• BONU

    Eskirgan esada quvvat gʻayratim,
    Qalbimda bor hali gʻurur yoshimcha.

    Ayblab ham yurmanglar qartaygan paytim,
    “Taqdir” ashʼorimga qoʻshsam qoʻshimcha.

    Boʻlolsam hammoling Xosiyat-Bonu,
    Koʻtargum gʻussayu ishvalaring noz.

    -,Voy oʻlay…, tojikka uyat der, buni,
    -,Dil buyurgan  ishqim tuygʻusi xolos.

    Lab ochmang dilbar qiz, uyat deb noqis,
    Oh, voh demay Bonu, yuring beparvo.

    Roz aytsam siz haqda, shugina tashvish,
    Boʻlmasin parishon har holda xulyo.

    Och nahor, yupinlik-chekkan ozoring,
    Ortalsam pushtimga-bu ham savob ish.

    Olamda betakror husn-jamoling,
    Aytmasam xayolim parishon, illo.

    Qalb daftaring ochgil, muhabbatim chin,
    Dilimga quymishdir ishq nurin Ollo.

    -,Boʻlmasa.., soʻz ayting muhabbat haqda,
    Dediyu…, Bonu tez toʻsdi yuzini.

    -,Bu juda nozik ish debon gʻoyatda,
    Shoir ham boshladi dilbaxsh nazmini:

    -“Bagʻrida ne, ne sir-gʻaflat dunyosi,
    Begʻarazni undab tortar chohiga.

    Ishq dardining esa yoʻqdir davosi,
    Topmagan nogiron qaytgay Oʻziga.

    Hechkim taqdirlarni yarataolmas,
    Ham ayon boʻlmagay azaliy bitik.

    Taqdiring qoʻlimda degan nopok kas,
    Yoʻqalgay tordan tor-dunyosi kemtik.

    Sevilsang sevganga boʻlgin benazir,
    Nasibmas barchaga ishq bayon tuygʻu.

    Oshiqlar yosh toʻksa, falak arazur,
    Oxiratda  ham ishq sohibi mangu.

    Muhabbat tasbidan yonadi dillar,
    Oʻti oʻchmas qoʻysa ummon suvini.

    Zarbidan titragay hatto qabrlar,
    Oʻtganlar oʻygʻonib sezar ohini.

    Koinot aylanar nogoh teskari,
    Yoritqich chiqadi botgan tomondan.

    Koʻkda yulduzlarning qolmas izlari.
    Kul boʻlib toʻziydi tuproq ohidan.

    Ey Xudo! Muxabbat oʻtidanmi bu,
    Quloqni teshguvchi falak aqrigʻi.

    Ushalib koʻchmoqda mutloq tomridan,
    Dosh berolmay dodga togʻlar tosh bagʻri.

    Mardi maydonlardir oshiq makoni,
    Unga tor koʻrinar bevafo dunyo.

    Mardlar tark etolmas ishq jo ashyonni,
    Qayrilib ham boqmas ahliga riyo.

    Muhabbat nazdida oʻlim chekinar,
    Sof tuygʻu hamisha keladi gʻolib.

    Tahdidli zulmatdan qolmagay asar,
    Chin ishqning qudrati boʻlgay nek sohib.

    Muhhabbatsiz kimsa yovni yengolmas,
    Unda yoʻq sevgi, ishq ona vatanga.

    Baxtli ishq oʻylamang yeb toʻish emas,
    Muhabbat koʻchasi tugal tugunga.

    Uni yechaolgan muhabbat sari,
    Boraolar tashlab gʻoʻra havasni.

    Oʻspirin havaslar oʻtkinchi bari,
    Eslolmas kattargach zaif qafasni.

    Oʻtgay koʻz oʻngidan tubsiz jarlari,
    Oshiqlar visolga yetsa har nafas.

    Ishq sehr arqoni, tortar oʻziga,
    Majnun Laylisiga tushadi asir.

    Oʻlim ham koʻrinmas hijron koʻziga,
    Gʻurub alangalar, etolmas taʼsir.

    Muhabbat behudut, haybat boʻroni,
    Toʻsiqni bilmaydi, choʻkmas ummonga.

    Bir kimlar taptasa ishqning qadrini,
    Gʻamlarga koʻmilgay boʻyalib qonga.

    Muhabbat bilmaydi zamon, miyorin,
    Birovga nasibdir javonlik yoshda.

    Muhabbat topadi makon diyorin,
    Hattoki turganda keksalik boshda.

    Asrab sof tandagi pinhon chiziqni,
    Tanda jon bor ekan kutgin oshiqni.

    Begona emasman, Bonu-Xosiyat,
    Koʻp yillar izladim seni, bu taqdir.

    Topganim rost boʻlsin qochmagin faqat,
    Gʻam chekma bevatan ham debon sagʻir.

    Qadrimiz qadirlar oxiratda ham,
    Har ikki dunyomiz sohibi Qodir.

    Kas-ki choʻntagining koʻrinsa tegi,
    Taqdiring shul ekan-bitigi azal.

    Oʻqib ol lavhasin-harfin oxirgi,
    Yozugʻing shul ekan parizod goʻzal.

    Kelmas deb oshigʻim, fidoi Bonu,
    Azoliy bitiging koʻmmagin gʻamga.

    Qaygʻurma yolgʻizim, topding sen uni,
    Qalbingni bagʻishla topindiq–kamga”.
    ******
    Nasib boʻldimikin sahv noravo,
    Kabi oʻy kemirgay bechora dilim.

    Yolgʻizlik dardiga topolmay davo,
    Toqatim toq boʻlib, xarobdir holim.

    Chin ishq yogʻdulari qalbim kemirar,
    Jismimni toblaydi zebu zabari.

    Yolgʻizim yolgʻizin kechirib qoʻyar,
    Hijron taloshida soʻnsa bahori.

    Yiqilsam yetolmay adoi ohga,
    Oʻldirsin burovlab,oʻlimi goʻzal.

    Koʻmsin Xoja Gul-Gun tariqatgohga,
    Qolsin qiyomatga diydor notugal.

    Tut qator yaproqlar xazon-farzlarim,
    Tol qator esa koʻk-qariz munglarim.

    Bu ikki dunyomning bilmam qaysisi,
    Chin yo yolgʻon,aytsin Hajning hojisi.

    “-Hoy…,oy qiz! Kin-ins Koʻz oʻrapti seni,
    Yondoshma choʻmdirar ummon zavolga.

    Hayda der,-Dervish ruh noqis xayolni,
    Jin inslar,-befamkan desa-da desin.

    Qismating koʻrmagay zora yomonni,
    Chin ishq uforlari bagʻringa singsin.

    Koʻzi tushsa ohu misol oy yuzinga,
    Koʻrgan koʻzning nigohlari qamashadi.

    Qiya qarash,nozu ishva,tang belinga,
    Kim ekan deb shahlo goʻzal qarashadi….”

    -Ilk boʻsang hushim olgan jon shuoro,
    Ketsang-da olib ket hijron oshigʻing.

    Dodimga bergan-cha manjunvor oro,
    Osmonning toqida yayrat chorogʻing.

    Tong otmay yulduzlar soʻnmas osmonda,
    Sahar choq mashuqang yonar bechora.

    Kechalar qoqmagay mijja armonda,
    Kelsang-chi sahroda tortmasdan naʼra.

    Ketsangiz darada quyun uchadi,
    Qaytib u kemirgay loshu lushumni.

    Umid shamlarim ham birdan  oʻchadi,
    Top deyman qorongʻu tunga hushumni.

    Ketsangiz kunlarim ogʻir kechadi,
    Otmasdan qoladi bedor tunlarim.

    Qismat chiyalini kim ham yechadi,
    Koʻnglim zabun boʻlib, kam boʻlar birim.

    Ketsangiz shafqatni bilmaydi falak,
    Sudrab ketar Hashr maydoni tomon.

    Koʻp Hashr maydonida yurganlar halak,
    Ketsangiz-qiynashdan qiynalish yomon.

    Izgʻirin  kechalar topmas intiho,
    Ketsangiz qaytmayin qismatim abas.

    Yutadi visolni rahimsiz dunyo,
    Baxt qushi qaytadan qunayin demas.

    Yolgʻizman,kelsangiz tugaydi armon,
    Qarogʻim toʻkmaydi shoʻr yosh yomgʻirin.

    Kelsangiz qalbimga quyular orom,
    Topmaysiz shodligu baxtim oxirin.

    Diydor qiyomatga qolmasin hargiz,
    Orzuim begʻubor etmas sarobga.

    Bagʻishlay umrimni istab kelsangiz,
    Chin oshiq magʻruru umidi borga.

    Muhabbating kirmay koʻchaga baxil,
    Manzil qilib oldi yuragim toʻrin.

    Jamolim kibr kas etolmas tahlil,
    Sizdek oshiq bilgay sinoat sirin.

    Toshda gul undurgan matlab kamoli,
    Qalbimga ekolding ishqing, ziyongni.

    Esib goʻyo epkin-sehr shamoli,
    Egallab olding har ikki dunyomni.

    Yolgʻizman, kelsangiz tomirda qonim,
    Koʻpirib, topgayman joyin holovat.

    Chun xaybat togʻimsiz chiqolmas hech kim,
    Ham tushiraolmas baxil xoyolot.

    Muhabbat sarvindor kelaqol, har kech,
    Telba tunlarimdan soʻrayman sizni.

    Ajam novruzlarga hijron shuaro,
    Joylading dillardan oʻchmagay soʻzni.

    Qoʻshsha umrlarga boqqancha zora,
    Falak ham eʼzozlar hayratda bizni.

    Ajam novruzlarni kuylab biz birga,
    Shukrona  degaymiz qoʻshsha umrga.

    Kelganing eslatdi bol shirin tushni,
    Oʻygʻonishni hech ham oʻylamam xascha.

    Istayman bu tushni koʻraverishni,
    Hayotning eng soʻngi lahzasigacha.

                        Tugallanma
    Musofirlik dardga bormikan davo,
    Ey Xudo! Hech yerdan shifo topolmam.

    Dardmandlar demoqda bilgaydir Xudo,
    Borliqni yaratgan aylab biri kam.

    Hattoki mavhumu majhul holotda,
    Minnat gaplarin hazm qiloldim doim.

    Nazarda qiyomat allaqachonlar,
    Boʻlganiga oʻxshab ketardi qoyim.

    Musofir hasratin boʻlmas en, uchu,
    Yodidan oʻchmagay yoshlik gʻururi.

    Arimas dilidan vatan sogʻinchi,
    Ham bergan ozorin davr davrugʻi.

    Begona yurtlarni kezib nim asr,
    Yuroldim tanimay oʻzligim oʻzim.

    Muhabbat metinkan baland tosh qasr,
    Shu qadar qadring bor Bonu azizim.

    Muhabbating cheksiz, yoʻqdir qarori,
    Shul bois tugatmam oxirgi soʻzim.

    Oshiqni yigʻlatsa andalib ohi,
    Shoirlar toʻqigay qoʻshiq ohiga.

    Kuylabon Laylining ohin adoi,
    Majnun hijron oʻtin qorgay qoniga.

    Makidonsk ilk bor boʻlmish devona,
    Tovusdek tovlansa Ruxshona mahvash.

    Arastu ajabo boqib sugʻd oy suluvga,
    Ochunni yoritgay depti nur otash.

    Zulqaynar yetolgan hijron visolga,
    Tole yor boʻlolgach Olimp fatvosi.

    Bagʻsh aylab murcha bel, zarhal ruxsorga,
    Qurmish kent-Esxata husnin shaydosi.

    Qadim sugʻ yurtining oydinbogʻ guli,
    Oʻzingsan alarning munaqqash huri.

    Yaratgan yaratmish ohuni sindek,
    Ham bitib azaliy yozugʻingni U.

    Nasab surishtirsam takrori yoʻqdek,
    Tumaris, Kleopatra zotdankan Bonu.

    “Sevgi –ajoyib gul, ammo tubsiz jar yoqasida oʻsgan bu gulga yaqin bormoq  va uni uzmoq uchun jasorat kerak..,” deb aytgan ekan pok insoniy tuygʻu haqida-bu ibratli fikrni Buyuk frantsuz yozuvchisi Stendal Anri-Mari Beyl.

    “Sayding quyaber sayyod,
    Sayyora ekan mendek.
    Ol domini boʻynidan,
    Bechora ekan mendek”
    (Furqat)
    Band tugunin yechaolar kim,
    Bugʻayotir goʻyo ajdoho.
    Paylari ham qimir etmas jim,
    Xoyolotim uchub goh, goho,
    “-Echar degay  Sharofdek hokim.”
    Poyimdagi miq payin tungi,
    Koʻrgan boʻlsa marhum chipor shoh,
    Hojat qayda dermi shoh yangi.

    Homon sargʻaygan yuz,xomush kallalar,
    Saylansa karvonga sodiq er Sorbon,

    Kim motam choplagan?Aytsin- da qoʻysin.
    Oʻzligin qidirgan koʻp-ku nolalar,

    Shayidlar oʻlmaydi yotlarda hayot,
    Bir boshda bir oʻlim turganin tuysin.

    Iymoni but erni,boʻlolsa Sarvar,
    Oʻlgan it sagʻirlari qopar-mi e voh.

    Maʼnan axta yalang-befamdan battar,
    Toysa goʻrga xolos qilar YoRON ShOH….!

    Topalmam  na zamin,falakdan dodin,
    Demasdan belini tugar MAHKAM ShOH!

    Kaj boqmas xudodan qaytgan tulakka,
    Obamga oʻxshashroq chipor tuyoqqa.

    Gʻamu ozor,xotiralar choʻlashadi,
    Meni oqla degan dodim choʻl oshadi.

    Oqlamasang mayliga  jondosh elat,
    Bir qarab qoʻysang bas qondoshim manim.

    Oʻz yurtim bagʻriga sigʻmasam hoyhot,
    Onam pok ruhi intizorim manim.

    Elatim shoirin etmasa-da yot,
    Qabrim nomguzoru gʻamxorim manim.