,
    Ulkar yulduziga Qaydek oshigʻi.

    Oʻtmish yuzlarini koʻrsatdi tagʻin,
    “Qirqin Qiz” – huv ana choʻqqisi togʻing.

    Qaylarga choʻptara ustosi eding,
    Toʻmaris yodaki bilgan qoʻshigʻing,

    Uch ming yil kuy, gʻazal “Baxtir qoʻshigʻi”
    Tamoman turk ellin “Janar Maligi”.

    Mishga sob otgan Sen Kirning boshini,
    Burnidan oqizding toʻygan oshini

    Kentlarin devolin toshdan yasab sen,
    Goʻriga qoʻygan Sen  Toʻngʻa loshini.

    Qaydan topding Nazar – Laqay ramzini,
    Oʻchirmoqchi edi bir kim izmini.

    Shajarang umrini aytma  mayliga,
    Taqay ber Toʻmaris shohning asriga.

  • Xulosa

    Yursamda elimdan ancha uzoqda,
    Bilardim ne kechar holi shu chogʻda.

    Adib ijodidan xabardor eli,
    Shu sabab xotirjam shoirin dili.

    Parovoz tovushin eshitsa momam,
    Yer yutsin, der edi tutganday motam.

    “Oʻrdak uchib,  gʻoz qolsin” – ohanggini,
    “Dushman oʻlib, doʻst qolsin” – dostonini.

    Yosh toʻqib kuylagan tinmay ashʼorin,
    Kechalar uyqusiz tinglardim zorin.

    Gastar bayterlar uchrasa goho,
    Sheʼr, dostonimga berardi  baho.

    Yozing davomin! – deb undagan ular,
    Muxlislar gapidan ilhom quyular.

    Davomin yozishga  azim ayladim,
    Magʻziga hayotdan naql  joyladim.

    “Bor boʻlsa qoʻlimda boʻgʻdoyi noni,
    Bir qadah sharobu bir qoʻyning soni.

    Doimo jam boʻlsak shu koshonada,
    Orzu aylar buni jahon sultoni”.
    (Umar Xayyom)

    Goʻrini Choʻbirning qazing oʻxshatib,
    Ertaroq kirsin u, dam olsin yotib.

    Chuqurroq  qazingqi, chiqib ketmasin,
    Qaytadan boshlarga balo yetmasin.

    Goʻrining ayvonin zichlangiz chunon,
    Isi ham chiqarga topmasin imkon.

    Oynai jahondan koʻrdik yaqinda,
    Irillab vaysaydi-qolibdi gʻamda.

    -“Meni hisoblamang odam deb omiy,
    Va yana demang der,- siljishmish tomi”.

    Tiriklay koʻmganmas hech kim bandani,
    U bit yo qurt emas, taniysan uni.

    Ha, Stalin koʻmuvdi tirik jonlarni,
    Yoniga toʻplab u koʻp yomonlarni.

    Hattoki menga ham sochgan qahrini,
    Tishlarin sugʻur deb, jamlab qahrini.

    -Sendayni ham, aytgin ona tuqqanmi,
    Yo qurgʻur shaytondan aql yuqqanmi?

    Qandayin shoirsiz, imillash ne chun?
    Tez koʻming, koʻrsatib nafratning kuchin.

    U bilar yo bilmas oʻz oxiratin,
    Oʻlgach soʻng hech kimsa tutmaydi otin.

    -Qachon oʻchsa oʻchar Qoʻtir nafasi,
    Xudoning izmida taqdir tamgʻasi.

    ****  ****

    Yana qish – Yogʻmoqda lak- lak laylak qor,
    Ona yer oromni etgan  ixtiyor.

    Dehqonim bir chimdin donga erur zor,
    Qish tugab, bahorning tantanasi bor.

    Bu holga beparvo gʻallasi borlar,
    Kekkayishin qoʻymas yirik puldorlar.

    Bir yoʻla  elini boʻgʻib qiynamoq,
    Har tomon Qoʻtir, koʻr surar argʻimoq.

    Dod yigʻlar ena yo qani deb momom?
    Tor keldi bolalar koʻziga olam.

    Qavogʻin uyadi Choʻbir betoqat,
    Yuragida yoʻqdir zarracha shafqat.

    Oʻsma ne – bilmaydi qizlarning qoshi,
    Qashishdan tirnalar  bit bosgan boshi.

    Shu kunlar tishlarni sugʻurgan loʻli,
    Jimigan. Yangidir tanlagan yoʻli.

    Tarix charxi hamon aylanmoqdalar,
    Adolatga choʻbir tosh otmoqdalar.

    Choʻbirga baʼzilar beshqarsaq talab,
    Baʼzilar  madh  yozgay  xunxoʻrga atab.

    Shaʼniga maqtovlar aslida yolgʻon,
    Tindirmas chapakni kim olsa unvon.

    Choyxona, korgohda, butun yurt aro,
    Vijdonni pullashga “Qullar” mubtalo.

    Mehr – oqibatdir  anqo urugʻi,
    Yurtda bitib borar insof  yoʻrigʻi.

    Soʻnayotir  elda ehtirom qadri,
    Udumlar  oʻlimi – farzandlar dardi.

    Millatni yoʻq qilmoq emasmi ahdi?
    Yo shungami bogʻliq choʻbirning baxti?

    Yurtda  joriydir  bir qonun xufyona,
    Undan  jabrdadir endi yosh ona.

    Ikkita bolalik boʻlsa kelinchak,
    Yana tugʻmoqlik man qilinar beshak.

    Naychasin tuxumdon, bachadon aro,
    Kuydirmoqda duxtur nur ila holo.

    Ayolni  axtalash zoʻrlik emasmi?
    Onalar shaʼniga xoʻrlik emasmi?

    Olloh  neʼmatiga koʻrlik emasmi?
    Siyosat bobida gʻoʻrlik emasmi?

    Kamaytmoq niyatmi oʻzbek sonini,
    Qasdmi yo oʻchirmoq oʻzbek nomini?

    Nek qadam oʻzbekning emas yoʻli tor,
    Koʻpayar,  yashnaydi,  Xudo oʻzi yor.

    Shu holdan sabogʻing olgin oʻzbegim,
    Tahqiru xoʻrlikka endi turma jim.

    Oʻrinsiz mudramoq  nodonlar ishi,
    Bugun nega xomush xalqning jumbishi?

    Choʻbir madh etilar tarafma-taraf,
    Moxovni ulugʻlar tarixchi boplab.

    Hatto machitlarda maqtab aʼmolin,
    Xutbaga qoʻshishib oʻqishar nomin:

    “Omon boʻlsin yurtboshimiz aziz boshi,
    Olloh bersin yurtboshiga umr yoshi!

    Oliyhimmat, rahbar, yoʻlboshchi dono,
    Qanday faqir, haqir, shunday begunoh.”

    Tavba deng xaloyiq “ayting Alhazar!”
    Doʻzaxga tushish bor ul roʻzi Mashhar!

    Qaltis gap aytsa kim shohning shaʼniga,
    Chang solar koʻppagi uning  joniga.

    Mashrabu Mansuru dono Termiziy,
    Umriga chek koʻygan aytilgan soʻzi.

    Yalangtan atorni ogʻochka bogʻlab,
    Sugʻurganlar  oʻtin bagʻrini dogʻlab.

    Qodiriy, Choʻlponni yegan haqsizlik,
    Qoʻrboshi boshlari bir umr egik.

    To hanuz oʻshalar zolimi uygʻoq,
    Koʻzing  och, yurtdoshim, hayotingga boq!

    Andijon mardlari maydonga chiqdi,
    Haq soʻrab ajalning ogʻusin ichdi.

    Qirgʻin vahshatidan yurtdan ketgan koʻp,
    Begona yurtlarda kezishar toʻp-toʻp.

    Koʻkayi kesilar bosh koʻtarsa kim,
    Shafqat undaylarga qilmaydi zolim.

    Putinu Medvedev singari sarvar,
    Boʻlsaydi, boʻlardi ahdga muyassar.

    Bugungi rahbarda siyosiy gurung,
    Gurungboshi Choʻbir, somelari gung

    Dildagi dardlarni boʻshatdi shoir,
    Yozgani bugungi hayotga doir.

    Dohiysi oʻrtoqning oʻyin-toʻyini,
    Sovurdim gurungda Koʻkka kulini.

    Ozgina ayadim Choʻbir mallasin,
    Sababi, aynitgan Yejov miyasin.

    Bu endi savobmi yoki gunoh ish,
    Oʻzining amridir har qanday yozmish.

    Izoh: Karim Devona (asli ismi Abdurahimi Qurbon) 1878 yil Hisor bekligidagi Jurrak kishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1918 yilda oʻsha yerda hayotdan koʻz yumgan. Maktab, madrasa taʼlimini olmagan.Tugal savodsiz, ammo  havas qilsa arzigulik istedodli xalq shoiri. Sheʼrlari ogʻzaki yaratilgan. Dehqonchilik va toʻquvchilik bilan kun kechirgan. (Aytishlaricha, hatto bir qizi ochlikdan vafot etgan). U qoratogʻlik adiblar Xijiya va Maftunlar bilan yaqin aloqada boʻlgan. Adabiy suhbatlarda qatnashgan. Oʻsha paytlarda madaniyat va adabiy markazlar sanalgan xozirgi Denov,  Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon singari shaharlarga sayohat qilgan. Adabiyot va sanʼat ahillari bilan doʻstlashgan. Bek va amaldorlarni hajv qilganligi uchun 1910 yil qamoqqa olinib, bek tomonidan qatlga buyurilgan. Lekin zilzila yuz berib, qatl bekor qilingan (Xudoning qahri keldi, deyishgan). Qoratogʻda shoir oʻzini devonalikka solib, hukumat maʼmurlari shaʼniga achchiq hajvlar yaratishda davom etgan. (Qizi ochlikdan oʻlgach, bir oz asabi buzilgan edi deyilgan  faraz ham bor). Stixiyali oʻlchamida xalqni isyonga daʼvat etgan. Uning hajvlari asosan hokim, qozi, amin, hatto baʼzi laganbardor-qullikchi dehqonlarni fosh qilishga qaratilgan edi. Oʻqilishi, kuyga oson tushadigan lirik sheʼrlari ham anchagina. Tojik va oʻzbek tillarida ijod qilgan. “Toʻy kalon dar Churrak”, “Mezanand devonoro”, “Shoh”, “Aydaram” singari sheʼrlari hozir ham aytiladi.

  • Murtazo Ulugʻov

    OQTEPAM

    Ovulim – Oqtepa, tuman Paxtachi,
    Moʻysafid moziydan sodiq xabarchi.

    Ziyoviddin, Toʻmaris, hizr Muqanna,
    Izlarin saqladi sendagi tana.

    Qulatgayda xoking zamon beboshi,
    Oʻsha yaramasning  yaramas ishi.

    Xabari ketganda uzoq – uzoqqa,
    Pok dillar oʻzini urdi haryoqqa

    Chingizxon xokingni elakda elab,
    Qoʻrgʻoning qulatdi – bagʻringni ezdi.

    Bosh egdi nazdingda Temur saharlab,
    Gʻarazlilar har choq gʻuborday toʻzdi.

    Koʻzani yasagan kulol changi ham,
    Tashinga chirmashgan gʻisht loyingda  jam.

    Changlaring koʻzaning  changin qoʻzgʻatar,
    Koʻzagar mehnatin aylab besamar.

    Hayomning sendagi changi guyo zar,
    Koʻza tirsagiga chindan yarashar.

    Tepang girdidadir parvona koʻnglim,
    Halakdir  izlanar: boʻy bermas ilm.

    Poyingda Zarafshon dardli toʻlgʻanar,
    Koʻzda yosh, hasrating adadin sanar.

    Yoningda choʻkkandir bobom mazori,
    Sen kabi uning ham koʻpdir ozori.

    Koʻksimda hapriqqan eng pokiza dil,
    Johillar dastidan boʻldi – ku chil-chil.

    Avboshlar zugʻmidan gumbazing yondi,
    Zahmingga hech malham topilmas endi.

    Oyogʻing ostida rostgoʻy Zarafshon,
    Umringni hisoblar, bezovta hamon.

    Suvidan rizq  topgan bobomlar hanuz,
    Yoningda yotibdi hamroh yuzma-yuz.

    Mangʻitoy momamning mazori yaqin,
    Mirzooy derdilar bilganlar aqlin.

    Yana  ming – ming qabr yoningda  qator,
    Bellari mayishgan, choʻkkanu abgor.

    Changlari belingga yopishar munday,
    Dogʻdadir belingga belbogʻ boʻlolmay.

    Gul toʻla kulbangga oʻt-olov indi,
    Hukumron bronzali tojingni yuldi.

    Ayigʻu yovoyi ot yurardi birga,
    Koʻrinmas ular ham – kirganmi yerga?

    Ilonu jayralar, shogʻollar sayri,
    Osmonga uchganmi – yoʻqolmish bari.

    Zarafshonda oyning shoʻʼlasi tiyra,
    Arazlab oyning ham koʻngli qolganmi?

    Kekkayolmay tolu it nomli jiyda,
    Tulkining shivirin obdan surganmi?

    Jilgʻinlar toʻdasi sinib yiroqlab,
    Soyasin solmaydi sayrogʻi qushga.

    Qoʻllaring qurigan oynaydi sen chun,
    Qamishi soʻligan toʻlgʻonmas tunda.

    Qismating yigʻlaydi, xoʻrlangan xoʻrim,
    Oʻlsam, joy toparmi bagʻringdan goʻrim?!

    Muqadassan harchoq menga Oqtepam,
    Dilim toʻridasan, qayda boʻlsam ham.

    Beboshlikdan doim hadsiz alamlar,
    Yo rab, beboshlardan saqla, alhazar!

    Yoningda avliyo Mangʻitoy Mirzo,
    Ham nuragan daraxt, tuproq  norizo.

    Qilma gina, senda taqdir sovrilgan,
    Tiklolmam tepamni, bagʻrim qovrilgan.

    Ohlarimga tordir cheksiz falak ham,
    Qadrim toptalangan, ezar doim gʻam.

    Yaqinlashmoqdadir vidolashar  dam,
    Nishonim topmassan, Oqtepa – onam.

    Dilimni ezadi  eng buyuk tashvish,
    Eling och – yalongʻoch ham yozu, ham qish.

    Oʻksima Oqtepa, orzular  oʻlmas,
    Sargʻaygan mozorlar qoʻllamay qoʻymas.

    Yetti oʻn yil burun eding birnavi,
    Bor edi mulkingni gʻamxoʻr sarvari.

    Qoʻriqxona eding – diyorim faxri,
    Zavol toptirdi manqurtlar zahri.

    Ipak yoʻl karvonin eding posboni,
    Oldingdan oqardi oldi, sotti mol.

    Dargohingda ipak toʻqirdi  pishiq,
    Koʻz qosh edi zamonning sohib qironi.

    Muqaddas nomingni bulgʻadilar xoʻp,
    Tarixingga ayblar toʻqidilar koʻp.

    Ziyoratingni manʼ etdilar doʻgʻlab,
    Erta – kech Shoʻroni gʻoyat ulugʻlab.

    Bormang Oqtepaga, alvasti, devlar,
    Tushingda oʻygʻotar, qoʻrqitar – derlar.

    Shul taxlit avomni yoʻldan ogʻdirdi,
    Gʻarazlar shuurni har yon toydirdi.

    Toʻra tarbiyalab toʻrachalarni,
    Izmiga yuritdi “gʻoʻracha” larni.

    Uning qamchisidan qon tomdi har goh,
    Qiynalishdan qiynash – bildi: osonroq

    Qaʼringdan chiqqanda koʻpning yigʻisi,
    Gʻarazliklar gʻarq etgan shular koʻpisin.

    Eshitar, eshitmas alarning sasin,
    Toʻra der – yetmasdi endi shunisi.

    Vaqtida yozsam men ohu  figʻonim,
    Mix qoqdi poyimga qiyratib jonim.

    Tepamga oʻrmashgan oʻsimta yaʼni,
    Tomirlar otadi tuzalchi qani.

    Sirting siyqalashga xon Bibim bormi?
    Ey Tangrim! Bandangni aqili tormi?

    Ming shukur yetishdi Istiqlol oni,
    U xalqu yurtimning odil posboni.

    Orzuyu armonlar ushalar albat,
    Mehringdir, Oqtepam, Murtazoga baxt.

    14.11.2005 yil.    Murtazo Ulugʻov