MURTAZO ULUGʻOV- oʻzbek shoiri

1938 yil 9- chi noyabr kunida Paxtakor ( hozirgi Paxtachi) tumanidagi Oqteppe qishlogida ( Samarqand viloyati ) dunyoga kelgan .Shu qishlogda 10-chi sinfni xatm qilgach ,1963 yili Samarqand shahridagi Akademik I.P.Pavlov nomidagi Meditsina ( tib) instutini tugatib vrachlik kasbini egalladi. Avvallar Termez shahrida xirurg ( jarrox) vazifasida ishlagan,keyiniroq Tojikistonda Kulob , Qurgʻonteppa viloyatlarida, Vaxsh tumanidagi bosh kasalxonada jarrox bulim boshligi, kup yillar Vaxsh tumanida bosh vrach, Qurgʻonteppa viloyat( xozirgi Xatlon)-ida byuro tib-sud.med.ekspertizasiga boshliq, bosh ekspert vazifilarini oʻtagan.

Toliblik davridan boshlab ijod qilaboshladi, ijodini Termez shahrida miqyosiga yetkazdi va asarlar yozaboshladi: “ Zamon paygʻombarlari”, “ Qurʼon yo Komfirqa”, “ Taypoq havuz”, “ Ustozga taʼzya”( shoir Xomid Olimjon ijodiga bagʻishlav). Ushbu asarlari bilan zamonasozlik qilmadi, tugʻyonli qalbida talatum qilgan, ehtiroslarini yoshlik gʻayrati- shijoati bilan sheʼriy mashqlar uslubida kuylay boshladi, usha davr ijtimoiy tuzumini uz asarlarida qattiq tanqid qiladi. Tanish-bilishlariga, hamkasblariga uqib beradi.Ammo hamkasbi viloyat bosh jarroxi Penayev Durdi, KGB agenti ( keyinroq KGB amaldori) Shodi nomli shaxslar tamonidan KGB-ga tutub berishadi.KGB amaldorlari shoirning poyiga miq qoqib soʻroq qiladilar va Uzbekiston jinoyi moddasining 112 “v” bandi bilan ayblanib ( Rossiya jumhuriyatida 58- moda) siyosi mahbus sifatida qamoqqa olinadi-Partiya Sovet organlariga toʻxmat aybi bilan. Shoir asarlarini psevdonim shaklida Mustafo Choʻkay nomi bilan yozar edi. Ozodlikka chiqqach –Sharof Rashidov , Belonojka ( Turkiston harbiy okrugining generali ) yordami bilan albatta, sheʼr yozmaslik uchun qattiq ogohlantiriladi. Bu xam yetmagandek Oʻzbekistondan Tojikistonga surgun qilinadi.

Shoir bergan vaʼdasida turdi, uzoq yillar qoʻliga qalam ushlamadi. 1973 yili Dushanbeda Andrey Saxarov bilan boʻlgan uchrashuvda bu haqda fikr yuritishadi. Andrey Saxarovning aytishuvicha hali ozroq vaqt bor, toqqat qilib turing degan fikrga kelishadilar.

SSSR, uning bosh manqurti KPSS va KGB-ga qirgʻin kelgandan soʻng yana qoʻliga qalam ushladi, oʻttiz yildan soʻng asarlar yozaboshladi: “ShOHNOMA” asarini ; birinchi kitob qissa “ Taqdir”, ikkinchi kitob roman “ Soljenitsin bilan gurung”, uchunchi kitob roman “ Istiqlol zinalari”, toʻrtinchi kitob roman “ Soljenitsin XXI asrda- Jannatda gurung” . Shoir davr taqqozosi bilant bugʻulib qoʻyilgan tuygʻularini nazmiy uslubda ifodalaydi.Uning “ Shohnoma” asari XX asrni toʻligʻicha,XXI asirnig boshlari davrini oʻz ichiga oladi, yaʼne tarixning, ishtimoiy hayotning, inson va uning murakkab tagʻdiri, uruj va xurujlari, umuman. Odam bolasiga xos boʻlgan tirik va rost mavzularning sheʼriy va nasriy talqinidir. Xayotning asosiy qatlarida ming-ming sir asrorni asraydi. Hamma gap anna shu sir asrorni kuylashda,va bu kashshoflik haqiqatga nechogʻli bogʻliqligidir. Binobarin yolgʻon insoniyatning musibati ekanini tan olmoq fursati yetkan.

Oktyabr oyi 2003 yil va aprel oyi 2004 yilda shoir Murtazo Ulugʻov Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti Devoniga ariza bilan murojiat qilgan. Unda 1966 yili hibsga olinib 1967 yil mart oyida assosiz sudlanganligi haqida ( Partiya_Sovet organlariga toʻhmat)- siyosiy mahbusliq tagʻmasini olib tashlab oqlashlarini( reabilitatsiya qilishlarini) soʻragan. Shoir arizasini Oʻzbekiston Respublikasi oliy Majlisiling Inson huquqlari boʻyicha Vakili ( Ombudsman) Sayyora Rashidova, Oʻzbekiston respublikasi Bosh Prakurori Rashidjon Hamidovich Qodirov ,Oʻzbekiston Bosh prakuratoriyasining prakurori uchinchi darajali Davlat adliya masliʼhatchisi A.M. Salixov, Surxandaryo viloyat prakurori uchunchi darajali Davlat adliya maslihatchisi B.G.Nurmuhamedov va uning oʻrunbosari adliya maslihatchisi J.O. Mahmadaminov tomonlaridan koʻrib chiqilgan. Shoir material asos sifatida- Pravda Vostoka gazetasida chop etilgan № 118 (15361) 21 may 1967 yildagi –“ Mera padeniya” sarlavhali V. Neyburg ( sobstvenniy korrespondent “ Pravda Vostoka”) po Surxandarinskoy oblasti-gazetasini arizasiga ilova qiladi.Unda Surxandaryo viloyat sudi –sud raisi E.Jumayev tamonidan aybnoma oʻqiladi va shoirni Shuro kontsentratsion lageriga jazoni oʻtish uchun yuboriladi.

Oʻylaysizki Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Dovoni shoirni oqlagan boʻlsa kerak,yuq, ular amaldorlarning haybarakallo malaylari shoirni oqlash uyokda tursun mumkin qadar ayblashga jiddi harakat qiladilar,(bunaqangi jinoyi ish jumhuriyatda shu davrda boʻlmagan deb javob yozadilar). Yaʼne yana birbor shoirni ayblash uchun jinoyi ish moddasini- dagʻmasini boʻyniga osmoqchi buladilar. Tuhmatchi,jamiyatga xofli shaxs degan manoda, afsus……

Yuqorida nomlari qayt etilgan; S. Rashdova, R.X.Qodirov,A.M.Salixov, B.G. Nurmuhamedov,J.O.Mahmadaminov kabi shaxslar amaldorlarning haybarakallo quluqchi murtadlari (manqur desak ham buladi),shoirni oqlash u yoqda tursin sal imo — ishora boʻlsa chopib tashlashdan xam qaytmaydilar. Bir misol: Yovuz Chingizxon atigi ikki yilda Osiyoning oʻzida amalga oshirgan xunrezliklarinig eng qisga xronologiyasiga bir nazar tashlang,- Oʻtror, Buxoro, Samarqand,Urgench,Tus, Damgʻon,Simnon shaxarlar buzub tashlagandi, axoli ommoviy suratda qatl qilindi. Eng dahshatli chopqin uz zamonasining yirik shaqarlaridan biri boʻlgan Rayda yuz bergan.Obod va maʼmur shaqarlardan biri boʻlgan va tarixiy Avisto kitobida tilga olingan Balx axolisi hech qanday qarshilik kursatmasada soʻzsiz taslim boʻlishga qaramasdan qirib tashlandi.

Chingizxonning oʻgʻli Tuleyxon Marvda butunlay axoloning boshini tanasidan judo qildi. Nishopur shahri butunlay vayron qilindi,aholi qirib tashlandi. Bomiyonda Chingizxon bu yerda halok boʻlgan nevarasining qasosi uchun tirik mavjudodni qirib tashlashga amr etdi va shaharni yer yuzidan sidirib tashladi. Qum shahri Chingizxon lashkar boshlari Jaba va Subutoyning farmoni bilan talon-taroch qilinib buzub tashladi……

Bir yozuvchining mugʻul bosqini haqidagi hikoyasida shunday dahshatli manzara bor.Azbaroi johilligidan koʻzlari yuz lavhida yuq boʻlib ketkan sahroyi Nishopurni laxta-laxta qilib ,aholining boʻyniga arqon solib chiqadi.Odamlar bozorini, yaʼne qul bozorini tashkil qilib yuboradi.Asirlar orasida shayx Farididdin Attor ham bor edi. Oʻz asrlariga koʻz quloq boʻlib turgan moʻgʻulga qarab, mahkumlar yolvoradilar.

– Bizni nima qilsang qil,uni qoʻib yubor!

– Kimsan?-deydi hayratda qolgan mugʻul shayxning yoniga kelib

– Attor,-javob beradi shayx boshini koʻtarmay.

Mugʻul hech narsani anglamaydi

– Sultonmisan?

– Yoʻq…..

– Kimsan?

– Attor….

Asirlar yana yolvoradilar:

– Bizni nima qilsan qil,uni qoʻyib yubor!

– Kimsan, axir,gapir !-deydi gʻazabga mingan bosqinchi

– Attor,-deydi shayx xasda ovozda.

– Savdogarmisan?

– Yoʻq

– Kimsan?

– Attor!

Jallod Attorni qaydan bilsin? U hech narsani anglayolmaydi va shayxni ayovsiz chopib tashlaydi.( Shoir Askar Maxkam “ Ok kitobidan”.)

Shunga oʻxshash Amaldorlarning haybarakallo quluqchi murtadlari (oqpadar,marqutlari)shoirni qayoqdan bilsin, ularga sal imo ishora bas,etarli…….

Pravda Vostoka gazetasida chop qilingan maqolani hatto oʻqimaganlar, oʻqigan boʻlsalarda murtadlarga xos koʻzlarini chippa yumganlar ( bu oqpadar , manqurtlarga xos azaliy kasallik,bunaqangi bedavo ola-chipar zaxmni faqat va faqatgina lahat tuzataoladi xolos).